Authors

  • Jamshidbek Akbaraliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71439

Keywords:

ilm-ma’rifat jadidchilik harakatining mazmuni jadidchilik oqimi ma\rifatparvarlik.

Abstract

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining mazmuni, mohiyati va uning xalq ma’naviyatini oshirishdagi roli hamda jadidchilik oqimi namoyandalarining faoliyati, ilmiy-ma’rifiy qarashlari va taqdiri haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalr keltiirb o’tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

196

JADIDCHILIK VA JADIDLARNING ILM-MA’RIFAT YO’LIDAGI HARAKATLARI

Akbaraliyev Jamshidbek

https://doi.org/10.5281/zenodo.15002789

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining mazmuni, mohiyati va uning xalq

ma’naviyatini oshirishdagi roli hamda jadidchilik oqimi namoyandalarining faoliyati, ilmiy-

ma’rifiy qarashlari va taqdiri haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalr

keltiirb o’tilgan.

Kalit so’zlar:

ilm-ma’rifat,

jadidchilik harakatining mazmuni, jadidchilik oqimi,

ma\rifatparvarlik.

JADIDISM AND THE JADIDS’ EFFORTS IN THE DIRECTION OF SCIENCE AND

ENLIGHTENMENT

Abstract.

This article discusses the content, essence of the Jadidism movement and its role

in raising the spirituality of the people, as well as the activities, scientific and educational views

and fate of the representatives of the Jadidism movement. The article presents well-founded ideas

and considerations.

Keywords:

science and enlightenment, the content of the Jadidism movement, Jadidism

movement, enlightenment.

ДЖАДИДИЗМ И УСИЛИЯ ДЖАДИДОВ НА ПУТИ ЗНАНИЯ И ПРОСВЕЩЕНИЯ

Аннотация.

В статье рассматриваются содержание, сущность движения

джадидов и его роль в повышении духовности народа, а также деятельность, научно-

просветительские взгляды и судьба представителей движения джадидов. В статье

представлены обоснованные мнения и соображения.

Ключевые слова:

наука и просвещение, содержание джадидского движения,

джадидское движение, просвещение.

Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, ma’rifatparvarlik maf-kurasi, bir tomondan, kapitalistik

munosabatlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi natijasida yuz bera boshlagan ijtimoiy-iqtisodiy va

madaniy o’zgarishlarni o’zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan, uni rivojlantirdi, ma’naviy

mazmunini boyitib bordi.

Uning oldida turgan vazifa feodal qoloqlikdan chiqish, o’lkaning ilg’or taraqqiyoti uchun

choralar topishdan ibo-rat bo’lsa-da, hayot taqozosi bilan qo’yilgan masalalar va ularni hal qilish

choralari turli bosqichda turlicha bo’l-ganligini bilib olish mumkin:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

197

1.

Ma’rifatparvarlikning ilk namoyandalari: Ahmad Do-nish (1827-1897) (Buxoro

xonligini Rossiya bilan taqqos-laydi). Berdimurod Berdax (1827-1900) (Xiva xonligi ha-qida

yozadi),

Sattorxon

(1830-1902)

(Turkiston

haqida

yo-zadi),

Furqat

(1858-1909)

(ma’rifatparvarlikka doir she’rlar bitadi).

2.

Ma’rifatparvarlik harakatining demokratik namoyandalari: Muqimiy (1850-1903),

Zavqiy (1853-1921), Anbar Otin (1870-1914), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) lardir.

3.

Jadidchilik

harakati

namoyandalari:

Mahmudxo’ja

Behbudiy

(1875-1919),

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abdurauf Fitrat

(1884-1938) va boshqalar.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda chor mus-tamlakachiligining ildiz otishi

natijasida Markaziy Osiyoning ko’p joylarida jadidchilik harakati yuzaga keldi.

Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asos-larini qayta qurishga qaratilganligi

sababli eski tuzum tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi.

Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar yo’li bilan xalq va jamiyat hayotini yaxshilashga,

madaniy yuksaklikka olib chiqishga qaratilgan dasturlarni bajarishga kirishildi. Jadidchilik

jamiyatni to’ntarish yo’li bilan emas, islo-hotlar yo’li bilan rivojlantirishni o’zining asosiy vazifasi

deb belgiladi.

