Authors

  • Umida Sayitova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68365

Keywords:

Bilim olish kompetentligi − «ijtimoiy jamiyat madaniyatida mavjud bo‘lgan qoidalar qadriyatlar bilimlarni egallash usullari tizimiga mos keladigan bilim olish faoliyatining individual darajasi» deb belgilanadi.

Abstract

Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

background image


Fevral, 2025-Yil

520

PEDAGOGLARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGI

Sayitova Umida Hikmatillo qizi

Alfraganus universiteti

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., psixologiya fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.14918449

Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu

kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni

hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis

muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan

foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi,

to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega

bo‘ladi.

Bilim olish kompetentligi − «ijtimoiy jamiyat madaniyatida mavjud bo‘lgan qoidalar,

qadriyatlar, bilimlarni egallash usullari tizimiga mos keladigan bilim olish faoliyatining individual

darajasi» deb belgilanadi.[2] Ushbu kompetentlik shaxsning hayotiy faoliyatidagi tashabbuskorlik

xususiyatlariga asoslanadi. Kompetentli ta’lim sifatini oshirishning muhim jihatlaridan biri −

masalalarni hal etish jarayonida kerakli axborotni izlab topish, qayta ishlash va undan unumli

foydalana bilish, muammoni aniqlash hamda uni hal eta olish va boshqa shu kabi ko‘nikmalardan

iborat bo‘lgan umumiy o‘quv ko‘nikmalarini maqsadli ravishda rivojlantirish hisoblanadi.

Kompetensiya insonda murakkab va oldindan ko‘ra bilib bo‘lmaydigan rang-barang ishchi

vazifalarda yo‘nalish olish qobiliyatini rivojlantirish, o‘z faoliyati natijalari haqida tasavvurga ega

bo‘lish, shuningdek, ular uchun mas’uliyat va javobgarlikni ko‘zda tutadi. Bu kabi yondashuvning

shakllanishida zamonaviy “bilimlar iqtisodiyoti”ning ob’ektiv talablari sanaladiki, bunda

muvaffaqiyatli faoliyat uchun bilimlar emas, balki hayotiy va kasbiy muammolarni hal qilishda

namoyon bo‘ladigan umumlashgan bilim, ko‘nikma va malakalar, chet tilida muloqotga qodirlik,

axborot texnologiyalari sohasida tayyorgarlik tobora ahamiyatli va samarali tarmoq sanaladi.

B.B.Gershunskiy kompetentlikni “savodlilik”, “ta’lim olganlik”, “madaniyat”,

“mentalitet” kabi tushunchalar bilan o‘zaro aloqadorlikda olib qaraydi. Ilmiy adabiyotlar tahlili

ta’kidlashga imkon beradiki, pedagogning kasbiy kompetentligiga oid tadqiqotlarda “kasbiy

kompetentlik” tushunchasi turlicha talqin qilinadi: bilim va kasbiy muloqot malakalari

(I.A.Zimnyaya, N.V.Kuzmina, L.M.Mitina, N.F.Talizina); faoliyatning muayyan turlarini

mustaqil bajarishga tayyorlik,[1] kasbiy vazifalarni hal qilish va o‘z mehnati natijalarini baholash


background image


Fevral, 2025-Yil

521

malakalari (E.F.Zeer, N.V. Kuzmina, A.K. Markova, V.A.Slastenin, A.I. Shcherbakov), kasbiy

o‘sish va malaka oshirishga qodirlik, o‘zini kasbiy mehnatda namayon qilish (B.G.Gershunskiy,

V.A. Slastenin, A.K. Markova)lar tadqiq qilishgan.[3]

