ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
700
KO‘RINMAS QOTILDAN EHTIYOT BO‘LING!
Ahadqulov Qasriddin Valimurod o‘g‘li
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5 - Batalyon kursanti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14902855
Annotatsiya.
Mazkur maqolada is gazi va undan hosil bo’ladigan falokatlarning oldini
olish haqida so’z boradi. Shuningdek, maqola davomida is gazining zararli oqibatlari va undan
kelib chiqadigan noxush holatlarga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqolada asosli fikr va
mulohazalar keltirib, xulosa va takliflar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
is gazi, gazga bo‘lgan ehtiyoj, isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish,
loqaydlik.
BEWARE OF THE INVISIBLE KILLER!
Abstract.
This article discusses carbon monoxide and the prevention of disasters caused
by it. Also, the article specifically addresses the harmful effects of carbon monoxide and the
unpleasant situations arising from it. The article presents reasonable ideas and considerations,
and provides conclusions and suggestions.
Keywords:
carbon monoxide, gas demand, improper use of heating stoves, indifference.
ОСТЕРЕГАЙТЕСЬ НЕВИДИМОГО УБИЙЦЫ!
Аннотация.
В статье рассматривается окись углерода и предотвращение
катастроф, вызванных ею. В статье также подробно рассматривается вредное
воздействие угарного газа и неприятные ситуации, которые возникают в результате
этого. В статье представлены обоснованные мнения и соображения, а также выводы и
предложения.
Ключевые слова:
оксид углерода, потребность в газе, неправильное использование
отопительных печей, равнодушие.
Qish mavsumida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘ladi.
Shunday paytlarda barchamiz tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanishimiz hamda gaz
bosimining ortishi va tushish ehtimolligini hisobga olib ish ko‘rishimiz maqsadga muvofiqdir.
Chunki, oxirgi paytlarda respublikamizda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan zaharlanish va nobut
bo‘lish hollari ko‘plab uchramoqda.
Ma’lumki, is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy
formulasi - CO.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
701
U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p
tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is
gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq
yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim
holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va
kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini
cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi.
(1-rasm)
Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari
Bosh miya tizimida:
uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish;
Ko‘rish tizimida:
ko‘z oldining qorong‘ulashishi;
Eshitish tizimida:
eshitish qobiliyatining pasayishi;
Teri qismida:
terlash kuchayishi;
Nafas olish tizimida:
nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal;
Yurak qismida:
Puls va AB ortishi
Mushaklar tizimida:
Tremor (qaltirash).
Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi?
Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan
korxonalarda;
Avtoulovlar turargohlarida;
Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda;
Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
702
Pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi
moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi savdo do‘konlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi
gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan "kamin" gaz uskunasi chiroyli, ixcham
ko‘rinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib qo‘ysa bo‘ladigan qulayliklarga
egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni o‘rnatish va
foydalanishga doir texnik pasport o‘zbek yo rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida
undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni bo‘lmaydi. O‘zboshimchalik
bilan, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz Qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini buzgan holatda
o‘rnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.
Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?
O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash
va tuzatish;
Gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasini o‘zgartirish;
Dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish;
Xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish;
Maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan
shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi;
Gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
Gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish;
(2-rasm)
Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
703
Bo‘sh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yerto‘lalarda saqlash;
Gazlashtirilgan xonaga 50/55 litr sig‘imli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli
ballondan ikkitadan ortiq qo‘yish;
Ballonlarni qizishdan saqlaydigan to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, ballon bilan isitish
asbobining oralig‘i 0,5 metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan to‘siqning orasi esa 10
santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak;
Ballonlar bilan o‘t yoqish eshigining oralig‘i 2 metrdan oz bo‘lmasligi lozim;
Xonaga o‘rnatilgan ballonlar almashtirilayotganda elektr yoritkichlarni yoqib-o‘chirish,
ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish;
Ballonlarni almashtirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar borligida ballonlarni
almashtirish.
Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur.
Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:
A.
Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
B.
Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;
C.
Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib,
yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);
D.
Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish
taqiqlanadi;
E.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan
xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;
F.
Nashatir spirtini hidlatish;
G.
Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
H.
Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish.