Jadidlar Turkiston hududida uzoq davr mobaynida yuz bergan ijtimoiy-madaniy inqirozga

barham berishga harakat qilganlar. Shu maqsadda san’at, din, matbuot, maorif, adabiyot

sohalarida islohot o’tkazish g’oyalarini ilgari surganlar. Ular axloq-odob, e’tiqod, adliya, sog’liqni

saqlash muammolarini qayta ko’rib chiqish, ijtimoiy-ma’naviy hayotning barcha sohalarini

shakllantirishni maqsad qilib olgan edilar. Istilo qilingandan so’ng ta’lim-tarbiya sohasidagi

tanazzul yanada chuqurlashdi. Endilikda Turkistondagi maktab va madrasalar maxsus yollangan

ba’zi bir ayg’oqchilar tomonidan taftish qilinib, ularning faoliyati noto’g’ri talqin etilar, ta’hm

maskanlarida turli bid’atlar rasm qihnardi. Vaqf mulklarini qisqartirish yo’li bilan bir qancha

madrasalar yopib qo’yildi. Umuman, chor hukumati ma’muriyati o’lkadagi eski maktab va

madrasalarga nisbatan turli xil kurash usullarini qo’llay boshladi. 1890-yildan boshlab idoraviy

yo’l bilan nazorat qilib turish uchun maxsus inspektor (muboshir) lavozimi joriy etildi. 1896-

yildan boshlab maktab va madrasalar shahar va uyezd hokimlari orqali nazorat qilinadigan bo’ldi.

Ta’kidlanganidek, bu davrda Turkiston maktab va madrasalaridagi tarbiyaviy ishlarni general

gubernatorlik boshqarardi. Mustamlakachilar 1875-yildan boshlab eski usuldagi musulmon


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

198

maktablari qatorida awal o’z bolalarini o’qitish uchun Turkiston o’lka-sida ibtidoiy va o’rta

maktablarni joriy qilishga kirishdilar.

Toshkentning ilg’or kishilari o’lkada tub o’zgarish qihshning bosh yo’li maorifni isloh

qilish, deb bildilar. Shu boisdan ular maktablar ocha boshladilar, unda dunyoviy ilmlar va ras tili

o’rgatila boshlandi. 1884-yil 19-dekabrda o’z qarashlari bilan tanilgan Toshkent savdogari

Saidazim-boyning uyida mahalliy xalq vakillari uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Oradan bir

yarim yil o’tgach, rus-tuzem maktablari rasmiy tarzda ma’qullandi va 1886-yili yana shunday 14

ta maktab ochildi.

Har bir rus-tuzem maktabiga «Faxriy mutavalli» tayin-langan bo’lib, u maktab joylashgan

shahar va qishloqda yashaydigan boylardan bo’lar edi.

1891-yilning 1-yanvariga kelib, rus-tuzem maktablarining soni 89 taga yetadi. Rus-tuzem

maktablaridagi o’qish 4 yil edi. O’quvchilar ras tili, matematika, kasb, ras qonunlari va shariatni

o’rganardi.

Biroq chor Rossiyasining o’lkada rus-tuzem maktablari ochib, ras-tilini o’rgatishga

bo’lgan sa’y-harakatlari orama-viylik kasb etmadi. 1917-yilning may oyida o’z davrining

mashhur pedagogi F. Yegorov Turkiston maorifming ahvoli to’g’risida shunday xulosaga kelgan

edi:

1.

Rus-tuzem maktablari tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadga erisha olmadi. Normal

aqliy rivojlanishni bera olmadi, ras tilini to’g’ri o’rgata olmadi, musulmon diniy ta’hmoti

asoslarini ongli tushunishga xalaqit qila olmadi.

2.

Boshqa nohukumat maktablarning mavjudligi tuzem-chilarning keng ta’lim olishiga

to’sqinlik qildi.

Shu boisdan 1917-yil 9-14-mayda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan O’lka

o’qituvchilarining 1-qurultoyi kun tartibiga Turkiston o’lkasi aholisi uchun muhim bo’lgan rus-

tuzem maktablarini tahlil etish to’g’risida masala kiritildi. Qurultoyning raisi qilib saylangan

Munawarqori Abdura-shidxonov anjumanda Turkiston maktab ishlarini isloh qilish to’g’risida

ma’ruza qildi.

Qizg’in bahslardan so’ng Turkistonda milliy maktab qurish uchun qaror qabul qilindi.

Ushbu qarorda o’sha davrgacha mavjud bo’lgan rus-tuzem bilim yurtlari milliy

maktablarga almashtirilishi zarar; quyi, o’rta va oliy ta’limga bo’linadigan maktablarda o’qish ona

tilida olib borilishi kerak; boshlang’ich ta’lim umumiy, majburiy, bepul va 6 yoshdan bo’lishi, shu

bilan birga, maktab uchun mablag’ davlat xazinasidan, mahalliy idoralar va shahar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

199

boshqarmalaridan ajratilishi lozim, deyilgan edi. Bu maktablarga raslashtirish vositasi deb

qaralardi. Ularga qarama-qarshi «yangi usul maktablari» tuzish dasturi olg’a surildi. Bu

maktablarda, asosan, turkiy til va ilohiyot o’rgatiladi.

