ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
456
XORIJIY MAMLAKATLARDA VA O‘ZBEKISTONDA “YASHIL IQTISOTIYOT”GA
TUTGAN O‘RNI
Haqberdiyev Dilmurod Abrorovich
dilmurodhaqberdiyev12@gmail.com
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15050296
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekistonda ‘‘yashil
iqtisodiyot’’ga tutgan o‘rni tubdan o‘rganilib chiqiladi. Undan tashqari ‘‘yashil iqtisodiyot’’da
bo‘layotgan muammolar o‘rganilib chiqiladi. Shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida
“ yashil” iqtisodiyotga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Kalit so‘z:
Yashil iqtisodiy, resurslar, atrof-muhitni, 45 foizini, Qayta tiklanadigan
energiyaga, investitsiyalar, yoqilg‘i-energetika.
THE ROLE OF THE "GREEN ECONOMY" IN FOREIGN COUNTRIES AND
UZBEKISTAN
Abstract.
This article fundamentally examines the role of the "green economy" in foreign
countries and in Uzbekistan. In addition, the problems encountered in the "green economy" are
studied. It also raises the need to transition to a "green" economy in order to ensure the
achievement of national goals and objectives in the field of sustainable development by 2030.
Key word:
Green economic, resources, environment, 45 percent, Renewable energy,
investments, fuel and energy
.
МЕСТО «ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ» В ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАНАХ И В
УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В данной статье фундаментально рассматривается роль «зеленой
экономики» в зарубежных странах и в Узбекистане. Кроме того, будут изучены проблемы,
возникающие в «зеленой экономике». Это также обуславливает необходимость перехода к
«зеленой» экономике для обеспечения достижения национальных целей и задач в области
устойчивого развития в период до 2030 года.
Ключевые слова:
Зеленая экономика, ресурсы, окружающая среда, 45 процентов,
Возобновляемая энергия, инвестиции, топливо и энергия.
Kirish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
457
Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish strategiyasini
ishlab chiqishda qator muammolar mavjud:
-yashil iqtisodiyot yangi konsepsiya sifatida har bir mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy
holatga bog‘liq holda qoMlanishi lozim;
- rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ustun darajada tabiiy resurslardan intensiv
foydalanishga asoslanadi va bu o‘z navbatida atrof- muhitning ifloslanishiga olib keladi.
Amaliyot nuqtayi nazaridan yashil iqtisodiyotga o‘tish jahon iqtisodiyotida inqirozli
holatlaming tez-tez yuz berayotganligi sharoitida qabul qilinadigan muhim qaror hisoblanadi.
Yashil iqtisodiy siyosat rivojlanayotgan mamlakatlarda quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik muammolami hal etish imkonini beradi:
-sof texnologiyalami joriy etish orqali muqobil energiyadan foydalanish imkoniyatini
yaratish;
-sof ishlab chiqarishga investitsiyani yo‘naltirish asosida resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish. Jahon amaliyoti tahlili ko‘rsatishicha, rivojlangan mamlakatlar yashil
iqtisodiyotga o‘tish jarayonini moliyalashtirishning mustahkam bazasi, sifatli inson resurslari va
ilg‘or texnologiyalarga ega.
Ikkinchidan
: Xitoy iqtisodiyotining “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tajribasi ko‘rib
chiqadigan bo‘lsak Xitoyning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish borasidagi yondashuvi g‘arb
mamlakatlaridan jiddiy farq qiladi. Xitoy o‘sib borayotgan ishlab chiqarish sektorlarini yanada
rivojlantirish bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tamoyillarini muvofiqlashtirishga harakat
qilmoqda. 2005-yilda Xitoyda qabul qilingan qayta tiklanadigan energiya to‘g‘risidagi qonun
ushbu sohaning rivojlanishi ucnun qadam hisoblanadi.
