DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL QUALITIES OF STUDENTS ON THE BASIS OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES - AS AN URGENT PEDAGOGICAL PROBLEM

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Jonzoqova, S. (2023). DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL QUALITIES OF STUDENTS ON THE BASIS OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES - AS AN URGENT PEDAGOGICAL PROBLEM. Modern Science and Research, 2(5), 141–147. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19796
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article contains valuable information about current problems and solutions of developing students' professional qualities based on innovative educational technologies.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

INNOVASION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNING

KASBIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH – DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO

SIFATIDA

Jonzoqova Sayyora Anvarovna

Guliston davlat universiteti

Pedagogika fakulteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7903200

Annotatsiya.

Mazkur maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning

kasbiy sfatlarini rivojlnatirishning dolzarb muammolari va yechimlari to’g’risida qimmatli
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ta’lim, taraqqiyot, metodika, hujjat, muammo, pedagog.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ

ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ - КАК

АКТУАЛЬНАЯ ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

Аннотация.

Данная статья содержит ценную информацию об актуальных

проблемах и решениях развития профессиональных качеств студентов на основе
инновационных образовательных технологий.

Ключевые слова:

образование, разработка, методика, документ, проблема, педагог.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL QUALITIES OF STUDENTS ON THE

BASIS OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES - AS AN URGENT

PEDAGOGICAL PROBLEM

Abstract.

This article contains valuable information about current problems and solutions

of developing students' professional qualities based on innovative educational technologies.

Key words:

education, development, methodology, document, problem, pedagogue.


O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda ta’limni isloh qilish

borasidagi boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish asosida
intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi dolzarb
masalaligi ta’kidlangan. Ushbu xujjatlarda o‘zbek xalqning boy intellektual merosi va
umumbashariy qadriyatlar xamda fan va texnologiyalarning yutuqlari asosida yosh kadrlar
tayyorlashning zamonaviy tizimini shakllantirish dolzarb masala ekanligi alohida qayd etilgan.
Bu esa, kuchli va yuqori darajadagi bilimlarni egallagan malakali pedagogik kadrlar tayyorlash,
ularning faoliyatida o‘zaro raqobatga asoslangan muhitni yaratish, o‘quv, ilmiy adabiyotlarinining
mazmuni, shakli, ko‘rinishini zamonaviy talablarga muvofiq sifatli yaratish va ta’lim-tarbiya
jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish kabi qator vazifalar ijrosini
ta’minlash bilan xarakterlanadi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim muassasalari, jumladan, pedagogika
oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi.

O‘zbekicton Respublikaci Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikacini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida
uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarorida pedagogika sohasini
rivojlantirishga oid vazifalar belgilangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

142

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogika

ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli Qarorida
quyidagi ustuvor yo‘nalishlar kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etishi e’tirof etilgan, jumladan:

-talabalarning o‘zida shakllangan pedagogik kasbga bo‘lgan qiziqishi va intilishi yuqori

darajada bo‘lgan ta’lim sub’ektlarini aniqlash va ularni ko‘zlangan natija beradigan darajada
tarbiya qilib va tayyorlab borishning uzluksizligini ta’minlash;

- soha bo‘yicha ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan uyg‘un bo‘lishini

asoslash orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ijtimoiy hayotda o‘rniga ega bo‘lgan
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy nazariyaga yo‘naltirilgan ilmiy va innovasion faoliyatni
samara beradigan tarzda tashkil etish;

-pedagog kadrlar buyurtmachilari talab hamda ehtiyojlarini doimiy o‘rganish, ular bilan

muntazam ravishda interaktiv hamkorlikni rivojlantirish va bilimli va salohiyatli pedagog kadrlar
tayyorlashning ilmiylik xususiyati mujassamlashgan istiqbolli rejalarini tuzish va mazkur rejalarni
amalga oshirish;

- oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-

kommunikasiya va ta’lim texnologiyalarining fanlararo integrasiyasini ta’minlash, shuningdek,
pedagog kadrlarning kasbiy qobiliyati, mahoratini izchil, tizim asosida rivojlantirib borish uchun
qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish muhimdir.