Jadidlar harakati tarixning porloq sahifalaridan biri bo’lgan. Agar jadidlar faoliyatiga nazar

solsak, ular naqa-dar vatanparvar, fidoyi, o’z g’oyalarini himoya qilish yo’lida hatto o’z hayotini

qurbon qilishga ham tayyor mard insonlar ekanligini ko’ramiz. Ular millatni ilm-ma’rifatli qilish

yo’lida tolmas kurashchi bo’lganlar. Bu yo’l yangi yo’l bo’lib, milliy ta’limni yuksak cho’qqilarga

olib chi-qishga qaratilgan edi. Jadidlarning ijtimoiy tarbiya ishlarida alohida oqim bo’lib

shakllanishi qanday yuz berdi? Jadidlar harakati ijtimoiy tarbiya ishlarida alohida oqim sifatida

XX asr boshlarida Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoda shakllandi. Jadidlar o’z siyosiy dasturini

taniqli qrim-tatar siyosiy arbobi Ismoilbek G’aspirali (Gasprinskiy) (1851-1914) dan oldilar.

Ismoilbek yuqori aslzodalar oilasidan chiqadi. Qrimda musulmon diniy maktabida,

Moskva kadetlar korpusida harbiy ta’lim oladi. Turkiya va Fransiya (2 yil yashagan) bo’ylab

sayohat qiladi. Qrim yarim orolida yashagan ahohning 25 foizini tashkil qilgan qrim-tatarlari

orasida turkiy til saqlanib qolishini yoqlagan. 20 yil «Tarjimon» jurnahni nashr etadi. Unda

maktab va madrasalarda diniy bilimlarini, arab, fors, rus tillarini o’rgatish bilan birga tibbiyot,

kimyo, nabotot, nujum, handasa (jami 17 fan) ni ham o’rgatishni targ’ib qiladi. Jadidlar dasturi

maktabni isloh qilishga qaratilgan edi. 1892-yilda Ismoilbek G’aspirali musulmon maktablarini

isloh qilish loyihasini Turkiston general gubernatori Rozenbaxga yuboradi va rad javobini oladi.

1893-yili Buxoro amiri Abdulahadga yangi usul maktablarini tuzishni taklif qiladi. So’ng u Qozon

tatar-laridan foydalandi. Ismoilbek G’aspiralining harakatlari nati-jasida keyinchalik Buxoro

amiri unga birinchi jadid makta-bini ochishga raxsat berdi. Ikkinchi jadid maktabini 1898-yilda

Qo’qonda Salohiddin ochdi. 1920-yili Turkistonning turli joylarida 50 ga yaqin shunday maktab

tuzildi. Toshkentda 20 ta, Qo’qonda 16 ta ana shunday jadid maktablari ochildi.

Jadidlar 1908-yilda Buxoroda ro’znomalar nashr ettirdilar, yangi usul maktabi («Maktabi

usuli jadid») tashkil qildilar, bu maktablarda din asoslari bilan birga hisob, geografiya,

tabiatshunoslik va boshqa dunyoviy fanlar o’qitilar edi. Biroq har qanday islohiy harakatlarga tish-

tirnoqlari bilan qarshi turgan jaholatparastlar ig’vosi bilan amirlik saltanati yangi uslub

maktablarini yopadi. Shundan so’ng 1909-yil 18-iyunda Buxoro jadidlari «Bolalar tarbiyasi»

nomidagi yashirin jamiyat tuzdilar. Bu maxfiy jamiyat kambag’al-yo’qsillar uchun maktablar

ochdi, ularni bepul o’qitdi, omnia orasida gazeta, jurnal va kitoblar tarqatdi. Shu harakatlari bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

200

mehnatkash xalq fikrini uyg’otishda katta hissa qo’shdi. «Bolalar tarbiyasi» jamiyatidagi

ma’rifatparvar jadidlar tashabbusi bilan 1912-yilda gazetalar nashr etildi.

Jadid maktablarini bitirgan o’nlab yoshlar ana shu jamiyat orqali musulmon Sharqining

Istambul, Anqara, Qohira, Makka shaharlariga o’qishga yuborildi.

Jadidchihk harakatining uchinchi bosqichi 1917-yildan boshlab 30-yillargacha davom etdi.

