ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
40
YONDASHUVLAR ASOSIDA TIL TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA YOZMA
NUTQ MOHIYATI
Gulnora Narimova
Nizomiy nomidagi TDPU
O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14970531
Annotatsiya.
Mazkur maqolada til ta’limini takomillashtirishda o‘quvchining rasmiy ish
hujjatlaridagi qoliplashgan so‘z birikmalari uning xususiyatlari, rasmiy matnda qo‘llaniladigan
stereotip birikmaning ishlatilish o‘rinlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
til ta’limi, davlat tilida ish yuritish hujjatlari, yondashuvlar, uslub, matn,
morfologik birliklar, morfemik shakllar, sintaktik qurilma, matn ustida ishlash.
СУТЬ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ В УЛУЧШЕНИИ ОБУЧЕНИЯ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ
ПОДХОДОВ
Аннотация.
В данной статье в целях совершенствования языкового образования
анализируются стереотипные словосочетания в официальных трудовых документах
обучающегося, их характеристики, а также места употребления стереотипного
сочетания, используемого в официальном тексте.
Ключевые слова:
языковое образование, распорядительные документы на
государственном языке, подходы, стиль, текст, морфологические единицы, морфемные
формы, синтаксический аппарат, работа над текстом.
THE ESSENCE OF WRITTEN SPEECH IN IMPROVING LANGUAGE TEACHING
BASED ON APPROACHES
Abstract.
In this article, in the improvement of language education, stereotyped word
combinations in the student's official work documents, their characteristics, and the places of use
of the stereotyped combination used in the official text are analyzed.
Keywords.
language education, administrative documents in the state language,
approaches, style, text, morphological units, morphemic forms, syntactic device, work on the text.
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol yetib tarbiyalashga
alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari
keng qo‘llanilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
41
O‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida tashkillashtirish va interfaol metodlarini
qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq.
Adabiy tilning nutq uslublari haqidagi dastlabki bilimlar umumiy o‘rta ta’lim
muassasalaridanoq ona tili darsliklarida o‘quvchilarga berib boriladi. O‘quvchilar yoshligidan
nutq uslublarining ahamiyati, jamiyatdagi o‘rni haqida tushunchalarga ega bo‘lishadi. Uslublar til
birliklaridan qanday foydalanishni ko‘rsatib beruvchi nutq turidir.
Insonlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va mavqeini belgilaydigan mezon ham uning
nutqidir.
Nutq amaliyotida so‘zlashuv, ilmiy, publitsistik, badiiy va rasmiy uslublar mavjud bo‘lib,
ularning har biri o‘z xususiyatlariga, qo‘llanish sohasiga ega. Jumladan, og‘zaki jonli so‘zlashuvda
so‘zlashuv uslubidan, badiiy ijodiy matnlarda badiiy uslubdan, hujjatchilikda esa rasmiy uslubdan
foydalaniladi.
Nutq uslublarining rasmiy uslub turiga kiruvchi ish hujjatlari jamiyatda alohida o‘rin
tutadi, chunki qaysi kasb egasi bo‘lishidan qati nazar har bir insonda rasmiy idoralarga, ishxona
va tashkilotlarga yozma murojaat qilish ehtiyoji bor. Shu bois rasmiy ish hujjatlarini to‘g‘ri
yozishga o‘rgatish millat savodxonligini ta’minlashning asosiy omillaridan biridir.
Rasmiy uslubga xos ish yuritish hujjatlarida so‘zlar, leksik vositalar tanlab olinadi.
Leksik vositalar nutq uslublarining qaysi turiga mansubligini aniqlab beradi. Har bir
uslubga xos bo‘lgan leksik vositalar o‘sha uslub uchun uslubiy me’yor sanaladi. Nutqimizda
ishlatilayotgan har bir so‘z leksik va grammatik ma’nolari bilan shu matndagi boshqa so‘zlarga
mos kelsagina jumla ravon, fikr ifodali tarzda shakllangan bo‘lib, bu matn usluban sayqallashgan
bo‘ladi. Ish yuritish hujjatlari matnida hissiy-emotsional so‘zlar ishlatilmaydi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining rasmiy ish uslubini ilk bor tadqiqot ishlarini olib borgan
tilshunos D.A.Boboxonova ikki guruh leksikasini farqlaydi.
1. Rasmiy ish uslubida qo‘llaniladigan
so‘zlar.
2. Bu uslubda qo‘llanmaydigan so‘zlar.
Rasmiy ish uslubini morfologik jihatdan tahlil qilib ayrim leksik birliklarning qo‘llanilish
yoki qo‘llanmasligiga ko‘ra bo‘linishi to‘g‘ri deb hisoblaymiz. O‘quvchilarga bu uslubda
qo‘llaniladigan so‘zlar yuzasidan ma’lumot berib, misollar orqali tushuntirilganidan keyin
q‘llanmaydigan so‘zlarni ham sanab o‘tish rasmiy matnni to‘g‘ri tuzish uchun zarur omil
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
42
vazifasini bajaradi. Hujjat matnlarida leksik birliklarni to‘g‘ri ishlata olgan o‘quvchi qoliplashgan
birikmalarni ham mazkur matnlarda to‘g‘ri qo‘llab rasmiy matn tuza oladi.
O‘zbek tilshunosligida ham rasmiy matnlarda qoliplashgan birikmalarni qo‘llash borasida
talaygina ilmiy izlanishlar olib borilgan. Rasmiy uslubning hujjat matnlarida turg‘unlashgan,
qoliplashgan so‘z birikmalarining ishlatilish o‘rinlari o‘rganilgan. “Turkiy hujjatchilik tarixida
stereotip birliklarning ishlatilishi keng rusum bo‘lgan. Rasmiy qog‘ozlarning muayyan turlari va
ularning bo‘limlari alohida o‘zigagina tegishli formulyarlarini yuzaga keltirgan. Rasmiy matnlarda
qo‘llaniluvchi formulyarlarga qarab muayyan turlarga ajratish va uning janrini aniqlash imkoni
yuzaga keladi”.
1
Qoliplashgan so‘z birikmasini o‘quvchi tushuna olishi uchun u birinchi navbatda so‘z
birikmasini o‘zi mustaqil tuza oladigan bo‘lishi kerak. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
o‘quvchida hujjat turlarining mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan qoliplashgan so‘z birikmalari,
qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boshlaydi. Ariza birinchi shaxs tomonidan yozilishi
haqida ma’lumotlar berilib, keyin bu hujjat matnida ishlatiladigan qoliplashgan so‘z birikmalari
izohlanishi kerak. Turli zamonaviy yondashuvlarga tayanib ishlab chiqilgan innovatsion
metodlarni qo‘llashning ijobiy tomoni shundaki, o‘quvchilar hujjat matnidagi qoliplashgan
birikmani ishlatishni o‘rganishadi.
Arizaning matn qismidagi “...ga qabul qilishingizni so‘rayman” “...ga ruxsat
berishingizni so‘rayman” kabi qoliplashgan sintaktik tuzilmalar o‘quvchining hujjat matnini
tuzishini yengillashtiradi. O‘quvchilar qoliplashgan so‘z birikmalari ishtirokida turli rasmiy
hujjatlardan namunalar yozishadi.
“Tayinki, har bir bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos
qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi”.
2
Rasmiy uslub matnlarining shakllanishida har bir matnning o‘ziga xos qoliplashgan
birikmalari ishtirok etadi. Hujjat turlarida ishlatilgan qoliplashgan birikmalar biri ikkinchisiga
mazmunan to‘g‘ri kelmaydi. Bu qoliplashgan sintaktik tuzilmalarni turli matnlarda turlicha
ko‘rishimiz mumkin: masalan, korxona, tashkilot, ta’lim muassasalarida ko‘p qo‘llaniladigan
buyruq matnida quyidagicha qoliplashgan so‘z birikmalari ishlatiladi. – Arizasiga ko‘ra
1
. Омонов Қ. Туркий расмий услубнинг юзага келиши ва такомили ( илк ва ўрта асрлар) : Филол.
фан...дисс.-Тошкент, 2016. – 101 б
2
Аминов М., МадвалиевА., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш амалий қўлланма., 2-нашри Ўзбекистон
миллий энциклопедияси. – Т., 2000. -16б
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
43
...
lavozimiga tayinlansin, – O‘z xohishiga ko‘ra ...
o‘z lavozimidan ozod qilinsin, Boshqa ishga
o‘tganligi munosabati bilan...
kabi.
Hujjat matnlarida ishlatiladigan qoliplashgan so‘z birikmalarini ma’lumotnoma matnida
ham uchratish mumkin.
Ma’lumotnomaning rasmiy matn qismida so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi kabi
qoliplashgan birikmasi ishlatiladi. Bu qoliplashgan so‘z birikmasidagi so‘zlarni morfologik
birliklar bo‘yicha tahlil qilish o‘quvchilarni ushbu hujjatning ishlatilish o‘rinlarini yaxshi bilib
olishi uchun muhim omil sanaladi. Ma’lumotnoma matnini o‘quvchi o‘zi yozmaydi balki bu hujjat
tayyor blankada yozilgan bo‘ladi. Ma’lumotnomadagi qoliplashgan so‘z birikmalarida, ya’ni
bunday sintaktik tuzilmada fe’lning vazifa shakllari: sifatdosh, harakat nomi, turlangan ot va
lug‘aviy va munosabat shaklga ega bo‘lgan fe’l ishtirok etadi. Dars jarayonida qoliplashgan
birikmalarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish uchun savol-javob usulidan foydalanish ijobiy natija
beradi. Bu usulni dars jarayonida qo‘llasak, o‘quvchi mavzu bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladi va
o‘zi mustaqil yozishga o‘rganadi.