Ta’kidlash joizki, hozirgi globallashuv sharoitidagi dolzarb muammolardan biri mehnat

bozorini o‘rganish bo‘lib, u bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish bilan
chambarchac bog‘liq. Shu tariqa mehnat bozorida faoliyat olib borayotgan yetuk mutaxassislarga
bo‘lgan talab va ehtiyojni chuqur o‘rganish, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan
integrasiyalashuvini amalga oshirish, talabalarni kasbiy salohiyatga ega jamoalarda tarbiyalash,
innovasion texnologiyalar rivojlanishining yangi usullarini o‘rganishga yo‘naltirish, malakali,
iqtidorli mutaxassislarni ta’lim jarayoni va pedagogik faoliyatga jalb etish hamda amaliyotni aniq
maqsadlar asosida tashkil etish masalalalariga e’tibor qaratish asosiy o‘rin egallaydi.

Malakali kadrlarni tayyorlashga oid ilmiy adabiyotlarda “yo‘naltirilgan”, “kasbiy

yo‘nalganlik”, “shaxsning kasbiy yo‘nalganligi”, “ta’limning kasbiy yo‘nalaganligi” kabi
tushunchalar alohida ta’riflanadi.

Kasbiy yo‘nalaganlik tushunchaci shaxsning o‘z faoliyatini muayyan sohaga yo‘naltiruvchi

va mavjud vaziyatlarga bog‘liq bo‘lmagan motivlar yig‘indisi hisoblanib, bilim, tajriba va
layoqatini mohirlik bilan qo‘llashga intilishidir. Bu jihatlar bevosita shaxsning ehtiyoj va
qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ta’limning kasbga yo‘nalganligi talabaning kasbiy ahamiyatga
molik bilimlarni qo‘llash imkoniyatini ifoda etadi.

Shaxcning kasbiy ahamiyatga ega sifatlariga diqqat qilinganda, avvalo, bu jihat faoliyat

sub’ektlarining individual xususiyatlarini tushunishni talab etadi. Bu sifatlar muvaffaqiyatli
faoliyat garovi bo‘lib, o‘zlashtirishga ijobiy ta’sir qiladi. Kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyat o‘z
ishidan qoniqish hosil qilishga bog‘liq holda individual sifatlar va kasbiy talablarning o‘zaro mos
kelishini taqozo etadi. Demak, shaxsning kasbiy ahamiyatga molik sifatlari muayyan aniq faoliyat
davomida insonning o‘z imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqara olishidir.

Shu jihatni inobatga olib, talabalar kasbiy sifatlarini takomillashtirishning ilmiy-nazariy,

pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish uchun “rivojlantirish” tushunchacining


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

143

mazmun-mohiyati izoh berish o‘rinli. U ko‘proq miqdoriy xarakterga ega tushuncha bo‘lib,
individning shaxsga xos yangi xususiyatlarni butun umri mobaynida egallab borish jarayonini
o‘zida aks ettiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida miqdoriy jihatlarga nisbatan sifat ko‘rcatkichlari
ahamiyatliroqdir.

Lug‘aviy jihatdan qaralganda, “rivojlanish” so‘zi arab tilida “bir holatdan ikkinchi yuqori

holatga o‘tish, o‘sish, yuksalish, taraqqiyot, ravnaq” kabi ma’nolarni anglatadi. Rivojlanish inson
tug‘ilganidan faoliyatining so‘ngigacha davom etadigan uzluksiz jarayondir. Dars jarayoni doimiy
rivojlanish omili bo‘lib, bu o‘qituvchi bilan birga o‘quvchining ham passiv, ham aktiv o‘zaro
doimiy harakatlari mahsulidir. Ta’lim jarayoni aynan mana shunday omillar orqali tashkil etilmas
ekan, unda ishtirok etuvchi sub’ektlarning faoliyati sust bo‘lib qoladi. Rivojlantiruvchi ta’limda
o‘quv jarayoni talabalarning ichki imkoniyatlari va ularni ro‘yobga chiqarishga yo’naltiriladi.
Seminar-treninglarni samarali tashkil qilish ta’lim oluvchilarning ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish barobarida imkoniyatlarini to‘la namoyon etishga yordam beradi.

