17
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
BOLALARDA SIYDIK YO`LLARING INFEKSIYALARINI PROFILAKTIKASI
Utepova Gulzada Bektursunovna
Ilmiy rahbar.
Sirojiddinov Ozodbek Ziyovuddin o’g’li
ozodbeksirojiddinov444@gmail.com
Omonboyev Abdulaziz To`raqul o`g`li
omonboyevabdulaziz021@gmail.com
Toshkent Xalqaro Kimyo universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14968222
Dolzarbligi:
Chaqaloqlarda va erta yoshdagi bolalar orasida siydik yo’llari infeksiyasi eng keng
tarqalgan bakterial infeksiya bo’lib, ushbu yoshdagi barcha kasalxonaga davolanayotgan isitmali
bemorlarning 10-15 % da kuzatiladi. 5 yoshga kelib, o’g’il bolalarning 1-2% va qizlarning 8%
ushbu kasallik bilan kamida bir marta kasallanadi. Boshlang’ich maktab yoshida siydik yo’llari
infeksiyasi qizlarning 7,8 % va o’g’il bolalarning 1,6 % da uchraydi. Siydik yo’llari infeksiyasi
chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar orasida keng tarqalishi, erta tashhis qo’yishning
qiyinchiliklari, va buning oqibatida kasallikning og’ir kechishi, asoratlarning rivojlanishi siydik
yo’llari infeksiyasini hozirgi kunga qadar dolzarbligini ko’rsatmoqda.
Izlanish maqsadi:
Siydik yo’llari infeksiyasi chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar orasida keng
tarqalishining oldini olish.
Izlanish vazifasi
1.
Siydik yo’llari infeksiyasi chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar orasida uchrash
chastotasini o’rganish.
2.
Siydik yo’llari infeksiyasi chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalardagi klinik kechishini
o’rganish.
3.
Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar orasida siydik yo’llari infeksiyasini keltirib
chiqaradigan omillarni o’rganish.
Izlanish usullari:
Bir qator mualliflarning tadqiqotlaridan olingan materiallar o'rganildi va tahlil qilindi.
Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalar orasida siydik yo’llari infeksiyasini tarqalish
darajasi va ushbu kasallikni keltirib chiqaradigan omillar tahlil qilindi.
Natijalar.
18
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
O’rganib chiqilgan tadqiqotlar ma’lumotlariga ko’ra, siydik yo‘llari infeksiyasi 1
yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’proq uchraydi, ayniqsa qiz bolalar orasida (o‘g‘il bolalarga
nisbatan 2-4 baravar ko’p). Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda bu kasallik
aksariat hollarda umumiy intoksikasiya belgilarining yaqqolligi, kasallikning klinik ko’rinishlari
kam ifodalanishi bilan kechadi. Bu esa bemorga o’z vaqtida tashxis qo’yishni qiyinlashtiradi.
Hayotning dastlabki 3 oyida bolalarda siydik yo’llari infeksiyasi ko’pincha uyquchanlik,
besabab bezovtalanish, qusish, ich ketish, tana haroratining ko’tarilishin yoki pasayishi, vazn
yo’qotish va jismoniy rivojlanish sur’atlarining pasayishi kabi nospesifik belgilar bilan namoyon
bo’ladi. Ayniqsa, chaqaloqlar va erta yosh bolalarida yuqori va pastki siydik yo’llari
infektsiyalarini bir biridan ajratish qiyin masala.
2 yoshdan boshlab siydik yo’llari infeksiyasining klinik ko’rinishi mahalliy belgilar bilan
ko’proq namoyon bo’ladi: tez-tez siyish, dizuriya, qorin va qovuq sohasidagi og’riqlar,
isitmaning subfebril ko’rsatkichlari. Ushbu yoshdagi bolalar uchun pastki siydik yo’llari
infeksiyasi - sistitda siydikni tutib tura olmaslik rivojlanishi kuzatiladi.
Bolalarda siydik yo’li infeksiyasining tarqalishi yosh, jins va anatomik xususiyatlarga
bog‘liq. Masalan, qiz bolalarda siydik chiqarish yo’lining (uretraning) qisqaligi sababli infeksiya
xavfi yuqoridir. Bundan tashqari, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, immunitetning
pasayishi va siydik yo‘llarining tug‘ma nuqsonlari kabi omillar ham infeksiya xavfini oshiradi.