Bu davrda jadidlar ahvoli yanada murakkablashdi. Tarixiy manbalardan shu narsa ma’lumki,

jadidlar yangi maktablar ochish, til va adabiyotni isloh qilish, matbuot erkinligi, teatrlar tashkil

qilish uchun kurash olib bordilar. Afsuski, jamiyat hayotining barcha sohalarini siyosatlashtirish,

subyektivizmga haddan tashqari berihsh natijasida jadidchilikka panturkizm, panislomizm va

millatchihk tamg’asi bosildi. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir singari o’nlab millat

gullari millatsevarligi uchun qatag’on qilindi. Salkam bir yarim asrlik mustamlaka va mustabidlik

davrida Vatanimiz tarixi soxtalashtirildi. Xalqimizni o’z tarixiy xotirasidan judo qilish uchun katta

kurash ketdi.

Ammo jadidlar chor hukumati davrida ham, bolsheviklar davrida ham ro’shnolik

ko’rmadilar. Ularga millatchi, jamiyatga yot unsurlar tamg’asini bosishdi. Aslida ular har qanday

etnik inson jamoasining tabiiy ehtiyoji bo’lgan, milliy mustaqillik tarafdorlari, milliy qahramonlar

bo’lib, tazyiqdan qutulishning bosh yo’li xalqni o’qitib, bilimli, ma’naviyatli qilishdan iborat, deb

qaragan edilar. Mahmudxo’ja Behbudiy kim edi?

Turkiston jadidlarining yirik namoyandasi Mahmudxo’ja Behbudiy Turkiston yoshlarini

ma’rifatli qilish to’g’risidagi g’oyalarni targ’ib qilib, ular har tomonlama ma’lumotli, madaniyatli

kishilar, diniy murabbiylar sifatida islomning sofligini muhofaza qilishlari, ikkinchi tomondan

esa, dunyoviy bilim egalari bo’lib, ijtimoiy hayotda musulmonlar manfaatlarini himoya qilishlari

kerak, degan g’oyani ilgari suradi.

Mahmudxo’ja Behbudiy butun ongli faoliyati davomida faqat xalq manfaatlarini himoya

qildi, xalqni baxtiyor etish, farzandlarini savodxon qilish uchun kurashdi. 1914-yilda yozilgan

«Yoshlarga murojaat» maqolasida «...islomiyat shunday diniy metin va qobili taraqqiyotdurki,

naqadar ilmi zamonaviy ko’p o’qilsa, insonning dini islomga shuncha aqidasi bo’lur... hatto lozim

bo’lganda mulkingizni sotsangiz, o’g’lingizni zamoncha o’qimog’i sag’iy qilingiz», deb

ta’kidlaydi. Mahmudxo’ja Behbudiy Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog’ida rahoniy

oilasida tug’ilgan. Otasi Beh-budxo’ja turkistonlik, Ahmad Yassaviy avlodlaridan bo’lgan.

Otadan yosh yetim qolgan Mahmudxo’ja tog’alari qo’lida tarbiya topadi, qozixonada mirzalik

qiladi, Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil ko’radi, so’ngra qozi, mufti darajasigacha


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

201

ko’tariladi. Behbudiy dunyoqarashining shakllanishida jadidchilik harakatining asoschisi

Ismoilbek G’aspirahning xizmati katta bo’lgan.

Behbudiy 1899-1900-yillarda haj safariga boradi. Safar yangi maktab haqidagi

qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbus va g’ayrati bilan Samarqand atrofidagi qishloq-

larda yangi maktablar tashkil topa boshlaydi. Adib maktablar uchun «Risolai asbobi savod»

(1904), «Risolai jug’rofiya umroniy» (1905), «Risolai jug’rofiya Russiy» (1905), «Kitobat ul-

atfol» (1908), «Tarixi Islom» (1909) kabi darsliklar tuzadi. Behbudiy 1911-yilda o’zbek

dramachili-gining birinchi namunasi «Padarkush» asarini yaratdi. Asar 1914-yilda sahnaga

qo’yildi va millatdoshlarga chaqmoqdek ta’sir etdi.

Behbudiy 1913-yildan matbuot ishlari bilan shug’ullandi. «Samarqand» gazetasi, «Oyina»

jurnallarini chiqardi. «Nashriyoti Behbudiy» nomli nashriyot ochdi, kutubxona tashkil etdi. 1914-

yilda ikkinchi bor Sharq mamlakatlariga sayohat qildi. Sayohat xotiralari «Oyina» jurnalida

bosildi. Tilshunoslik, adabiy tanqidga, ijtimoiyotga oid yuzlab maqolalar yozdi. Behbudiy XX asr

boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi.

