Authors

  • San’at Kenjayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71432

Keywords:

mavzuli kompozitsiya kompozitsiya qonunlari tarixiy mavzular madaniy va etnik mavzular ijtimoiy va ma'naviy mavzular.

Abstract

Mazkur maqola O‘zbek tasviriy san’atida mavzuli kompozitsiyalarning yoritilishi deb nomlangan bo‘lib, unda, o‘zbek rasomlari ijodida mavzuli kompozitsiyalarning ahamiyati, shuningdek, kompozitsiya qonunlari, printsiplari, qoidalari, usullari va vositalarilarini o'zlashtirilishi nazariy va amaliy nuqtai nazardan o‘rganib chiqilgan. Mavzu yuzasidan aniq ma’lumotlar keltirili va tahlil qilindi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

154

O‘ZBEK TASVIRIY SAN’ATIDA MAVZULI KOMPOZITSIYALARNING

YORITILISHI

Kenjayev San’at Obidovich

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

“Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15002688

Annotatsiya.

Mazkur maqola O‘zbek tasviriy san’atida mavzuli kompozitsiyalarning

yoritilishi deb nomlangan bo‘lib, unda, o‘zbek rasomlari ijodida mavzuli kompozitsiyalarning

ahamiyati, shuningdek, kompozitsiya qonunlari, printsiplari, qoidalari, usullari va

vositalarilarini o'zlashtirilishi nazariy va amaliy nuqtai nazardan o‘rganib chiqilgan. Mavzu

yuzasidan aniq ma’lumotlar keltirili va tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

mavzuli kompozitsiya, kompozitsiya qonunlari, tarixiy mavzular, madaniy va

etnik mavzular, ijtimoiy va ma'naviy mavzular.

ОПИСАНИЕ ТЕМАТИЧЕСКИХ КОМПОЗИЦИЙ В УЗБЕКСКОМ

ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена

Описание

тематических композиций в

узбекском изобразительном искусстве, в которой с теоретической и практической точек

зрения исследуется значение тематических композиций в творчестве узбекских

художников, а также освоение законов, принципов, правил, методов и средств

композиции. Были представлены и проанализированы конкретные данные по теме.

Ключевые слова:

тематическая композиция, законы композиции, исторические

темы, культурные и этнические темы, социальные и духовные темы.

DESCRIPTION OF THEMATIC COMPOSITIONS IN UZBEK FINE ART

Abstract.

This article is called the description of thematic compositions in Uzbek fine art,

in which, in the work of Uzbek rasoms, the importance of thematic compositions, as well as the

assimilation of the laws, principles, rules, methods and means of composition, is studied from a

theoretical and practical point of view. Specific information on the topic was brought and

analyzed.

Keywords:

thematic composition, laws of composition, historical themes, cultural and

ethnic themes, social and spiritual themes.

O‘zbek tasviriy san’ati, o‘zining boy tarixiy an’analari va o‘ziga xos estetikasi bilan ajralib

turadi. San’atda kompozitsiya mavzulari ko‘p vaqtlar ijtimoiy, tarixiy, madaniy va ma’naviy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

155

masalalarni aks ettiradi. Tarixdan ma’lumki o‘tmishning ulug‘ rassomlari kompozisiya

masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o‘z asarlarini yaratishda umumqoida bo‘lib qolgan

tamoyillarga amal qilganlar. Kompozisiyaning «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat»,

«burchak» va boshqa ko‘rinishlarini qo‘llab, yuksak natijalarga, go‘zal ifodaviylikka erishganlar.

Mavzuli kompozitsiyalar bu san’atkor tomonidan ma’lum bir g‘oya, tema yoki voqeani

tasvirlashda ishlatilgan shakl va kompozitsion vositalar to‘plamidir. O‘zbek tasviriy san’atida

mavzuli kompozitsiyalar nafaqat estetik yondashuvni, balki xalqning tarixi, urf-odatlari,

madaniyati va ruhiy holatini aks ettiradi.

Mavzuli kompozitsiya bu san’atda ma’lum bir voqea, tarixiy yoki ijtimoiy hodisa, hayotiy

qahramon yoki muhim bir ma’aviy g‘oyani tasvirlash uchun rassom tomonidan yaratilgan

kompozitsiyadir. Bu kompozitsiyalarda ko‘pincha o‘ziga xos tarkibiy qismlar (figuralar,

manzaralar, ranglar va shakllar) birlashtiriladi, bu esa san’atkorning g‘oyaviy xususiyatlarini

tomoshabinga yetkazishga yordam beradi.

