YOSH VOLEYBOLCHILARNI DASTLABKI O’RGATISH BOSQICHIDA MAXSUS JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

HAC
Google Scholar
f
182-187
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Obidov, S. (2025). YOSH VOLEYBOLCHILARNI DASTLABKI O’RGATISH BOSQICHIDA MAXSUS JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH. Modern Science and Research, 4(3), 182–187. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/73090
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish orqali jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va maxsus mashqlarni sport turlariga qarab mashqlarni mashg’ulotlarning tarkibiy qismiga kiritish orqali texnik-taktik malakalar shakllanishi haqida ma’lumot berilgan.


background image


Mart, 2025-Yil

182

YOSH VOLEYBOLCHILARNI DASTLABKI O’RGATISH BOSQICHIDA MAXSUS

JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

Obidov Sardor Raxmanovich

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.

Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi

1- kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15052517

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish

orqali jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va maxsus mashqlarni sport turlariga qarab

mashqlarni mashg’ulotlarning tarkibiy qismiga kiritish orqali texnik-taktik malakalar shakllanishi

haqida ma’lumot berilgan.

Kalit sо‘zlar:

Harakat sifatlari, morfo-kuch omili, tezkor-kuch chidamkorligi, kompleks

mashqlar, sifat va miqdor parametrlari, dinamik tavsifi.

Abstract.

The article presents the results of research on the general and special physical

training of young volleyball players in the first years of sports using a wide range of exercises.

Key words:

motor qualities, morpho-power factor, speed-power endurance, complex

exercises, qualitative and quantitative parameters, dynamic description.

KIRISH

Aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va sport turlari orqali sog’lomlashtirish azal-

azaldan e’tirof etib kelinmoqda. Bu esa sog’lom muhitni yaratibgina qolmay, har bir yosh avlodni

ijobiy va ijodiy tomonga yо‘naltirishga xizmat qiladi. Bu borada sо‘nggi yillarda davlatimiz

tomonidan a’lohida e’tibor qaratilayotgani barchamizga ayondir. Ayniqsa bu borada chiqayotgan

har bir qaror va farmonlar jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga zamin yaratib kelmoqda.

Shuni e’tirof etish joizki, bugungi kunda davlatimizda sport о‘yinlarining kundan kunga

raqobatbardosh darajaga aylanib ketayotganligi va sport jamoalarining shakllanib borish darajasi

yuqorilayotganligining shoxidi bо‘layabmiz. Ayniqsa voleybol sport turi yoshlarda jamoaviylikni,

ahillikni, birdamlikni, bir-birlariga mehr oqibatni oshirishda ham roli beqiyosdir. Voleybol bilan

shug’ullanish uchun bolalarni tanlashda boshqa kо‘rsatkichlar bilan birgalikda faqatgina jismoniy

rivojlanganlik, jismoniy va texnik tayyorgarlik kо‘rsatkichlari yordamida aniqlash mumkin

bо‘lmagan о‘yin faoliyatiga qobiliyatlarini rivojlantirish va namoyon etishga sabab bо‘luvchi

shaxsiy sifat va xususiyatlarini aniqlash alohida ahamiyatga ega.


background image


Mart, 2025-Yil

183

ASOSIY QISM

E’tirof etish zarurki, har bir sport turida kо‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga

oshirishda xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ularda asosan jismoniy tayyorgarlik

darajasini oshirish va maxsus mashqlarni (sport turlariga qarab) о‘rgatish asosiy maqsad

hisoblanadi.

Barcha mashqlar о‘zining yо‘nalishiga qarab mashg’ulotlarning tarkibiy qismiga kiritiladi.

Bular quyidagilardir: umumiy jismoniy; maxsus jismoniy; texnik; taktik; integral (yahlit

о‘yin). Har bir tayyorgarlik turlarining о‘ziga xos yetakchi vositalari mavjud bо‘lib ular yordamida

mos vazifalar yechiladi.

Shu bilan birga bir tayyorgarlik turiga oid bо‘lgan mashqlar boshqa tayyorgarlik turidagi

mashqlar bilan yaqindan bog’langan bо‘ladi. Masalan, shug’ullanuvchida tezkor-kuch sifati zarur

darajada rivojlanmagan bо‘lsa u hujum zarbasi berish texnikasini bajara olmaydi. Bu holda tezkor-

kuch sifatini rivojlantirishga oid mashqlarni berish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Chunki hujum

zarbasini berishning takrorlash xajmini oshirish bu holda samara bermaydi. Harakatlariga

о‘rgatishda vositalarning samarasi kо‘p hollarda ularni qо‘llash uslublariga bevosita bog’liq

bо‘ladi. Uslublarni tanlashda qо‘yilgan vazifa, shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq

sharoitlarga bog’liq holda tanlanadi va amalga oshiriladi.

