Authors

  • Sadoqat Islomova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69147

Keywords:

bolalar mehnati mehnat huquqlari bolalar huquqlari ijtimoiy himoya ta’lim huquqi zo‘ravonlik va ekspluatatsiya mehnatni me’yorlash xalqaro me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bolalar rivojlanishi bolalar mehnatiga qarshi kurash ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir mehnat sharoitlari.

Abstract

Ushbu ilmiy ish "Bolalar mehnatiga qarshi kurash" mavzusini o‘rganadi va bolalar mehnatining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ta’sirlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda bolalar mehnatining jamiyatdagi o‘rni, uning salbiy oqibatlari, shu jumladan, ta’lim olish huquqi, sog‘liqni saqlash, va rivojlanish imkoniyatlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ishda, bolalar mehnatini mehnat huquqi, xalqaro me’yorlar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida tahlil qilish hamda bu boradagi global va milliy tajribalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar mehnatini kamaytirish va uning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari, davlat siyosatini takomillashtirish, ijtimoiy himoya va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirishga yordam beradi.

background image

1317

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

BOLALAR MEHNATIGA QARSHI KURASH

Islomova Sadoqat Azim qizi

Qarshi xalqaro universiteti Muhandislik va pedagogika fakulteti

Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabasi.

Tel: +99897-279-99-55

Islomovasadoqat03@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14911497

Anontatsiya

. Ushbu ilmiy ish "Bolalar mehnatiga qarshi kurash" mavzusini o‘rganadi va

bolalar mehnatining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ta’sirlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda bolalar

mehnatining jamiyatdagi o‘rni, uning salbiy oqibatlari, shu jumladan, ta’lim olish huquqi,

sog‘liqni saqlash, va rivojlanish imkoniyatlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ishda, bolalar

mehnatini mehnat huquqi, xalqaro me’yorlar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi

qonunlari asosida tahlil qilish hamda bu boradagi global va milliy tajribalar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, bolalar mehnatini kamaytirish va uning oldini olish bo‘yicha amaliy

tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari, davlat siyosatini takomillashtirish, ijtimoiy

himoya va bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirishga yordam

beradi.

Kalit so‘zlar:

bolalar mehnati, mehnat huquqlari, bolalar huquqlari, ijtimoiy himoya,

ta’lim huquqi, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, mehnatni me’yorlash , xalqaro me’yorlar,

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, bolalar rivojlanishi, bolalar mehnatiga qarshi kurash,

ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir, mehnat sharoitlari.

БОРЬБА С ДЕТСКИМ ТРУДОМ

Аннотация.

В данной исследовательской работе рассматривается тема «Борьба

с детским трудом» и анализируются социальные, экономические и правовые последствия

детского труда. В исследовании рассматривается роль детского труда в обществе, его

негативные последствия, в том числе влияние на право на образование, здравоохранение и

возможности развития. В работе рассмотрен анализ детского труда на основе

трудового

законодательства,

международных

стандартов

и

действующего

законодательства Республики Узбекистан, а также мировой и национальный опыт в

этом отношении. Также будут разработаны практические рекомендации по

сокращению и предотвращению детского труда. Результаты исследования помогут

усовершенствовать государственную политику, усилить меры, направленные на защиту

социальной защиты и прав детей.

Ключевые слова:

детский труд, трудовые права, права детей, социальная

защита, право на образование, насилие и эксплуатация, стандартизация труда,


background image

1318

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

международные стандарты, законодательство Республики Узбекистан, развитие

детей, борьба с детским трудом, социально-экономическое воздействие, условия труда.

COMBATING CHILD LABOR

Abstract.

This research paper examines the topic "Combating Child Labor" and

analyzes the social, economic and legal effects of child labor. The study examines the role of

child labor in society, its negative consequences, including the impact on the right to education,

health care, and development opportunities. In the work, analysis of child labor based on labor

law, international standards and current laws of the Republic of Uzbekistan, as well as global

and national experiences in this regard are considered. Practical recommendations for reducing

and preventing child labor will also be developed. The results of the research will help to

improve public policy, strengthen measures aimed at protecting social protection and children's

rights.

