Authors

  • Sayfiddin Jumaev
  • Asadbek Suyunov
  • Jasur Saidqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69202

Keywords:

turar joy binolari gaz ballonlar texnik xususiyatlar tabiiy gaz propan saqlash shartlari mahkamlovchi ventil gaz bosimi.

Abstract

Ushbu maqolada, turar joy binolarida gaz ballonlarining portlashi va yong'in xavfsizligi masalalari tahlil qilingan. Tabiiy gaz, asosan metandan iborat bo'lib, portlovchi va yonuvchi xususiyatlarga ega. Maqola gaz ballonlarining turlari, ularning xavfsiz foydalanish qoidalari, hamda gazning havo bilan aralashishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, gaz ballonlarining texnik xususiyatlari, saqlash shartlari va iste'molchilarning ehtiyotkorligi haqida tavsiyalar beriladi. Maqola, shuningdek, gaz ballonlarining to'g'ri foydalanilishi va texnik ko'rikdan o'tkazilishi, potentsial xavf holatlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1121

GAZ BALLONLARIDAN FOYDALANISHDA EHTIYOT BOʼLING!

Jumaev Sayfiddin Qodirovich.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi kafedra boshligʼi

Suyunov Asadbek Erka o‘g‘li.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi 5-batalyon kursanti

Saidqulov Jasur Haydarqul o‘g‘li.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi 5-batalyon kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14940842

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, turar joy binolarida gaz ballonlarining portlashi va

yong'in xavfsizligi masalalari tahlil qilingan. Tabiiy gaz, asosan metandan iborat bo'lib,

portlovchi va yonuvchi xususiyatlarga ega. Maqola gaz ballonlarining turlari, ularning xavfsiz

foydalanish qoidalari, hamda gazning havo bilan aralashishi natijasida yuzaga keladigan xavf-

xatarlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, gaz ballonlarining texnik xususiyatlari, saqlash

shartlari va iste'molchilarning ehtiyotkorligi haqida tavsiyalar beriladi. Maqola, shuningdek, gaz

ballonlarining to'g'ri foydalanilishi va texnik ko'rikdan o'tkazilishi, potentsial xavf holatlarini

oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

turar joy binolari, gaz ballonlar, texnik xususiyatlar, tabiiy gaz, propan,

saqlash shartlari, mahkamlovchi ventil, gaz bosimi.

BE CAREFUL WHEN USING GAS CYLINDERS!

Abstract.

This article analyzes the issues of explosion and fire safety of gas cylinders in residential

buildings. Natural gas, consisting mainly of methane, has explosive and flammable properties. The article

provides information on the types of gas cylinders, the rules for their safe use, and the dangers arising from

the mixing of gas with air. It also provides recommendations on the technical characteristics of gas

cylinders, storage conditions and consumer precautions. The article also emphasizes the importance of

proper use and technical inspection of gas cylinders in preventing potential hazards.

Keywords:

residential buildings, gas cylinders, technical characteristics, natural gas, propane,

storage conditions, locking valve, gas pressure.

БУДЬТЕ ОСТОРОЖНЫ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ ГАЗОВЫХ БАЛЛОНОВ!

Аннотация.

В статье анализируются вопросы взрывов газовых баллонов и пожарной

безопасности в жилых зданиях. Природный газ, состоящий в основном из метана, обладает

взрывоопасными и пожароопасными свойствами. В статье представлена информация о типах

газовых баллонов, правилах их безопасного использования, а также опасностях, возникающих при


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1122

смешивании газа с воздухом. Даны также рекомендации по техническим характеристикам

газовых баллонов, условиям хранения и мерам предосторожности для потребителей. В статье

также подчеркивается, что правильное использование и обслуживание газовых баллонов имеют

важное значение для предотвращения потенциальных опасностей.

Ключевые слова:

жилые дома, газовые баллоны, технические характеристики,

природный газ, пропан, условия хранения, запорная арматура, давление газа.

Soʼnggi yillarda xalq xoʼjaligida, xususan turar joy binolaridagi yonuvchan gazning portlashi bilan

bogʼliq boʼlgan ayanchli hodisalar, yuqori bosim ostidagi gaz ballonlarini qoʼllashda yongʼin xavfsizligi

nuqtai nazaridan alohida eʼtibor talab qilmoqda. Gaz saqlanadigan ballonlardan to‘gʼri foydalanishni bilish

xavf darajasini pasaytirish, talofat va qurbonlarning oldini olishga koʼmak beradi.

Mazkur masalani hal etish uchun respublikamiz aholisiga gaz ballonlari va ulardan toʼgʼri

foydalanish toʼgʼrisida sodda, aniq maʼlumotlar berish, zamon talabiga mos keladigan yuqori sifatli

maishiy gaz ballonlari toʼgʼrisida tushuntirish ishlarini olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan

biridir.