Vatan taqdiri kun tartibiga qo’yilgan 1917-yilda Toshkent-da bo’lib o’tgan Turkiston

musulmonlarining o’lka qurultoyida hayajonli nutq so’zlagan Behbudiy o’zaro ixtiloilardan voz

kechishga, buyuk maqsad yo’lida birla-shishga chaqirdi, xuddi shu ixtiloilarimiz sababli

«mustamlaka qoidasi ila bizni idora eturlar», deb ochiq aytdi. Xuddi shu yili Qo’qonda e’lon

qilingan «Turkiston muxtoriyati»ning ma’naviy otasi, shubhasiz, Behbudiy edi. Afsuski,

muxtoriyat sovetlar tomonidan xoinona bostirildi: 10 ming turkistonlik o’ldirildi, 180 qishloq

to’pga tutildi. Voqeadan larzaga tushgan Behbudiy iztirob bilan Samarqandga qaytdi, u yerda tura

olmay, Toshkentga keldi, hukumat rahbarlari bilan muzokara yuritishga urindi, bu natija bermadi.

Orzulari chil-chil bo’lgan Behbudiy 1919-yili haq-huquq istab dunyo jamoatchihgiga murojaat

qilish niyati bilan yo’lga chiqdi va Shahrisabzda qo’lga olinib, Qarshida qatl etildi.

Umuman, Munawarqori Abdurashidxonov ham «usuli savtiya» maktabiga ixlos bilan

qarab, chor hukumati Turkis-ton o’lkasidagi aholini ma’naviy-madaniy qoloqlikda saqlayotgani

va undan qutulish choralari faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog’liqligini to’g’ri

tushungan holda chor hukumatining mustamlakachilik boshqaruv usuhga qarshi kurashda faollik

ko’rsatdi. Shu maqsad yo’lida Toshkentda ilg’or fikrli ziyolilar va turli gurahlardan 1918-yil may

oyida «Turk o’chog’i» ilmiy-madaniy jamiyatini tuzdi. Ushbu jamiyat Turkiston turkiylarini

milliy bayroq ostida birlashtirib, ularga milliy rah, milliy g’oya va milliy tarbiya berish, milliy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

202

urf-odatlar asosida umumiy turk madaniyatini vujudga keltirish, shu tariqa millatimizning rahiy

va jismoniy quwatini orttirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.

«Millat. Vatan. Ma’naviyat. Shunga o’xshash so’zlarni bilmoq bilan ziyoli bo’lmaydilar.

Maorif va madaniyat bog’chasining birinchi darvozasi maktabdur. Teatr sahnasi har tarafi

oynaband qilingan bir uyga o’xshaydurki, bunga har kim kirsa o’zining husni qabihini, ayb-u

nuqsonini ko’rub ibrat olur va bu sahnada ko’zguga yomon ko’ringan past odatlardin va buzuq

axloqlardin uzr qilmoqg’a harakat qilur. Jannat kabi go’zal yurting bugun sendan ish kutadir.

Hurriyat berilmas, olinur», deb yozgan edi Munawarqori.

Munavvarqori Abdurashidxonov adib, murabbiy, muhar-rir, ijtimoiy-siyosiy arbob,

Turkiston mustaqilligining qizg’in kurashchilaridan biri. U 1878-yilda Toshkentning Shayxon-

tohur mahallasida mudarris oilasida tug’ildi. Onasi Xosi-yatxon qo’lida savod chiqardi.

Toshkentda (Yunusxon madrasasida), Buxoroda o’qidi. XIX asr 90-yillari oxiridan jadidchilik

harakatiga yaqinlashdi. 1901-yilda Toshkentda «usuli jadid» maktabini ochdi. Bu maktablar

uchun «Adibi awal» (1907), «Adibi soniy» (1907) kabi alifbo va xresto-matiyalar, «Tajvid al-

Qur’on» («Qur’on qiroati»), «Yer yuzi» («Geografiya») singari qo’llanmalar tuzib nashr etdi.

Bolalar uchun o’nlab she’riy va nasriy hikoyatlar yozdi.

1917-yil fevral o’zgarishidan keyin milliy davlatchilik an’analariga asoslangan Turkiston

hukumatini tuzish g’oyasini ilgari surdi. «Xurshid», «Najot», «Kengash» gazetalarini chiqardi,

«Sho’roi islomiya» jamiyatining asoschisi va rahbari sifatida tanildi, Turkiston muxtoriyatini

qo’llab-quvvatladi.

