Authors

  • Sevinch Karimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69855

Keywords:

evfemizm evfemik ma’no lisoniy nolisoniy belgi tabu.

Abstract

Ushbu maqolada evfemizmning kelib chiqishi, tasnifiy belgilari, tilda ishlatilish holatlari keltiriladi va badiiy adabiyotlarda evfemizmlarning dolzarblik xususiyatlari misollar yordamida hamda tadqiqotchi olimlar fikrlari orqali isbotlab beriladi.

background image

1592

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

EVFEMIZM TILDA ISHLATILISH HOLATLARI VA BADIIY ADABIYOTLARDA

AKS ETISHI

Karimova Sevinch

Termiz davlat universiteti talabasi.

Sevinchkarimova570@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14956365

Annatatsiya.

Ushbu maqolada evfemizmning kelib chiqishi, tasnifiy belgilari, tilda

ishlatilish holatlari keltiriladi va badiiy adabiyotlarda evfemizmlarning dolzarblik xususiyatlari

misollar yordamida hamda tadqiqotchi olimlar fikrlari orqali isbotlab beriladi.

Kalit so’zlar:

evfemizm, evfemik ma’no, lisoniy, nolisoniy belgi, tabu.

EUPHEMISM IN LANGUAGE AND ITS REFLECTION IN FICTION

Abstract.

This article presents the origin of euphemism, classification features, cases of

use in language, and proves the relevance of euphemisms in fiction with the help of examples

and the opinions of research scientists.

Keywords:

euphemism, euphemistic meaning, linguistic, non-linguistic sign, taboo.

ЭВФЕМИЗМЫ В ЯЗЫКЕ И ИХ ОТРАЖЕНИЕ В ХУДОЖЕСТВЕННОЙ

ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

В статье рассматривается происхождение эвфемизмов, их

классификация и использование в языке, а также доказывается актуальность

эвфемизмов в художественной литературе с использованием примеров и мнений ученых-

исследователей.

Ключевые слова:

эвфемизм, эвфемистическое значение, лингвистический,

нелингвистический знак, табу.

Hozirgi kunda evfemizmlar hayotimizning barcha sohalarida keng va faol bo’lib

ishlatilmoqda. Aynan so’nggi 10 yil ichida evfemizm til birligi sifatida mahalliy va xorijiy

tilshunoslarning muhimligi jihatidan mashhur tadqiqot obyektiga aylandi. Tilshunos sifatida

evfemizmlarning vazifasi va nutqdagi o’rnini tushunish juda muhimdir. Chunki ularni tushunish

ijtimoiy nutq normalarni yaxshi anglash hisoblanadi.Evfemiz yunoncha “yumshoq ifodalash”

deya tarjima qilinadi va so’zlovchiga aytish noqulay bo’lgan so’zlar o’rnida qo’llaniluvchi

sinonimlar sifatida qaraladi.Ya’ni evfemizm tabulashtirilgan, ochiq aytilishi man etilgan

,ayb,uyat,hayosizlik, dag’al,qo’pol, haqorat, so’kish hisoblangan.

Masalan, A.Hojiyevning 2002 –yilda qayta nashr qilingan “Lingvistik terminlar izohli

lug’ati” da evfemizmning quyidagicha izoh beriladi: qo’pol, beadab so’z, va tabu o’rnida qo’pol

bo’lmagan, botmaydigan so’z iborani qo’llash.


background image

1593

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Masalan, ikkiqat so’zi o’rnida homilador, og’ir oyoqli so’zlarini qo’llash. Biroq lug’atda

desfemizmga doir fikr bildrilmagan. A.M. Katsev uni ijtimoiy psixologik- jihatdan talqin

etadi.Qayta nomlash bilan bog’liq tomoni esa N.M.Berdova tomonidan tadqiq etiladi va

izlanishlar natijasida evfemizmning to’rt jihati aniqlanadi: lisoniy -psixologik; ijtimoiy –

pragmatik.N.M. Potapova tilshunoslar tadqiqotlari natijasiga ko’ra, ayni jarayonning quyidagi

belgi (mezon) larni ko’rsatadi: Denotalning stigmatikligi (salbiy bo’yoqdorligi) (“stigma“

tushunchasi N.M. Berdova tadqiqotiga sharhlanadi:”stigma ostida nafaqat predmetning

antelsedentda aks etgan salbiy xususiyati, balki salbiy taassurot uyg’otish hossalari ham

tushuniladi”);

Evfemiya, ya’ni efemizm hodisasi B.A.Larin, A.M.Katsev, N.T.S.Boschayeva,

L.V.Artyushkina, G.G.Kujim va boshqa tilshunos olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, uning

turli nuqtai nazardan turli jihatlari yoritilgan.

Masalan, L. V. Artyushkina, evfemizmning almashinishini va semantik tipini tadqiq

etgan bo’lsa, N.T.S Boschayeva tomonidan uning pragmatik aspekti batafsil o’rganiladi. G.G.