Key words:

child labor, labor rights, children's rights, social protection, right to

education, violence and exploitation, standardization of labor, international standards,

legislation of the Republic of Uzbekistan, child development, fight against child labor, social and

economic impact, working conditions.

Dunyo miqyosida bolalar mehnatiga qarshi kurashish borasida katta harakatlar amalga

oshirilgan bo‘lsa-da, hali ham bu masala dolzarb bo‘lib qolmoqda. Xalqaro tashkilotlar,

jumladan, BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) va boshqa tashkilotlar bolalar mehnatini

qisqartirish va butun dunyo bo‘ylab bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab

tashabbuslarni ilgari surishmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bolalar mehnatini taqiqlash

va ularni himoya qilishga qaratilgan qonunchilik bazasi mustahkamlangan, ammo amaldagi

muammolar hali ham mavjud. Bolalar mehnati, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, uy-ro‘zg‘or ishlari,

turizm va servis sohalarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab bolalar maktabdan chetlashtiriladi,

ular to‘liq ta’lim olishdan mahrum bo‘lishadi. Shu bilan birga, bolalarning jismoniy va ruhiy

salomatligi, shuningdek, kelajakdagi hayot sifatiga ham zarar yetkaziladi. O‘zgarmas ijtimoiy-

iqtisodiy sharoitlar, past daromadlar, oilaviy muammolar va boshqa omillar bolalar mehnatining

tarqalishiga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining mehnat huquqi, bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha

ko‘plab qonunlar, qoidalar va xalqaro hujjatlarga amal qilinadi. Masalan, O‘zbekiston

Respublikasi "Bolalar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonuni, "Mehnat kodeksi" va

boshqa hujjatlar bolalar mehnatiga qarshi kurashishni nazarda tutadi.


background image

1319

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Biroq, mavjud qonunchilik va tizimning samaradorligini oshirish, bolalar mehnatini

kamaytirish uchun yanada kuchli va samarali chora-tadbirlar talab etiladi. Mavzuni yanada keng

yotish uchun bola mehnati o’zi nima ekanligini bilishimiz lozim.

Bolalar mehnati - bu hozirgi zamonning eng dolzarb ijtimoiy masalalaridan biri bo‘lib,

nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki rivojlangan davlatlarda ham mavjud muammo

hisoblanadi. Bu fenomen ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va

bolalar huquqlarining buzilishi, ularning ta’lim olish huquqi, sog‘liqni saqlash, rivojlanish

imkoniyatlari kabi asosiy jihatlariga putur yetkazadi. Bolalar mehnatini kamsituvchi,

ekspluatatsiya qiluvchi va ularning erkin rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar ko‘plab

mamlakatlarda uchraydi va bu jamiyatda barqaror rivojlanish, iqtisodiy farovonlikni

ta’minlashga salbiy ta’sir qiladi.

Bolalar mehnati - bu bolalar yoki voyaga yetmagan shaxslarning o‘z yoshiga mos

kelmaydigan yoki ularning jismoniy, ruhiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar

yetkazadigan mehnat faoliyatidir. Ushbu mehnat bolalarning to‘liq o‘sishi va rivojlanishiga

to‘siq bo‘ladi va ular o‘z huquqlaridan foydalanishdan mahrum bo‘lishadi. Shuningdek bolalar

mehnatining turlari mavjud, ular quyidagilar:

- Majburiy mehnat: bolalar o‘z ixtiyori bilan emas, balki majburlash orqali ishlashga jalb

qilinadi. Bu bolalarni ekspluatatsiya qilish va ular uchun yomon sharoitlarda ishlashni anglatadi.

- Zo‘ravonlikka asoslangan mehnat: bolalar jismoniy yoki psixologik zo‘ravonlikka

duchor bo‘lib, majburiy ishlarga jalb qilinadi.

- Uy-ro‘zg‘or mehnati: ko‘pincha qishloq joylarda bolalar uy-ro‘zg‘or ishlariga jalb

qilinadi. Bu holatda, bolalar ta’lim olishdan mahrum bo‘lishadi.