Qо‘yilgan vazifaga bog’liq ravishda aynan bir vositani turli uslublarda qо‘llab turlicha

foydalanish mumkin. Bundan tashqari har bir tayyorgarlik turida vazifalar va turlarning ketma-

ketligi ham ma’lum mantiqiy bog’liqlikka egadir.

Bir tayyorgarlik turidagi vazifalar sifat jihatidan о‘zgarib keyingi tayyorgarlik turiga zamin

yaratadi.

Masalan, tayyorgarlik mashqlari о‘rganilayotgan texnik usulni umumiy tuzilishini ifoda

etadi.

Yaqinlashtiruvchi mashqlar maxsus jismoniy tayyorgarlikdan texnik tayyorgarlikka

о‘tishda kо‘prik vazifasini o‘taydi. Ma’lum murakkablik asosida qurilgan texnik mashqlar taktik

kо‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda keyinchalik yakka tartibdagi taktik

harakatlar о‘rganiladi.

Jismoniy sifatlarni (kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va hokazo)

tarbiyalashda maxsus mashqlarni о‘rgatish asosiy о‘rin tutadi. Shu yо‘lda umumta’lim

maktablarning sport tо‘garaklari va majmuani (kompleks) sport tadbirlaridagi mashg’ulotlarda

maxsus mashqlardan foydalanish usullarini о‘rganish va ularga ba’zi tavsiyanomalar berish

vazifalar qо‘yiladi.


background image


Mart, 2025-Yil

184

Voleybolchilar о‘yin faoliyati ishonchliligi tuzilmasida tо‘rtta omil ajratiladi. Birinchi ikki

omilga (57% tanlanmaning umumiy dispersiyasi) yuqori ahamiyatlilik bilan chidamkorlikni

tezkorlik va sakrovchanlik komponentlari darajasiga bog’liq о‘yin harakatlarining sifat va

ishonchlilik kо‘rsatkichlari kiradi. Uchinchi va tо‘rtinchi omillar (22%) asosan voleybolchilarni

himoya harakatlarining ishonchlilik tuzilmasini aniqlab beradi. Ular kо‘p jihatdan maydonda

harakatlanishda chidamkorlikni tezkor-kuch va tezkorlik komponentlariga bog’liq.

Voleybolchi qizlarni tezkor-kuch tayyorgarligi kо‘rsatkichlarining omilli tahlili shuni

kо‘rsatadiki, 9-16 yosh davrida morfo-kuch omili, 17-18 yoshda aynan tezkor-kuch omili yetakchi

ahamiyatga ega.

Voleybolchini jismoniy tayyorgarlik kо‘rsatkichlari tuzilmasida kuch qobiliyatlari

natijaviylikni belgilab beruvchi va о‘yinchining kо‘p qirrali faoliyatini kafolatlovchi – harakat

tezligi, zarba kuchi, epchillik, sakrovchanlik, maxsus chidamkorlik – muhim elementlardan biri

hisoblanadi.

Alohida olingan jismoniy sifatlar hech qachon ajralgan holatda namoyon bо‘lmaydi, ya’ni

har biri alohida-alohida bо‘lib, juda xilma-xil о‘zaro uyg’unlikda kompleks ishlaydi. Bunga

asoslanib shuni aytish mumkinki, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni belgilovchi

jismoniy sifatlar ham kuch, ham chidamkorlik va boshqa sifatlarni turli uyg’unligidagi yagona

murakkab, kompleks, integral sifatdir.

Shuni ham yodda tutish kerakki, voleybolchining о‘yin chidamkorligi kuch, tezkor-

chidamkorlik yig’indisi hisoblanmaydi, bu poydevori baribir chidamkorlik hisoblangan, harakat

faoliyatining har bir aniq paytida bajarilishidan kelib chiqib, muayyan tartibda yoki munosabatda

doim birgalikda ishlaydigan tezkorlik, kuch, portlash kuchi va boshqa sifatlarni kо‘p marta

namoyon bо‘lishidan (2-3 soat davomida) jamlanadigan murakkab, kompleks, integral sifatdir.

Yana bir marotaba ta’kidlab о‘tamizki, voleybolchiga kuch, tezkorlik, va boshqa sifatlar

ham juda zarur, biroq ular alohida-alohida ajralib namoyon bо‘lmaganligi tufayli doim murakkab

о‘zaro uyg’unlikda bо‘ladi. Kо‘rinmaydigan shaklda mavjud bо‘lishiga qaramay, kuchni,

tezkorlikni, chidamkorlikni har birini alohida emas, balki tezkor-kuch yoki о‘yin chidamkorligini

rivojlantirish zarur.

Joydan-joyga harakatlanishlarda tezkor-kuch chidamkorligi, uzatish-zarbalarda yoki

sakrashlarda zarur bо‘ladigan tezkor-kuch chidamkorligi doim sifat jihatdan farqlanadi. Ehtimol

voleybolchining о‘yin chidamkorligini, uning negizida yotgan asosiy harakat vaqti turiga muvofiq

atalishi tо‘g’ridir.


background image


Mart, 2025-Yil

185

Aytaylik, joydan-joyga harakatlanishda zarur bо‘lgan о‘yin chidamkorligini “yugurish”

chidamkorligi yoki uzatish-zarbalarda – “zarbali”, sakrashlarda esa – “sakrash” chidamkorligi deb

ataymiz.

Yosh voleybolchilarda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishning yosh xususiyatlari juda

muhim hisoblanadi. Aniqlanishicha, har bir yosh guruhlarida yosh voleybolchilar jismoniy

tayyorgarligi beshta omil bо‘yicha aniqlanadi:

10-12 yosh; 1-umumiy kuch tayyorgarligi (26%); 2 tezkor-kuch tayyorgarligi (22%); 3-

harakat reaksiyasi (19%); 4-maxsus kuch tayyorgarligi (16%); 5- maxsus tezkor-kuch

tayyorgarligi.

13-14 yosh: 1-tezkor-kuch tayyorgarligi (25%), 2-maxsus tezkor-kuch tayyorgarligi

(21%), 3-nisbiy kuch (18%), 4-antropometrik kо‘rsatkichlar (14%), 5-harakat reaksiyasi; 1

5-17 yosh: 1-maxsus sport-kuch tayyorgarligi (18%), 2-”tezkor” kuch (20%), 3-nisbiy kuch

(15%), 4-sport tayyorgarligi (14%).

Yosh voleybolchilarda epchillikni rivojlantirishga turli harakat vazifalarini va sportchi

qobiliyatlariga ta’sir kо‘rsatuvchi kompleks mashqlarga ustunlik berish tavsiya qilinadi. Bunda

yetakchi rol ularni rivojlantirishning о‘zaro bog’liq uslubiga tegishlidir. 10-11 yoshda bir nechta

harakat sifatlari va qobiliyatlariga bir vaqtda ta’sir kо‘rsatish tavsiya qilinadi. О‘rta yoshda

murakkablashtirilgan sharoitlarda texnik-taktik usullarni bir vaqtda bajarish bilan epchillikni

rivojlantirishga urg’u berish tavsiya qilinadi.

Kompleks vositalarni qо‘llanilishi koordinatsiya bazasini kengayishiga va harakatlarni

boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi, bu esa, о‘z navbatida ta’lim

jarayonlarini tezlashishiga va himoyada о‘ynashda asosiy usullarni takomillashtirishga yordam

beradi. 10-11 yoshli voleybolchilarni jismoniy tayyorgarligi jarayonlarida umumiy hajmning 50%

gacha vaqtini, 13-14 yoshda – 35%gacha vaqtini epchillikni rivojlantirishga ajratish tavsiya

qilinadi.

Ma’lumki, mashg’ulot jarayonidagi asosiy vositalar qabul qilingan toifalanishga muvofiq

umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlik vositalarga bо‘linadigan jismoniy mashqlar hisoblanadi,

oxirgilari esa о‘z navbatida, maxsus tayyorgarlik va musobaqa yoki asosiy mashqlarga bо‘linadi.

Mashg’ulot jarayonida umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini qо‘llanilishi

voleybolchini umumiy о‘yin chidamkorligini yaxshilashga, maxsus jismoniy tayyorgarlik

vositalarini qо‘llanilishi esa, voleybolchini maxsus tezkor-kuch chidamkorligini rivojlantirishga

yordam beradi.


background image


Mart, 2025-Yil

186

Har bir bajarilayotgan mashqlar, ya’ni sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan jismoniy

ish о‘zining muhit, vaqt va dinamik tavsifiga hamda u boshqa ishdan, ya’ni doim biron-bir aniq

vazifani hal etishga yо‘naltirilgan boshqa bajariladigan jismoniy mashqlardan farq qiladigan sifat

va miqdoriy parametrlariga ega. Shuning uchun aynan birgina jismoniy mashq bir vaqtning о‘zida

umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositasi bо‘la olmaydi. Chunki, maxsus о‘yin

chidamkorligini oshirish negizida faqat ulargagina xos muhit, vaqt va dinamik tavsif hamda sifat

va miqdor parametrlari ustunligi bilan musobaqa mashqlari yotadi. Boshqa har qanday jismoniy

mashqlarni qо‘llanilishi doim umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini qо‘llanilishi kabi talqin

qilinadi, chunki bu jismoniy mashqlar voleybolchining musobaqa mashqlariga mos kelmaydigan

о‘zining muhit, vaqt va dinamik tavsifiga hamda sifat va miqdor parametrlariga ega.