Kujim evfemizmning tilning “meliorativ“ vositasi sifatida yoritsa, A.M. Katsev uni ijtimoiy

psixologik – jihatdan talqin etadi. Qayta nomlash bilan bog’liq tomoni esa N.M.Berdova

tomonidan tadqiq etiladi va izlanishlar natijasida evfemizmning 4 jihati aniqlanadi:

1.Lisoniy;

2.Psixologik;

3.Ijtimoiy;

4.Pragmatik.

N.M. Potapova tilshunoslar tadqiqotlari natijasiga ko’ra, ayni jarayonning quyidagi belgi

(mezon) larini ko’rsatadi:

Denotatning stigmatikligi (salbiy bo’yoqdorligi) (“stigma”) tushunchasi N.M. Berdova

tadqiqotida sharhlanadi :(“Stigma ostida nafaqat predmetning antetsedentda aks etgan salbiy

xususiyati , balki salbiy taassurot uyg’otish xossalari ham tushuniladi“);

1.Ijodiy bo’yoq hosil qilish;

2. Ijodaning asliyatini saqlash.

E.P. Senechkina qo’shimcha belgilarini ham ko’rsatadi: Evfemizmning denotat salbiy

bo’yog’ini yumshatuvchi semantik noaniqligi; Denotatni ijobiylashtirishda gap qaysi predmet

yoki hodisa haqida ketayotganligining anglashishini ta’minlovchi formal tabiati. U ushbu

o’lchovlarga javob bermagan ifoda evfemizm emasligiga va bu fikrga shu hodisani o’rganishga

harakat qilgan barcha olimlar qo’shilishini ta’kidlaydi.

V.P. Moskvin “Евфемизм в лэксичэской систэмэ соврэмэннолоо руссколо языка“

asarida evfemizmlarning kategorial maqomi, evfemizatsiya usulining qo’llanish sferasi,


background image

1594

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

shuningdek, evfemizmlarning qator yondosh hodisa (psevdoevfemiya, kriptologiya , ezop tili,

dezinformatsiya, obrazli ifoda ) lar bilan o’zaro munosabatini tadqiq qildi. Evfemizmarning

mavzuviy va situativ xususiyati, qo’llanishi, yasalishi, sinonimik ham leksik tizimidagi o’rni,

lison va nutqqa munosabati, leksikografik tavsifiga doir fikrlarini bayon etdi.

Evfemizm birliklar serqirra hodisa bo’lib, bu ularni har bir belgisi asosida turlicha tasnif

qilish imkonini beradi. Zero, individual nutqqa xos evfemizmlar lisoniy va nolisoniy omillar

asosida qo’lga kiritilgan natijalarni umumlashtirishgina har bir evfemizmning o’ziga xos,

shuningdek, shaxs idiolektiga xos evfemizmlarning tasnifiy belgilarni ikkita katta guruhlarga

ajratamiz.

1.Lisoniy belgilar.

2.Nolisoniy belgilar.

Lisoniy belgilar asosdagi tasnifda evfemik birliklarning mavzuviy, semantik, shakliy

(struktur).Uslubiy xususiyatlariga tayaniladi .Nolisoniy belgilar asosdagi tasnifda esa evfemik

birliklarning nutqiy voqealanishida dialektik birlikda yuzaga chiquvchi tashqi omillar e’tiborga

olinadi.Bular sirasiga so’zlovchi va tinglovchi shaxsning dunyoqarashi, saviyasi, ijobiy yoki

salbiy obrazligi, jinsi, yoshi kabi sof lisoniy omillar bilan birgalikda nutq sharoitida va vaziyati

bilan bog’liq pragmatik omillarni sanash mumkin. Evfemizmlar miqdori jihatidan rang- barang

bo’lish bilan birga mavzuviy jihatdan ham xilma – xil bo’ladi.

Badiiy adabiyotlarda evfemizmning aksariyati insonni, uning xususiyatlari va xatti –

harakatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Bu badiiy adabiyotning bosh ob’ekti inson bo’lganligi

bilan belginadi. Mavzu quyida badiiy asarlardan olingan misollar asosida yoritilgan. Valine’mat

so’zini ikki xil ma’noda uchratish mumkin: kinoyaviy evfemik ma’no va tabulashgan evfemik

ma’no. Har ikki ma’no matnda, qurshov asosida yuzaga chiqadi: Bas, siz bilan biz ishchi-dehqon

xodimi bo’la turib, nega valine’matimizga oyoq xizmatini o’taymiz (Abdulla Qodiriy

“Shallaqi”). Bu yerda Stalin nomini almashtiruvchi mazkur ifoda uslubiy evfema sifatida hurmat

munosabatini yuzaga keltirgan desak, to’g’ri bo’lmaydi. Bu so’z matnda kinoya asosidagi

evfema sifatida qaraladi. Quyidagi jumlada birlik o’z ma’nosida yuzaga chiqqan va evfemik

