1595
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
OʻZBEK TILIDA SIFAT SOʻZ TURKUMINING OʻRGANILISHI VA DERIVATSIYASI
Karimova Sevinch
Termiz davlat universiteti
Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15274732
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sifatning kelib chiqish tarixi tadqiqotchi olimlar fikrlari
orqali isbotlab beriladi, tilda ishlatilish holatlari keltiriladi va uning derivatsion holatlari
misollar yordamida ochib yoritiladi. Serunum va kamunumli sifat qoʻshimlaridan yasalgan
soʻzlar izohi, Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” kitobidan sifatning kelib chiqish
tasnifi, E.V.Sevortyanning sifat soʻz turkumi boʻyicha ilmiy qarashlari bayon etiladi.
Kalit soʻzlar:
sifat va uning UGMsi, derivatsion holati, affiksatsiya, kompozitsion
usullari.
THE STUDY AND DERIVATION OF THE ADJECTIVE WORD CLASS IN THE
UZBEK LANGUAGE
Abstract.
This article provides evidence of the history of the origin of the adjective
through the opinions of research scholars, provides examples of its use in the language, and
explains its derivational cases with the help of examples. An explanation of words formed from
serunum and kamunumul adjective compounds, a classification of the origin of adjectives from
the book “Devonu lugʻotit turk” by Mahmud Kashgari, and E.V. Sevortyan’s scientific views on
the adjective word class are presented.
Keywords:
adjective and its UGM, derivational case, affixation, composition methods.
ИЗУЧЕНИЕ И ОБРАЗОВАНИЕ КЛАССА ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ СЛОВ В
УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
Аннотация.
В статье представлена история происхождения прилагательного
через мнения ученых-исследователей, приведены случаи его употребления в языке, а
также объяснены случаи его словообразования на примерах. Объяснение слов,
образованных от прилагательных с серунумом и камунумом, классификация
происхождения прилагательных из книги Махмуда Кашгари «Девону луготит турк», и
Э.В. Представлены научные взгляды Севортяна на семейство прилагательных.
Ключевые слова:
прилагательное и его УГМ, деривационный статус, аффиксация,
способы словосложения.
Sifat
soʻz turkumi narsa predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik
asosidir. Belgi bildirish xususiyati va farqlanuvchi oʻzgachaliklarga egadir.
1596
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Sifatning UGMsini “asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda
asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish” koʻrinishida
tiklash mumkin. Turkiy tillarda sifat tarixan morfologik koʻrsatkichi uncha taraqqiy etmagan
soʻz turkumi sanaladi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra sifat dastavval mavjud boʻlmay,
keyinchalik ot turkumidan oʻsib chiqqan va shakllanib rivojlangan. E.V.Sevortyanning
ta’kidlashicha sifatning otdan differensiatsiyalanish jarayoni ancha ilgari davrlardan boshlangan.
V-VIII asrlarga kelib ancha keng tus olgan. Ayrim formulalar ot va sifat uchun mushtarak
boʻlgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli boʻlgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli boʻlgan,
lekin keyingi davrlarda taraqqiy etmagan.Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlarida
boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa boʻlib, bu jarayon hanuz davom
etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak.
Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan soʻng bu turkum tarkibiga
yangidan qoʻshilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama soʻzlar yasovchi affikslar
mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.
Mahmud Koshgʻariy quydagicha tasnif kiritgan:
1.Ismlar
2.Fe’l.
Yordamchi soʻzlar va alohida olingan soʻz turkumlari. Ismlar: ot, sifat, son, va ravishga
boʻlib oʻrgangan. “Devonu lugʻotit turk” ushbu asar turkiy tillar tarixidagi ilk grammatik asar
boʻlib hisoblanadi. XI asrda vujudga kelgan. ”Ashtadxyai” (Grammatik qoidalarning sakkiz
boʻlimi) asari maydonga keldi. Olmoshlar va sifatlar alohida soʻz turkumlariga ajratmay, ot va
fe’l turkumlariga qoʻshib yuborilgan. Ushbu asar Panini tegishli hisoblanadi. Er.avv.XV asrda
vujudga kelgan. Bundan koʻrinadiki sifat tarixi alohida oʻranilmagan. Shunga qaramay
ma’lumotlar talaygina. Ammo sifat tarixi haqida emas tasnifi haqida…
Sifat derivatsiyasi.
