Authors

  • Dilshoda Nuritdinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.72644

Keywords:

darslik topishmoqlar tahlil ustoz o‘quvchi chaqqonlik jumboqlilik xalq og‘zaki ijodi.

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faolligi, topqirligi, so‘z boyligi, zukkoligi va xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishini orttirish borasidagi fikr-mulohazalar yoritilgan.

background image


Mart, 2025-Yil

212

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA XALQ TOPISHMOQLARINI

O‘RGATISH METODIKASI

Nuritdinova Dilshoda Fazliddin qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi .

https://orcid.org/m y-orcid?orcid=0009 -0007-2085-9153

https://doi.org/10.5281/zenodo.15052581

Annotatsiya.

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faolligi, topqirligi, so‘z

boyligi, zukkoligi va xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishini orttirish borasidagi fikr-mulohazalar

yoritilgan.

Tayanch so‘z va iboralar:

darslik, topishmoqlar, tahlil, ustoz, o‘quvchi, chaqqonlik,

jumboqlilik, xalq og‘zaki ijodi.

Xalq og‘zaki ijodi namunalarining eng ajoyib va eng kichik janrlaridan biri

topishmoqlardir. Bu janr bolalarni ko‘proq kuzatuvchanlikka, hayotni mukammal bilishga,

sinchkovlikka o‘rgatadi. Ammo topishmoqlarni folklorda faqat yosh bolalargagina taalluqli deb

hisoblash to‘g‘ri emas, chunki topishmoq aytish va topish musobaqalarida kattalar ham qiziqish

bilan ishtirok etaveradilar. Hatto olima Z.Husainovaning ma’lumot berishicha, uzun qish

kechalarida urchuq yigirgan va olacha to‘qigan xotinlar, Samarqand atrofida boshqa qishloqlardan

to‘yga kelib xonadonlarga bo‘lingan mehmonlar o‘zaro chaldirmoq ( tez aytish), jumboq, ya’ni

topishmoqlar aytishgan.

Topishmoqlar dunyo xalqlari folkloridagi eng qadimiy kichik janrlardan biri hisoblanadi.

Bu oʻzbek topishmoqlariga ham xos xususiyatdir. Biroq ― “kichik” atamasini nisbiy maʼnoda

qabul qilish zarur. Zero, xalq ogʻzaki ijodida shunday topishmoqlar borki, ularning mazmunini

butun boshli ertak yoxud dostonga teng deb qarashimiz mumkin.

Topishmoqlar o’zida xalqning moddiy-madaniy hayotining ba’zi etnografik tomonlarini

hamda tilning leksik va grammatik boyligini o’rganishda bir qancha muhim elementlarni namoyon

qiladi. Rus xalqi orasida dekabr, yanvar oylarida, turkmanlarda navro’z bayrami oqshomlarida,

o’zbek xalqida esa boshqa qardosh xalqlar singari kuz va qish fasllarining uzun kechalarida

topishmoq aytish rasm bo’lgan. Qaysi bir xalqda bo’lmasin, topishmoq aytish aql va ziyraklik

musobaqasi, zehnni o’tkirlash mashqi, ko’ngil ochish, o’yin-kulgu vositasidir.

Har bir yosh bola, albatta, topishmoqqa qiziqadi, uni topishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Javobi to‘g‘ri yoki xatoligini bilmasdan darrov xayoliga kelgan fikrni aytishga harakat

qiladi.


background image


Mart, 2025-Yil

213

Mana shu jihatlarni inobatga olib, boshlang‘ich sinf darsliklarida juda ko‘plab

topishmoqlar keltirilgan. Topishmoq janri namunalari o‘quvchilarni qiziqtirmay qo‘ymaydi, ularni

topqirlikka, chaqqonlikka, ziyraklikka undaydi. Topishmoqlarni hayot bilan bog‘lab tushuntirsak

ham bo‘ladi. Hozirgi yoshlar juda ham ziyrakki, hamma narsani darrov ilg‘ay oladilar.

Avvalambor, boshlang‘ich sinf darsliklarida keltirilgan topishmoqlarning nisbati va bola

yoshiga muvofiqligi masalasiga diqqat qaratsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1-sinf “Ona tili va

o‘qish savodxonligi” (1-qism 47-bet) darsligida quyidagi o‘zbek xalq topishmoqlari keltirilgan:

Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar. (shamol)

Oppoqqina dasturxon

Yer yuzini qoplagan. (qor)

O‘tda yonmaydi,

Suvda botmaydi. (muz)

Berilgan topishmoqlarni hamma o‘quvchilar ham topolmasligi mumkin. O‘qituvchi hamda

kitobda berilgan rasmlar orqali o‘quvchilar javobni topishga harakat qiladilar, intiladilar.

