Authors

  • Xojiakbar Sirojov
  • Odil Qilichov
  • Mirabbos Choriyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71709

Keywords:

Avtobus yong‘in transport statistik elektromobil haydovchi yo‘lovchi metan dizel yong‘indan himoyalangan.

Abstract

Maqolada mahalliy jamoat transporti (avtobuslar)da yong‘inlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish uchun tavsiyalar berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

234

JAMOAT TRANSPORTIDA – YONG‘INLARNI OLDINI OLISH VA ULARNING

OQIBATLARINI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Sirojov Xojiakbar Yorqin o'g'li

O'zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kursanti.

Qilichov Odil Anvarjon o'g'li

O'zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kursanti.

Choriyev Mirabbos Erkinovich

O'zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kursanti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15027716

Annotatsiya.

Maqolada mahalliy jamoat transporti (avtobuslar)da yong‘inlarning kelib

chiqish sabablari va ularning oldini olish uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Avtobus, yong‘in, transport, statistik, elektromobil,haydovchi, yo‘lovchi,

metan, dizel,yong‘indan himoyalangan.

IN PUBLIC TRANSPORT – WAYS TO PREVENT FIRES AND REDUCE THEIR

CONSEQUENCES

Abstract.

The article provides recommendations for the causes of fires in local public

transport (buses) and their prevention.

Keywords:

Bus, fire, transport, statistics, electric vehicle, driver, passenger, methane, diesel,

fire protection.

В ОБЩЕСТВЕННОМ ТРАНСПОРТЕ – СПОСОБЫ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ

ПОЖАРОВ И УМЕНЬШЕНИЯ ИХ ПОСЛЕДСТВИЙ

Аннотация.

В статье даны рекомендации по причинам возникновения пожаров в

местном общественном транспорте (автобусах) и их профилактике.

Ключевые слова:

Автобус, пожар, транспорт, статистика, электромобиль,

водитель, пассажир, метан, дизель, противопожарная защита.

Kirish:

Toshkent shahar jamoat transporti parklarida 180dan ortiq yo‘nalishda 2000ga

yaqin avtobus xizmati ko‘rsatib kelmoqda. Shulardan 160 tasi Xitoyning Yutong markali elektr

avtobuslari. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositalarida sodir bo‘ladigan yong‘inlarning

asosiy sabablari bu – yo‘l-transport hodisalari, shuningdek transport vositalaridan noto‘g‘ri

foydalanish tufayli texnik nosozliklardan hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

235

Avtobuslar bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar:

- 2022 - 2024 yillarda Toshkent shahrida 16 ta avtobuslarda yong‘inlar sodir bo‘lgan;

-Yong‘inlar asosan yengil turdagi elektromobil va gibridlarda kuzatilib, 2024 yilda 3 tani

tashkil etgan;

Hozirgi kunda dunyoda 250 ming dan ortiq elektr avtobuslar xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Oxirgi o‘n yil mobaynida:

-28 ta akkumulyatorlardan hosil bo‘lgan bug‘larni portlashlari bilan bog‘liq yonishlar;

-13 ta yong‘in garajlarda;

-7 ta zaryad qilish paytida;

-8 ta holatda kelib chiqqan yong‘inlar boshqa avtobuslarga o‘tishi bilan kuzatilgan.

Elektr avtobuslarni yonishlarining taxminan 27% zaryadlash davriga va ularni

akkumulyatoridagi yonishlarning uchdan bir qismi avtoturargohda turgan paytiga to‘g‘ri keladi.

2022 yildan 2024 yilning 7 oy mobaynida O‘zbekiston hududida elektromobil va

gibridlarda 3 ta yong‘in sodir bo‘lganligini aniqladi:

-BYD elektromobili - 2023 yil mart oyida uni boshqa transporda olib ketish paytida yonib

ketgan

-JAGUAR I-PACE elektromobili - 2023 yil avgust oyida haydab kelinib, parkovkaga

qo‘ylgandan keyin yonib ketgan

-SKYWEL HYBRID CAR gibrid avtomobili - ustaxonada ta’mirlash paytida yongan

Elektr transport vositalari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar:

-AQShda 2024 yilga qadar, sotilgan har 10.000 elektromobillarga 2,5 ta yong‘in to‘g‘ri

keladi;

-Xitoyda har 10 mingta elektromobilga 1 ta yong‘in to‘g‘ri keladi;

-Buyukbritaniyada 2024 yilga qadar har 10 mingta elektromobilga 1 ta yong‘in to‘g‘ri

keladi;

-Ichki yonish dvigatellari bo‘lgan avtomobillar uchun bu ko‘rsatkich 1500 ga ko‘tariladi,

ammo gibridlar buyicha bu sur’atlar eng yuqori bo‘lib 100 ming avtomobillarga 3500 taga yaqin

yonishlar kuzatilgan.

Keltirilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, kelgusida respublikada har 10 ming

elektromobilarga yiliga 2 tagacha yong‘in sodir bo‘lishi prognoz qilish mukin.