XX asr o’zbek adabiyotining mashhur namoyandasi, Turkiston jadidchilik harakatining

g’oyaviy rahbarlaridan bo’lgan A. Fitrat 1884-yilda Buxoroda savdogar oilasida tug’ilgan. Otasi

Abdurahimboy o’qimishli, dunyoning baland-pastini biladigan kishi bo’lgan. Abdurauf eski

maktabda, so’ng Mirarab madrasasida tahsil ko’rdi. «Mijmar» taxallusi bilan she’rlar yozdi. 1909-

1913-yillarda Istambul dorilfununida o’qidi. «Munozara» (1909), «Say-ha» nomh kitoblarini chop

qildirdi. «Sayha» to’plamidagi she’rlarida Buxoro mustaqilligi g’oyasini birinchi marta juda

yorqin ifodalab berdi.

Fitrat Buxoro inqilobining g’oyaviy-tashkiliy rahbarlaridan, keyin esa Buxoro xalq

jumhuriyatining muassislaridan biri, siyosiy arbob sifatida ham shuhrat topdi.

Fitrat bu davrda yaratgan ko’plab asarlari bilan yangi o’zbek fani va madaniyatining bir

qator yo’nalishlariga yo’l ochdi, xususan, O’rta Osiyo xalqlarining boy va qadim madaniy

merosini har tomonlama izchil va chuqur o’rganishni boshlab berdi, o’zbek - tojik adabiy-madaniy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

203

yodgorliklarining mushtarak jihatlariga diqqatini qaratdi. Sovet hukumati tomonidan panturkist,

millatchi, josus sifatida ayblanib, 1937-yilda qamoqqa olindi va 1938-yilda qatl etildi. Abdulla

Avloniyning ma’rifatchilik faoliyati qanday bo’lgan?

Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida to’quvchi

oilasida tug’ildi. Otasi Miravlon aka asli qo’qonlik edi. Yosh Abdulla eski maktabda savod

chiqardi, bir muddat Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasiga qatnadi. 90-yillardan she’r

yozishga tutindi. 1904-yilda Mirobodda jadid maktabi ochib, dars berdi. 1909-1917-yillarda

«Birinchi muallim», olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar», «Turkiy Guliston

yoxud axloq» kabi darsliklar yozdi. Ayniqsa, so’nggi asari bolalarda milliy ong va axloqni

shakllantirishda bugungi kun uchun ham g’oyat ahamiyatlidir. Avloniy «Hijron» taxallusi bilan

yozgan o’nlab she’rlari an’anaviy she’riyatimizning yangilanishida katta xizmat qildi.

Avloniy 1909-yilda turli xayriya jamiyatlari, shirkatlar tashkil etib, o’lkaning ijtimoiy-

siyosiy hayotida faol qat-nashib keldi. 1917-1918-yillarda Turkiston hayotida yuz bergan

o’zgarishlarda ishtirok etdi, sovet hokimiyatining xalqni fojialar girdobiga tortayotganini anglab

yetdi va buni ayrim she’rlarida ifodaladi. 1919-1920-yillarda RSFSR ning Hirotdagi muxtor

elchisi bo’lib turdi. Adib o’z safar taassurotlari - «Afg’on sayohati»da qizil saltanatdagi ish

tizimining chor istilochilik siyosatidan zarracha qolishmas-ligini oshkora aytdi. 20-yillarda

O’zbekiston oliy ta’limini yo’lga qo’yishda qatnashdi. O’rta Osiyo Davlat universitetida til-

adabiyot kafedrasi mudiri (1930), professor bo’lib ishladi. Ayni paytda maktablar uchun darsliklar

tuzishni davom ettirdi. 1933-yilda VII sinf uchun «Vatan xrestomatiyasi»ni tuzdi. 1934-yil 25-

avgustda vafot etdi. Abdulhamid Cho’lponning ma’rifatparvarlik g’oyalari nimalardan iborat edi?

Abdulhamid Cho’lpon. Cho’lpon - tong yulduzi ma’nosini bildiradi. Bu Abdulhamid

Sulaymon o’g’lining adabiy taxallusidir. Cho’lpon 1897-yilda Andijonda tug’ildi. Maktab -

madrasa, so’ng rus-tuzem maktabida o’qidi. 1914-yildan «Andijon», «Qalandar»,

«Mirzaqalandar», «Cho’lpon» taxalluslari bilan vaqtli matbuotda maqola va hikoyalari chiqa

boshladi.