Xulosa.

Jismoniy tayorgarlik deganda shug’ullanuvchilarning jismoniy sifatlarining tarbiyalash,

zarur harakat kо‘nikmalari va malakalarini egallash, funsional imkoniyatlarini oshirishga

yо‘naltirilgan pedagogik jarayon tushiniladi. Shug’ullanuvchilarni funsinal imkoniyatlari va

jismoniy sifatlari bо‘lmish kuch, chaqqonlik (harakat koordinatsiyasi), tezkorlik, chidamlilik,

egiluvchanlikning yuqori darajada rivojlanganligi harakat malakalarini egalashda asosiy о‘rin

tutadi.

Bir vaqtning о‘zida jismoniy tayyorgarlik vazifalarining amalga oshirilishi psixologik va

irodaviy sifatlarini shakillanishiga ham yordam beradi. Zaruriy jismoniy sifatlarni rivojlantirish

uzoq muddatli va murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki sport yuqori darajadagi jismoniy

tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni proporsional rivojlantirish juda

ahamiyatlidir.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonuni (yangi

tahriri).-T., 04.09. 2015 yangi nashri..

2.

Jismoniy tarbiya va sport jurnali. 2018-yil.

3.

Shukurllayev J.M. О‘quvchi yoshlarni voleybol sport turiga tanlab olishning metodik

xususiyatlari. ACADEMIC RESEARCH in EDUCATIONAL SCIENCES. №.1. 2020 2-

oktabr.

4.

Shukurllayev J.M. Boshlang’ich sinf о‘quvchilarini voleybol sport turiga saralab olish

usullarini takomillashtirish. “Boshlang’ich ta’limni kompetensiyaviy tashkil etish:


background image


Mart, 2025-Yil

187

nazariya va amaliyot” mavzusidagi onlayn halqaro ilmiy-nazariy anjuman. 2020-yil 28-

aprel.

5.

Shukurllayev J.M. 7-14 yoshli maktab о‘quvchilarini voleybol sport turiga tanlab olishning

metodik xususiyatlari. “Mug’allim hem uzliksiz bilimlendiriо‘“ 2-son. 2019-yil. Nekis.sh.

B.153-156.

6.

Дукальская А.В. Современное представление о развитии физических качеств

волейболистов. – Росгов-на-Дону, 1995.

7.

Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. – М.: Физкультура и спорт,

1991.

8.

Мещерякова О.Н. Оптимизация технико-тактической подготовленности юных

волейболисток на основе развития специальной ловкости: Автореф. дис... канд. пед.

наук. – С.Пб., 1994.

References

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi qonuni (yangi tahriri).-T., 04.09. 2015 yangi nashri..

Jismoniy tarbiya va sport jurnali. 2018-yil.

Shukurllayev J.M. О‘quvchi yoshlarni voleybol sport turiga tanlab olishning metodik xususiyatlari. ACADEMIC RESEARCH in EDUCATIONAL SCIENCES. №.1. 2020 2-oktabr.

Shukurllayev J.M. Boshlang’ich sinf о‘quvchilarini voleybol sport turiga saralab olish usullarini takomillashtirish. “Boshlang’ich ta’limni kompetensiyaviy tashkil etish: nazariya va amaliyot” mavzusidagi onlayn halqaro ilmiy-nazariy anjuman. 2020-yil 28-aprel.

Shukurllayev J.M. 7-14 yoshli maktab о‘quvchilarini voleybol sport turiga tanlab olishning metodik xususiyatlari. “Mug’allim hem uzliksiz bilimlendiriо‘“ 2-son. 2019-yil. Nekis.sh. B.153-156.

Дукальская А.В. Современное представление о развитии физических качеств волейболистов. – Росгов-на-Дону, 1995.

Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. – М.: Физкультура и спорт, 1991.

Мещерякова О.Н. Оптимизация технико-тактической подготовленности юных волейболисток на основе развития специальной ловкости: Автореф. дис... канд. пед. наук. – С.Пб., 1994.