Talabalarda bo‘lajak o‘qituvchi sifatida innovasion pedagogik faoliyat ko‘nikmalari

o‘zlashtirilishiga oid bir qancha omillar mavjud. Bizningcha, bu omillarning tarkibiy qismiga
quyidagi kaloritlarni kiritish maqsadga muvofiq:

1) innovasion pedagogik faoliyatni olib borishga asoslangan oshirish harakat rejacini tuzib

chiqish, ularning mazmuniga muayyan vaqt mobaynida zaruriy o‘zgartirishlar va yangi
yo‘nalishlarni kiritish;

2) innovasion pedagogik faoliyatda kasbiy mahoratni oshirish, o‘z ustida muntazam ishlash

orqali amaliy ko‘nikmalarini o‘stirib borish;

3) kelgusi faoliyatda kuchli mutaxassis sifatida e’tirof etilishi uchun o‘zining intellektual

imkoniyatlarini ishga solish;

4) milliy va xorijiy mamalakatlar ta’lim tizimida tan olingan innovasiyalar bilan tanishish

hamda ularni o‘z faoliyatiga tatbiq etib borish;

5) pedagogik innovasiyalarni tahlil qilish asnosida ularning samaradorligini xolis baholash.
Talabalarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishda yangi pedagogik g‘oyalarni singdirish,

zamonaviy metodik ilmiy qarashlarni asoslash ijodiylik sanalib, bu ularning kreativligi,
ijodkorligi, nutq madaniyatiga erishishning samaradorligini ta’minlaydi. Demak, ijodkorlik
sifatlariga ega bo‘lmagan holda innovasion mazmundagi ta’lim jarayonini tashkil etish mumkin
emas. Bu jihatlar bevosita ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligi masalasiga borib taqaladi.
Bugungi kunga kelib ta’limdan ko‘zlangan maqsad faqat bilim berish bilan cheklanmagan holda
tarbiyaviy maqsadlarning ustuvorligiga ham tayanadi.

V.I.Andreev“ta’lim”ni “madaniyat”da o‘z aksini topuvchi, o‘qitish va tarbiya orqali amalga

oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. O‘z navbatida, “o‘qitish” kategoriyaci insonning o‘ziga
xosligini uning “ta’limi”, “tarbiyachi” va “rivojlanishi” tushunchalari orqali ochib beradi. Ba’zi
adabiyotlarda “rivojlanish” “shakllanish” orqali amalga oshishi xususida fikr bildirilsa,
boshqalarida “shakllanish” “rivojlanish” asosida tarkib toptirilishi ta’kidlanadi. Shunga
qaramasdan, ko‘plab mualliflar “rivojlanish” tushunchasining keng qamrovli ekanligini hamda
shaxcning asosiy motivasion ehtiyojlari kognitiv va irodaviy rivojlanish sohasidagi o‘zgarishlar
dinamikasini ifodalashida ko‘proq qo‘llanilishini e’tirof etadilar.

G.K.Selevko, V.P.Bespalko, N.N.Azizxodjaeva, O‘.Q.Tolipov, B.X.Xodjaev kabi

olimlarning “texnologiya” tushunchasi mohiyatini aniqlashga doir yondashuvlari tahlili uning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

144

mazmun-mohiyatini tushunish va qabul qilish imkonini beradi. Tadqiqotning o‘rganilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan G.K.Selevkoning “pedagogik texnologiya” tushunchasi mohiyatiga izoh
berishidagi ta’rifi mos kelishi mumkinligi xulosa qilindi: “Pedagogik texnologiya – bu ilmiy
asosda tashkil etiladigan, aniq vaqt va makon doirasida dasturlashtiriladigan va kutiladigan
natijalarga olib keladigan pedagogik jarayonning barcha komponentlarini harakatga keltirish
tizimi”.