Tabiiy gaz - bu asosan (98%) metan (SN4) hamda 2% boshqa ogʼir uglevodorodlar (propan, butan,

etan, geksan va boshqalar) dan iborat boʼlgan gazdir.

Qayta ishlangungacha tabiiy gaz hidsiz, rangsiz va tamsiz boʼladi. Gaz sizib chiqqanda uni hidini

sezish uchun unga odorandlar qoʼshiladi. Odorant oʼziga xos hidga ega boʼlgan etilmerkoptan

(suyuqlikdir).

Tabiiy gazga 1000 m

3

hisobiga yoz paytida 16 gramm, qish paytida esa 19 gramm etilmerkoptan

qoʼshiladi.

Tabiiy gaz odam organizmiga boʼgʼuvchi gaz tarzida (havoda 10% dan ortiq kontsentratsiyasi

mavjud boʼlganda, odamning boʼgʼilishga sabab boʼladi) taʼsir qiladi.

Tabiiy gaz – portlovchi va yonuvchi gazdir. Gazlarning havo bilan aralashmasi esa portlaydi.

Tabiiy gaz portlash chogʼida 1 sm

3

maydon hisobiga oʼrtacha 8 kg. kuch bilan zarba berishi

mumkin.

Metan bilan havo aralashmasi alangasining tarqalish tezligi 0,67 m/s. Tabiiy gazning yonish

harorati esa 2100

0

С.

Ballonlar – suyultirilgan va siqilgan gazlarni saqlash uchun moʼljallangan sigʼimlar hisoblanadi.

Ballonlar payvandlagan yoki butun choʼzilgan, yuqori qismi toraygan sigʼim boʼlib, pastki qismida

mustahkamligi uchun taglik va yuqori qismida 2 ta ulanish rezbalari mavjud.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1123

Ballonning yuqori qismida pasport maʼlumotlari oʼyib yozilgan boʼladi, yaʼni ishlab chiqaruvchi

zavod, ballon raqami, ishlab chiqarish sanasi, keyingi sinov sanasi, ishchi va sinov bosimi, “OTK” (Texnik

nazorat boʼlimi) tamgʼasi.

Ballonlarni qayta tekshirish 5 yilda bir marta oʼtkziladi va ballonda keyingi sinov sanasi oʼyib

yoziladi.

Ballonlar quyidagilarga boʼlinadi:

1. Gazning turiga koʼra: kislorod, atsetilen, propan va boshqalar;

2. Boʼyalishiga koʼra: kislorod-koʼk, atsetilen-oq, propan va metan-qizil, uglekisliy gaz-qora,

vodorod-yashil, argon-kulrang, geliy-jigarrang;

3. Yozuv matni va rangi: Аtsetilen-qizil, vodorod-qizil, kislorod-qora, propan-oq, qora, boshqa

gazlar-oq;

4. Tuzilish boʼyicha – butun cho‘zilgan, payvandlangan:

Poʼlat gaz ballonlarining koʼrinishi

Propanning kimyoviy formulasi – S3N8, rangsiz gaz boʼlib, molekulyar massasi 44,096 kg/m3 ni

tashkil qiladi, havodan ogʼir, yonuvchan, chaqnash temperaturasi -96 oS, oʼz-oʼzidan alangalanish

temperaturasi 470 oS, maksimal portlash bosimi 843 kPa ni tashkil qiladi. Propan maxsus ballonlarda

saqlanadi, transportirovka qilinadi va foydalaniladi.

Propan ballonlari hajmi boʼyicha 4 xil: 5, 12, 27, 50 litr boʼlib, hozirgi vaqtda asosan 27 va 50 litr

hajmli ballonlardan foydalanilmoqda.

27 litrli ballon - joʼmragi – GOST 21804-94, konussimon rezbali, ballon qizil rangga boʼyalgan, V

St.3 sp rusumli poʼlatdan bajarilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1124

Geometrik oʼlchamlari: balandligi 600 mm, diametri - 299 mm, korpus devorining qalinligi - 3

mm. Boʼsh ballon ogʼirligi - 14,4 kg, toʼldiriladigan gaz ogʼirligi - 11,4 kg, sigʼimi 27 litr, ishchi bosim -

160 Аtm, sinov bosimi-250 Аtm.

50 litrli ballon – joʼmragi - GOST 21804-94, konussimon rezbali, ballon qizil rangga boʼyalgan, V

St.3 sp rusumli poʼlatdan bajarilgan. Geometrik oʼlchamlari: balandligi 960 mm, diametri – 299 mm,

korpus devorining qalinligi - 3 mm. Boʼsh ballon ogʼirligi - 22 kg, toʼldiriladigan gaz ogʼirligi - 21,2 kg,

sigʼimi 50 litr, ishchi bosim - 160 Аtm, sinov bosimi - 250 Аtm.