Yuqoridagi namunalarni tabiatga oid topishmoqlar guruhiga kiritish mumkin.

2-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” (1-qism 98-bet) darsligida esa:

Bir tuyam bor, guldiroq,

Hamma yeri yaltiroq. (traktor)

Cho‘zilib yotar narvon,

Undan o‘tar uy – karvon. (temir yo‘l, poyezd)

Baland temir uy yurar,

Burni tog‘larni surar. (ekskovator)

kabi topishmoqlarni uchratamiz.

Keltirib o‘tilgan topishmoqlar transport vositalariga oid buyumlarni atab keluvchi

topishmoqlar guruhiga kirishini o‘quvchilar bemalol to‘g‘ri ajrata olishadi. Bundan tashqari,

o‘quvchilar bu transport vositalarini qay darajada bilishlarini, ulardan qay maqsadlarda

foydalanishimiz mumkinligini muammoli vaziyat yaratib aniqlab olsak ham bo’ladi. Bilmagan

o‘rinlari esa o‘qituvchi tomonidan tushuntirib boriladi.

Ko‘rib o‘tilganidek, topishmoqlarga nafaqat yosh bolalar, balki katta yoshdagilar ham

birdek qiziqadilar. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini

sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham oshirib borish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun katta

mas’uliyat, albatta, fan o‘qituvchisining zimmasiga tushadi.


background image


Mart, 2025-Yil

214

Darsliklarda turli mavzularga doir topishmoqlarni uchratishimiz mumkin. Xulosa qilib

aytadigan bo‘lsak, oddiy ko‘ringani bilan topishmoqlarning ham ahamiyati katta. Bolalarning

nutqiy faoliyatini o‘stirishga, ziyraklikka, topqirlikka undashidan tashqari, turli mavzularga oid

namunalar yosh avlod vakillarini hayotsevarlik, kasbiy ko‘nikmalarni egallash ruhida

tarbiyalashga ham xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

I.Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 1-sinf

uchun darslik 1-qism. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 47-bet.

2.

I. Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-sinf

uchun darslik 1-qism. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 98-bet.

3.

O.Madayev, T.Sobitova. Xalq og‘zaki poetik ijodi. “Sharq” nashriyoti, Toshkent – 2010.

– 42-bet

4.

DEVELOPMENT OF SPEAKING COMPETENCES OF PRIMARY CLASS

STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES D. F. Nuritdinova

Bukhara State Pedagogical Institute Teacher of the primary education department

5.

Нуритдинова, Д. Ф. Қ. (2022). Способы преподавания народного творчества в

начальных классах на основе проблемного метода. Science and Education, 3(10), 437-

444.

6.

Nuritdinova, D. F. (2024). Development of Speaking Competences of Primary Class

Students Based on Pedagogical Technologies. EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(5), 74-77.

7.

Akhmedova, D. B., & Nuritdinova, D. (2022). METHODOLOGICAL BASIS OF

STUDYING FOLK PROVERBS AND RIDDLES IN PRIMARY CLASSES. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 10(7), 107-110.

8.

Nuritdinova, D., & Ikromova, N. (2023). INNOVATIVE METHODS OF TEACHING

PRIMARY CLASS STUDENTS TO READ EXPRESSIVELY. International Journal of

Advance Scientific Research, 3(11), 318-322.

References

I.Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 1-sinf uchun darslik 1-qism. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 47-bet.

I. Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-sinf uchun darslik 1-qism. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 98-bet.

O.Madayev, T.Sobitova. Xalq og‘zaki poetik ijodi. “Sharq” nashriyoti, Toshkent – 2010. – 42-bet

DEVELOPMENT OF SPEAKING COMPETENCES OF PRIMARY CLASS STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES D. F. Nuritdinova Bukhara State Pedagogical Institute Teacher of the primary education department

Нуритдинова, Д. Ф. Қ. (2022). Способы преподавания народного творчества в начальных классах на основе проблемного метода. Science and Education, 3(10), 437-444.

Nuritdinova, D. F. (2024). Development of Speaking Competences of Primary Class Students Based on Pedagogical Technologies. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(5), 74-77.

Akhmedova, D. B., & Nuritdinova, D. (2022). METHODOLOGICAL BASIS OF STUDYING FOLK PROVERBS AND RIDDLES IN PRIMARY CLASSES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(7), 107-110.

Nuritdinova, D., & Ikromova, N. (2023). INNOVATIVE METHODS OF TEACHING PRIMARY CLASS STUDENTS TO READ EXPRESSIVELY. International Journal of Advance Scientific Research, 3(11), 318-322.