Umumta’lim maktabining 9-sinf “Ona tili” darsligida ma’lumotnoma va bayonnomadan
namunalar berilgan. Bu hujjatdagi qoliplashgan birikmalarni o‘rgatish uchun qiyoslash
metodining analogik usulini qo‘llash yaxshi natija beradi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘atida” analogiya so‘zi shunday izohlanadi: “Analogiya ( yun)
– muvofiqlik aynanlik o‘xshashlik”.
3
Izohdagi o‘xshashlik tushunchasi berilgan namunaga qarab
matn yaratish jarayoniga ko‘proq mos keladi. 9-sinf “Ona til ” darsligida bayonnomadan
namunaga yozish bu hujjatni tushunish va o‘zi mustaqil yoza olishi uchun asos bo‘ladi. “Namuna
asosida sinf o‘quvchilari yig‘ilishining bayonnomasini yozing”
4
.
Mosini toping metodi ushbu metodda asosan o‘quvchi bilan o‘quvchilar, o‘quvchilar bilan
o‘quvchilar va o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘tkaziladi. Sinfdagi o‘quvchilar ikki guruhga
bo‘linadi. Bir o‘quvchi har bir guruhdagi o‘quvchilarga ariza va tushuntirish xatining namunasini
tarqatib chiqadi. Guruhdagi o‘quvchilar berilgan hujjatlarni leksik va morfologik jihatdan tahlil
qilishlari kerak. Arizada uchraydigan qoliplashgan so‘z birikmalarni o‘quvchilar topib
daftarlariga yozishadi.
3
Madvaliev A. tahriri ostida. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2006. 81-b
4
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Ona tili. Umumta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: Tasvir,
2014.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
44
O‘qituvchi o‘quvchilarning tahlillarini tekshirib chiqib, hujjatlarni mustaqil yozish
topshirig‘i beriladi. O‘quvchilarning mustaqil yozgan ishlari bir guruhdan ikkinchi guruhlariga
beriladi. O‘quvchilar hujjatni yozish jarayonidagi xatolarini o‘zaro tekshiradi va o‘qituvchi eng
yaxshi yozilgan tushuntirish xati va ariza yozgan o‘quvchini rag‘batlantiradi.
Mosini metodini qo‘llash orqali o‘quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir
qatorda ularning og‘zaki va yozma nutqi o‘sadi.
Qoliplashgan so‘z birikmalarini o‘quvchilarga o‘rgatish uchun “Tezkor bilimdon” o‘yinini
o‘quvchilar bilan birga o‘tqazish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarning og‘zaki nutqi rivojlanishi bilan birgalikda yozma nutqi ham talab
darajasida bo‘lishi lozim. Shu bois A.G‘ulomov o‘zining kuzatishlari natijasida quyidagicha
yozadi: Ba’zan o‘quvchilar berilgan savollarga nazariy jihatdan to‘g‘ri javob qaytaradi.
O‘qituvchining nazarida u ona tilining qoidalarini yaxshi o‘zlashtiradigandek tuyuladi.
Ammo yozma ish jarayonida ana shu “o‘zlashtirgan” qoidaga taalluqli qator xatolar sodir
bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarning yozma nutqiga dars jarayonida alohida e’tibor berish
ularning rasmiy ish hujjatlarini to‘g‘ri yozishga zamin hozirlagan bo‘lamiz.
Xulosa qilib aytganda, nutq uslublari, xususan, rasmiy uslub jamiyatda millat
savodxonligini belgilovchi omil sanaladi. Ona tili fanini o‘qitishda hozirgi zamon talablari asosida
yondashish, dars jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash zamonaviy o‘qituvchi
oldida turgan asosiy talablardan biridir. Chunki an’anaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tayyor
ma’lumotlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa ta’lim jarayonidagi yangi innovatsion texnologiyalar
o‘rgatayotgan bilimlarni o‘quvchining o‘zi mustaqil ravishda izlanib topishlariga, erkin holda
xulosa chiqarishga o‘rgatmoqda. Yuqori sinf o‘quvchilarining yetuk, barkamol inson bo‘lib
yetishishini ta’minlash hayoti davomida duch kelgan har bir ish yuritish hujjatlarini o‘zlari
mustaqil yozishi uchun ularga keraklicha bilim berish va yozishga o‘rgatish asosiy vazifamizdir.
Shunday ekan, o‘quvchilarda bu borada to‘g‘ri va keng qamrovli bilim berish olgan nazariy
bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish bizning asosiy maqsadimizdir.
REFERENCES
1.
Аминов М., МадвалиевА., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш амалий қўлланма.,
2-нашри Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2000. -16б
2.
Madvaliev A. tahriri ostida. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. – T.: O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2006. 81-b
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
45
3.
Mahmudov N. va boshq. Ona tili: O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. – Т.: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2017. -107 б
4.
Омонов Қ. Туркий расмий услубнинг юзага келиши ва такомили ( илк ва ўрта асрлар):
Филол. фан...дисс.-Тошкент, 2016. – 101 б
5.
A. Kurbanova. Methodology of Developing Speech Competences of Students in the Process
of Mother Tongue Education. Received. Vol. 25, Issue 3, 2021. P 8911 – 8923
