Mart, 2025-Yil
4
BUYUK MUTAFAKKIR MUSO TOSHMUHAMMAD O’G’LI OYBEK HAYOT
YO’LLARI VA O’ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI
Muxlisa Sayfiyeva
Toshkent to’qimachilik va yengilsanoat instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14984014
Annotatsiya.
Ushbu maqolada XX asr o’zbek adabiyotining yirik namayondasi Muso
Toshmuhammad o’g’li Oybekning bosib o’gan yo’llari, uni ijodi asarlari haqidagi ma’lumotlar
o’rin olgan.
Kalit so’zlar:
Sheriyat, adabiyot, shoir, til, epik, eskiz, doston, akademiya, tarixiy,
madaniyat, milly, mumtoz.
Kirish
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek – o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri
bo‘lib, adabiyotshunos, yozuvchi, shoir va tarjimon sifatida katta meros qoldirgan. U o‘z ijodi
orqali o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayotini chuqur aks ettirib, milliy
adabiyotimizning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Oybekning asarlarida insoniylik, mehr-oqibat va
vatanparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rin egallaydi. Uning “Qutlug‘ qon” romani, she’riy to‘plamlari
va ilmiy-tanqidiy maqolalari o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan. Ushbu maqolada
Oybekning hayoti, ijodi va adabiyotimizdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.
Muso Toshmuhammad o’g’li, adabiy taxallusi Oybek, 1905-yil 10-yanvarda Toshkent
shahrida hunarmand-bo’zchi oilasida tug’ilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasida eski maktabda
1911-1917-yillarda, so’ng Munavvarqori Abdurashidhonov nomi bilan tashkil etilgan “Namuna”
maktabida 1918-1921-yillarda boshlang’ich ma’lumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi
ta’lim va tarbiya texnikum-internatida tahsil oladi 1921-1925-yillarda, so’ng Toshkent
universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida 1925-1927-yillar oralig’ida tahsil oladi. Leningrad xalq
xo’jaligi institutida 1927 va 1929 yillar oralig’ida o’qiydi va og’ir xastalikka chalingani sababli
yana Toshkentga qaytib, Toshkent universitetida o’qishni tugatadi 1930-yilda. Shoir, yozuvchi,
adabiyotshunos olim va jamoat arbobi o’zbek xalq yozuvchisi 1965-yilda, o’zbekiston fanlar
akademiyasi akademigi bo’ladi 1943-yilda. Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Yozuvchilar
uyushmasi hay’atiga rais, «Sharq yulduzi» jurnaliga bosh muharrir etib 1945-1951-yillarda
tayinlanadi. Til va adabiyotining direktori 1950-1952-yillarda hamda «O‘zbek tili va adabiyoti»
jurnalining bosh muharriri 1958-1968-yillarda vazifasini bajaradi. 50-yillar avvalida yana
qatag‘on to‘lqinining boshlanishi bilan Oybek insult xastaligiga uchraydi va uzoq davom etgan
Mart, 2025-Yil
5
xastalik oqibatida vafot etadi. Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. «Cholg‘u
tovushi» degan birinchi she’ri 1922-yil «Armug‘on» jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Cho‘lpon,
shuningdek, «yosh usmonlilar» she’riyati ta’sirida bo‘lib, ular ruhidagi she’rlaridan iborat Oybek
adabiyotga 1926-yilda chop etilgan ''Tuyg’ular’’ sheriy to’plami bilan kirib kelgan. Uning
“Dilbar-davr qizi” 1931-yilda, “O’ch” 1932-yilda, “Baxtigul va Sog’indiq”, “Temirchi jo’ra”
1933-yilda chop etilga va shu kabi dostonlari o’z davrining she’riy yil nomalaridir. Shoir bu
dostonlarida o‘z davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy ma’naviy
masalalarini ko‘tarish bilan birga tarixiy o‘tmish mavzusiga ham murojat etdi. Oybekning liroepik
she’riyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir san’atkor ekanini
namoyish etadi. Shoir tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan.