Ko‘pgina olimlarni shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayonida

qo‘llash masalasi qiziqtirgan. Talabalarni tadqiqot faoliyatiga jalb etish orqali o‘qitishni
faollashtirish masalalari E.Yu.Girfanova, L.A.Kazanseva, A.A.Kircanov, asarlaridan joy
egallagan. O‘qitishning psixologik konsepsiyasi acocini sermahsul jarayon sifatida
C.L.Rubinshteyn tomonidan ilgari surilgan fikrlash nazariyasi tashkil etadi.

Talaba shaxsini ta’lim maqsadi ta’lim oluvchining shaxsiga xos sifatlarni tarkib toptirishni

o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun innovasion ta’lim sharoitida yuqori kasbiy salohiyatga ega
mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masaladir. Ko‘pgina xorij ta’lim
tizimida bilim berishga asoslanilgan yondashuvdan ko‘ra kompetentlik yondashuviga o‘tish
samarasi kuzatiladi. Mazkur yondashuv egallangan ilmiy, nazariy bilimlardan shaxsning
rivojlanishi, ijtimoiylashishi va iqtidorining qay yo‘sinda takomillashtirishni ko‘rsatishga
asoslanganiligi bilan izohlanadi.

Bugungi kunga kelib ta’lim mazmuni tez-tez yangilanishga ehtiyoj sezmoqda. Bu

innovasion ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kacbiy cifatlarini rivojlantirishga oid
ta’lim texnologiyalarini qo‘llashni talab etadi.

O‘qituvchi tomonidan shaxcga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish

masalasini tadqiq qilgan A.X.Yugayning fikricha, “shaxsni rivojlantiruvchi texnologiyalar – bu
o‘qitishni rivojlantiruvchi xarakteri, ob’ektiv ravishda o‘zining tabiatidan kelib chiqadigan
ijtimoiy jarayon. To‘g‘ri etkazilgan ta’lim har doim rivojlanadi, ammo innovasion texnologiyalar
shaxcni har tomonlama rivojlantirishda o‘qituvchilar va talabalarning o‘zaro munosabatiga
alohida yo‘naltirilgan holda yanada samarali amalga oshiriladi. Talaba shaxsini rivojlantirishga
qaratilgan

ta’limning

ushbu

alohida

yo‘nalishi

“innovasion

ta’lim”

atamacida

mustahkamlangan”[164].

Talabada kasbiy sifatlar rivoji bevosita o‘qitish ishlari samaradorligi bilan belgilanadi.

Masalaga A.K.Rahimov tomonidan quyidagicha yondashiladi: “O‘qitishni rivojlantirish
talabalarning har tomonlama rivojlanishi, faol yondashuvni rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni
mustaqil egallashi. Bu yerda o‘qituvchi axborot beruvchi, bilim va haqiqat yetkazuvchi emas, balki
talabalar faoliyatining faolligini oshiruvchi, izlanish jarayonining tashkilotchisi hisoblanadi”.

Olimlar va pedagoglar tomonidan berilgan ta’riflarning turlichaligidan kelib chiqib, shaxsga

yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari pedagogik shart-sharoit va ta’lim-tarbiya jarayonidagi
muhitni talabadagi shaxsiy imkoniyatlarga muvofiq ravishda tashkillashtirishni nazarda tutadi.
Bunda har bir talaba shaxsini tushunish, hurmat qilish, unga ishonch bildirish alohida o‘rin
egallaydi va ijobiy natijalarni ta’minlaydi. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi
kommunikativ metodlarga tayanishini ta’kidlagan holda quyidagilarga amal qilinishini qayd etish
mumkin:

a) yaratilgan muhit shunday bo‘lishi kerakki, unga qaratilayotgan e’tibordan talaba o‘zini

shaxc sifatida sezsin;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

b) ta’limdagi muhit uning muvaffaqiyatlariga zamin yaratishi, o‘z imkoniyatlariga

ishonchini mustahkamlashi, jamoaga mas’ullik hissini uyg‘otishi;

v) boshqalarning hurmati va ishonchini qozonishi va h.k.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda “rivojlantirish” atamasi individga, uning psixikasiga

munosabat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ya’ni, rivojlanish – bu individning ichki zaruriy
xatti-harakati, “o‘zini o‘zi harakatlantirish” bo‘lib, tashqi ta’sir doimiy ravishda ichki yo‘nalganlik
asosida harakatlanadi. Rivojlanish bu insonning jismoniy va ma’naviy rivojlanishining ketma-
ketlikda amalga oshadigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining ob’ektiv jarayoni.

