Authors

  • Sardor Obidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72320

Keywords:

Voleybol jismoniy tarbiya о‘quvchi rivojlanish mashg‘ulot natija sifat.

Abstract

Mazkur tezisda voleybol vositasida о‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan kо‘rsatma va takliflar keltirilgan.

background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

135

YOSH VOLEYBOLCHILARNI MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI

SHAKLLANTIRISH

Obidov Sardor Raxmanovich

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.

Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 1-kurs

magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037698

Annotatsiya.

Mazkur tezisda voleybol vositasida о‘quvchilar jismoniy sifatlarini

rivojlantirish yuzasidan kо‘rsatma va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Voleybol, jismoniy tarbiya, о‘quvchi, rivojlanish, mashg‘ulot, natija, sifat.

Abstract.

This thesis contains instructions and suggestions on the development of physical

qualities of students through volleyball.

Key words:

volleyball, physical education, student, development, training, result, quality.

Har qanday sport turida yuqori sport natijalariga erishishda sportchining jismoniy

tayyorgarlik darajasi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, har bir aniq sport turida sportchi

jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolari ayni vaqtda eng dolzarb muammolardan biri

hisoblanadi. Harakat sifatlari tarbiyalanadigan, harakatlarni yuqori texnikasi va samarali taktikasi

amalga oshiriladigan voleybolda ham jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati ancha katta

hisoblanadi.

Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bо‘linadi. Umumiy

jismoniy

tayyorgarlik

sport

trenirovkasini

muhim

vazifalaridan

biri

sifatida

shug‘ullanuvchilarning tо‘laqonli jismoniy taraqqiyoti va har tomonlama jismoniy tayyorgarligini

ta’minlashga qaratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik zarur hayotiy malakani

takomillashtirishga va asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir.

Maqsadi maxsus jismoniy tayyorgarlikning poydevori bо‘lgan umumiy jismoniy

tayyorgarlik bazasini yaratishdir.

Umumiy jismoniy tayyorgarlikning

vazifalari - asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish,

organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish, harakat malakalarining hajmi va ijroiy

chegarasini kengaytirish va sog‘liqni mustahkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish,

organizmning tashqi va ichki salbiy ta’sirlariga bо‘lgan bardoshini oshirishdan iborat.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

136

Maxsus jismoniy tayyorgarlik -

tanlangan sport turida yuqori natijalarga erishish

maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan jismoniy sifatlarni

rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir.

Vazifalari:

-voleybolga xos maxsus harakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch-tezkorlik,

chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va h.) rivojlantirish;

-о‘yin texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan kombinatsiyalarni rivojlantirish;

-о‘yin taktikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan kombinatsiyalarni rivojlantirish;

Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va

shiddat jihatidan munosib meyorda qо‘llaniladi.

Nazariy va psixologik tayyorgarlik:

“Psixologiya” - ruhiyat va xislatlarni о‘rganuvchi fanni ifodalaydi. Demak, “psixologik

tayyorgarlik” jumlasini о‘rniga “psixik tayyorgarlik” jumlasini qо‘llash aniqroq bо‘ladi deyish

mumkin.

Jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajaga chiqarishda bir necha muhim shartlarni amalga

oshirish darkor.

Jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda voleybol sport turi vositasida

jismoniy tayorgarlik akmeologiyasini shakllantirish shartlari:

- vaqtni tо‘g‘ri tashkil etish;

- faol harakatlanish pozitsiyani shakllantirish;

- texnika va taktikani tо‘g‘ri qо‘llash;

- tezkor fikrlash hamda vaziyatni oldindan kо‘ra bilishga о‘rgatish;

- ixtisoslashtirilgan tartibli mashqlar tizimini ishlab chiqish;

- mashqlar yuqumliligining yoshga qarab darajalarini aniq belgilash;

Akmeologik yondashuv esa uning eng yuqori darajaga chiqish yо‘llarini asoslash bilan

xarakterlanadi. Buning uchun:

- voleybolga mos bо‘lgan harakatli о‘yinlar orqali rivojlanish dinamikasi va shakllanganlik

darajasi bо‘yicha datlabki jismoniy sifatlarini shakllantirishga doir nazariy va amaliy ishlar

jarayoni mexanizmi takomillashtiriladi;

- progressiv rivojlanishga hamda birinchi navbatda shaxsning professionalizmi va

muayyan mehnat subyektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va

omillarni shakllantirish, yosh voleybolchilarning sifat kо‘rinishini о‘zgartirish tizimi ishlab

chiqiladi;


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

137

Akmeologik xulosalar natijalarining katta amaliy ahamiyati shundaki, ular insonni qanday

sharoitlarda intellektual, jismoniy va ma’naviy faollik chо‘qqisiga olib chiqqanligi tо‘g‘risida

ma’lumotni ifodalaydi.

REFERENCES

1.

Shukurllayev J.M. О‘quvchi yoshlarni voleybol sport turiga tanlab olishning metodik

xususiyatlari. Academic research in yeducational sciyences. №.1. 2020 2-oktabr.

2.

Jismoniy tarbiya va sport jurnali. 2018-yil.

3.

Shukrullayev Jurabek Maqsadbayevich. Voleybol sport turi vositasida maktab о‘quvchilarida

jismoniy sifatlarni rivojlantirishda akmeologik yondashuvning didaktik imkoniyatlari. Xalq

ta’limi. № 5 2021 yil.

4.

Shukrullayev Jurabek Maqsadbayevich. Klaster yondashuv asosida voleybolchilarning

jismoniy kо‘rsatkichlarini rivojlantirish. Xalq ta’limi. № 5 2021 yil.

References

Shukurllayev J.M. О‘quvchi yoshlarni voleybol sport turiga tanlab olishning metodik xususiyatlari. Academic research in yeducational sciyences. №.1. 2020 2-oktabr.

Jismoniy tarbiya va sport jurnali. 2018-yil.

Shukrullayev Jurabek Maqsadbayevich. Voleybol sport turi vositasida maktab о‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishda akmeologik yondashuvning didaktik imkoniyatlari. Xalq ta’limi. № 5 2021 yil.

Shukrullayev Jurabek Maqsadbayevich. Klaster yondashuv asosida voleybolchilarning jismoniy kо‘rsatkichlarini rivojlantirish. Xalq ta’limi. № 5 2021 yil.