Tematik kompozitsiyaning asosiy vazifasi rassomning obrazli niyatini ochib berishdan

iborat bo'lib, u syujetni kompozitsion amalga oshirishda rasmning barcha vositalaridan

foydalangan holda mavzuni to‘liq ochib beradi. Rassom tasvirni ishlashda atrofdagi hayot va

tabiatning voqealari va hodisalaridan ilhom oladi.

O‘zbek tasviriy san’atida mavzuli kompozitsiyalar quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Tarixiy mavzular: O‘zbek xalqining tarixiy voqealari, shaxsiyati, xalq hayoti.

Madaniy va etnik mavzular: O‘zbek xalqi, uning urf-odatlari, milliy kiyimlari va o‘ziga

xos qiyofalari.

Ijtimoiy va ma'naviy mavzular: Ijtimoiy adolat, qadriyatlar, insonning ruhiy va ma’naviy

holati.

Tarixiy mavzular

. O‘zbek tasviriy san’ati tarixiy mavzularni tasvirlashda katta ahamiyatga

ega bo‘lib, rassomlar o‘z asarlarida xalqning tarixiy merosi va buyuk shaxslarini tasvirlashga

harakat qilishgan. Ular tarixiy voqealarni va qahramonlarni ko‘rsatishda ko‘pincha ranglar va

kompozitsion vositalarni foydalanib, dramatik ta’sir yaratadilar.

Tarixiy mavzularning kompozitsiya xususiyatlariga esa quyidagilarni misol qilib

ko‘rsatishimiz mumkin:

Dinamik shakllar va katta kompozitsiyalar: Tarixiy voqealar va harbiy sahnalar ko‘pincha

katta, ta'sirchan va diqqatni o‘ziga tortuvchi shakllar bilan ishlangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

Chuqur perspektiva: Ko‘pincha tarixiy voqealar va sahnalar orqa fonda keng manzaralar

bilan tasvirlanadi, bu esa voqea va mavzuning ahamiyatini oshiradi.

Madaniy va etnik

mavzudagi kompozitsiyalar.

O‘zbek san’atida milliy madaniyat, urf-

odatlar va xalq hayoti ko‘pincha mavzuli kompozitsiyalarga asos bo‘ladi. Rassomlar xalqning

qadimiy an'analarini, to‘y marosimlarini, xonadonlarni, hunarmandchilikni va boshqa madaniy

elementlarni tasvirlashga katta e'tibor berishadi. Bu mavzular xalqning boy madaniy merosini

ifodalashga xizmat qiladi.

Madaniy va etnik mavzulardagi kompozitsiya xususiyatlariga esa quyidagilar kiradi:

Dekorativ elementlar: Ranglar, naqshlar, bezaklar, milliy kiyimlar va o‘xshash elementlar

ko‘p ishlatiladi.

Yumshoqlik va o‘ziga xoslik: Kompozitsiyalar asosan madaniy yuksaklik va noziklikni

aks ettiradi, aksariyat hollarda bu asarlarda o‘ziga xos, estetik bezaklar ishlatiladi.

Ijtimoiy va ma’naviy mavzular:

O‘zbek tasviriy san’atida ijtimoiy va ma'naviy masalalar

ham keng yoritilgan. Rassomlar o‘z asarlarida ijtimoiy muammolarni, insonning ruhiy holatini,

adolat va tenglikni ifodalashadi. Bu mavzular ko‘pincha xalq hayotidagi kundalik voqealarni,

odamlarning tuyg‘ularini va muammolarini aks ettiradi.

Kompozitsiya xususiyatlari:

Simmetriya va balans: Ijtimoiy mavzular ko‘pincha qat’iy simmetriya va aniq

joylashtirilgan shakllar bilan ishlanadi, bu esa mavzuning jiddiyligini va muhimligini ta’kidlaydi.

Boshqaruv va kontrast: Yorug‘lik va soyalar, iliq va sovuq ranglar yordamida ijtimoiy va

ma’naviy muammolarni dramatik tarzda yoritiladi.

Zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atida mavzuli kompozitsiyalar yangi yo‘nalishlarni va

tendensiyalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi rassomlar an’anaviy mavzularni zamonaviy texnikalar

va tasvirlash usullari bilan uyg‘unlashtirib, yangi g‘oyalar va estetik yondashuvlar yaratmoqda.

Mavzuli kompozitsiyalar hozirgi kunda ijtimoiy, ekologik va global masalalarni aks

ettiradigan shaklda rivojlanmoqda. Masalan, Innovatsion tendensiyalar: raqamli san’at va

multimediya.

