2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
100
YOSHLAR ORASIDA OYBEK IJODINI KENG TARG‘IB QILISH
Tolmasbek Tillayev
Rahbar.
Muxlisa Sayfiyeva
Talaba.
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15021785
Annotatsiya.
Har bir millatning o‘z tili, o‘z dini, milliy qadriyatlari, millatni xalq
darajasiga yetkaza olgan buyuk shaxslari, allomayu zamonlari bo‘ladi. Ular tufayli milliylik, ona
til, buyuk tarix, buyuk adabiyot va san’at asrlar osha sayqal topadi va rivojlanib boraveradi.
Kalit so‘zlar:
Adib, porloq ijod, yetuk rahbar, notiq, Qutluq‘ qon.
Аннотация.
У каждого народа есть свой язык, своя религия, национальные
ценности, великие личности, сумевшие вывести нацию на уровень нации и своей эпохи.
Благодаря им национальность, родной язык, великая история, великая литература и
искусство будут шлифоваться и развиваться веками.
Ключевые слова:
Писатель, блестящий труд, опытный лидер, оратор, кровь
Кутлука.
Abstract.
Every nation has its own language, its own religion, national values, great
personalities, scholars, and eras that have brought the nation to the level of a people. Thanks to
them, nationality, native language, great history, great literature, and art have been refined and
developed over the centuries.
Keywords:
Writer, brilliant creativity, accomplished leader, orator, Kutluk' kon.
XX asrning eng yetuk shaxslaridan biri, o‘zbek adabiyotining nodir durdonasi bo‘lgan
ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li
Oybekdir. Ushbu insonning buyuk hayot yo‘li, porloq ijodi haqida juda ko‘plab olimu ziyolilar,
yosh tadqiqotchilar yillar davomida izlanishlar va tadqiqotlar olib borishmoqda, ommaviy axborot
vositalarida, nufuzli gazeta va jurnallarda ilmiy-tahliliy maqolalar berib borishmoqda. Lekin, biz
yoshlar asosiy e’tiborimizni adibning barchaga o‘rnak bo‘laoladigan, sabr va qanoatni, o‘tkir zehn
va shijoatni, kamtarlik ila turmush tarzini, mehr va sadoqatni tarannum etgan asarlarini mukammal
o‘qib, nafaqat o‘zimiz balki tengdoshlarimizga ham targ‘ib etishimiz shart deb o‘ylayman.[1]
Hozirgi kunda dunyo shiddatli rivojlanish bosqichiga o‘tgani, global internet davri
ekanligini hisobga olgan holda, uning ham ijobiy, ham salbiy jihatlarini ongli ravishda tasavvur
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
101
eta olsakgina biz albatta kitobga qayta olamiz hamda biz butun dunyo havas qilib kelgan mehr-
muruvvatli va mehmondo‘st xalq bo‘laolamiz, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat qilaolamiz.
Hayot insonni jismonan ko‘p narsaga tayyorlashi mumkin, lekin kitob insonning ruhiyatini,
odobi va axloqini kamol toptiradigan, unga chinakam sodiq bo‘lgan eng yaqin do‘stidir.
Avvalo shularni hisobga olmog‘imiz lozim, qolaversa ko‘p kitob o‘qigan insonlar, uzoqni
ko‘raoladigan, yetuk rahbar va notiq bo‘lishiga ham sabab bo‘laoladigan kuch ham aynan
kitobning o‘zidir.
Bejizga buyuk adib, shoir Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekni tilga olmadik. U
insonning og‘ir yillarda bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘li, turfa qiyinchiliklarni engan metin irodasi,
dilbar asarlari ila bugungi kunda kitobxonlarning suyukli adibiga aylangan.
Uning umr yo‘ldoshi, suyukli ayoli, vafoli yori Zarifa Saidnosirovaning ham hayot yo‘li
barcha opa-singillarimizga chinakam o‘rnak bo‘lsa arziydi deb hisoblayman. Negaki Oybekka
chinakam suyanch bo‘lgan, vafo va sadoqatda, ilmu ziyoda qo‘sh yulduz bo‘lgan ham aynan shu
insondir. [2]
Bugungi kunda Respublikamizda turfa xil ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-adabiy tadbirlar
o‘tkazilib kelinmoqda, ushbu tadbirlarning aksariyatida mavzusi bevosita Oybek domlaning
hayoti va ijodini o‘z ichiga olgan holda, keng ommaga yoritilib berilmoqda.