ELEKTR AVTOMOBILLARDA AKKUMULYATORINI KORPUSI

GERMETIKLANGANLIGI SABABLI, ULARDA YONG‘IN SODIR BO‘LGANDA


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

236

AKKUMULYATORNI SOVUTISH UCHUN KATTA MIQDORDAGI SUVGA

BO‘LGAN EHTIYOJ VA QAYTA YONISH EHTIMOLI MAVJUD

Elektroavtobuslar 400 dan 650V gacha kuchlanishi yuqori voltli tizimga ega bo‘lib, Ichki

Yonish Dvigatelli avtomobillardan farqlanadi

Yuzaga keladigan muammolar kompleks yondashuv va bir qator vazirlik, idora va

tashkilotlarning sa’y-harakatlarini integratsiya qilinishini taqazo etadi:

Bunday muammolar, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi,

shaharsozlik, standartlashtirish va boshqa sohalarda meyoriy-huquqiy va meyoriy-texnik bazani

takomillashtirishni talab etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

237

Olib borilgan izlanishlar natijasida jamoat transportida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va

favqulodda vaziyatlarda haydovchi xodimlarni harakatlanishi bo‘yicha qo‘yidagi tavsiyalar ishlab

chiqildi.

Avtobuslarda (turlaridan qat’iy nazar) yong‘in sodir bo‘lishini oldini olish

bo‘yicha haydovchilarni majburiyatlari:

avtobusning texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish;

izolyatsiyasi buzilgan elektr simlari va kabellaridan foydalanmaslik;

malakali avtoelektriklar xizmatlaridan foydalanish, mustaqil ravishda ishlab chiqaruvi

tomonidan belgilanmagan qo‘shimcha elektr jihozlarini o‘rnatmaslik;

o‘t o‘chirgichni sertifikat, pasport va xizmat muddatini tekshirib borish (o‘t o‘chirgichlar,

sinfi A va V bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishga, ya’ni qattiq yonuvchi moddalar va yonuvchi

suyuqliklarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak);

avtobusning elektr uskunalari va yoqilg‘i tizimiga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish;

yo‘nalish vaqtida avtobusning ovoz kuchaytiruvchi aloqa tizimi orqali vaqti-vaqti bilan

yo‘lovchilarga favqulodda holatlarda haraktlanish, xavfsizlik choralari va favqulodda chiqish

joylaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida yetkazish.

Avtobuslarni ishlatish vaqtida ta’qiqlanuvchi tavsiyalar:

transport vositasini ishlab chiqaruvchisi ko‘rsatmalarini buzgan holda akkumulyatorlarni

zaryadlash;

isitish va yoritish uchun ochiq olov manbasidan foydalanish;

avtobusni konstruksiyasida ko‘zda tutilmagan elektr isitgichlardan foydalanish;

mustaqil ravishda elektr jihozlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yordamida avtobusning ehtiyot qismlarini

va salonini yuvish.

Avtobuslarda yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish bo‘yicha umumiy tavsiyalar:

avtobusni to‘xtatish va eshiklarni ochib, elektr ta’minotini o‘chirish choralarini ko‘rish;

yo‘lovchilarni xabardor va evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish va jabrlanganlarga

birinchi yordam ko‘rsatish;

yong‘in haqida darhol yong‘in xavfsizligi xizmatiga 101 yoki

1050 telefon raqamlari orqali va tez tibbiy yordamga 103 telefon raqami orqali xabar

berish;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

238

avtomatik yong‘inni o‘chirish qurilmasini, zarurat bo‘lsa masofadan boshqarish tugmasi

orqali ishga tushirish;

yo‘lovchilarni va jarohat olganlarni yonayotgan avtobusdan kamida

30 metr masofaga olib o‘tish;

avtobusni to‘xtab turish tormoziga qo‘yish va g‘ildiraklarni bloklash;

yo‘lga ogohlantiruvchi belgilarni o‘rnatish.

Temir yo‘llarda avtobus to‘xtab qolgan vaqtda:

yo‘lovchilar salonni tezda tark etishlarini ta’minlash;

yo‘lovchilarni to‘qnashuv joyidan xavfsiz masofaga olib o‘tish;

voqea haqida FVVga 101 yoki 1050 telefon raqamlari orqali xabar berish.

Metan yoqilg‘isida ishlaydigan avtobuslarda yong‘in chiqish sabablari:

avtobuslardagi gaz ballonlarni va gaz uskunalarigi o‘z vaqtida texnik xizmat

ko‘rsatilmaganligi oqibatida quvurlar va ulanish joylaridan gaz sizib chiqishi;

garajlarni shamollatmasdan, sizib chiqqan gazni sezmasdan elektrochiroqlarni yoqish yoki

avtobusning ishga tushirilishi;

gaz ballonlari va uskunalarini o‘rnatish va ishlatish qoidalarini buzilishi;

gaz ballonlari va uskunalaridan foydalanish davrida yong‘in xavfsizligi qoidalarini

buzilishi.