- Bolalar mehnati qishloq xo‘jaligida: qishloq xo‘jaligida bolalar o‘z yoshiga mos

kelmaydigan ishlarni bajaradi, masalan, ekin ekish, hosil yig‘ish va boshqa mehnat faoliyatlari.

- Bolalar mehnati shaharlar va sanoat sohalarida: shahar va sanoatlarda bolalar og‘ir

ishlarda ishlatiladi, ular xavfli va salbiy sharoitlarda ishlaydi. Bu kabi zo’ravonliklar bolani

ilmsizlikka yokida hayotda o’z o’rnini topa olmaslikka, o’zi sevimli mashg’uloti bilan

shug’ullana olmasligi, o’z ustida ishlamasligi, qobiliyatlarini kashf qilmasligiga olib keladi.

Bolalar mehnatining ijtimoiy oqibatlari ular uchun ta’lim olish imkoniyatlarini cheklaydi,

sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. Bolalar mehnatiga

jalb qilingan bolalar jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaydi, o‘z huquqlaridan mahrum bo‘ladi va

kelajakda jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatlarini yo‘qotadi. Albatta har bir bola

o’qishni, tengqurlari bilan o’ynashni xohlaydi, lekin ularning ba’zilari mehnat qilishlari balkida

oila yuki zimmalariga tushgan bo’ladi.


background image

1320

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Va shuningdek bolalar mehnatining turli xil sabablari mavjud. Bolalar mehnatining

sabablari murakkab va ko‘p qatlamli bo‘lib, bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy omillarni o‘z

ichiga oladi. Iqtisodiy sabablaridan biri bu - kambag‘allik: oila daromadining pastligi yoki

kambag‘allik bolalar mehnatiga jalb qilishning asosiy sababidir. Oilalar mehnatga muhtoj bo‘lib,

bolalar ishlashga majbur bo‘ladi. Keyingisi ishsizlik: oila a’zolarining ishlash imkoniyatlari

cheklanganligi sababli, bolalar mehnatga jalb qilinadi. Ijtimoiy sabablari: oila muammolari: o‘ta

kambag‘al oilalar, yolg‘iz ota-onalar, oilada kuchli iqtisodiy muammolar mavjud bo‘lganda

bolalar mehnatga jalb qilinishi mumkin. E’tiborning yo‘qligi: ta’limga nisbatan jamoatchilikda

etarli e’tiborning yo‘qligi, ko‘plab bolalar o‘qish o‘rniga ishlashga majbur bo‘ladi. Huquqiy

sabablardan: qonunchilikning etarlicha ishlamasligi: bolalar mehnatini taqiqlovchi qonunlarning

zaifligi yoki ularga amal qilmaslik bolalar mehnatining keng tarqalishiga olib keladi. Keng

miqyosdagi nazoratning yo‘qligi esa: mahalliy va xalqaro qonunlarga amal qilmaslik, bolalar

mehnatini kamaytirishga qaratilgan nazorat mexanizmlarining zaifligi.

Shuningdek xalqaro hujjatlar roli katta o’rin tutadi:

-BMT Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyasi (1989): BMT tomonidan bolalarning

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan eng asosiy xalqaro hujjat bo‘lib, u bolalar mehnatini

taqiqlash va bolalarning erkin rivojlanishini ta’minlashni nazarda tutadi.

-Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan qabul qilingan konvensiya bolalar mehnatini

ekspluatatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan. Uning asosiy maqsadi bolalar mehnatini faqat

qat’iy belgilangan holatlarda va minimal yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni ishga jalb qilishni

taqiqlashdir.

Milliy qonunchilik:

-O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi: Ushbu kodeksda bolalar mehnatini

taqiqlash va mehnat sharoitlarini belgilash bo‘yicha qoidalar mavjud. Bu qonunchilikda bolani

majburiy mehnatga jalb qilish, og’ir yuk ko’tartirish kabilarni oldini oladi.

-Bolalar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun: O‘zbekistonning bolalar

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlari bolalar mehnatini taqiqlaydi va bolalarning

huquqlarini ta’minlashni maqsad qiladi. Masalan ushbu qonunchilikning 20-moddasida bolaning

mehnat qilish huquqi kafolatlari haqida so’z boradi. Ya’ni har bir bola o‘zining yoshi,

sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda

mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash

huquqiga ega.

Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim

tashkilotlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga

ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida


background image

1321

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

bajarishi uchun - ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-

onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l

qo‘yiladi. Qisqacha qilib aytganda bola mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan, bir vaqtning

o’zida ham ishlashi ham o’qish huquqiga ega bo’ladi. 21-moddaga ko’ra, bolaning dam olish va

bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari, bunda har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘i hamda

ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqqa ega. Ota-ona yoki ota-

onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har

tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini ta’minlaydi.

Bolalar mehnatini kamaytirish bo‘yicha davlat va xalqaro miqyosda bir qator chora-

tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda bolalar mehnatini kamaytirish bo‘yicha bir qator

qonuniy va ijtimoiy dasturlar ishlab chiqilgan. Misol uchun, ta’lim tizimini isloh qilish, oilaviy

yordam dasturlari, bolalarni mehnatdan himoya qilishni kuchaytirish. Xalqaro tashkilotlar va

NNTlarning roli: Xalqaro tashkilotlar, masalan, BMT, ILO va YUNISEF, bolalar mehnatiga

qarshi kurashishda katta rol o‘ynaydi, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan global

tashabbuslarni ilgari surishadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlab unda inson

huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o‘zgarganligi hamda majburiy va bolalar mehnati to‘liq

tugatilganligi maʼlum qilindi. Ya’ni qabul qilinadigan qonunlar, qarorlar va sessiyada so’zlangan

nutqlarning barchasi inson omili uchun xizmat qiladi, bu esa quvonarli holatdir.

Voyaga yetmaganlarga ish davomida beriladigan imtiyozlar yana bir qiziqarli hamda

barchani qiziqtirgan savollardan biri va undan ko’pchilik xabardor emas, shu mavzuni qisqacha

yoritishga harakat qildim. Voyaga yetmagan shaxs ishga qabul qilinganidan so‘ng u katta

yoshdagi xodimlar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar. Faqatgina mehnatni muhofaza qilish, ish

vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ularga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

Masalan, ish vaqtiga to‘xtaladigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlarga nisbatan qisqartirilgan

ish vaqti qo‘llaniladi hamda 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga ish vaqtining muddati

haftasiga - 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga 24 soatdan

oshmaydigan qilib belgilanadi.

O‘qib ishlayotgan voyaga yetmagan uchun imtiyozlar: Kirish imtihonlari topshirishga

ruxsat etilgan voyaga yetmagan shaxslarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘quv yurtlari

joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti hisobga olinmagan holda kamida 15 kalendar kun

ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga esa imtihon

sessiyasida qatnashishi uchun o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi,

diplom loyihasi tayyorlashi, yoqlashi yoki bitiruv imtihonlari topshirishi uchun yiliga 1 marta

yo‘l kiraning 50 foizdan kam bo‘lmagan qiymatda haq to‘lab beriladi.


background image

1322

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Bosh qomus, ya’ni Konstitutsiyaning 44-moddasiga binoan bolalar mehnatining bolaning

sog’lig’iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan,

uning ta’lim olishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi. Aynan shu normalarni

konstitutsiyaga kiritilishi xalqning xohishi bilan bo‘lmoqda. Nega mazkur qoidalar

konstitutsiyaga kiritilishi so‘raldi? Chunki boshqa normativ hujjatlardagi qoidalar vakolatli

davlat organlari tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Ammo norma asosiy

qonunga kiritilarkan, unga xalq ovoz bermoqda. Buni faqat xalqning xohishi bilan o‘zgartirish

mumkin. Va bu, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi norma bo‘ladi. Uni osongina o‘zgartirishning

imkoniyati bo‘lmaydi.

Bolalar mehnatiga qarshi kurashish uchun ba’zi tavsiyalar. Bolalar mehnatining oldini

olish va uni kamaytirish uchun quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqish mumkin:

1.Qonunchilikni kuchaytirish: bolalar mehnatini taqiqlovchi qonunlarni kuchaytirish,

huquqiy mexanizmlarni yanada samarali qilish.