Raqamli san’at rassomlar an’anaviy kompozitsiyalarni raqamli texnologiyalar yordamida

yaratishmoqda, bu esa yangi, ilg‘or usullarni qo‘llash imkoniyatini beradi.

Multimediya esa o‘zbek rassomlari, matn, video, audiovizual texnologiyalarni birlashtirib,

ijtimoiy va ma’naviy mavzularni yangi shaklda yoritishga intilishadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Har bir kompozitsiya ma'lum bir mavzu yoki voqeani yoritishda badiiy vositalarni samarali

ishlatadi va tomoshabinga qimmatli estetik va g‘oyaviy tajriba taqdim etadi. Zamonaviy

rangtasvirda tematik kompozitsiyalar yanada boy va murakkab shakllarga ega bo‘lib, yangi

texnologiyalar va g‘oyalar yordamida ilg‘or yondashuvlar bilan boyitilmoqda.

Kompozisiya tuzishga mohir bo‘lgan va uni o‘z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan

mo‘yqalam ustalari ko‘p, ularga misol qilib quyidagilarni qisman atab o‘tsak o‘rinli bo‘ladi.

Bunday o‘tmish tasviriy san’ati ustalari: Leonardo da Vinchi. Mikelanjelo, A. Dyurer, J.

D. Engr, P. Rubins, Rafael, Tintoretto, A. Ivanov, K. Bryullov, I.E. Repin, YA. Mateyko va

boshqalardir.

O‘zbek rassomlaridan esa tasviriy san’atning turli tur va janrlarida ijod qilgan, ko‘plab

mavzuli kompozitsiyalar yaratgan va hozirgi paytda ham ajoyib asarlar ishlab kelayotgan

musavvirlardan nomlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.

Ular U.Tansiqboev, I.Ikromov, Z.Inag‘omov, Ch.Axmarov, X.Husniddinxo‘jaev,

A.Abdullayev,

R.Axmedov,

R.Choriev,

I.Jabborov,

A.Boymatov,

Sh.Abdurashidov,

A.Ikromjonov, B.Jalolov, A.Nuritdinov, F.Axmadaliyev, B.Maxkamov va boshqa ko‘plab

ijodkorlarni bemalol kompozisiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil

qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta hammamiz uchun o‘quv-mashqlarni bajarishda nazariy

asos vazifasini o‘taydi.

Shunday ekan xulosa sifatida shuni aytishimiz o‘rinliki, o‘zbek tasviriy san’atida mavzuli

kompozitsiyalar o‘zining boy tarixi va an’analari bilan ajralib turadi. Tarixiy, madaniy, ijtimoiy

va ma’naviy mavzular san’atkorlar tomonidan sezgirlik bilan tasvirlanadi. Bu kompozitsiyalar

orqali rassomlar xalq hayotining turli jabhalarini aks ettiradilar, an’analardan ilhom olib,

zamonaviy texnikalar bilan yangilik yaratadilar.

REFERENCES

1.

И.

Ю.

Руднев

ТЕМАТИЧЕСКАЯ

КОМПОЗИЦИЯ

НА

ЗАНЯТИЯХ

ИЗОБРАЗИТЕЛЬНЫМ ИСКУССТВОМ С МЛАДШИМИ ШКОЛЬНИКАМИ.

НАУКА – ОБРАЗОВАНИЮ.

2.

Poстовцев, Н, Н. Н. Рисунок. Живопись. Композиция [Текст]: Хрестоматия / Н. Н.

Ростовцев, С. Е. Игнатьев, Е. В. Шорохов. – М.: Просвещение, 1989. – 207 с

3.

Руднев, Иван Юрьевич Р 833 Композиция в изобразительном искусстве. Монография

– М.: Мир науки, 2019.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

158

4.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA

XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

5.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF

THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

References

И. Ю. Руднев ТЕМАТИЧЕСКАЯ КОМПОЗИЦИЯ НА ЗАНЯТИЯХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНЫМ ИСКУССТВОМ С МЛАДШИМИ ШКОЛЬНИКАМИ. НАУКА – ОБРАЗОВАНИЮ.

Poстовцев, Н, Н. Н. Рисунок. Живопись. Композиция [Текст]: Хрестоматия / Н. Н. Ростовцев, С. Е. Игнатьев, Е. В. Шорохов. – М.: Просвещение, 1989. – 207 с

Руднев, Иван Юрьевич Р 833 Композиция в изобразительном искусстве. Монография – М.: Мир науки, 2019.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.