Keling Oybek ustozning qisqacha hayoti bilan tanishtirib o‘taman.
Buyuk adib 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrining Gavkush mahallasida dunyoga
keldi. Sovet davrida hali u mahalladan rus mafkurasi to‘quvchi va ularning mollarini siqib
chiqarmagan paytlarda, bu malallada istiqomat qiluvchilarning aksariyati bo‘zchilik bilan
shug‘ullanishar edi. Bo‘lajak yozuvchining otasi Toshmuhammad aka ham dastlab bo‘zchilik
bilan, so‘ngra qishloqlarga qatnab, baqqolchilik qilgan. Oddiy oilaning farzandi bo‘lgan Oybek
dastlab ta`limni maktabda oladi. Ushbu maktabda tarix, matematika, geografiya singari fanlar
o‘tilmagan bo‘lsada, Oybek u yerda So‘fi Olloyor, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedil singari o‘zbek va
fors-tojik shoirlar hayoti bilan tanishadi. 1919-yilda esa “Na`muna” deb atalgan boshlang‘ich
sovet maktabida o‘qishni davom ettiradi. Bo‘lajak adib tor va ilonizi yanglig‘ egri-bugri
mahalladagi pastak bir uyda tug‘ilganligi uchun 1921 yil maktabni tamomlab Navoiy nomidagi
ta`lim tarbiya texnikumining yotoqxonasida yashaydi. Shu yerda adib rafiqasi Zarifa Saidnosirova
bilan tanishadi va u yerda Navoiy, Fuzuliy, Pushkin, Lermontov, Tolstoy va boshqa ko‘plab
muntoz adiblar ijodi bilan oshno bo‘ladi.[3]
Oybek o‘sha vaqtlardan boshlab ijodga qiziqib, ilhomlanib ilk she’rini texnikumning
“Tong yulduzi” devoriy gazetasida chiqaradi.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
102
Uning aytishicha she’ri chiqqandan so‘ng manashu gazetaga mas’ul muharrir qilib
tayinlanadi. Sekin sekin Respublika gazetasida she’rlari bosilib chiqa boshlaydi. Bu vaqtlarni
Oybekning o‘zi kulib xotiralab ko‘p takidlab o‘tgan. 1925- yil o‘qishni tamomlab, O‘rta Osiyo
davlat unversitetining iqtisodiyot fakultetida o‘qish bilan bir paytda maktabda til va adabiyotdan
dars beradi.
Ulug‘ adib Oybekning juda ko‘plab mashhur jahon va o‘zbek adabiyotidan joy olgan
“Qutluq qon”, “Navoiy”, “Sayyohi hindi”, “Quyosh qoraymas”, “Oltin vodiydan shabadalar”,
“Ulug‘ yo‘l”, “ Bolalik xotiralarim” kabi nomdagi boy ijodiy merosi mavjud.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki aynan bugungi o‘zgarishlarga boy dunyoda, har
birimiz yetuk bilimli, ilmu-marifatli yurtimiz rivojiga munosinb hissamizni qo‘sha oladigan
insonlar bo‘lmog‘imiz lozim. Biz bu yo‘lda buyuk insonlarning ibratli hayot yo‘li, boy adabiy
merosi ila kamolot sari qadam qo‘ysak hech qachon kam bo‘lmaymiz albatta.
Yuqoridagi maqola barcha yoshlani mulohaza qilishga, kitob o‘qishga, suykli ustozimiz,
ulug‘ adibimiz Oybekning ijodini o‘rganivchilarning ko‘payishiga sabab bo‘lishiga ishonamiz.
REFERENCES
1.
https://tafakkur.net/muso-toshmuhammad-ogli-oybek.haqida
2.
http://oybek.ttyesi.uz/
3.
https://akademiklar.uz/muso-toshmuhammad-ogli-oybek
