Authors

  • Sayyora Jonzoqova
  • Dinora Xolbekova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72638

Keywords:

axloqiy qoida tarbiya odob barkamol inson insonparvarlik ma’naviy fazilatlar umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyat milliy tafakkur islom madaniyati.

Abstract

Maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim metodlari, odob-axloq masalalaridagi qarashlari to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi ochib berilgan.

background image


Mart, 2025-Yil

188

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM METODLARI HAQIDAGI

QARASHLARI

Sayyora Jonzoqova Anvarovna

Guliston davlat universiteti, Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

“Pedagogika va psixologiya kafedrasi” o‘qituvchisi.

sjonzoqova88@gmail.com

Xolbekova Dinora Faxriddin qizi

PP 4-kurs.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15052529

Annotatsiya.

Maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim metodlari, odob-axloq

masalalaridagi qarashlari to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining

ijodiy faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning

ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish

pedagogik ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri

ekanligi ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

axloqiy qoida, tarbiya, odob, barkamol inson, insonparvarlik, ma’naviy

fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyat, milliy tafakkur, islom madaniyati.

Аннотация.

В статье рассматриваются взгляды восточных мыслителей на

методы воспитания и вопросы морали. Также выявлено, что знание образовательных

методов и средств внедрения идей, идей и взглядов восточных мыслителей в творческую

деятельность восточных мыслителей в сознание молодого поколения, и правильное их

использование в жизни является одной из важных особенностей педагогического

мастерства учителя в процессе педагогического образования.

Ключевые слова:

моральное правило, воспитание, нравы, совершенный человек,

гуманизм, духовные качества, общечеловеческие ценности, национальная ценность,

национальное мышление, исламская культура.

Abstract.

The article discusses the views of Eastern thinkers on educational methods and

ethics. It also reveals that knowledge of educational methods and tools in the creative work of

Eastern thinkers instilling educational approaches, ideas, and views into the minds of the younger

generation, and their correct use in life are one of the important features of the teacher's

pedagogical skills in the process of pedagogical education.

Keywords:

moral code, education, etiquette, perfect person, humanity, spiritual qualities,

universal human values, national value, national thinking, Islamic culture.


background image


Mart, 2025-Yil

189

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi.

Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy - ma’rifiy merosi

haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari

ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarning

pedagogika fani rivojida muhim o‘rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg‘a surilgan ta’lim-

tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida

Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan

e’tibor asosiy o‘rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo‘la oladigan

hodisadir. Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining

eng yuksaklikka ko‘tarilgan, boy davri bo‘lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo‘nalishi, birinchisi -

inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko‘zi bilan egallanadi, ikkinchisi - bu fanlar inson tomonidan,

boshqa kishilardan taqlid qilib o‘rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi.

Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarish markazi

”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag‘dod, ”Baytul hikmat”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy

ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining

qo‘shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko‘p

qirrali qorishiq turi vujudga keldi.2 Bunday ko‘p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida

vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg‘oniy (247-861),

Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-

1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo‘lgan.

Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo‘shgan ulushlari nihoyatda boy

bo‘lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo‘nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.

Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o‘rganishda inson xislatlari

to‘g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o‘zining falsafiy

qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o‘rganishga ahamiyat

beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo‘lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy

quvvatga, aql va so‘zlash qobiliyatiga egaligi, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib

turishi va uning ustidan hokim bo‘lish imkoniyatini berganligi namoyon bo‘ladi. Abu Rayhon

Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi.

Uning fikrich, iIlm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan,

barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko‘zlik bilan oltin-kumush to‘plash uchun

bo‘lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo‘lishdir”.


background image


Mart, 2025-Yil

190

Muhammad al-Xorazmiy (9 asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. U

birinchi bo‘lib koinot ob‘yektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval

ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi,

yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning

mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi.

Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kеlinmoqda. Abu Rayhon Beruniy, bilishni

uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat

borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kеlajakda bilib oladi. Abu Ali

ibn Sinoning bilish nazariyasida sabab haqidagi ta‘limoti alohida o‘rin oladi.

U sabablarni aniq, sezish asosida aniglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish

asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kеlish sabablarini

aniqlash yo‘li bilan aniglanishi mumkin, deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani

o‘zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va dorilar ta‘sirini kuzatish

asosida aniqlagan. Abu Ali ibn Sino ta’lim oluvchilarni jamoa qilib o‘qitishni ta’kidlaydi. U ta’lim

oluvchilarni o‘qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo‘ymaslik kerak, deb o‘qtiradi.

Shuningdek,

olimning

fikricha,

olib

boriladigan

o‘quv

mashg‘ulotlarning

mazmunmohiyati ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi va unda turli xil

ta’lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta’lim oluvchilaridagi zerikishning

oldi olinadi. Ibn Sino ta’limoti bo‘yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanilm asin-u og‘zaki

ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko‘rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalami uyushtirish

bo‘ladimi, baribir, ta’lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash

qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish

asosiy maqsad bo‘lgan.

Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon

Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Musliqiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham

ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko‘rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi,

moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va

qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib

berganlar.

Xulosa o‘rnida davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish

o‘rinlidir: ”Dunyoga Buxoriylar, Beruniylar, Termiziylar, Moturidiylar, Xorazmiylardek buyuk

alloma va aziz-avliyolarni bergan jonajon Vatanimiz yoshlari ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lib

ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur”.


background image


Mart, 2025-Yil

191

Demak, buyuk ajdodlarimiga xos azmu shijoat, xalqimizning metin irodasi, tobora ulg‘ayib

kelayotgan barkamol avlodimizga tayanib, jamiyatimiz hayotini tubdan yangilash yo‘lini izchil

davom ettirish-eng dolzarb vazifamizdir.Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, sharq

mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik qarashlari bilan bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz

tafakkuruni boyitib kelmoqda. Xozirgi kunda ham ularning bunyodkor g‘oyalari yosh avlodni

shaxs qilib tarbiyalashda o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.

REFERENCES

1.

A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil.

2.

A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O‘qituvchi» nashriyoti, T.:1993.

3.

Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti, T.:1993

4.

Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o‘rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy

ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son.

References

A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil.

A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O‘qituvchi» nashriyoti, T.:1993.

Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti, T.:1993

Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o‘rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son.