Siydik yo’li infeksiyasining rivojlanishida quyidagi omillarning o’rni muhim:
-
bolalarning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari gijjalarni yuqtirib olishlariga
va oqibatda siydik yo’llari infeksiyasining rivojlanishiga olib keladi;
-
bolalarning yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilmasligi siydik yo‘llarini toza saqlashga
to’sqinlik qiladi.
-
yoshiga mos rasional ovqatlantirishning, jismoniy faollikning, vaqtida uyqu bilan
ta’minlanmaslik organizmning himoya kuchlarini susaytiradi, immun tizimini zaiflashtiradi;
-
ko’pincha chaqaloqlik davrida va erta yoshdagi bolalarda siydik yo‘li infeksiyalarining
birdan bir belgisi – bu tana haroratining ko’tarilishi bo’lib, kasallikning spesifik belgilarining
bo’lmasligi uning tashhisotini qiyinlashtiradi, va noto’g’ri davolanishga, oqibatda, kasallikning
asoratlari rivojlanishiga sabab bo’ladi;
-
bolalarni doymiy ravishda maxsus tagliklarni echmasdan parvarishlash siydik yo’llari
infeksiyasining ko’payishiga sabab bo’lmoqda.
Bolalarda siydik yo‘li infeksiyalari bilan kasallanishini kamaytirishning eng to’g’ri yo’li
bu kasallkni oldini olishdir.
Xulosa
19
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bolalardagi siydik yo’llari infeksiyasini oldini olish uchun quyida keltirilgan chora-
tadbirlarga amal qilishi lozim:
1.
Bolalar ko’p suyuqlik iste’mol qilishsin.
2.
Bola peshobini ko’p tutib turishiga yo’l qo’ymang, xojatga o’z vaqtida chiqaring.
3.
Bolalar hojatga chiqqanda qovuqni to’liq bo’shatishini nazorat qiling.
4.
Bolani ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan oldin va hojatxonadan keyin ham qo’lini
sovunli suv bilan yuvishini nazorat qiling.
5.
Bolani yuvintiruvchi ona yoki ota avval o’z qo’lini sovunli suv bilan yaxshilab yuvishi
kerak.
6.
Bolani oralig’ini parvarishlashda nam salfetkalardan foydalanman, suv bilan yuving.
7.
Bolani oralig’ini suv bilan yuving, oldindan orqa chiqarish teshigiga qarata yuving.
8.
Bolani har bir peshob ajratgandan so’ng tez-tez yuvintirishga harakat qilmang, oraliqning
me’yordagi mikroflorasiga salbiy ta’sir ko’rsatmang.
9.
Erta yoshdagi bolalar uchun maxsus tagliklarni (podguzniklarni) doimiy ravishda tunu-
kun ishlatmang, undan zarurat bo’lgandagina qisqa vaqt mobaynida foydalaning.
10.
Bolalarni yoshiga mos ravishda rasional ovqatlantiring, ularga shirinliklar, acchiq va
sho’r mahsulotlarni bermang.
11.
Bolaning ichki kiyimi toza, havo o’tkazadigan tabiiy paxta matodan bo’lishi lozim,
sintetik matoli tor ichki kiyimlar kiyg’izmang.
12.
Bolalarni jamoat foydalanadigan basseynda chomilishiga yo’l qoymang.
13.
Bolaning isitmasi ko’tarilishi bilan kechadigan har bir kasallanishida albatta shifokorga
murojaat qiling, shifokor tavsiya qilgan barcha tekshiruvlardan o’tkazing.
14.
Bolalarni chiniqtirish maqsadida sog’lom turmush tarziga amal qilishni o’rgating: vaqtida
ovqatlanish, vaqtida toza havoda sayir qilish va dam olish, yoshiga mos jismoniy tarbiya bilan
shug’ullanishiga imkon yarating.
Demak, har bir ota-ona bolalardagi siydik yo’llari infeksiyasini oldini olish chora-
tadbirlarini bilishi va unga amal qilishi lozim.
