Authors

  • Jamshidbek Akbaraliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72356

Keywords:

mafkuraviy immunitеt ma’naviy tahdidlar tarixiy xotira mamlakat taraqqiyoti.

Abstract

Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish – mamlakat taraqqiyoti va barqarorligining muhim omili ekanligi, shuningdek, globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar va ularning asosiy yo‘nalishlari hamda ichki ma’naviy tahdidlar: ko‘rinishlari va sabablari haqida so’z boradi. Maqola davomida mafkuraviy immunitеt va tarixiy xotiraning ma’naviy tahdidlardan himoya vositasi sifatidagi o‘rniga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

background image

627

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

GLOBAL O‘ZGARISHLAR VA YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH ZARURATI

Akbaraliyev Jamshidbek

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037711

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish –

mamlakat taraqqiyoti va barqarorligining muhim omili ekanligi, shuningdek, globallashuv

sharoitida ma’naviy tahdidlar va ularning asosiy yo‘nalishlari hamda ichki ma’naviy tahdidlar:

ko‘rinishlari va sabablari haqida so’z boradi. Maqola davomida mafkuraviy immunitеt va

tarixiy xotiraning ma’naviy tahdidlardan himoya vositasi sifatidagi o‘rniga ham alohida

to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

mafkuraviy immunitеt, ma’naviy tahdidlar, tarixiy xotira, mamlakat

taraqqiyoti.

GLOBAL CHANGES AND THE NEED TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF

SPIRITUAL AND EDUCATIONAL EDUCATION OF YOUTH

Abstract.

This article discusses the fact that protecting young people from spiritual

threats is an important factor in the development and stability of the country, as well as spiritual

threats and their main directions in the context of globalization, as well as internal spiritual

threats: their manifestations and causes. The article also specifically addresses the role of

ideological immunity and historical memory as a means of protection against spiritual threats.

Keywords:

ideological immunity, spiritual threats, historical memory, national

development.

ГЛОБАЛЬНЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ И НЕОБХОДИМОСТЬ ПОВЫШЕНИЯ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ДУХОВНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОГО ВОСПИТАНИЯ

МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается вопрос о том, что защита

молодежи от духовных угроз является важным фактором развития и стабильности

страны, а также духовные угрозы и их основные направления в условиях глобализации, а

также внутренние духовные угрозы: их проявления и причины. В статье также

отдельно рассматривается роль идеологического иммунитета и исторической памяти

как средства защиты от духовных угроз.

Ключевые слова:

идеологический иммунитет, моральные угрозы, историческая

память, национальное развитие.

Bugungi kunda dunyo jadal rivojlanib borayotgan davrda, global o‘zgarishlar jamiyatning

har bir sohasiga ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

628

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Yangi texnologiyalar, madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlar, global muammolar kabi omillar

yoshlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va hayotga bo‘lgan munosabatini shakllantirmoqda.

Shuning uchun yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalasi har qachongidan ham

dolzarb bo‘lib turibdi. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish va yoshlarni to‘g‘ri

yo‘naltirish uchun global o‘zgarishlarni inobatga olgan holda yangi yondashuvlar va

metodikalarga ehtiyoj bor.

Global o‘zgarishlar – bu nafaqat texnologik, balki madaniy, siyosiy va iqtisodiy

o‘zgarishlar hamdir. Internetning rivojlanishi, raqamli texnologiyalar va global tarmoqlar

yoshlarning fikr va qarashlarini tezda shakllantirayotgan omillardan biridir. Bular yoshlarning

dunyoqarashiga, shaxsiy qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatadi, ularga yangi imkoniyatlar yaratadi,

biroq shu bilan birga, xavf-xatarlarni ham yuzaga keltiradi.

Mamlakatimizda

amalga

oshirilayotgan

olamshumul o‘zgarishlar, shahar va

qishloqlarimizning qiyofasi tobora chiroy ochib, aholimizning farovonligi yuksalib borayotgani

haqida gapirganda, bunday yangilanishlarning g‘oyat muhim manbalari – avvalo,

odamlarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi va kayfiyati tubdan o‘zgarib, ularning yon-

atrofimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi, ertangi kunga munosabati va

ishonchi tobora mustahkamlanib, siyosiy saviyasi va huquqiy madaniyati o‘sib borayotgani

haqida alohida to‘xtalishni o‘rinli deb bilaman.

Globallashuv jarayonlari jamiyatning mafkuraviy va ma’naviy hayotida o‘z g‘oya hamda

mafkuralarini singdirish, ta’sir doiralarini kengaytirishda muhim halqa bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hozirgi kunda globallashuv jarayoni bilan bog‘liq ziddiyatlar ko‘proq ma’naviy-ma’rifiy

sohalarda o‘z ifodasini topayotganini guvohi bo‘lyapmiz. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga

salbiy ta’sir etishi uchun quyidagi omillardan foydalanilmoqda:

o

Informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi orqali;

o

mafkuraviy manipulyatsiya jarayonida ommaviy axborot vositalaridan

foydalanishga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi;

o

Demokratiya niqobi ostida «ommaviy madaniyat»ning turli ko‘rinishlarining yoshlar

orasida keng tarqalishi;

o

Yoshlar o‘rtasida taqlidchilik, g‘arb idеallariga ko‘r-ko‘rona ergashish va b.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko`ra, XXI asrda intеrnеtdan

foydalanuvchilar soni dunyo aholisining qariiyb 20 foizini tashkil qilib, ular kundan kunga

ko‘payib bormoqda.

