Authors

  • Ulug‘bek Istamtoshev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87601

Keywords:

linagravyura texnikasi estetik va ifodaviy xususiyatlar

Abstract

Ushbu maqolada grafik san’at yo‘nalishlaridan biri — linogravyura texnikasi, uning paydo bo‘lishi, ishlanish usuli, estetik va ifodaviy xususiyatlari, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’atida tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada shuningdek, linogravyura texnikasining ta’limda qo‘llanilishi va zamonaviy ijodiy yondashuvlari tahlil etiladi.

background image


May, 2025-Yil

215

GRAFIKADA LINOGRAVYURANING MOHIYATI, USULI VA SAN’ATDAGI O‘RNI

Istamtoshev Ulug‘bek

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute Dastgoh va kitob grafikasi

mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15391672

Аnnotatsiya.

Ushbu maqolada grafik san’at yo‘nalishlaridan biri — linogravyura

texnikasi, uning paydo bo‘lishi, ishlanish usuli, estetik va ifodaviy xususiyatlari, shuningdek,

O‘zbekiston tasviriy san’atida tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada shuningdek, linogravyura

texnikasining ta’limda qo‘llanilishi va zamonaviy ijodiy yondashuvlari tahlil etiladi.

Kalit soʻzlar:

linagravyura texnikasi, estetik va ifodaviy xususiyatlar

СУЩНОСТЬ, МЕТОД И РОЛЬ ЛИНОГРАВЮРЫ В ГРАФИКЕ В ИСКУССТВЕ

Аннотация.

В данной статье освещается одно из направлений графического

искусства — техника линогравюры, ее возникновение, способ работы, эстетические и

выразительные особенности, а также место в изобразительном искусстве Узбекистана.

В статье также анализируется применение техники линогравюры в образовании и

современных творческих подходах.

Ключевые слова:

техника линогравюры, эстетические и выразительные

особенности.

THE ESSENCE, METHOD AND SIGNIFICANCE OF LINOGRAVURE IN GRAPHICS

IN ART

Abstract.

This article covers one of the areas of graphic art — the technique of

linogravure, its appearance, method of processing, aesthetic and expressive features, as well as

its role in the Fine Arts of Uzbekistan. The article also analyzes the application of linogravure

techniques in education and modern creative approaches.

Keywords:

linagravyura technique, aesthetic and expressive features.

Grafik san’at inson tafakkurining aniq, ifodaviy va ramziy turlardan biri bo‘lib, unda

chiziq, kontrast va kompozitsiya asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Grafik san’at doirasida turli

bosma texnikalar mavjud bo‘lib, ular orasida

linogravyura

o‘zining soddaligi, kuchli

ifodaviyligi va keng imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Linogravyura linoleum yuzasiga o‘yilgan

tasvirni bosib chiqarish orqali yaratiladigan grafika turi bo‘lib, u san’atda dekorativlik, konturiy

aniq ifoda va chuqur mazmunni berishga xizmat qiladi.


background image


May, 2025-Yil

216

Zamonaviy san’atda bu texnika nafaqat an’anaviy uslub sifatida, balki eksperimental va

innovatsion yondashuvlar orqali ham qo‘llanilmoqda. Grafik san’at turlaridan biri

linogravyura

,

ya’ni linoleumga o‘yish orqali yaratiladigan bosma texnikadir. Bugungi kunda bu texnika grafik

rassomlar ijodida, ta’lim jarayonlarida hamda ko‘rgazma faoliyatida keng qo‘llanilmoqda.

Linogravyura kelib chiqish tarixiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, texnikasi XX asr

boshlarida Yevropada paydo bo‘lgan. Dastlab bu texnika oddiy pedagogik vosita sifatida

qo‘llangan bo‘lsa-da, tez orada grafik rassomlar e’tiborini qozondi. Ayniqsa,

Pablo Pikasso,

Henri Matisse

kabi mashhur rassomlar linogravyurani yuqori san’at darajasiga ko‘tardilar.

Ushbu texnika arzonligi, soddaligi va ifodaviy kuchi sababli turli mamlakatlar san’at

maktablariga keng yoyildi.

Linogravyura birinchi bo‘lib 1907 yilda Parijda namoyish etilgan bo‘lib, buni ilk bor

Nikolay Sheverdyaev qo‘llagan. 1911 yilda chexiyalik muhojir Voytsex Preisig Nyu-Yorkda

birinchi marta “Linolyum gravyurasini” ommaga taqdim etdi. 1926-1929 yillarda

linogravyuralar haqidagi nashrlarida rassom Pedro Jozef De Lemos rangli bosib chiqarish uchun

yangi usullarni, shu jumladan asosiy bloklarni dastlabki bosib chiqarishni joriy etdi.

