Authors

  • Ulug‘bek Istamtoshev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71939

Keywords:

zamonaviy grafika tarixiy shaxslar obrazi.

Abstract

Maqola O‘zbekiston zamonaviy grafika sanʼatida tarixiy shaxslar obrazi tasvirlangan asarlarning o‘ziga xos badiiy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tarixda iz qoldirgan buyuk shaxslar, ajdodlarimizing rassomlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarining ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

ZAMONAVIY GRAFIKADA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI TALQINI

Istamtoshev Ulug‘bek

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15032962

Аnnotatsiya.

Maqola O‘zbekiston zamonaviy grafika sanʼatida tarixiy shaxslar obrazi

tasvirlangan asarlarning o‘ziga xos badiiy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tarixda iz

qoldirgan buyuk shaxslar, ajdodlarimizing rassomlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarining

ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganildi.

Kalit soʻzlar:

zamonaviy grafika, tarixiy shaxslar obrazi.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗОВ ИСТОРИЧЕСКИХ ПЕРСОНАЖЕЙ В

СОВРЕМЕННОЙ ГРАФИКЕ

Аннотация.

Статья была направлена на изучение специфических художественных

аспектов произведений с изображением исторических личностей в современном

графическом искусстве Узбекистана и научно-теоретически исследовала значение

произведений, созданных художниками наших предков, великими личностями,

оставившими след в истории.

Ключевые слова:

современная графика, образы исторических личностей.

INTERPRETATION OF THE IMAGE OF HISTORICAL FIGURES IN MODERN

GRAPHICS

Abstract.

The article was aimed at studying the specific artistic aspects of the works

depicting the image of historical figures in modern graphic art of Uzbekistan, and studied the

significance of the works created by great figures, artists of our ancestors, who left their mark on

history.

Keywords:

modern graphics, the image of historical figures.

Mustaqillikdan so‘ng barcha sohada bo‘lgani kabi grafika san’atida ham tarixga,

o‘tmishga murojaat etish va eʼtiborning ortishi tarixiy janrni yanada yuksalishini belgilab berdi.

Tarixiy mavzuda asar yozuvchi muallifdan tasvir etilayotgan davr hayotini yokitarixiy

shaxsning hayoti va faoliyatini tarix hujjatlari (arxiv materiallari, xotiralar va hokazo) asosida

o‘rganish, shu davrning tarixiy koloritini haqqoniy ifodalash, personajlar nutqida va tashqi

ko‘rinishida o‘sha davr kishilari tiliga xos xususiyatlarni aks ettirish talab etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

Rassomning tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, tomoshabinlarni tarixiy

o‘tmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, ularda o‘z

xalqining tarixiy o‘tmishiga nisbatan hurmat tuyg‘usini uyg‘otish va shu yo‘l bilan maʼrifatli

avlodni tarbiyalash, zamondoshlarni tarixiy o‘tmish voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va

faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq olishga undash, bugungi voqelikdagi ayrim noxush

voqea va hodisalarga tarixiy o‘tmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir.

Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda esa rassomlar oldida mushkul vazifa turadi. Chunki

kamdan-kam holatlardan mustasno tarzdagina tarixda ularning tashqi qiyofalari haqida hech

qanday dalillar saqlanib qolmagan.

Buning natijasida o‘zida zamonasi ruhini timsollashtiruvchi umumlashma tarzdagi

ramziy portretlar vujudga kelmoqda.

Bilamizki, grafika san’atida ham tarixiy shaxslarning obrazlari ko‘pincha xalq bilan

bog‘liq tarzda talqin qilinadi. O‘zbekistonning yirik tarixiy shaxslari o‘zining adabiy merosidan

tashqari, xalq ta’limoti, ma’naviyat va o‘zbek milliyligini shakllantirishdagi o‘rni bilan ham

alohida e’tirof etilgan.

Ular, ko‘pincha, xalqning fidoyiligi va kuchi bilan birlashtirilgan holda tasvirlanadi.

Ba’zan o‘zbek grafik san’atida tarixiy shaxslarning obrazi simvolik tarzda ham talqin

qilinadi. Bu tarzda rassomlar tarixiy shaxslarning obrazini allegorik uslubda yaratadilar.

Shuningdek, o‘zbek grafikasida tarixiy shaxslarning tasviri faqat ularning tashqi

ko‘rinishini emas, balki ulug‘vor g‘oyalarini, siyosiy va ma’naviy ta’sirini ham o‘z ichiga oladi.

Bu esa san’atning rivojlanishida yuksak ahamiyatga ega.

O‘zbek rassomlarining tarixiy janrga bo‘lgan munosabati va tarixiy shaxslar

oblazlarining xarakterini ranglar va tasvirlar orqali ochib berilishi masalalari ko‘rib chiqilib,

mashxur rassomlar ijodi orqali taxlil qilindi.

Mustaqillik yillarida realistik yo‘nalishda tarixiy shaxslarni va xalq qahramonlarini

yaratish keksa va o‘rta avlod rassomlarining sermaxsul ijodida namoyon bo‘ldi.

Q.Vasharov, X.Ziyaxanov, E.Ishoqov, V.Apuxtin, M.Kagarov, M.Sodiqov, L.Zufariy,

D.To‘xtaqulov kabi ko‘plab rassomlar asarlarida bu yo‘nalish uchun anʼanaviy bo‘lgan tarixiy

va janrli kartinalar o‘z ifodasini topdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

280

Qutlug‘ Basharov.

