ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
863
QUTQARUVCHILARNING YONG‘IN VAQTIDA PSIXOLOGIK BARQARORLIGI
Qilichov Odil Anvarjon O'g'li
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursanti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15210474
Annotatsiya
. Ushbu maqolada qutqaruvchilarning yong‘in vaqtida psixologik
barqarorligini ta'minlash masalalari va uni oshirish usullari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
qutqaruvchilar, yong‘in, stress darajasi, psixologik bosim, travmatik
holatlar, favqulodda vaziyatlar, psixologik tayyorgarlik.
PSYCHOLOGICAL STABILITY OF RESCUE MEN DURING FIRE
Abstract.
This article analyzes the issues of ensuring the psychological stability of
rescuers during fire and methods of increasing it.
Keywords:
rescuers, fire, stress level, psychological pressure, traumatic situations,
emergency situations, psychological preparation.
ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ УСТОЙЧИВОСТЬ СПАСАТЕЛЕЙ ВО ВРЕМЯ ПОЖАРА
Аннотация.
В статье анализируются вопросы обеспечения психологической
устойчивости спасателей во время пожара и методы ее повышения.
Ключевые слова:
спасатели, пожар, уровень стресса, психологическое давление,
травмоопасные ситуации, чрезвычайные ситуации, психологическая подготовка.
Yong‘in
— bu nafaqat moddiy zarar, balki psixologik zo‘riqish va stress manbai hamdir.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar nafaqat insonlarning hayotini
saqlab qolishi, balki o‘z psixologik barqarorligini ham saqlab qolishi kerak.
Qutqaruvchilarning psixologik barqarorligiga ta'sir etuvchi omillar.
1. Ishning murakkabligi va xavfi:
Yong‘in bilan bog‘liq vaziyatlarda qutqaruvchilar
ko‘pincha o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yadi. Bu omil ularning stress darajasini oshiradi.
2. Vaqt tanqisligi:
Qutqaruvchilar tez qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi, bu esa yuqori
darajadagi psixologik bosimni keltirib chiqaradi.
3. Jamoaviy ishlash ehtiyoji:
Jamoa a’zolari o‘zaro ishonch va hamkorlik asosida
ishlashi kerak, aks holda kommunikatsiya muammolari paydo bo‘ladi.
4. Psixologik travmalar:
Yong‘in natijasida vafot etganlar yoki jarohatlanganlarni
ko‘rish qutqaruvchilarda travmatik holatlar yuzaga keltirishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
864
Psixologik barqarorlikni oshirish usullari
1. Professional tayyorgarlik:
Qutqaruvchilar muntazam ravishda psixologik chidamlilik
bo‘yicha maxsus treninglardan o‘tishi kerak. Bunday treninglar stressga chidamlilikni oshiradi
va favqulodda vaziyatlarda o‘zini boshqarishni o‘rgatadi.
2. Psixologik yordam:
Har bir qutqaruv brigadasida psixolog bo‘lishi zarur Psixolog
travmadan keyingi tiklanishda va stressni boshqarishda yordam beradi.
3. Relaxatsion usullar:
Meditatsiya, nafas olish texnikalari va jismoniy mashqlar
qutqaruvchilarning psixologik barqarorligini ta'minlashda samarali usullardir .
4. Jamoaviy treninglar:
Hamkorlikdagi mashg‘ulotlar jamoaning bir-biriga ishonchini
oshiradi va o‘zaro muloqotni yaxshilaydi.
5. Shaxsiy motivatsiya va tayanch:
Har bir qutqaruvchi o‘zining kasbiy maqsadlarini va
motivatsiyasini aniq tushunishi lozim. Shaxsiy maqsadlar va ishga bo‘lgan ijobiy munosabat
stressni yengishga yordam beradi.
Xulosa
Qutqaruvchilarning yong‘in vaqtida psixologik barqarorligini ta'minlash ularning ish
samaradorligi va xavfsizligini oshirishning muhim qismidir.
Psixologik tayyorgarlik, yordam va qo‘llab-quvvatlash usullari samarali qo‘llanilganda,
qutqaruvchilar nafaqat vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradi, balki o‘z salomatliklarini ham asrab
qoladi. Shuning uchun davlat va jamoat tashkilotlari ushbu masalaga katta e'tibor qaratishi zarur.