2.Ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish: kambag‘allikni kamaytirish, oilalarga iqtisodiy

yordam ko‘rsatish, bolalarni ta’limga jalb qilish bo‘yicha yangi dasturlarni ishlab chiqish.

3.Ta’lim tizimini isloh qilish: bolalar ta’limini kengaytirish, majburiy ta’limni ta’minlash

va bolalar mehnatiga qarshi ongli yondashuvni shakllantirish.

Xulosa qilib aytganda, bolalar mehnatiga qarshi kurash global va mahalliy darajada

dolzarb masalalardan biridir. Bu muammo, asosan, bolalarning sog‘lig‘i, ta'lim olish huquqi va

kelajakdagi imkoniyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar mehnatining oldini olish, ularning

munosib ta'lim olish va bolalik davrini xavfsiz sharoitda o'tkazishlarini ta'minlash jamiyatning

asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.kurashda hukumatlar, nodavlat tashkilotlar va

jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Xususan, qonunchilikni mustahkamlash,

kambag‘allikni kamaytirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va bolalarga ta'lim olish imkoniyatlarini

oshirish orqali bu muammoni hal qilish mumkin. Shuningdek, jamoatchilikni xabardor qilish va

bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun axloqiy tamoyillarni targ‘ib qilish muhimdir. Bolalar

mehnatiga qarshi kurash - bu nafaqat inson huquqlarini himoya qilish, balki kelajak avlod uchun

yanada adolatli va barqaror jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

REFERENCES

1.

30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash samaradorligini oshirish

https://www.ombudsman.uz/oz/docs/voyaga-yetmaganlarning-huquq-va-erkinliklarini-

taminlash-samaradorligini-oshirish


background image

1323

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

3.

Voyaga yetmagan shaxsning ishlashi qonuniymi: talablar va imtiyozlar | O‘zbekiston

Respublikasi

Bandlik

va

mehnat

munosabatlari

vazirligi

https://mehnat.uz/oz/news/voyaga-yetmagan-shaxsning-ishlashi-qonuniymi-talablar-va-

imtiyozlar

4.

“Bolalar mehnati taqiqlanadi”. O‘zgarayotgan konstitutsiyada majburiy mehnatga doir

yangi

norma

kengaytirilmoqda

Uzbekistan

News

|

DARYO.UZ

https://daryo.uz/2023/03/15/tegilmasin-bolalar-mehnati-taqiqlanadi-ozgarayotgan-

konstitutsiyada-majburiy-mehnatga-doir-yangi-norma-kengaytirilmoqda

5.

179-сон 21.08.2007. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga

tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

haqida

https://lex.uz/docs/-1240010

6.

Voyaga yetmagan - Vikipediya

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Voyaga_yetmagan

7.

Voyaga yetmaganlar - Vikipediya

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Voyaga_yetmaganlar

8.

Ota-onaning bolalarga oid huquq va majburiyatlari

https://advice.uz/oz/document/567

9.

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish

https://www.uzedu.uz/uz/services/50

References

30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145

Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash samaradorligini oshirish https://www.ombudsman.uz/oz/docs/voyaga-yetmaganlarning-huquq-va-erkinliklarini-taminlash-samaradorligini-oshirish

Voyaga yetmagan shaxsning ishlashi qonuniymi: talablar va imtiyozlar | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi https://mehnat.uz/oz/news/voyaga-yetmagan-shaxsning-ishlashi-qonuniymi-talablar-va-imtiyozlar

“Bolalar mehnati taqiqlanadi”. O‘zgarayotgan konstitutsiyada majburiy mehnatga doir yangi norma kengaytirilmoqda — Uzbekistan News | DARYO.UZ https://daryo.uz/2023/03/15/tegilmasin-bolalar-mehnati-taqiqlanadi-ozgarayotgan-konstitutsiyada-majburiy-mehnatga-doir-yangi-norma-kengaytirilmoqda

179-сон 21.08.2007. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida https://lex.uz/docs/-1240010

Voyaga yetmaganlar - Vikipediya https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Voyaga_yetmaganlar

Ota-onaning bolalarga oid huquq va majburiyatlari https://advice.uz/oz/document/567

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish https://www.uzedu.uz/uz/services/50