Nodirabegim.

Qog‘oz, tempera

Xurshid Ziyaxanov

Boburnoma.

Mato, moybo‘yoq

Dilbek To‘xtaqulov.

Alisher Navoiy va Husayn Boyqora.

Qog'oz, sangina, ko'mir

Zamonaviy grafika san’atida tarixiy shaxslar obrazini talqin qilish deganda biz rassomning

tarixiy va madaniy merosni o‘zlarining ijodiy uslubida qayta ifodalash jarayoni ekanligini

tushunamiz. Bu jarayon, ayniqsa, qadimiy madaniyatlar, afsonalar yoki tarixiy shaxslar asosida

yaratilgan tasvirlarni zamonaviy estetikaga moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Tarixiy shaxslarning

obrazini asarlarda talqin etish grafika san’atini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratadi va

tarixiy bilimlarni zamonaviy kontekstda jonlantiradi. Bu esa tomoshabinni yangi, qiziqarli va ko‘p

o‘lchovli san’at asarlari bilan tanishtiradi. O‘zbekiston grafik san’atida, ayniqsa XX asrning

birinchi yarmida, milliy tarixiy shaxslar va ulug‘lar ko‘pincha klassik uslublarda tasvirlangan.

Rassomlar tarixiy o‘zbek hukmdorlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, shuningdek, xalqqa

xizmat qilgan shaxslarni tasvirlashda an’anaviy uskuna va uslublarga murojaat qilgan. Masalan,

Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Nodirabegim,

To‘maris kabi buyuk shaxslar, o‘sha davr uslubiga mos holda, o‘zbek xalqi uchun ahamiyatli

yuksak maqomda tasvirlanadi.

O‘zbekiston grafikasida tarixiy shaxslar tasvirini yaratishda zamonaviy texnologiyalar va

uslublar ham qo‘llanila boshlagan. Masalan, 1990-yillardan keyin, o‘zbek grafik san’ati milliy

tarixga yangicha yondashuvni o‘z ichiga olgan. Qadimiy shaxslar, masalan, Nodirabegim,

Zaxiriddin Muxammad Bobur yoki Alisher Navoiy, yangi estetikada, minimalist yoki abstrakt

shakllarda tasvirlangan. Grafik rassomlar bu shaxslarni faqat tarixiy obraz sifatida emas, balki

ularning g‘oyalarini zamonaviy kontekstda ham talqin qilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

Aynan ushbu tarixiy mavzudagi kartinalarni kuzatar ekanmiz, rassomlar har bir asarni

yaratish chog‘ida qanchalik beqiyos ilmiy maʼlumotlarga murojaat etgani va ko‘plab izlanishlar

olib borishayotganligini anglab yetamiz.

Bu hol yosh rassomlar orasida ham keng quloch yozmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki,

yosh, iqtidorli rassomlar tarixiy mavzuga bo‘lgan qiziqishlari kuchli. Ular huddi ustoz rassomlar

singari tarixiy kartinalarni yaratish, buyuk allomalarimiz, tarixiy voqea-hodisalar, dunyoga

mashhur shaxslarimizni o‘z asarlarida aks ettirish uchun ilmiy maʼlumotlarga, kitoblarga

murojaat etibgina qolmay, muzey va teatrlarga borib o‘tgan zamon liboslari, rekvizitlar, turli

ashyolar va shu kabi boshqa ko‘plab maʼlumotlarni to‘plab, shu asosida asarlar yaratishga

intilishmoqda. Shu jarayon davomiyligida ular o‘z ustida ishlab, bilimlarini yanada oshirib,

mustaqil ravishda ham ijod qilish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishmoqda.

Sanʼat qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishilarning xis-tuyg‘ulariga, ruhiyatiga taʼsir etuvchi

vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir ijodkor o‘z-o‘zicha izlanadi, o‘z-o‘zicha mehnat qiladi.

Ana shuning uchun ham sanʼat o‘ziga xos turlarga va janrlarga ega. Ular orasida tarixiy

mavzudagi asarlar alohida eʼtiborlidir desak mabolag‘a bo‘lmaydi.

REFERENCES

1.

Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq oʻrganishda

illyustratsiyaning ahamiyati I.Yuldashev, B.Qurbonova Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific

Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2.

Ўзбекистон санъати. Умумий тахрир остида. –Т.: Шарқ. 2001й.

3.

Қўзиев Т. Тахрири остида Ижодимиз ҳақида гапирсак графика, ҳайкалтарошлик,

аълбомлар туркуми. – Т.:2006й.

4.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF

THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

5.

Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING

O‘RGANILISHI.

Innovative Development in Educational Activities

,

2

(9), 57–62. Retrieved

from

https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

References

Kitob grafikasida kompozitsiya hamda adabiyot asarlarini chuqurroq oʻrganishda illyustratsiyaning ahamiyati I.Yuldashev, B.Qurbonova Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ўзбекистон санъати. Умумий тахрир остида. –Т.: Шарқ. 2001й.

Қўзиев Т. Тахрири остида Ижодимиз ҳақида гапирсак графика, ҳайкалтарошлик, аълбомлар туркуми. – Т.:2006й.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259