Intellektual kompetentlik deganda, bilimlarni qo‘llay olishning o‘ziga xos turi, ya’ni

muammolarni hal etishda, shu jumladan muammoli vaziyatlarda ham, samarador qarorlar qabul

qila olish imkoniyatlarini ta’minlay oladigan darajadagi kompetentlik tushuniladi. Tadqiqotchilar

kompetentli odamlarga xos bo‘lgan bilimlar elementlari sirasiga quyidagilarni kiritadilar: turli-

tumanlik, aniqlik va o‘zaro bog‘liqlik, moslashuvchanlik, muhim jihatlarni tez ajrata olish, turli

vaziyatlarda amalda qo‘llay olish, muhim tayanch elementlarining mavjudligi, biror ishni bajara

olish bo‘yicha amaliy bilimlarga egalik. Intellektual-korporativ kompetentlik «murakkab

psixologik xususiyat bo‘lib, korporativ tizim sifatida kompaniya tomonidan masalalarni maqbul

ravishda hal etilishidagi kabi ko‘nikma va malakalar to‘plamidan iborat bo‘ladi». Ular qatoriga –

masalalarni to‘g‘ri qo‘ya bilish va loyiha oldi tadqiqotlarini amalga oshirish, axborot

texnologiyalarini loyihalashtirish, innovatsion g‘oyalarni kiritish, kompaniyani rivojlantirish

strategiyasini ishlab chiqa bilish kabi ko‘nikmalarni kiritish mumkin. N.N.Mankoning fikricha,

pedagogning texnologik kompetentliligi – mavjud pedagogik tizim ob’ektlarini o‘zgartirish

faoliyatida qo‘llaniladigan kreativtexnologik bilimlar, qobiliyatlar va stereotiplar tizimidir. «Bilim

olish faoliyatining amaliy va intellektual mexanizmlarini takomillashtirish, didaktik vositalar

yordamida o‘qisho‘rganish faoliyatining tashqi rejasini tuzish, o‘quv harakatlarini rejalashtirish va

hokazolar boshqaruv hamda shakllantirishni tartibga keltirishning texnologikpedagogik asoslari

hisoblanadi. Bu umumiy kasbiy kompetentlikning maxsus bo‘limi hisoblanadi». Psixologik

kompetentlik, L.V.Andropovaning fikricha, − mutaxassisning kasbiy faoliyatini samarali amalga

oshirish imkonini beradigan o‘ziga xos psixologik (shaxsiy) quroli, uning psixologik

madaniyatining bir qismidir. O‘qituvchining psixologik kompetentliligi ikkita blokdan iborat:

intellektual (kognitiv) va amaliy (harakatli). Intellektual blokka psixologik bilim va tafakkur,

amaliy blokka psixologik ko‘nikma va malakalar kiritilgan.[4]

Ta’lim oluvchi oldida shunchaki fanlarning asoslarini o‘rganish emas, balki, fanni

o‘rganish jarayonida o‘zining bilim egallash imkoniyatlarini kengaytirish, murakkablashtirish

vazifasi turadi. Zero, shunchaki bilimli odam emas, balki bilimlarni egallash, puxtalash va ularni

amalda qo‘llay olish mexanizmi shakllangan odam kuchliroqdir. Bilim olish kompetentligining

asosida umumiy o‘quv ko‘nikmalari yotadi.


background image


Fevral, 2025-Yil

522

REFERENCES

1.

Равен Дж. Компетентность в современном обществе: выявление, развитие и

реализация / Пер. с англ. – М., 2002. – 396 с.

2.

Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб.: Питер, 2006.

3.

– 713.

4.

Селевко Г. Педагогические технологии на основе дидактического и методического

усовершенствования УВП – М.: 2005.

5.

Сластении В.А. Профессионализм учителя как явление педагогической культуры /

В.А.Сластенин // Педагогическое образование и наука, 2008, № 12. С. 4-15.

References

Равен Дж. Компетентность в современном обществе: выявление, развитие и реализация / Пер. с англ. – М., 2002. – 396 с.

Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб.: Питер, 2006.

– 713.

Селевко Г. Педагогические технологии на основе дидактического и методического усовершенствования УВП – М.: 2005.

Сластении В.А. Профессионализм учителя как явление педагогической культуры / В.А.Сластенин // Педагогическое образование и наука, 2008, № 12. С. 4-15.