Authors

  • San’at Kenjayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71448

Keywords:

Zamonaviy teatr bezagi rangtasviri yangi texnologiyalar interaktivlik minimalizm ekologik yondashuvlar integratsiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida yangi texnologiyalar, interaktivlik, minimalizm va ekologik yondashuvlarning integratsiyasidan foyalanish sahnani yanada boyitib berishi, tomoshabinga yangi tajriba taqdim eta olishi haqida ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek, bu tendensiyalar teatr rassomlariga o‘z asarlarini yanada ilg‘or va ko‘proq ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatlardan ko‘proq yoritish imkonini qanchalik yaratib bera olishi o‘ganib chiqildi.

background image

326

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

ZAMONAVIY TEATR BEZAGI RANGTASVIRIDA YANGI TEXNOLOGIYALAR,

INTERAKTIVLIK, MINIMALIZM VA EKOLOGIK YONDASHUVLARNING

INTEGRATSIYASI

Kenjayev San’at Obidovich

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

“Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15002401

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida yangi

texnologiyalar, interaktivlik, minimalizm va ekologik yondashuvlarning integratsiyasidan

foyalanish sahnani yanada boyitib berishi, tomoshabinga yangi tajriba taqdim eta olishi haqida

ma’lumotlar keltirildi. Shuningdek, bu tendensiyalar teatr rassomlariga o‘z asarlarini yanada

ilg‘or va ko‘proq ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatlardan ko‘proq yoritish imkonini qanchalik

yaratib bera olishi o‘ganib chiqildi.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy teatr bezagi rangtasviri, yangi texnologiyalar, interaktivlik,

minimalizm, ekologik yondashuvlar integratsiyasi.

ИНТЕГРАЦИЯ НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ, ИНТЕРАКТИВНОСТИ,

МИНИМАЛИЗМА И ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПОДХОДОВ В СОВРЕМЕННОЙ

ТЕАТРАЛЬНОЙ ДЕКОРАТИВНОЙ ЖИВОПИСИ

Аннотация.

В этой статье была представлена информация о том, что

использование интеграции новых технологий, интерактивности, минимализма и

экологических подходов в современной театральной декоративной живописи может

сделать сцену богаче, предлагая зрителю новые впечатления. Также было подчеркнуто,

насколько эти тенденции могут позволить театральным артистам освещать свои

работы более прогрессивно и с большей социальной, культурной и экологической точек

зрения.

Ключевые слова:

Cовременная театральная декоративная живопись, интеграция

новых технологий, интерактивность, минимализм, экологические подходы.

INTEGRATION OF NEW TECHNOLOGIES, INTERACTIVITY, MINIMALISM AND

ENVIRONMENTAL APPROACHES IN THE PAINTING OF MODERN THEATER

DECORATION

Abstract.

This article provided information that using the integration of new

technologies, interactivity, minimalism and environmental approaches in modern theatrical

decorative painting can make the stage richer, offering the viewer new experiences. It was also

emphasized how these trends can allow theater artists to cover their work more progressively

and from a greater social, cultural and environmental point of view.


background image

327

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Keywords:

Modern theater decoration painting, integration of new technologies,

interactivity, minimalism, environmental approaches.

Zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida yangi texnologiyalar, interaktivlik, minimalizm va

ekologik yondashuvlarning integratsiyasi haqida so‘z borar ekan avvalo teatr bezagi rangtasviri

haqida umumiy ma’lumotlar berib o‘tishimiz o‘rinli. Teatr bezagi rangtasviri bu teatr sahnasi

uchun yaratilgan dekorativ san’at asari bo‘lib, sahna ko‘rinishlarini, manzaralarni va atmosfera

yaratishda ishlatiladigan rangtasvirning bir turi hisoblanadi. Teatr san’ati va rangtasvir bir-birini

to‘ldirgan holda, spektaklning mazmunini, ruhini va xarakterlarini ifodalashda muhim rol

o‘ynaydi. Rangtasvirning teatr bezagi sifatidagi ahamiyati shundaki, u tomoshabinning e’tiborini

sahna voqealariga qaratish, xarakterlarning psixologiyasini yoritish, voqealar o‘tkaziladigan

muhitni yaratish uchun zarur vosita hisoblanadi. Teatr bezagi rangtasvirining asosiy maqsadi

sahnani bezash, spektaklning g‘oyasini va atmosferasini ko‘rsatishdir. Bu rangtasvirda esa

quyidagi xususiyatlar mavjud:

Ko‘p o‘lchamli ifoda

: Teatr bezagi rangtasvirida rassom kichik o‘lchamdagi eskizlardan

katta hajmdagi sahna bezaklariga o‘tadi. Bunda katta ko‘lamli ranglar va shakllar qo‘llaniladi,

chunki sahna tomoshabinlar tomonidan uzoq masofadan ko‘riladi.