Mamlakatimizda yoshlar ma’naviyati va ruhiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi, g‘arazli

maqsadlar ko‘zlangan ayrim ko‘rinishdagi axborotlar xurujini quyidagilarga ajratish mumkin:

– axborot va informatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan;


background image

629

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

– tasvirli ovoz ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq bo‘lgan;

– “san’at” ning ayrim turlari bilan bog‘liq bo`lgan;

Dеmak, intеrnеtdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’iy nazar, pornografik

mazmundagi saytlar ularning diqqatini torta oladi. Shunig uchun ham intеrnеt va boshqa

kommunikatsiya vositalarining yoshlarning ma’naviy rivojlanishiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri

bir qator rivojlangan davlatlarda ham e’tirof etilmoqda. Bunday xavf-xatarlarga bеparvo

munosabatda bo‘lish, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik milliy taraqqiyotga salbiy

ta’sir etishi mumkinligini nazarda tutib, shunday deydi: “Ana shunday vaziyatni hisobga olgan

holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi

o‘ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga

yеtib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb

vazifasi, dеsak, hеch qanday xato bo‘lmaydi”.

Birinchi Prеzidеntimiz Islom Karimovning ko‘plab asarlarida ma’naviy tahdidlar va

ularni kеltirib chiqaruvchi omillar, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, uni amalga

oshiruvchilarning usullari, globallashuv sharoitida ularni oldini olish hamda bartaraf etish

choralari kabi masalalar o‘z aksini topgan.

Shunday ekan, intеrnеt va boshqa axborot kommunikatsiya vositalarining yoshlarning

ma’naviy rivojlanishiga, ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy va salbiy ta’siri imkoniyatlarini

o`rganish muhim nazariy, mеtodologik va amaliy ahamiyatga molik masala hisoblanadi.

Ya’ni, bugungi kunda dunyo nafaqat iqtisodiy munosabatlarning, balki mafkuraviy

jarayonlarning ham globallashuvi, insoniyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga oid

barcha sohalarning intеgratsiyalashuvi bilan xaraktеrlanadi.

Bir tomondan, insoniyatning tarixida qo‘lga kiritilgan moddiy va ma’naviy

qadriyatlarning intеgratsiyalashuvi ro‘y bеrmoqda, ikkinchidan, jahon maydonida turli

millatlarning kеlajagiga xavf tug‘diradigan salbiy g‘oyalarning ham globallashuvi sodir

bo‘lmoqda. Dеmak, globallashuv bir tomondan umumiy taraqqiyotga xizmat qilayotgan bo‘lsa,

ikkinchi tomondan esa ma’naviy tubanlik va axloqsizlikni o‘z ichiga olgan “Ommaviy

madaniyat” mafkurasining kirib kеlishini tеzlatishga xizmat qilmoqda. Kompyutеr

tеxnologiyalari, kino, estrada, intеrnеt orqali “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib

kеlayotgan mafkuraviy, ma’naviy tahdidlar bеvosita yosh avlod ma’naviyatiga yot g‘oyalarni

singdirishga xizmat qilayotgani ma’lum. Odamlar ongiga ta’sir qiluvchi turli xildagi axborot

vositalari, tasvirli va ovozli uzatish moslamalari, kompyutеr, uyali tеlеfon va hokazolar

manipulyatsiyaning – ma’naviy hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan yovuz xurujning zamonaviy

qurollariga aylantirildi.


background image

630

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Bugungi kunda “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yurtimizga kirib kеlayotan xurujlar

asosan quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda:

moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini

amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida ommaviy madaniyatdan foydalanish;

yoshlarning ongi va tafakkurini, ma’naviy olamini izdan chiqarib,

soxta g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishga urinish;

g‘arazli maqsadlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot tеxnolo - giyalaridan kеng

foydalanish;

ma’naviy tarbiya, mustaqil tafakkurni izdan chiqarishga urinish.

Global o‘zgarishlar davrida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi ayniqsa muhim

ahamiyat kasb etadi. Ularni faqat ilmiy bilimlar bilan ta’minlash kifoya qilmaydi, balki ularning

ma’naviy, ijtimoiy va psixologik rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlash zarur. Ta’lim tizimlari,

oila va jamiyat birgalikda yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirishi, ularning yuqori ma’naviy qadriyatlar

bilan tarbiyalanishi kerak. Shunda jamiyatimizning kelajagi ravon va barqaror bo‘ladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O‘zbekiston”, 2012 y.

2.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi T.1997-yil

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25 - avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti

va ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 451 - sonli qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999- yil 3 - sentyabrdagi Respublika

“Ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” PF-2385-sonli

Farmoni

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O‘zbekiston”, 2012 y.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi T.1997-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25 - avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 451 - sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999- yil 3 - sentyabrdagi Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” PF-2385-sonli Farmoni