1917-yildan davrning shiddatli voqealari Cho’lponni o’z bag’riga oladi. Fitrat «Hurriyat»

gazetasi bilan aloqa bog’laydi. Zakiy Validly bilan Boshqirdistonda, 1920-yilda Buxoro

jumhuriyat matbuot organlarida ishlaydi. So’ngra O’zbekiston Xalq Komissarlari Soveti

tomonidan Moskva-ga yuboriladi va tarjimon bo’lib faoliyat ko’rsatadi. Shu yillari «Uyg’onish»

(1922), «Buloq» (1924), «Tong sirlari» nomi bilan she’riy kitoblari bosildi. «Xalil farang»,

«Cho’lpon sevgisi», «Cho’rining isyoni», «Mushtumzo’r», «O’rtoq Qarshiboyev», «Hujum»,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

«Yorqinoy» (1926) kabi dramalari ketma-ket sahnaga qo’yildi, ayrimlari bosilib chiqdi. Navoiy,

Fuzuliy, Tagor, Furqat, H. Jovid haqida maqolalari eTon qilindi.

1927-yildan matbuotda Cho’lponga qarshi hujum bosh-landi. O’sha yili oktabrda bo’lib

o’tgan O’zbekiston madani-yat xodimlarining 2-qurultoyida Cho’lpon majlisdan haydab

chiqarildi. Keying! o’n yil xorliklar, zorliklar, tahqir-u iztiroblar bilan kechdi. U og’ir vaziyatda

«Soz» to’plamini nashr ettirib (1935), zamonasozlik qilishga majbur bo’ldi, oldingi fikrlaridan

qaytganini e’lon qildi. Shunday tang-u tor sharoitda «Kecha va kunduz» romanini yozib, chop

ettirdi (1936), Shekspirning «Hamlet», K. Gotsining «Ma-likai Turandot», Pushkin, Gorkiyning

asarlarini o’zbekchaga katta mahorat bilan tarjima qildi.

Cho’lpon adabiyotning juda ko’p tur va janrlarida ijod etgan bo’lsa-da, ko’proq shoir

sifatida shuhrat topdi. U XX asr o’zbek adabiyotining zabardast vakilidir. Uning 20- yillarda

to’plamlarda bosilib chiqqan va bugun ma’lum bo’lgan she’rlari u qadar ko’p emas. Lekin ular

o’zbek ziyolilariga chaqmoqdek ta’sir qilgan va butun adabiyotni o’z izmiga olgan edi. Cho’lpon

1937-yilda qamoqqa olinib, 1938-yilda qatl etildi. Abdulla Qodiriy ijodida ilm-ma’rifatni tashviq

qilish qanday o’rin tutgan?

Abdulla Qodiriy. U o’zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri, o’zbek

romanchiligining asoschisidir. U 1894-yilda Toshkentda tug’ildi. Eski usul maktabida, ras-tuzem

maktabida, so’ng Abulqosim madrasasida o’qidi. 1910-yillarning o’rtalaridan «Julqunboy»,

«Dumbulboy», «Jiyan», «Ovsar», «Shilg’ay», «Shakkok» kabi taxalluslar bilan vaqtli matbuotda

she’r va hikoyalari chiqa boshlagan. «Millatimga», «Ahvolimiz» she’rlari, «Juvonboz» hikoyasi,

«Baxtsiz kuyov» dramasini yozdi. Uning oktabr o’zgarishlaridan keying! faoliyati, asosan,

matbuot bilan bog’langan: «Oziq ishlari», «Rosta», «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq» gazetalarida;

«Inqilob», «Kommunist yo’ldoshi» jurnalida ishlagan, «Mushtum» jurnali (1923) ning

asoschilaridandir. 1919-1925-yillarda matbuotda «Matbuot kuni», «G’irvonlik Mallavoy»,

«Ravot qashqirlari», «Bizda teatr ishining borishi» kabi yuzlab maqola va hikoyalar e’lon qildi.

Abdulla Qodiriyni yozuvchi sifatida elga tanitgan ilk asarlari «Kalvak mahzumning xotira

daftaridan», «Toshpo’lat tajang nima deydi» hajviy qissalaridir. Abdulla Qodiriy ijodiy

faoliyatining ilk qadamlaridanoq millatining taqdiri ustida qayg’urdi, uning uchun najot yo’lini

izladi. Awaliga u yangi hukumatga ishondi, biroq mustamlaka siyosati mohiyat e’tibori bilan

o’zgarmay qolayotganini, sho’rlik xalq bu qonli siyosatning qurboni bo’layotganini ko’rdi.