Fuqarolar ballonlarda tekshiruvni amalga oshirishi va zarur tezkor sharoitlarda xavfsizlik

choralariga beparvo holda qaramasliklari lozim. Isteʼmolchilar koʼpincha xavf-xatarni oʼylamasdan, pulni

tejashga intiladi. Shu bois, arzon va foydalanilgan (qoʼlbola yasalgan) gaz ballonlarini harid qiladilar. Shuni

ham eʼtiborga olish kerakki, yuqori haroratda gaz kengayib, bosim ortishi natijasida ballondan chiqish

yoʼllarini qidiradi. Koʼp hollarda, isteʼmolchilar gaz ballonlarini tashqi tomonda, yaʼni quyosh nurlari

tushib turadigan joylarda saqlashadi, bu esa juda xavfli hisoblanadi.

Propan gaz ballonlarining belgilanishi va boʼyalishi. Payvandlash poʼlat propan (propan-butan) gaz

ballonlari GOST 15860-84 va GOST 949-73 meʼyoriy hujjatiga koʼra, yozuvlari oq rangda va koʼrinishi

qizil rang bilan boʼyaladi.

Propan gaz ballonlarining pasporti. Propan ballonlarining mahkamlovchi ventilining pastki

qismida maxsus metall doira oʼrnatiladi va belgilangan yozuvlar kiritiladi.

Propan gaz ballonlarining pasportidagi maʼlumotlarning koʼrinishi.

Propan gaz ballonlarinining pasportida quyidagi kengaytirilgan maʼlumotlar yoziladi:

1. Propan ballonining ishchi bosimi (1 MPa ~ 10 atm).

2. Propan ballonini tekshirish (sinov) bosimi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1125

3. Propan balloni hajmi.

4. Propan ballonini ishlab chiqargan korxonaning raqami.

5. Propan ballonini ishlab chiqarilgan sanasi "MM.GG.АА" formatida, "MM" propan ballonini ishlab

chiqarish sanasi, " GG" - ishlab chiqarilgan yili, "АА" – ballonni tekshiruvdan oʼtkazish yili.

6. Ballonni ishlab chiqarilgan vaqtda boʼsh holda ogʼirligi.

7. Propan ballonini oʼrtacha toʼldirilgan holdagi ogʼirligi.

8. Propan ballonini keyingi koʼrikdan oʼtkazilgandagi maʼlumoti “R-АА” formatida, “R” – ballonni

koʼrikdan oʼtkazgan korxona yoki obʼektni tamgʼasi, “АА” – koʼrikdan oʼtkazilgan yili.

Gaz ballonlarida asosan quyidagi holatlarda portlash xavfi hosil boʼlishi mumkin:

1) Ballondan gazni yuqori tezlikda chiqishi unda statik elektr hosil boʼlib, gaz joʼmragi orqali

ballondagi chiqish joyini elektrlashtirishi natijasida uchqun hosil qilishi mumkin.

2) Ballondagi gaz bosimining ruxsat berilgan bosimdan oshishi (ballondagi bosimning quyosh nuri

yoki boshqa issiqlik manbai taʼsirida)

3) Ballon metalining yemirilishi natijasida devorining yupqalanishi, ballonni bajarishda talabga javob

bermaydigan materiallardan foydalanganda, qishki vaqtda havo haroratining pasayishi bilan ballon

metalining plastiklik xususiyati pasayib, zarb yetkazilganda ballon metali parchalanishi;

4) Ballonlarning oʼz vaqtida texnik sozligi va yaroqliligi maxsus ruxsatnomaga ega boʼlgan

tashkilotlar tomonidan tekshiruvdan yaʼni maxsus laboratoriyada sinovidan oʼtkazmasdan uzoq vaqt

davomida ekspluatatsiya qilish davomida portlashi yoki yorilishi mumkin.

Ballonlar bino inshootlarning ichida yoki atmosfera yogʼinlari va quyosh nuridan himoyalangan

holda tashqarida saqlanishi zarur. Bu talab “Аholi koʼp yigʼiladigan maskanlar uchun yongʼin xavfsizligi

qoidalari. YoXQ-01-97” ning 2.2-bandida - Oshxonadagi va boshqa plitalarni gaz bilan taʼminlaydigan

gazli ballon sigʼimlari (12 litr hajmdan yuqori boʼlsa) binoga kirish joyidan 5 metrdan kam boʼlmagan

masofada, devorning eshik romlari oʼrnatilmagan tomoniga yonmaydigan materialdan qurilgan alohida

xona yoki maxsus qutiga oʼrnatilishi, bunda ballonlar soni 3 tadan koʼp boʼlmasligi kerakligi belgilab

qoʼyilgan.

Demak, gaz ballonlarida portlash xavfi hosil boʼlishi mumkin boʼlgan holatlarining oldi olish va

yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilish, gaz ballonlari bilan bogʼliq sodir boʼlishi mumkin boʼlgan har

qanday koʼngilsizliklarning oldi olingan bo‘ladi.