N.A.Yuldasheva tomonidan shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasida o‘yin

elementlarini maqsadli yo‘naltirish ahamiyati quyidagilarda ko‘rsatiladi:

1. Didaktik maqsadlar: dunyoqarashni kengaytirish, bilish faoliyati; bilim, ko‘nikma va

malakalarni amaliyotda qo‘llash, amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan alohida ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish; mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2. Tarbiyalovchi maqsadlar:

mustaqillikni, erkinlikni tarbiyalash, muayyan yondashuvlarni,

mavqelarni, axloqiy, estetik va dunyoqarashga oid ko‘rsatmalarni shakllantirish; hamkorlikni,
jamoatchilikni kommunikativlikni, muomalalikni tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi maqsadlar:

diqqat, xotira, nutq, tafakkur, taqqoslash, solishtirish

ko‘nikmasi, o‘xshashini topish, mulohazalashni, ijodiy qobiliyatlar, refleksiya, empatiya, maqbul
yechim topish ko‘nikmasini rivojlantirish, o‘quv faoliyati motivasiyasini o‘stirish.

4. Ijtimoiylashtiruvchi maqsadlar:

jamiyat me’yorlari va qadriyatlariga aralashuv; muhit

sharoitlariga ko‘nikish; kuchli nazorat, o‘z-o‘zini yo‘naltirish; muloqotga o‘rgatish; psixoterapiya.

D.B.Yakubjanova tomonidan shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga

oshirishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni hisobga olish maqsadga muvofiqligi qayd etiladi:

- talabaning muayyan faoliyatga kirishishi ixtiyoriy ekanligi;
– qo‘yilgan maqsadga erishish vositasini tanlashda har bir talabaning imkoniyatlariga

ishonish, vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlariga xayrixohlik bildirish;

– ta’lim vazifalarini belgilashda samarali va oqilona strategiya tanlash;
– pedagogik ta’sir etish jarayonida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish;
– talabalarning qiziqishlari, ularning individual ishtiyoqi, xohish-istaklarini hisobga olish va

ularda yangi qiziqishlarni uyg‘otish”.

Talabalarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyaviy yondashuvning uch muhim

jihatini o‘zida aks ettirishini ko‘rsatdi: faoliyatga yo’naltirilgan, kommunikativ va shaxsiy.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv talabalarda ijodkorlik bilimlari, ijodiy faoliyat usullari va
vositalarini o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Kommunikativ jihat pedagogik muloqotni ijodiy tarzda
amalga oshirishga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shaxsiy jihat ijodiy
tafakkur yuritish, kasbiy refleksiya, kasbiy-pedagogik yo‘nalganlikni o‘zida aks ettiradi.

So‘nggi paytlarda talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish masalasi o‘qitish jarayonida

ta’lim mazmunini o‘zlashtirishning standart bo‘yicha natijasi qandayligini ifoda etuvchi
ko‘rsatkichlarni aks ettirishi va shaxsiy faoliyat davomida madaniy va umumbashariy
xususiyatlarning effektida o‘z aksini topadi. Shuning uchun bu vazifa talaba yoshlarning o‘z
tanlagan kasbi bo‘yicha faoliyat olib borishida, jamiyatda ijtimoiy faol shaxs sifatida o‘z mavqeini
egallashiga oid muhim masalalarni hal etish dolzarb sanalmoqda. Buning uchun mutaxassisda turli
yo‘llar bilan, xususan, mustaqil bilim olish: ta’lim muassasasidan tashqarida ham bilim olish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

ijtimoiy-mehnat sifatlari: o‘z sohasiga tegishli mehnat bozoridagi holatlarni tahlil qila bilish,
professional potensialini munosib baholash, ijtimoiy munosabatlardagi axloq me’yorlariga rioya
qilish kabi faoliyati turlari belgilangan.