Oybekning 1940-yilda yozilgan “Qutlug’ qon” ramani Birinchi jahon urushi davridagi O’rta Osiyo
xalqlar hayotini tasvirlab beradi. Uning esa 1943-yilda yozilgan “Navoiy” nomli ramani buyuk
o’zbek shoiri, mutafakkiri va g’azal mulkining sultoni hisoblangan Alisher Navoiy hayoti va
ijodiga bag’ishlangan bo’lib, bugungi kunga kelib ko’plab tillarga tarjima qilingan. Oybekning
«Chimyon daftari» turkumiga kirgan, o‘zbek tabiatining husunkor tarovati va betakror ranglarini
o‘ziga simirgan she’rlari nafaqat shoir she’riy ijodining balki umuman o‘zbek lirikasining shoh
namunalaridan biri bo‘ldi. Shoir bu she’rlari bilan o‘zbek she’riyatiga oybekona nafis lirizmni olib
kirdi, nozik tuyg‘u va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik
she’riyat tilini nafosat yog‘dulari bilan jilolantirib yubordi.
«Uch» va «Navoiy» dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak «Qutlug‘ qon» va «Navoiy»
romanlari uchun o‘ziga xos eskiz vazifasini o‘tadi. Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bu
harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, «ko‘ngil she’riyati»ga tamomila zid o‘laroq,
«fajdanlik she’riyati» deb atalgan she’riyat namunalarini yaratishga majbur bo‘ldi. Shunga
qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga da’vat etuvchi hamda vatanparvarlik va
mehnatsevarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan «O‘zbekiston», «Dneprostroy», «Fanga yurish»,
«Raisa», «Qizlar» singari o‘nlab she’r va dostonlari 30-40-yilar o‘zbek she’riyatida muhim voqea
bo‘ldi.
Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida «Qizlar» 1947-yil dostonidan tashqari,
«Hamza» 1948-yil, Pokiston taassurotlari asosida «Zafar va Zahro» 1950-yil va «Haqgo‘ylar»
1952-yil dostonlarini yaratdi. 60-y. larda shaxsga sig‘inish fojialari fosh etilib, sobiq sovet
mamlakatida «xrushchyovcha» harorat jilvalari kuringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana «sof
lirika»ning go‘zal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bag‘ishlangan «Davrim jarohati»
1952-yil, «Guli va Navoiy» 1968-yil dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur
Mart, 2025-Yil
6
haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar o‘zbek
she’riyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qushadi.
Oybekning nasriy merosi 5 roman «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Oltin vodiydan shabadalar»,
«Quyosh qoraymas» va «Ulug‘ yo‘l», 4 qissa «Shonli yo‘l», «Hyp qidirib», «Bolalik xotiralarim»
va «Bola Alisher» hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Oybekning roman janridagi
dastlabki tajribasi — «Qutlug‘ qon» asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-yilda,
qisqa muddatda yozilgan va 1940 yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan
to‘yingan bu asarda o‘zbek xalqining 1-jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga
olingan. Bu davrda bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, o‘lkaga kirib
kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi g‘oyat qashshoqlashgan
edi. Shunday vaqtda sabr kosasi to‘lgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki
qo‘zg‘olon ko‘tarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining O‘rta Osiyo aholisini mardikorlikka olish
to‘g‘risidagi farmoni 1916-yil qo‘zg‘olonining gurullab yonishi uchun bir turtki bo‘ldi. Oybek
romanda Yo‘lchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning o‘zaro
munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qo‘zg‘olonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil
etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida va sovet
mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora
bo‘yoqlardan ko‘proq foydalandi. 1937-yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni
busiz nashr etishi amri mahol edi. Oybek bu asari bilan A. Qodiriy, Cho‘lpon va S. Ayniy boshlab
bergan tarixiyromannavislik an’anasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq xarakterini o‘zida
mujassamlantirgan Yanvar, 2025-Yil 319 Yo‘lchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari
bilan boyitdi. «Qutlug‘ qon» o‘zbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.
Oybek nafaqat yozuvchi u tarjimon sifatida ham faoliyat yuritib, Pushkinning “Yevgeniy
Onegin”, Lermontovning “Maskarad”, Molyerning “Tartyuf” nomli asarlarni o’zbek tiliga tarjima
qilgan. Oybek nomi bilan Toshkent metropolitenidagi bekat shu nom bilan nomlangan,
Qashqadaryo viloyatidagi misiqali drama teatiri va Termiz davlat pedagogika instituti ham atalgan.
Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqolalar tashkil
etadi. O‘zbek xalqi tarixi va o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek o‘zining
adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qadimiy davridan to o‘tgan asrning 60-yillariga
qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yo‘liga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qildi. Bu
maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini o‘rganishta
ba-g‘ishlangan bo‘lib, ular keyinchalik Oybekning «Navoiy gulshani» maqolalar to‘plamini
tashkil etdi.
Mart, 2025-Yil
7
Bu maqolalar navoiyshunoslikning o‘zbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi
sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa bo‘lib qo‘shildi. Shu bilan birga Oybek Yozuvchilar
uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar bo‘limining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik
yubileyini tashkil etish va o‘tkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga
bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968 y. da nashr etilgan
«Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk» kitobidan urin olgan). Yirik adabiyotshunos
Oybek «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» 1935-yil monografiyasi va boshqa maqolalarida 20-asr
o‘zbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini, A.S. Pushkin, L.N.Tolstoy va A. M. Gorkiy
singari rus adabiyoti namoyandalarining o‘zbek yozuvchilariga ta’siri masalalarini yuqori ilmiy-
nazariy saviyada o‘rgandi. Mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti yutuklarini qardosh xalklarga
tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayricha ahamiyatga molik. Serqirra ijod sohibi O.
jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, Chulpon va
Qodiriy asos solgan o‘zbek tarjima maktabini uzining yuksak darajadagi tarjimalari bilan boyitdi.
o‘zbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molerning «Tartyuf», A.
S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin», M.Yu.Lermontovning «Maskarad», «Dovud Sosunli» arman
eposi, G. Geyne, I.A.Krilov, V.G. Belinskiy, E. Verxarn va boshqalarning asarlari bilan tanishdi.
Oybek o‘zining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati b-n o‘zbek xalqining
madaniy yuksalishiga katta hissa qo‘shdi. 1980 yilda adib yashagan uyda Oybek uymuzeyi tashkil
etilgan va unga haykal o‘rnatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri
Oybek nomi bilan atalgan, Oybek vafotidan keyin «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
taqdirlangan 2001-yilda.
Xulosa
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek o‘zbek adabiyotining ulug‘ siymolaridan biri bo‘lib,
o‘zining ijodiy merosi bilan milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Uning
asarlari nafaqat badiiy yuksakligi, balki tarixiy haqiqatni yoritish, insoniy fazilatlarni targ‘ib etish
va milliy o‘zlikni anglatish bilan ham ahamiyatlidir. Oybek ijodi bugungi kunda ham dolzarbligini
yo‘qotmagan bo‘lib, uning romanlari, she’rlari va ilmiy maqolalari yangi avlod kitobxonlari uchun
bebaho manba bo‘lib qolmoqda. Shunday ekan, biz uning ijodiy merosini o‘rganish va asarlarini
targ‘ib qilish orqali milliy adabiyotimizni yanada boyitishimiz kerak.
REFERENCES
1.
Oybek.
Qutlug‘ qon.
– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1940.
2.
Oybek.
Navoiy.
– Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1943.
Mart, 2025-Yil
8
3.
Oybek.
Oltin vodiydan shabadalar.
– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1950.
4.
Oybek.
Quyosh qoraymas.
– Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1957.
5.
Oybek.
Bolalik xotiralarim.
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 1960.
6.
Yo‘ldoshev B.
Oybek hayoti va ijodi.
– Toshkent: Fan, 1975.
7.
Karimov M.
O‘zbek romanchiligi va Oybek ijodi.
– Toshkent: O‘zbekiston, 1980.
8.
Jabborov A.
O‘zbek adabiyoti tarixi.
– Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,
2001.
9.
Qo‘chqor N.
XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi.
– Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.
10.
Mirzaev T.
Oybek: Hayoti va ijodi.
– Toshkent: Akademnashr, 2018.
11.
Usmonov S.
O‘zbek adabiyoti: Tarix va tadqiqotlar.
– Toshkent: O‘zbekiston, 2020.
12.
“O‘zbek adabiyoti tarixi”
(o‘quv qo‘llanma) – Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2021.
13.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
Oybek haqidagi maqolalar.