Badiiy va dramatik yondashuv

: Teatr bezagi rangtasvirida har bir detali va rangning

badiiy va dramatik ifodasi muhim ahamiyatga ega. Sahna bezaklari spektaklning mazmuni va

janriga mos bo‘lishi kerak. Masalan, dramatik asarlarda qorong‘u ranglar, kontrastlar va keskin

shakllar ishlatilsa, komedik sahnalarda yengil va yorqin ranglar qo‘llaniladi.

Funktsionallik

: Rangtasvir nafaqat estetik, balki amaliy jihatdan ham funktsional bo‘lishi

kerak. Sahna bezagi va rangtasvir tomoshabinlarni uzoq masofadan qiziqtirishi va ular sahnada

bo‘layotgan voqealarni yaxshi anglab olishlari uchun aniq va yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi zarur.

Ranglar va yorug‘lik

: Teatr bezagi rangtasvirida ranglar va yoritishning o‘rni juda katta.

Ranglar voqeaning ruhini, xarakterlarning kayfiyatini va atmosfera yaratilishini

ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, qorong‘u va sovuq ranglar drama va g‘azabni

ifodalasa, yorqin va iliq ranglar sevgi va baxtni aks ettiradi.

Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, teatr bezagi rangtasviri teatr san’atining ajralmas

qismidir. U sahna voqealarini aniq va dramatik tarzda ifodalashda muhim ahamiyatga ega.

Rangtasvir orqali teatr san’ati tomoshabinga voqealar, muhit va xarakterlarning ruhiyatini

tushunishga yordam beradi. Zamonaviy yondashuvlar esa teatr bezagining imkoniyatlarini

kengaytirib, ko‘proq interaktiv va texnologik jihatdan rivojlangan tajribalarni yaratishga imkon

bermoqda.


background image

328

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Yillar sayin zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida ham ko‘plab yangi tendensiyalar va

texnologiyalar paydo bo‘la boshladi. Bu tendensiyalar sahna san’atini yangi bosqichga olib

chiqdi va sahna dekoratsiyasi rassomlariga o‘z asarlarini yaratishda yanada keng imkoniyatlar

berdi.

Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Raqamli texnologiyalar

Zamonaviy teatrda raqamli texnologiyalar va 3D modellash texnikalari teatr bezagining

yangi darajaga chiqishiga yordam berib kelmoqda. Bu texnologiyalar yordamida sahna dekorator

rassomlari sahna bezaklarini ancha murakkab va dinamik tarzda yaratish imkoniyatiga ega

bo‘lishdi.

Raqamli texnologiyalar quyidagilardan iborat:

3D Proyeksiyalar va Video Mapping:

Video mapping texnologiyasi yordamida sahnada

turli tasvirlar va harakatlanuvchi obrazlar yaratish mumkin. Bu texnologiya sahnadagi an’anaviy

dekoratsiyalarni yangi, futuristik va ajoyib ko‘rinishda namoyish etish imkonini beradi. Masalan,

ularning yordamida sahna yuzasiga 3D animatsiyalarni yoritish, ob’ektlarni o‘zgartirish va

voqealarni o‘zgaruvchan makonlarda aks ettirish mumkin.

Raqamli ekranlar va LED texnologiyalari:

Raqamli ekranlar va LED panellari yordamida

teatr sahnalariga ko‘proq o‘lcham, rang va dinamiklik qo‘shish mumkin. Bu texnologiyalar

orqali sahnaga jonli obrazlar va muhitlarni, o‘zgaruvchan manzaralarni kiritish osonlashadi.

Interaktiv sahna dekoratsiyasi


background image

329

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida interaktiv elementlar keng tarqalgan bo‘lib, bu

yondashuv tomoshabinlar va sahna o‘rtasidagi chegarani kamaytiradi, ular sahnaga bevosita

ta’sir ko‘rsatishi yoki voqea rivojiga interaktiv tarzda qo‘shilishi mumkin.

Tomoshabin bilan aloqada bo‘lish

: Interaktiv dekoratsiya yordamida tomoshabinlar

sahna voqealariga bevosita aralashadi. Masalan, sahnada tomoshabinlar tomonidan

boshqariladigan elementlar ya’ni tugmalar, sensorlar orqali spektaklning yo‘nalishini o‘zgartirish

mumkin.

Raqamli sahna dekoratsiyasida tomoshabinlarning ishtiroki

: Ba’zi zamonaviy teatr

asarlarida tomoshabinlar mobil qurilmalar yoki interaktiv ekranlar yordamida sahnaga ta’sir

qilishlari mumkin. Bu interaktivlik teatrni tomoshabinlar uchun yanada jonli va o‘ziga tortuvchi

qiladi.

Minimalizm va Abstraktsiya

Zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida minimalizm va abstrakt dekoratsiyalar ko‘proq

ishlatilmoqda. Ushbu uslublar orqali sahna bezaklari juda soddalashtirilgan, ammo chuqur ma’no

va ifoda bilan boyitilgan bo‘ladi.

Sahna bezaklarida kamroq, lekin aniq va maqsadga yo‘naltirilgan elementlar ishlatiladi.

Bu uslub dekoratsiyalarning qisqa, aniq va juda toza bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek,

bunday yondashuv sahna uchun yanada keng va ochiq muhit yaratadi.

Abstrakt rangtasvirlar sahnada harakatlarni va voqealarni o‘zgartirgan holda,

tomoshabinlarga o‘z fikrini ifodalashda ko‘proq erkinlik beradi. Bu uslub, ayniqsa, psixologik

dramalarda va tajribaviy asarlarda keng qo‘llaniladi.

Ekologik va barqaror dizayn

Zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida ekologik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan

yondashuvlar ko‘paymoqda. Ushbu tendensiya teatr dizaynida ekologik jihatdan toza va qayta

ishlanadigan materiallar qo‘llanishi, shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga

qaratilgan. Masalan, yog‘och, metallar yoki plastiklarni qayta ishlash orqali sahna bezaklari

yaratiladi.

Tabiiy materiallar va ekologik elementlar, masalan, yashil o‘simliklar, daraxtlar va

ekotizimlarni tasvirlash sahna dizayniga yangi yondashuv kiritadi. Bu nafaqat ekologik jihatdan

to‘g‘ri bo‘lib, balki sahnada jonli va haqiqiy muhitni yaratishda yordam beradi.

Ko‘p qavatli va dinamik sahna bezagi

Zamonaviy teatr bezagida ko‘p qavatli sahnalar va dinamik tuzilmalar ishlatilmoqda.

Bunday sahna dekoratsiyalarida qatlamli strukturalar, harakatlanuvchi sahna qismlari va

o‘zgaruvchan joylar ko‘rinadi. Sahnada joylashgan turli elementlar harakatlantiriladi, ular

orasida mexanik, avtomatik yoki inson tomonidan boshqariladigan qismlar bo‘lishi mumkin.


background image

330

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Bu sahnaga dinamiklik va o‘zgaruvchanlik qo‘shadi. Modulli sahna dekoratsiyasi

sahnada turli qismlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib ishlaydi va doimiy ravishda o‘zgaradi. Bu

uslub sahnadagi harakatlarni, voqealarni va xarakterlarni samarali tarzda aks ettirishga imkon

beradi.

Teatrdagi multimedia va grafikalar

Zamonaviy teatr bezagida grafikalar va multimedia elementlar ham muhim o‘rin tutadi.

Video, animatsiyalar, raqamli rasmlar va boshqa audiovizual texnologiyalar sahna

bezaklarining bir qismiga aylangan.

Teatr va video san’ati

: Video proyeksiyalar sahnada harakatlanuvchi fonlarni yaratish

uchun ishlatiladi, bu sahna atmosferasini va voqealar rivojini yanada kuchaytiradi.

Multimedia sahna dizayni

: Multimedia elementlari, jumladan, video, musiqalar, audio

effektlar va real vaqtda o‘zgargan tasvirlar, sahna dekoratsiyalarini boyitadi va tomoshabinni

yanada o‘ziga jalb qiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy teatr bezagi rangtasvirida yangi

texnologiyalar, interaktivlik, minimalizm va ekologik yondashuvlarning integratsiyasi sahnani

yanada boyitib, tomoshabinga yangi tajriba taqdim etadi. Bu tendensiyalar teatr rassomlariga o‘z

asarlarini yanada ilg‘or va ko‘proq ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatlardan ko‘proq yoritish

imkonini beradi. Teatr bezagining o‘zgarishi bilan san’atning boshqa sohalari ham yangi

bosqichga o‘tmoqda va tomoshabinlarni yanada chuqurroq va kengroq o‘ylashga undamoqda.


background image

331

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

REFERENCES

1.

Березкин В. И. Искусство сценографии мирового театра. М., 1997. Кн. 1–2.

2.

Fohr R. Du décor а̀ la scénographie. Montpellier, 2014.

3.

Lori R. Scenografia e scenotecnica per il teatro. Roma, 2014.

4.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA

XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

5.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF

THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

6.

https://www.baby.ru/wiki/vidy-zhivopisi/

7.

https://artchive.ru/art_forms/theater_design

References

Бе¬рез¬кин В. И. Ис¬кус¬ст¬во сце¬но¬гра¬фии ми¬ро¬во¬го те¬ат¬ра. М., 1997. Кн. 1–2.

Fohr R. Du décor а̀ la scénographie. Mont¬pel¬lier, 2014.

Lori R. Scenografia e scenotecnica per il teatro. Roma, 2014.

qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.