A.K.Markova kasbiy sifat tarkibi nafaqat aqliy va shaxsiy xususiyatlarni, balki somatik,

morfologik, neyrodinamik kabi boshqa biologik xususiyatlarni ham o‘z ichiga olishi mumkinligini
ta’kidlaydi. Xuddi shu fikrni B.A.Dushkov qo‘llab-quvvatlaydi va kasbiy sifatlar tarkibiga
jismoniy fazilatlarni ham qo‘shadi.

“Kasbiy sifatlar” tushunchasi “qobiliyatlar” tushunchasiga nisbatan kengroq. Yuqoridagi

fikrlar M.A.Bendyukov va I.L.Colominlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va bu borada sog‘liq,
tayyorgarlik va qobiliyat kabi sifatlarning o‘rni belgilanadi. Demak, kasbiy ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish jarayonida har bir qobiliyat aniq harakatlarda ro‘yobga chiqib, o‘z kesimini topadi,
kasbiy muhim sifatga aylanadi.

Yu.V.Kotelova kasbiy sifatlarning yana bir sinonimini oldinga qo‘yadi – “kasbiy muhim

belgilar”. Ular orasiga muallif sensor, aqliy va vosita faoliyatining xususiyatlarini, shuningdek,
diqqat, xotira xususiyatlari va hissiy-irodaviy sohani kiritadi.

Kasbiy sifatlarning to‘liq ta’rifi A.V.Karpov tomonidan berilgan: “kasbiy sifatlar standart

darajada amalga oshirilishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan, uning asosiy samarali parametrlari –
sifat, samaradorlik, ishonchlilik”ning kamida bitta (yoki bir nechta) bilan sezilarli darajada va
ijobiy bog‘liq bo‘lgan sub’ekt faoliyatining shaxsiy xususiyatidir. Biroq, u muvaffaqiyatli kasbiy
faoliyatni amalga oshirish uchun muayyan minimal yoki yetarli vakolatni anglatadigan muayyan
me’yoriy darajani birinchi bo‘lib aniqlaydi”.

Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, talaba bo‘lajak o‘qituvchi sifatida kasbiy-

pedagogik faoliyat qirralari: o‘zi o‘qitadigan fan asoslarini mukammal o‘rganishi, bilganlarini
o‘quvchilarga yetkaza olishi, o‘zini tutishi, o‘quvchilar jamoasini boshqara olishi, nutqiy
ko‘nikmalarni puxta egallashi kabi xususiyatlarni o‘zlashtirishi muhim sanaladi.

Xullas, talabalarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish ulardagi muayyan bir soha bo‘yicha

faoliyat olib borishga bo‘lgan motivasion xususiyatlarini rivoj toptirib kuchaytiradi, ularda
shakllangan ilmiy salohiyati, potensialidan o‘rinli, samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini
takomillashtirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1993-y. – 224 b. 185-bet. 84

2.

Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU. 2003-
yil. 174 6. 92-bet.

3.

Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma). –
T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006-y. – 160
b. 66-bet.

4.

Golubеva E.A “Inson aqlining individual xususiyatlari” (psixologik izlanish) Moskva
1980- yil.

5.

Raximov S., To‘raqulov E. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida. –
Toshkent, 1992.

6.

Raximov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida. -Toshkent: O‘qituvchi, 1967. – 99 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

7.

Rubinshtеyn S.L “Umumiy psixologiya” (o’quv qo’llanma) Toshkеnt.1979 -yil.

8.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL
THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN
MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.


References

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993-y. – 224 b. 185-bet. 84

Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU. 2003-yil. 174 6. 92-bet.

Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma). – T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006-y. – 160 b. 66-bet.

Golubеva E.A “Inson aqlining individual xususiyatlari” (psixologik izlanish) Moskva 1980- yil.

Raximov S., To‘raqulov E. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida. – Toshkent, 1992.

Raximov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida. -Toshkent: O‘qituvchi, 1967. – 99 b.

Rubinshtеyn S.L “Umumiy psixologiya” (o’quv qo’llanma) Toshkеnt.1979 -yil.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов