939
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
IS GAZI VA UNING OLDINI OLISHDA XORIJ TAJRIBASI
Jumaev Sayfiddin Qodirovich.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i
Ahadqulov Qasriddin Valimurod o‘g‘li
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5 – Batalyon kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14895186
Annotatsiya.
Mazkur maqolada is gazi va uning oldini olishda xorij tajribasi haqida so’z
boradi. Shuningdek, maqola davomida is gazining zararli oqibatlari va undan kelib chiqadigan
noxush holatlarga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqolada asosli fikr va mulohazalar keltirib, xulosa
va takliflar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
is gazi, kuz-qish mavsumi, isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish,
loqaydlik.
GREENHOUSE GAS AND FOREIGN EXPERIENCE IN ITS PREVENTION
Abstract.
This article discusses greenhouse gas and foreign experience in its prevention.
Also, the article specifically addresses the harmful effects of greenhouse gas and the unpleasant
situations arising from it. The article presents reasonable ideas and considerations, and provides
conclusions and suggestions.
Keywords:
greenhouse gas, autumn-winter season, improper use of heating stoves,
indifference.
ОКСИД УГЛЕРОДА И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ЕГО ПРОФИЛАКТИКИ
Аннотация.
В статье рассматривается оксид углерода и зарубежный опыт его
профилактики. В статье также подробно рассматривается вредное воздействие
угарного газа и неприятные ситуации, которые возникают в результате этого. В статье
представлены обоснованные мнения и соображения, а также выводы и предложения.
Ключевые слова:
угарный газ, осенне-зимний сезон, неправильное использование
обогревателей, равнодушие.
Darhaqiqat, respublikamizda kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan noto‘g‘ri foydalanish
va loqaydlik sabablariga ko‘ra aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo
aralashmasining chaqnashi holatlari ro‘y berib, insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar
yetkazilayotganligi, hatto eng achinarlisi, o‘lim bilan tugayotgan baxtsiz hodisalar sodir
bo‘layotganligi o‘zining taqdirini shu yurt taqdiri bilan bog‘lagan har qanday insonni tashvishga
soladi.
940
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Is gazi – yonuvchi modda va materiallar (gaz, yog‘och, ko‘mir kabilar)ning chala yonishi
natijasida hosil bo‘ladigan rangsiz va hidsiz gaz hamda zaharli modda hisoblanadi.
Aynan, is gazining ajralishiga sabablar – nostandart va nosoz gaz asboblaridan hamda
isitish pechlaridan foydalanish, talabga javob bermaydigan dudburonlarni o‘rnatish yoki ularni
noto‘g‘ri o‘rnatish, mavjudlarini o‘z vaqtida tozalamaslik, gazning yetarli miqdorda havo bilan
aralashmasligi kabilar tufayli sodir bo‘ladi.
Buyuk Britaniya davlatida bu ofatning dastidan yiliga salkam 800 nafar, Amerika Qo‘shma
Shtatlarida 500 nafarga yaqin, Rossiyada 350 dan ortiq odamlar bevaqt nobud bo‘layotganligi har
bir inson qalbini, jamiyat a’zosini larzaga keltiradi, mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlaridan
yangidan-yangi mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi.
Bu borada o‘tgan yil davomida respublikamizda is gazidan 50 ga yaqin inson bevaqt vafot
etganliklari barchamizni tashvishga soladi, albatta.
Hozirgi vaqtda qurilish va pardozlash materiallari, uy-joy jihozlari, idish-tovoqlar,
qurilmalar, detallar, matolar va boshqa ashyolar aksariyat hollarda polimer materiallardan
tayyorlanmoqda. Bularning yong‘inlarda yonishi natijasida odam organizmiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi zaharli moddalar ajralib chiqadi va aksariyat hollarda ayanchli holatlarni keltirib
chiqaradi.
Bu yo‘nalishda rivojlangan ayrim davlatlarning tajribasini o‘rganishlar jarayonida is
gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi
aniqlandi. Jumladan:
AQShning Nyu-York, Kolorado, Kaliforniya shtatlarida is gazidan zaharlanishning oldini
olish bo‘yicha maxsus qonunlar qabul qilingan.
941
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Birgina Kaliforniya shtatining 2010 yilda is gazidan zaharlanishni oldini olish to‘g‘risida
qabul qilingan qonun talablariga ko‘ra, gaz va isitish moslamalari mavjud bo‘lgan har bir xonada
is gazini aniqlovchi detektor (gazonalizator)larni o‘rnatish majburiy ekanligi belgilangan.
Ayni paytda, barcha turdagi binolarda is gazini aniqlovchi detektorlarni o‘rnatish bo‘yicha
tashviqot ishlari ham Buyuk Britaniya davlatida muntazam olib borilayotganligi kuzatildi.
Bundan tashqari, AQSh va Kanada davlatlarida markaziy isitish tizimidan voz kechilib,
ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida butun uyni isitib beradigan boylerlar (suvni isitadigan
qurilmalar) o‘rnatilmoqda.
Yevropada ham individual isitish moslamasi – generatorlarni o‘rnatish keng rivojlangan.
Mazkur amaliyot yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan binolarda
qo‘llanilmoqda. Jumladan, London shahridagi yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uylarning har bir
xonadonida avtomatlashtirilgan individual isitish tizimi generatorlari, majburiy ravishda tizim
o‘rnatilgan xonaga gaz sizib chiqishini xabarlovchi (gazoanalizator) bo‘lishi sharti bilan
o‘rnatilmoqda.
Janubiy Koreyada esa suyultirilgan uglevodorod gaz ballonlarini baland qavatli turar joy
binolarining birinchi qavatida yong‘in qarshi bo‘lgan devorlarning orqa tomonida o‘rnatish joriy
etilgan.
Ayrim davlatlarda esa besh qavatgacha bo‘lgan uylarda ham gaz sizib chiqishini
xabarlovchi (gazoanalizator) bo‘lishi sharti bilan individual isitish tizimi generatorlari tajriba
sifatida o‘rnatilmoqda.
Ushbu tizim boshqa isitish tizimlariga qaraganda xavfsizlik jihatdan ancha yuqoriligi
amalda isbotlanmoqda.
Mamlakatimizda ham qurilayotgan baland qavatli arzonlashtirilgan turar joy binolarida
ushbu amaliyot keng qo‘llanilmoqda, ya’ni ikki konturli isitish qozonlari o‘rnatilmoqda.
Albatta, yuqorida qayd etilgan davlatlardagi mavjud ijobiy tajribalarni o‘rganish asosida
bosqichma-bosqich tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bundan tashqari is gazidan zaharlanishning oldini olishda axborot – kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash vaqti yetib keldi. Bu borada nafaqat axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, balki ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa operatorlari imkoniyatidan foydalanish
ham ancha samara beradi.
O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda is gazidan zaharlanishni
oldini olishda foydalaniladigan mobil ilova (telefon dasturlari) tushunchalarining milliy ko‘rinishi,
talqini mavjud emas
942
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan “Youtube», “Facebook», “Telegram», “Play Market»
kabilarda isitish qurilmalaridan foydalanishni o‘rgatuvchi o‘zbek tilidagi videoroliklar, animatsion
multfilm va infografikalar deyarli yo‘q.
Shuning uchun
Rossiya, AQSh, Italiya, Janubiy Koreya kabi davlatlardagi ixtisoslashgan
veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashgan isitish qurilmalaridan foydalanishda
qo‘llaniladigan materiallarning aksariyati ingliz tilida tayyorlanganligiga guvoh bo‘ldik, bunday
materiallarni (video rolik, multfilm va infografika ko‘rinishlarini) o‘zimizda davlat tilida ham
tayyorlash lozim.