Dizel yoqilg‘isida ishlaydigan avtobuslarda yong‘in sodir bo‘lish sabablari:

avtobusning yoqilg‘i-moy tizimini ulanish joylaridan benzin va moy oqib, yuqori harorat

natijasida alangalanishi;

dvigatel va uning karterida moy va yoqilg‘i bilan aralashgan kirlarning yig‘ilishi oqibatida

harorat natijasida alangalanishi;

yengil alangalanuvchi suyuqliklar va boshqa yonuvchan materiallar bilan avtobus

qisimlarining yuvilishi;

avtobusga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi yoki ularni foydalanish

muddatidan ortiq ishlatilishi.

Metan va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan avtobuslarda yong‘in chiqqan vaqtida uni

bartaraf etishda quyidagilar tavsiya etiladi:

avtobusni o‘chirishni boshlashdan avval undan barcha yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish

choralarini ko‘rish;

o‘t oldirish qulfi o‘chirilganiga ishonch hosil qilish;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

239

imkon qadar, avtobusni xavfsiz masofaga olib o‘tish, boshqa hollarda fuqarolarni, bino va

inshootlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida kamida 30 metr radiusda masofa oralig‘ida xavfsiz

zona yaratish;

yong‘inni bartaraf etish uchun o‘t o‘chirgichlardan foydalanish;

iloji bo‘lganda xavfsiz masofadan dizel yoqilg‘isi sig‘imini va gaz ballonlarni uzluksiz suv

berish orqali sovutish.

Avtoparklarda avtobuslarni zaryadlash va saqlash vaqtida yong‘inlarni olish

bo‘yicha tavsiyalar:

• avtobuslarni akkumulyatorlari to‘liq zaryadlangandan so‘ng, ularni zaryadlash

stansiyalaridan zudlik bilan uzib qo‘yish;

• avtobuslar zaryadlash vaqtida nazoratda bo‘lish va ularni doimiy ravishda kuzatib borish;

• zamonaviy kuzatuv vositalari yordamida avtoturargohlar va saqlash joylari hududlarini

to‘liq qamrab olgan holda doimiy monitoring qilish (tutun va boshqa yong‘in omillarini kuzatish);

• zaryadlash stansiyalarida avtobuslar orasidagi maksimal ruxsat etilgan, ammo kamida

4 metrdan kam bo‘lmagan xavfsiz masofani saqlash;

• avtoturargohlar hududida yong‘in chiqish ehtimoli yuqori (tutun yoki akkumulyatorlarni

o‘ta qizib ketish omillari) bo‘lgan avtobuslar uchun (radiusi kamida 15 metr) xavfsizlik zonalarini

tashkil etish va yong‘in chiqish ehtimoli bo‘lgan vaziyatlarda ularni ushbu zonalarga ko‘chirish va

48 soat davomida karantinda saqlash va kuzatib borish;

• zaryadlash stansiyalari uchastkalarini har 4 ta zaryadlovchi uchun bitta OU-20 tipidagi

uglekislotali o‘t o‘chirgichlari bilan jihozlash;

• avtobus parklaridagi xodimlarni va haydovchilarni ushbu OU-20 va boshqa o‘t

o‘chirgichlar bilan ishlashga hamda shaxsiy havfsizlikni ta’minlangan holda yong‘in o‘chirish

vositasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobusni akkumulyator bo‘limiga yetkazib berish ko‘nikmalariga

o‘rgatish.

Elektrobuslarda yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar:

•elektrobusdagi yong‘inni o‘chirishni boshlashdan avval undagi barcha yo‘lovchilarni

xavfsiz masofaga evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish;

•elektrobusning akkumulyatorlari quvvat manbaidan uzilganligini tekshirishg, agar

uzilmagan bo‘lsa, uni uzish choralarini ko‘rish;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

240

•imkon qadar, elektrobusni xavfsiz masofaga olib o‘tish, boshqa hollarda fuqarolar, bino va

inshootlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida kamida 30 metr radiusda masofa oralig‘ida xavfsiz

zona yaratish;

•agar avtobuslar avtoparkda saqlangan vaqtida yong‘in sodir bo‘lsa

•FVV bo‘linmalarini 101 yoki 1050 telefonlar orqali chaqirib, yong‘inni bartaraf etish uchun

uzluksiz suv bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

•ko‘p miqdorda suv berish orqali yong‘inni o‘chirishni amalga oshirish;

•yong‘in o‘chirilgandan so‘ng, elektrobus akkumulyatorining talofat yetmagan joyida qayta

yong‘in kelib chiqish ehtimolini inobatga olib, belginlangan xavfsiz zonaga avtobusni 48 soatlik

karantinga joylashtirish.

REFERENCES

1.

Internet ma’lumotlari.

References

Internet ma’lumotlari.