Ikki xil usul bilan yasaladi: 1.Affiksatsiya usuli. Oʻzbek tilida sifat
yasovchi affiksal anchagina. Ularni birma-bir sanab oʻtamiz. 1. ot+li daftarli, doʻppili,ruchkali
a) yasash asosi otdan anglashilgan narsaga egalikni, oʻsha narsaning borligi, mavjudligini
bildiradi, b) yasash asosidan anglashilgan narsaning odatdagidan koʻra koʻpligi,
moʻlligi,ortiqligini bildiradi: aqlli,suvli,toshli kabi; mavhum otlarga ham shundan anglatgan
sifat yasaladi: mehrli, tartibli, mushohadali kabi;aynan shu ma’nolarda egalik, mavjudlik,
ortiqlik anglatganda ser,dor,ba qoʻshimchalari bilan sinonim boʻlib keladi; Gʻayratli-sergʻayrat,
unumli-serunum kabi; li qoʻshimchasi serunum qoʻshimcha hisoblanadi. 2.Siz qoʻshimchasi. Bu
qoʻshimcha juda unumli boʻlib, yasash asosi bilan bogʻliq ravishda belgi, xususiyat, holat kabi
xilma-xil ma’nolarni bildiruvchi sifat yasaydi. A) yasash asosidan anglashilgan narsaga ega
emaslikni, uning yoʻqligini bildiradi: pulsiz, ruchkasiz, olmasiz kabi; b) yasashdan anglashilgan
1597
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
narsa, holat kamligini bildiradi: aqlsiz, tarjibasiz, kuchsiz kabi; c) narsa buyumning ortiqligini,
shu xususiyat uning doimiy belgisiga aylanganligi ma’nolarini bildiradi: cheksiz (dengiz)
poyonsiz (choʻl) kabi; siz qoʻshimchasi ba’zan be, no qoʻshimchalari bilan sinonim boʻladi:
poyonsiz-bepoyon. Li, ba, bo, ser, dor, mand qoʻshimchalari asosdan ifodalangan belgiga
egalikni bildiradi. 3.Sifat+chan=asosdan anglashilgan xususiyatga moyillikni bildiruvchi sifat
(koʻngilchan, uyatchan, harakatchan). 4. Fe’l +choq, chiq, chak=asosan anglashilgan harakatni
bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat (qizgʻanchiq, Sevinch qizgʻanchiq qiz
ekan.) 5.Ma qoʻshimchasi unumli boʻlib fe’l asosiga qoʻshilib, shaxs va narsaning harakat-holat
bilan bogʻliq belgi xususiyatni bildiradi: qaynatma, ulama, yasama kabi; 6.Aki qoʻshimchasi
kamunum boʻlib, ot,sifat,ba’zan taqliq soʻzlardan sifat yasaydi: qalbaki,ogʻzaki,jizzaki kabi.
7.Vor qoʻshimchasi kamunum boʻlib, qiyoslash ma’nosidagi sifat yasaydi: tantanavor,
devonavor. Ustoz tantanavor soʻz aytdi. 8.ildoq (il+doq) qoʻshimchasi kamunum boʻlib taqlid
soʻzlardan sifat yasaydi: shaqildoq, liqildoq, bijildoq kabi; 9. Manbalarda keltirishicha “no”
qoʻshimchasi sifatdan sifat yasaydi: notoʻgʻri kabi;10. Simon qoʻshimchasi oʻxshashlikni
bildiruvchi sifat yasaydi. Gulsimon, odamsimon kabi; 11. Ba, bo, ser, no qoʻshimchalari fors-
tojik tillaridan kirgan boʻlib, oʻzakdan oldin qoʻshiladi va ular old qoʻshimchalar deyiladi.
Boobroʻ, serunum kabi;
Kompozitsiya usuli. Bu usuli qoʻshma va juft sifat hosil boʻladi: Qoʻshma sifat. Bular
quyidagi qolipda boʻladi:
Ot+ot: dilozor, devqomat, sohibjamol, Kamol oʻz xasisligi tufayli kafangado boʻldi.
Sifat+ot: balandovoz, kaltafahm, Nodira balandovozda she’r oʻqidi.
Ot+sifat: xonavayron, xudobezor, jigʻibiyron, Marjona jigʻibiyron edi.
Ravish +ot: kamhosil, kamquvvat.
Fe’l+ fe’l: yebtoʻymas;
Olmosh+ot: butunjahon, umumxalq, umumjahon.
Olmosh+sifat: oʻzbilarmon;
Ot+fe’l: tinchliksevar, ishyoqmas, mehnatsevar.
Son +fe’l: beshotar, toʻrtotar.
Juft sifatlar har ikki qismi mustaqil ishlatiladigan juft sifat bor.
a) Qismlari sinonim: aql-hushli, soʻgʻ-salomat, yakka-yolgʻiz;
b) Qismlari antonim: achchiq-chuchuk, baland-past, vayron-obod, issiq-sovuq;
c) Qismlari ma’noviy yaqin: moʻmin-qobil, och-yangʻoch, soya-salqin, xor-zor, ezma-
churuk. Bir qismi mustaqil holda ishlatiladigan.
1598
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Aralash-quralash, mast-alast, ilma-teshik, tuppa-tuzuk, entak-tentak, xom-xatala, qora-
qura, yamoq-yasoq har ikkala qismi mustaqil holda ishlatilmaydigan sifat: aji-buji, aloq-chaloq,
poyintar-soyintar, uvali-juvali, oʻpoq-soʻpoq, ilang-bilang.
Boshqa turkumga xos soʻz konversiya yoʻli bilan sifatga oʻtishi mumkin. Bu sifatlashuv
deyiladi. Sifatlashuv tarixiy jarayon boʻlib, boshqa soʻz turkumi davr oʻtishi bilan sifatga aylanib
boradi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, sifat tilimizda eng koʻp uchraydigan soʻz turkumlardan
biri hisoblanadi. Uning yasalish usullari juda ham turli boʻlib, albatta, u haqida tilshunoslar
haligacha toʻliq oʻrganib chiqishgani yoʻq. Chunki sifat derivatsiyasi shunchaki ulkanki, uni
oʻrganib chiqish uchun bir yoki bir necha kishining umri yetarli boʻlmaydi. Shuning uchun
hozirda bizning oldimizda turgan maqsad bu haqida kengroq oʻrganib va mushohada olib borib
hali ochilmagan qirralarini yoritib berishdan iboratdir.
REFERENCES
1.
Ra’no Sayfullayeva “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” Toshkent 2009.
2.
Nargiza Erkaboyeva “Oʻzbek tilidan ma’ruzalar toʻplami” Toshkent 2021.
3.
Xurshida Marselovna Qodirova “Turkiy tillarda sifat soʻz turkumi” maqolasi.
4.
ziyo.uz.
5.
A. Abdullayev, Q. Begmatov, Sh. Voxibov “Sifat derivatsiyasi” maqola.