“ohangdan” holidek tasavvur uyg’otadi: Qullaridan biri valine’matimga ikki kalima arzim bor,

deydir. (Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”). “Valine’mat”ning ismini tutishga istihola

mavjudligi uning evfemikligini ko‘rsatadi. –Oyi…dada…-so’ngra,-begim, deb ingradi…Erining

yuzini yuziga qo’ydi, uyalgansimon ko’zini yumdi... (Abdulla Qodiriy “O’tkan kunlar”) Ko’zini

yumdi - hayotdan ko’z yumdi ma’nosida o’lmoq so’zining evfemik ma’noda qo’llanishi. Lekin

u hech Abdulla bilan turmush qurishni xayoliga kelmagan edi. (O’lmas Umarbekov “Odam

bo’lish qiyin”) Ushbu matnda turmush qurmoq – uylanmoq yoki erga tegmoq kabi bevosita

ma’nosini beruvchi so’zlarga qaraganda evfemik ma’no beradi. Zaynabxon e’tiroz bildirdi.


background image

1595

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

(O’lmas Umarbekov “Garov” hikoyasi) Qarshilik qildi yoki tanqid qildi kabi to’g’ridan to’g’ri

keskin ifodaga qaraganda yumshoqroq evfemik ma’no beradi. Kundali hayotimizda ham

kuzatishimiz mumkin. Masalan, Maqsuda o’qishdan ozod qilindi.” “Ozod qilmoq“so’zini olsak,

haydaldi so’ziga nisbatan evfemik ma’no beradi.Sevinch hayotida yangi sahifa ya’ni yangi

hayot boshladi.”Yangi hayot boshladi” so’zini olsak,” ajrashdi o’rniga “ qo’llangan.Jamila

sarqomat , bejirim ayol edi. Ushbu “bejirim ayol” iborasi “go’zal “ yoki “maftunkor” so’zlarini

yumshatish yoki yanada nafisroq ko’rsatish uchun ishlatilsa, bu evfemizm bo’lib keladi. (Chingiz

Aytmatov“Jamila” qissasi) Jannatmakon so’ziga ham Amir Umarxon shaxsini ifodalash uchun

evfemik ma’no yuklagan : - Siz “jannatmakon“ni ko’rganmisiz ? (Abdulla Qodiriy “1819 - yil

yodgori” ) Abdulla Qodiriy spiritli ichimliklarning evfemik ifodalarini qahramon tilidan

qo’llaydi .Masalan, Xomidning sheriklaridan biri Mutal polvon tilidan dori (aroq), Shirvon xola

tilidan zahar (aroq), Toshpo’lat tilidan “obi surx“ (vino), obirahmat (aroq) ,oqsoqol (aroq,spirt)

birliklarini evfemik vosita sifatida ishlatadi. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon“ romanidan

shunday

jumlani

evfemizm

sifatida

keltirishimiz

mumkin:”

Ra’noni

egasiga

topshirmagunimizcha quyilmaydiganga o’xshaydi“. Ushbu asar qahramoni Nigoroyim tilidan

aytilgan jumladagi “egasiga topshirmoq“ so’z birikmasi “erga bermoq“ so’zining yumshatilish

shakli hisoblanadi. Hajviy qahramon Toshpo’lat tajangning ayni mavzuga doir “qirq gazlik“

ifodasi ham juda go’zal evfemik ma’noli birlik sifatida o’z aksini topgan: Axir Toshpo’lat

akaning ham orqasig’a oftob tegar, ul ham sizni yangi chiqg’an “qirq gazligi“ bilan bir kun

mehmon qilib qola, shoshmoq shaytonning ishi! (A.Qodiriy“Toshpo’lat tajang nima deydi ?“)

Tamagirlik, pora mavzusi doirasida evfemik ma’noli birliklar xilma – xil : elkasi qichimasin

(tamagirlik qilmasin), yovvoyi chiqim (pora), mullajiring (pul; pora), “qarz“ (pora),

cho’ntakparast (tamagir, pulga o’ch odam), konvert orqali ulashilgan (“badal“lar“pul, pora)kabi

evfemik ma’noli birliklar shular jumlasidandir.

Shunday qilib, evfemizmlar axloq me’yorlariga zid so’z va iboralar o’rnida

qo’llaniluvchi muqobil so’zlar hisoblanadi hamda ularni o’rinli qo’llash suhbatdoshingizni

ko’ngliga ozor berishning oldini oladi. Evfemizatsiya badiiy matnlarda tilning uslubiy

vositalardan biri sifatida ishlatiladi. A. Omonturdiyev o’zining “O’zbekning tilining qisqacha

evfemik lug’ati“ ga to’plagan, ular sirasiga xalq orasidagi 150 dan ortiq iborani kiritgan .

______________________________________________________________

REFERENCES

1.

Ibragimova So’g’diyona “ Evfemizm faol til birligi sifatida” maqolasi

2.

Xaydarova Shoira “Evfemizmlarning tilshunoslikda o’rganilish tarixi” maqolasi

3.

Qodirova Xurshida “O’zbek tilida evfemizm va desfemizm” Toshkent 2022

4.

ziyo.uz

References

Ibragimova So’g’diyona “ Evfemizm faol til birligi sifatida” maqolasi

Xaydarova Shoira “Evfemizmlarning tilshunoslikda o’rganilish tarixi” maqolasi

Qodirova Xurshida “O’zbek tilida evfemizm va desfemizm” Toshkent 2022

ziyo.uz