Linogravyurani Maurits Kornelis Esher, Ivan Pavlov, Boris Kustodiyev, Vladimir Favorskiy,

Aleksandr Deyneka, Yakov Gnizdovskiy, Georg Bazelits va boshqa ko‘plab rassomlar ijodlarda

qo‘llaganlar.

O‘zbekiston grafik san’atida linogravyuraning tutgan o‘rni ham muhim ahamiyatga

egadir.

O‘zbekistonda linogravyura XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab grafik san’atning

mustaqil turi sifatida rivojlandi. Rassomlar linogravyura orqali o‘z milliy qadriyatlari, xalq

og‘zaki ijodi, mehnatkash hayoti va tarixiy mavzularni tasvirladilar. Masalan, Qutlug‘ Basharov,

Asliddin Kalanov,

Mavluda Saidova, Charos Ummatova kabi rassomlar o‘z ijodi va

pedagogik faoliyati bilan linogravyura san’atini yurtimizda davom etishini ta’minlab

kelishmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ular asarlarida xalq turmushi, folklor motivlari,

milliy ruhdagi obrazlarni soddalashtirilgan shakllar orqali ifoda etgan. Ushbu rassomlar

linogravyura imkoniyatlarini kengaytirib, uni faqat tasviriy emas, balki falsafiy va estetik g‘oya

tashuvchisi sifatida namoyon etdilar.

O‘zbek kitob grafikasi usta linogravyurachi rassomlaridan biri,

Qutlug‘ Basharov

ijodi

haqida qisqacha tahlil qiladigan bo‘sak, u o‘zbek grafika san’atining eng taniqli

namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlari maishiy, tarixiy va ijtimoiy mavzularni yoritishda

o‘ziga xos uslubni namoyon etadi. Qutlug‘ Basharov o‘z asarlarida nafaqat rang va shaklni, balki

insoniyatning ichki dunyosini va ma’naviy qadriyatlarni chuqur tahlil qiladi. Qutlug‘ Basharov


background image


May, 2025-Yil

217

asarlarida obrazlarning kuchli va ta’sirchan badiiy sayqal topganligi, atoqli grafika ustalari

kashfiyotidan ijodiy foydalanishga moyillik borligini ko‘ramiz. Ko‘zlangan yuksak marralarga

intilib, sidqidildan jasorat ko‘rsatayotgan azamat paxtakorlarning mehnati Qutlug‘ Basharovning

“Paxtakorlar” va “Paxta” turkumidagi linogravyuralarida o‘z aksini topdi. Bu turkumdagi

“Terimchilar” sahifasida uch dugonaning shodligi hayotiy va jozibali tasvirlangan. Hajman

uncha katta bo‘lmagan bu asarda uch xil xarakterdagi ayolni, ularning kayfiyatini jonli talqin

etilganligini ko‘ramiz. Harbiy vatanparvarlik mavzuida asarlar yaratish tasvir ustalarining doimo

diqqat markazida bo‘lgan. Rassomning “Chegarada” triptixida xalqimizning tinch, osoyishta

turmush kechirishlari yo‘lida sergak turib posbonlik qilayotgan jasur chegarachilarning hayoti

hikoya qilingan. U, shuningdek “Vatan posbonlari”, “Hamisha sergak”, “Dushman o‘ta

olmaydi”, “Chavgon o‘yini” kabi linogravyuralarini yaratdi.

Q. Basharov “Chavgon o‘yini”

Q. Basharov “Ot sporti”

Qutlug‘ Basharov Alisher Navoiyni buyuk shoir-g‘azal mulkining sultoni sifatida

ko‘rsatishga intildi. San’atkorning “Xamsa”dagi “Hayrat-ul-abror”, “Sabbai sayyor”, “Farhod va

Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridagi kulminatsion voqealarni o‘z

mazmuniga monand qilib ishlangan ligoravyuralari tomoshabinlar tomonidan yuqori baholanib

kelmoqda.

1

Linogravura grafik texnika sifatida rassomlar uchun juda jozibali san’at turi hisoblanadi,

chunki uning o‘ziga xos sifati uni boshqa bosma turlardan badiiy tilning ravshanligi, ifodaliligi

bilan ajratib turadi. Uning asosiy afzalliklaridan biri bu boshqa texnikalarga qaraganda bitta

1

Yuldashev, I., & Qurbonova, B. (2022). KITOB GRAFIKASIDA KOMPOZITSIYA HAMDA ADABIYOT

ASARLARINI CHUQURROQ O’RGANISHDA ILLYUSTRATSIYANING AHAMIYATI. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (12), 1024-1031.


background image


May, 2025-Yil

218

linoleumdan ko‘proq bosib chiqarish imkoniyati hisoblanadi. Shuningdek,

Linogravyuraning

mohiyati va texnik asoslari haqida ham to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Linogravyura

bu

yuza

bosma (высокая печать)

usuliga mansub texnikadir. Unda tasvir linoleum yuzasiga o‘yib

chiziladi, ya’ni rasmning bo‘yalmaydigan joylari olib tashlanadi. So‘ngra bo‘yoq valik

yordamida tekis yuzaga surtiladi va qog‘ozga bosiladi. Natijada aniqligi va kontrasti kuchli,

soddalashtirilgan, dekorativ obrazli tasvir hosil bo‘ladi.

Ish quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:

eskiz (tasvir) tayyorlash, tasvirni linoleumga

ko‘chirish, o‘yish vositalari yordamida o‘yish, siyoh yoki rangli bo‘yoq bilan bo‘yash, qog‘ozga

bosish va asarni olish. Bu texnika xatoliklarni kechirmasligi, har bir chiziqning aniqligi, ijobiy va

salbiy (bo‘yalgan va bo‘yalmagan) fazolar muvozanatiga asoslanadi.

Linogravyura texnikasining san’atdagi o‘rni quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:

Ifodaviylik kuchi – o‘tkir chiziqlar, keskin kontrast va aniqlik orqali tasvir chuqur g‘oya

bilan ifodalanadi. Dekorativlik – soddalashtirilgan shakllar, betakror ritm va simmetriya orqali

bezaklik (ornamental) effekt hosil qilinadi. Ko‘p nusxalilik – linogravyura bosma texnikasi

bo‘lganligi sababli ko‘plab nusxalarda tarqatish imkonini beradi; Uslubiy erkinlik – klassik

realizmdan tortib, abstrakt, ekspressionistik va eksperimental yondashuvlar bilan uyg‘unlashadi.

Bugungi kunda linogravyura texnikasi san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalarida

o‘rgatilmoqda hamda bolalar va yoshlar bilan ishlashda amaliy vosita sifatida qo‘llanilmoqda.

Raqamli grafikaga muqobil sifatida ijodiy ifodaning soddaligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib

turadi. Linogravyura orqali o‘quvchilar ifoda vositalari, kontrast, chiziq va kompozitsiya ustida

ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, l

inogravyura

grafik san’atda texnik

jihatdan soddaligi, estetik yondashuvi va obrazlarning kuchli ifodasi bilan ajralib turadigan

uslubdir. Bu texnika bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, balki san’atkorlarning

milliy g‘oya va zamonaviy dunyoqarashini ifodalash vositasi sifatida rivojlanmoqda. O‘zbek

grafikasi doirasida linogravyura nafaqat texnik jarayon, balki milliy identitetni tasvirlashga

xizmat qiluvchi badiiy til sifatida qaralmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston san’ati doirasida

linogravyura milliy grafik maktabning ajralmas qismi sifatida rivojlanmoqda va zamonaviy

san’atning o‘ziga xos, dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image


May, 2025-Yil

219

1.

Yuldashev, I., & Qurbonova, B. (2022). KITOB GRAFIKASIDA KOMPOZITSIYA

HAMDA

ADABIYOT

ASARLARINI

CHUQURROQ

O’RGANISHDA

ILLYUSTRATSIYANING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences, 2 (12), 1024-1031.

2.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF

THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

3.

Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING

O‘RGANILISHI.

Innovative Development in Educational Activities

,

2

(9), 57–62.

Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

4.

Quvondiqova, O. (2025). GRAFIK RASSOM ASLIDDIN KALANOV IJODINING

O‘ZBEK

GRAFIKA

SAN’ATIDAGI

AHAMIYATI.

Modern

Science

and

Research

,

4

(4),

377–381.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/80061

5.

Jurayeva, G. Z. qizi. (2025). ZAMONAVIY KITOB GRAFIKANING BUGUNGI

KUNAGI

IMKONIYATLARI

VA

UNING

BOLALAR

ADABIYOTIDAGI

ROLI.

SCHOLAR

,

3

(4), 57-61.

https://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/252

References

Yuldashev, I., & Qurbonova, B. (2022). KITOB GRAFIKASIDA KOMPOZITSIYA HAMDA ADABIYOT ASARLARINI CHUQURROQ O’RGANISHDA ILLYUSTRATSIYANING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (12), 1024-1031.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

Quvondiqova, O. (2025). GRAFIK RASSOM ASLIDDIN KALANOV IJODINING O‘ZBEK GRAFIKA SAN’ATIDAGI AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(4), 377–381. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/80061

Jurayeva, G. Z. qizi. (2025). ZAMONAVIY KITOB GRAFIKANING BUGUNGI KUNAGI IMKONIYATLARI VA UNING BOLALAR ADABIYOTIDAGI ROLI. SCHOLAR, 3(4), 57-61. https://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/252