Ayniqsa, Qo’qon muxtoriyatining qonga botirilishi uni larzaga soldi. Qodiriy 191

9

_1920-yillarda

«O’tkan kunlar» romanini yozdi, xalq ongini uyg’otmoqchi bo’ldi, «tariximizning eng kirlik qora


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

205

kunlari», yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keying! «xon zamonlari» - XIX asr

o’rtalaridagi tarixiy haqiqatni badiiy chizib berdi. Ikkinchi yirik asari «Mehrobdan chayon» 1928-

yilda yozilgan. 1934-yilda qishloq hayotidan «Obid ketmon» qissasini yozdi. Unda

kollektivlashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy ko’rsatdi. Ichki ziddiyatlarni

ochib berdi, ehtimol tutilgan xatarli oqi-batlardan ogohlantirdi, kolxoz tuzumi pirovardida

odamlar-dagi tashabbusni, manfaatdorlik tuyg’usini so’ndirishini aytdi. Bu asar ham sho’ro

mafkurachilari kutgan asar bo’lib chiq-madi. Matbuotda Qodiriyga yana hujum boshlandi. 1937-

yil hibsga olindi. To’qqiz oylik qiynoqdan so’ng 1938-yil qatl etildi.

Shundan so’ng o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini umumlashtiradi, baholaydi va

darsni quyidagicha yakun-laydi.

1.

Jadidchilik oqimi o’z g’oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi

o’zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli

adabiyot va teatr yaratishni belgilab berganligi diqqatga sazovordir.

2.

Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktab-lariga qatnashlarini ta’minlash

yo’li bilan ular taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish, mahalliy boylar va

savdogarlarning siyosiy va iqtisodiy jihatdan ras burjuazi-yasi bilan bir huquqda bo’lishi uchun,

mahalliy amaldor-larning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olinishiga qarshi kurash, shu yo’l

bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qihsh ular dasturining markazida bo’ldi.

3.

Jadidlarning asosiy maqsadlari ilm va ma’rifatni egal-lashga da’vat qilish bo’lib,

Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashga chorladi. Istilochi-lar va

mahalliy mustabidlar oyog’i ostida toptalgan Turkis-tonni savodli, ma’rifatli, taraqqiyotga

erishgan, obod, mustaqil mamlakatga aylantirish ularning g’oyaviy maqsa-di edi.

4.

Umuman, jadidchilik Turkistonda hukm surgan feodal munosabatlarga qarshi oqim

bo’lib, xalqni Vatan musta-qilligi va taraqqiyoti uchun islohotlar o’tkazish, ziyoli va

taraqqiyparvarlarni, boy va ulamolarni birlashtirishga undaydi.

5. Awalo, jadidchilik harakati va g’oyalarining asosini Turkistonning o’zida vujudga

kelgan tarixiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sharoitlardan izlamoq kerak. Ma’lumki, Turkiston

Sho’ro to’ntaraviga qadar ham, undan keyin ham istibdod tuzumi ostida bo’ldi. Binobarin,

jadidlarning bosh g’oyalari ham ana shu istibdoddan qutulish va mustaqillikni qo’lga kiritish

maqsadi bilan bog’lanib ketadi.

«Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida aytilganidek: «Tariximizning qaysi davrini

olmaylik, yurtimizda ilm-u ma’-rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to’xtamaganini,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

206

xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon

bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Masalan, chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g’oyasini

baland ko’tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoUyati bunga yana bir yorqin misol bo’la oladi».

Xulosa o’rnida shu narsani ta’kidlash joizki, Turkiston zaminida vujudga kelgan milliy

uyg’onish vakillari, ya’ni jadidlarning ko’pchiligi maorif sohasida islohotlar o’tkazish, yangi usul

maktablari tashkil etish, turkistonliklar uchun qisqa muddatda rivojlangan, madaniyatli va farovon

turmushni barpo etishga harakat qildilar. Ularning ezgu amallari, ilg’or g’oyalari avlodlar

tomonidan davom etti-rihb, ularni taxminan 130 yildan keyingina amalga oshirish imkoniyati

paydo bo’ldi.

Xullas, ma’rifatparvarlik va jadidchilik harakati Turon-zamin xalqlari ozodligi va

mustaqilligi, milliy ravnaqi yo’-lida muayyan bosqich bo’lib, xalqimiz ma’naviyati va madaniyati

tarixidan alohida o’rin oladi.

REFERENCES

1.

Qur’oni Karim (Abdulazim Mansur tarjimasi). -Т.: «Cho’lpon», 1992.

2.

Imom Buxoriy. Hadis (Jome’ as-sahih). -Т.: Qomuslar Bosh tahririyati. 1991-1997.

3.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: «O’zbekiston», 2007.

4.

Karimov I. Istiqlol va ma’naviyat. -Т.: «O’zbekiston», 1994.

References

Qur’oni Karim (Abdulazim Mansur tarjimasi). -Т.: «Cho’lpon», 1992.

Imom Buxoriy. Hadis (Jome’ as-sahih). -Т.: Qomuslar Bosh tahririyati. 1991-1997.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: «O’zbekiston», 2007.

Karimov I. Istiqlol va ma’naviyat. -Т.: «O’zbekiston», 1994.