Ushbu qonun bir qator moliyaviy imtiyozlami taqdim etadi, masalan, milliy jamg‘arma
tomonidan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, kreditlar, qayta tiklanadigan
energiya manbalari, xususan shamol energetikasi va tuz energiyasi loyihalari uchun soliq
imtiyozlari va boshqalar. Xitoy shamol generatorlarining ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha jahon
yetakchisi va shamol generatorlarining o‘ rnatilgan quvvati bo‘yicha dunyoda (AQShdan keyin)
ikkinchi o‘rinni egalladi. 2009-yil ma’ lumotlariga asosan
Xitoy butun dunyo bo‘ylab eng yirik quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchisi (PV) bo‘lib,
global quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchisidagi talabning 45 foizini qondiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
458
Bugungi kunda Xitoyda 2 mingdan ortiq “yashil zavod” lar (asosan mashinasozlik,
elektronika, qurilish materiallari va yengil sanoatda) va 170 ta “yashil sanoat parklari” faoliyat
olib boradi va hukumat tomonidan rejalashtirilgan miqdorga nisbatan ancha ko‘p hisoblanadi.
Xitoyda “yashil iqtisodiyot’’ bilan bogliq me’yoriy-huquqiy talablar va hujjatlarni ishlab
chiqarish jarayonlari davom ettirildi. Jumladan, resurslami tasniflashdan tortib korxonaning
emissiya hisoboti va eko-dizaynni baholashgacha bo‘lgan barcha jihatlami qamrab oluvchi yashil
ishlab chiqarish standartlari tizimi 2025-yilgacha sanoat miqyosida foydalanish uchun
shakllantirib borilmoqda. “Yashil zavod”lar faoliyatini ta’minlashga mo‘ljallangan yana yuzlab
standartlar ishlab chiqilmoqda. Biroq, amalda holat har doim ham ijobiy deb baholanmaydi.
Xususan, yashil standart talablariga korxonalar darajasida har doim ham to‘liq rioya
etilmayotganligi qayd etilgan. 2017-yilda Xitoy shimolidagi deyarli 14 000 ta tekshirilgan
kompaniyaning 70 foizi havo ifloslanishi standartlariga javob bera olmagan. Undan tashqari
Uchinchidan:
Belarus Respublikasida ham “yashil iqtisodiyot’’ga alohida e'tibor
qaratilmoqda. "Yashil iqtisodiyot’’ni rivojlantirish bilan bog‘liq qoidalar bir qator me'yoriy-
huquqiy hujjatlarda, shu jumladan Belarus Respublikasini 2021-2025 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturida, shuningdek, Belarus Respublikasining 2035 yilgacha bo‘ lgan davrda
barqaror iqtisodiyotni rivojlantirish milliy strategiyasida o ‘z aksini topgan. 2021-yil dekabr oyida
hukumat 2021-2025-yillarda Belarus Respublikasida “yashil iqtisodiyot’’ni rivojlantirish
bo‘yicha, Milliy harakatlar rejasini tasdiqladi. Bunda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, istiqbollar,
maqsadga muvofiqlikni o‘rganib chiqiladi. Belarus Respublikasida “ yashil iqtisodiyot’’
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari: elektr transporti (infratuzilmasi) va shahar mobilligini
rivojlantirish, “ multipleks” shaharlar konsepsiyasini amalga oshirish; energiya tejamkor turar-joy
binolari qurilishini rivojlantirish va uy-joy fondining energiya samaradorligini oshirish; yalpi ichki
mahsulotning energiya sig‘ imini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan
energiya tejamkor texnologiyalar va materiallami joriy etish orqali; qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish salohiyatini oshirish;
To‘rtinchidan:
Qozog‘iston Respublikasining “yashil iqtisodiyotni’’ rivojlantirish
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari mavjud hisoblanadi. jlantirish strategiyasining ustuvor
yo‘nalishlari Qozog‘istonning “yashil iqtisodiyot’’ strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri
qayta tiklanadigan energiya manbalarini foydalanish hisoblanadi. Mamlakat quyosh, shamol va
gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ulkan salohiyatga ega va hukumat bu sohalarga
faol sarmoya kiritmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
459
Qayta tiklanadigan energiyadan tashqari Qozog‘iston energiya samaradorligi va barqaror
transportni rivojlantirishga ham e’tibor qaratmoqda.
Hukumat sanoat, binolar va transportda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha turli
dasturlarni amalga oshirdi, bu nafaqat energiya sarfini, balki korxonalar va uy xo‘jaliklarining
operatsion xarajatlarini ham kamaytiradi. Bundan tashqari, jamoat transporti va elektr transport
vositalari kabi barqaror transport imkoniyatlarini ilgari surish shaharlarda havo ifloslanishi va
tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan. Qozog‘istonning “yashil iqtisodiyot’’ strategiyasining yana
bir muhim jihati tabiiy resurslarni samarali foydalanish hisoblanadi. Mamlakatda o‘rmonlar,
botqoq yerlar va o‘tloqlar kabi turli xil ekotizimlar mavjud bo‘ lib, ular muhim ekotizim
xizmatlarini taqdim etadi. Undan tashqari tabiiy resurslarga boy va iqtisodiyoti jadal
rivojlanayotgan Qozog‘ston uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun “yashil
iqtisodiyotga’’ o‘tish muhimligini tan oldi.
Qozog'istonning yashil iqtisodiyot strategiyasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, shu bilan
birga atrof-muhitga ta'simi minimallashtirish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, Qozog‘istonning “yashil iqtisodiyot’’ strategiyasi barqaror
rivojlanishni rag‘ batlantirish va ekologik muammolami hal qilishga qaratilgan kompleks
yondashuvni ifodalaydi. Qayta tiklanadigan energiyaga sarmoya kiritish, energiya samaradorligi
va barqaror transportni rag'batlantirish, tabiiy resurslami tejash va yashil innovatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlash orqali Qozog‘iston kelajak avlodlar uchun tabiiy muhitni saqlab qolish bilan birga uzoq
muddatli iqtisodiy o‘sishga erishmoqchi. Mamlakat yashil iqtisodiyot strategiyasini amalga
oshirishda davom etar ekan, mintaqada barqaror rivojlanish bo‘yicha yetakchiga aylanishga.
Beshinchidan:
O‘zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyotga’’ o'tishini ta’minlash
maqsadida “yashil iqtisodiyotga’’ o‘tishining asosiy vazifalari etib belgilandi; Bunga
quyidagilarni ko‘rib chiqishimiz mumkin;
Davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini, davlatxususiy sherikchilikni
rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali “ yashil
iqtisodiyot’’ga o'tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga
ko‘maklashish;
Ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va
ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga “yashil iqtisodiyot’’dagi
mehnat bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Orol bo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’ sirini yumshatish ehoralarini ko‘ rish;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
460
O‘zbekistonda “ yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli kompleks chora-
tadbirlar tizimi BMT tashabbusi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan barqaror rivojlanish
maqsadlari bilan hamohang ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi 2015-yildan keyingi
davrda BMT tomonidan 2030-yilgacha mo‘ ljallangan 17 ta maqsadlar va 169 ta vazifalardan
iborat barqaror rivojlanish dasturini qoilabquvvatlab,barqaror rivojlanish sohalari bo'yicha
kompleks ishlami olib borishini ma’lum qildi: arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya
manbalaridan barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini ta’minlash borasida 2030-yilgacha
jahon energetika muvozanatida tiklanuvchan manbalardan olinadigan energiya ulushini jiddiy
ravishda ko‘ paytirish; energiya samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatkichni ikki baravar
oshirish; zamonaviy va barqaror energiya bilan ta’ minlash uchun infratuzilmani kengaytirish va
texnologiyalami modemizatsiya qilish vazifalari belgilangan; iqlim o'zgarishiga aks ta’ sir
choralarini milliy darajada siyosatga, strategiyaga va rejalashtirishga kiritish hamda iqlim
o‘zgarishi oqibatlarining oldini olish, ularga moslashish va xavfli iqlim hodisalarining
tavakkalchiligidan erta ogohlantirish bo'yicha xabardorligini hamda imkoniyatlarini yaxshilash;
quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona qarshi kurashish, yerlarning ishlab
chiqarish aylanmasidan chiqib ketishini to‘xtatish va ortga qaytarish. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, O‘zbekistonda ‘‘yashil iqtisodiyot’’ga o‘tish Strategiyasini amalga oshirishning
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
461
ustuvor yo‘nalishlari etib iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish,
energiya resurslari iste’ molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ulami yumshatish, tabiiy
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlami asrash, "yashil
iqtisodiyot"ni qo'llab quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqishlar
belgilangan. 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil iqtisodiyot’’ga o‘tish va “yashil
o‘sish’’ni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi; 25 ta korxona va tashkilotda ishlab chiqarilgan
mahsulotning energiya sig‘imi ko‘rsatkichini 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 20%ga
kamaytirishga qaratilgan 2022-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika
resurslarini tejashning maqsadli parametrlari hisoblanadi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning
energiya samaradorligi yetarli darajada emasligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik,
texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun innovatsion
yechimlarni joriy etishda kichik biznesning faol ishtirok etmayotgani milliy iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.
Bunda uzoq muddatli istiqbolda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish quyidagi asosiy
tamoyillarga asoslanishi kerak:
barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik;
resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish; iqtisodiy hisob
tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlami kiritish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun “yashil” vositalar va
yondashuvlarni qo'llash ustuvorligi;
eng muhim tarmoqlarda raqobatbardoshlikni oshirish va ko‘rsatkichlami yaxshilash,
“yashil” ish o‘rinlarini yaratish, aholining farovonligini oshirish orqali mavjud makroiqtisodiy
maqsadlarga erishish;
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda energiya ishlab chiqarish obyektlarining umumiy quvvati
o‘sib bormoqda, ammo rivojlanish sur’ati Yaqin xorijiy mamlakatlar xususan Rossiyaga
qaraganda ancha past. O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oldida eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi,
chunki mamlakat hududining 80 foizini o‘tloqlar va cho‘l hududlari egallaydi, shu sababli iqlim
o‘zgarishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 50-yillarning boshidan
buyon mamlakatda o‘rtacha harorat global isish tezligidan ikki baravar ko‘tarildi. Hozirgi
prognozlar ko‘rsatishicha, zarur yumshatish choralari ko'rilmasa, 2050-yilga kelib mamlakatda
o‘rtacha harorat 1,8°-3,3°C gacha ko‘tariladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
462
Qo‘shimcha moslashish choralarisiz, shu asming o'rtalariga kelib, mamlakat suv tanqisligi
kuchayishi, cho‘llanish kuchayishi, qurg‘oqchilik va yerlar degradatsiyasiga duch kelishi mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘zining hozirgi rivojlanish modeli bo‘yicha o‘sish
chegaralarini engib o‘tish hamda iqlim va ekologiyadan xabardor bo‘lib borayotgan jahon
bozorida iqtisodiy raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘lidagi noyob imkoniyatni yaxshi
tushunadi.
XULOSA:
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha
xorijiy tajribani o‘rganish jarayonida bir qancha muhim fikrlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, ushbu maqsadga erishish uchun aniq chora-tadbirlar va vositalarni o'z ichiga
olgan yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga e'tibor qaratish
lozim. Bu issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo'yicha maqsadlarni belgilash, qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, samarali texnologiyalardan foydalanishni
rag'batlantirish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning yashil tarmoqlarida ishlash uchun kadrlarni tayyorlash va
qayta tayyorlash sohasida boshqa mamlakatlar tajribasini ham hisobga olish muhim. Yashil
loyihalar va tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ta’lim va kadrlar tayyorlash muhim
o‘rin tutadi.
Uchinchidan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda ularning tajribasi va tajribasidan
foydalanish uchun xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish zarur. Kollektiv
harakat va bilim almashish barqaror va ekologik toza rivojlanishga o’tishni sezilarli darajada
tezlashtirishga keng ko’lamli yordam beradi. Shunday qilib, yashil iqtisodiyotni shakllantirish va
rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish O‘zbekiston uchun barqaror rivojlanish va iqlim
o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
https://oriens.uz/media/journalarticles/24_Axmatov_Shoxrux_Togaymurot_ogli_159-
2.
https://www.un.org
3.
http://www.unep.org
4.
http://unfccc.int/resource
5.
http://unesdoc.unesco.org
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
463
6.
https://www.unece.org
7.
Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘ g‘ risida.O‘ zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.2023 yildagi 561-son qarori.
8.
https://lex.uz/uz/docs/-6644013
9.
О‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi “ Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish to‘g‘ risida”gi 0 ‘RQ539-son Qonuni.
10.
Яшил иктисодиёт: Дарслик. /А.В.Вахабов, Ш.Х.Хажибакиев ва бошкалар. —
Тошкент.: “Universitet”, 2020. -262 б.
