2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
237
FILOLOGIK TA’LIMNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH METODIKASI
Bozorova Mohira Ahrorovna
BDTI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15052682
Annotatsiya.
Ushbu maqolada filologik ta’limni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish metodikasi haqida fikr-mulohaza bildirilgan.
Kalit so’zlar:
til, zamonaviy axborot, pedagogik texnologiyalar, moddiy olam, aqliy hujum,
bumerang, blits-so‘rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat.
Аннотация.
В статье дается обратная связь по методике использования
инновационных технологий в преподавании филологического образования.
Ключевые слова:
язык, современная информация, педагогические технологии,
материальный мир, мозговой штурм, бумеранг, блиц-опрос, кластер, кейс-стади,
герменевтическая беседа.
Abstract.
This article provides feedback on the methodology of using innovative
technologies in teaching philological education.
Keywords:
language, modern information, pedagogical technologies, material world,
brainstorming, boomerang, blitz-survey, cluster, case study, hermeneutic conversation.
Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab qunt bilan o‘qish, ilm
va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ona tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki
va yozma ravishda to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining savodxonlik darajasini, uning
ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi.
Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan tashqari
ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham o‘rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir
narsaga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning
muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi. Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish,
his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida an’anaviy
usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda.
Keyingi yillarda breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov, klaster,
keys-stadi, germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180- bet]. Shunday
usullardan biri kakografiyadir.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
238
Kakografiya so‘zi lotincha kakos – yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos – yozmoq
so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni
tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik va didaktik
jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet]. Rus tilida какофонический, какофония degan so‘zlar
mavjud bo‘lib, ularga lug‘atlarda quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz, nosoz, g‘aliz;
uyg‘unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig‘indisi degan izohlar beriladiki, bu so‘z semantikasiga
salbiy baho yuklaydi [3, 414-bet]. Shunga ko‘ra, kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik,
yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan
bog‘liq didaktik hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, narsalarni
bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng muhimi ona tili
darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo‘yicha zaruriy xulosalar
chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo‘qotib, dadillikka,
ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.
Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari bilan bog‘liq
amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o‘quvchilarga unli va
undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach, “Mustahkamlash darslari” yoki
“Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor
so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqqa qaratiladi. Tajribadan ma’lumki,
o‘quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirmaydilar. So‘larni
qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. Shuningdek, o‘quvchilarning nutqidagi
dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik
darajasining qotib qolishiga, so‘zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, o‘quvchilarning og‘zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, orden,
obod, marvarid, shanba, mas’ul, daryo kabi so‘zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin,
obot, marvarit, shamba, ma’sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda
uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi bo‘yicha ona tili darslarida yetarlicha
bilim va malakaga ega bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida
“O‘zbek tilining imlo qoidalari”dagi “Ayrim unlilar va undoshlar imlosi” yuzasidan tegishli
nazariy ma’lumotlar mavzular o‘tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi: So‘zlarni o‘qing, xato
yozilgan o‘rinlarni topib, o‘zbek tilning imlo qoidalariga mos ravishda ularni to‘g‘rilang va
daftaringizga ko‘chirib yozing. Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya,
kampyuter, maylis va hokazo.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
239
To‘g‘ri yozilishi: buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq, rektor,
konferensiya, kompyuter, majlis. Kakografik yo‘nalishdagi bunday topshiriqlarni bajarish bilan
quyidagi natijalarga erishish mumkin:
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi;
O‘quvchilar ona tilidan olingan bilim va malakalarni xotirlashga, esga olishga harakat
qiladi;
Materiallarni bir-biriga solishtiradi, taqqoslaydi;
Xulosalar chiqaradi, orfografik bilimlarni mustahkamlaydi.
Ayniqsa, og‘zaki nutqda h – x, b – p, d – t, z – s kabi birining o‘rniga ikkinchisi ko‘p
qo‘llaniladigan undosh tovushlarning imlosini o‘rgatishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi.
Bunda xato yozilgan so‘zlarni o‘quvchilarga slaydlar orqali ko‘rsatish, sinf taxtasiga
ataylab xato yozish, so‘zlari xato yozilgan tarqatma materiallarni qo‘llash kabi vositalardan
foydalanish unumli. Masalan: Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, ularni imlo qoidalariga mos
ravishda to‘g‘rilang va daftaringizga ko‘chirib yozing. Orombahsh, zahira, hoxish, xol-ahvol,
hiyonat, ihlos, xar hil, xamma, Xindiston, hatti-xarakat, hayol To‘g‘ri yozilishi: orombaxsh, zaxira,
xohish, hol-ahvol, xiyonat, ixlos, har xil, hamma, Hindiston, xatti-harakat, xayol. Kakografiya
usuli leksikologiya bilan bog‘liq mavzularni o‘tishda ham qo‘l keladi. Matn ichida bir tovush bilan
farqlanuvchi dars-darz, bob-bop, mart-mard, qasr-kasr, qaram-karam, halok-halak, kaft-kift, asl-
asil, asr-asir, oxir-axir-oxur, chog‘-choq-choh singari paronim so‘zlarni xato yozib, o‘quvchilardan
ularni to‘g‘rilab yozishni so‘rash ulardagi bilimlarni mustahkamlashga olib keladi. Xato yozilgan
paronim so‘zlarni toping, ularni imlo qoidalariga mos ravishda to‘g‘rilab, daftaringizga ko‘chiring.
Birovga choq qazisang, o‘zing tushasan. Mart bir o‘ladi, nomart – ming. Qarz ikki qo‘ldan
chiqadi. Onangni kiftingda ko‘tarsang, singlingni kaftingda ko‘tar. Dunyoga boq, qaddi sendek
kim bor yana, Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana, Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor
yana, Moziyni yot etay desang – xalq bo‘l, elim! [4, 10-bet]. Gaplardagi choh, mard, momard,
qars, kaft, kift, yod so‘zlari noto‘g‘ri yozilgan. Buni faqat o‘ylash, fikrlash, leksikologiya bo‘yicha
o‘tilganlarni eslash, xotirlash va zaruriy xulosalar chiqarish orqaligina topish mumkin. Bu esa
o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlashga yordam beradi, ulardagi mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kakografiyaning yana bir ko‘rinishi matn ichida noto‘g‘ri berilgan
so‘zlarni to‘g‘rilashdan iborat. Gaplarni o‘qing, noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni orfografiya
qoidalariga mos ravishda ko‘chirib yozing. Bug‘day noning bo‘masin, Bug‘day so‘zing bo‘sin.
Ma’zali so‘zga qulog‘ charchamas. Toom lazati o‘zidan, Odam lazati – so‘zidan.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
240
Qulog‘dan kirgan soviq so‘z ko‘ngilga borip muz bo‘lar. Puling bo‘masa bo‘masin, shirin
so‘zing bo‘sin. Tili shirinning do‘si ko‘p. Qatiq gap qarindoshga ham yoqmas. To‘g‘ri yozilishi:
Bug‘doy noning bo‘lmasin, Bug‘doy so‘zing bo‘lsin. Mazali so‘zga quloq charchamas.
Taom lazzati o‘zidan, Odam lazzati – so‘zidan. Quloqdan kirgan sovuq so‘z ko‘ngilga
borib muz bo‘lar.
Puling bo‘lmasa bo‘lmasin, shirin so‘zing bo‘lsin. Tili shirinning do‘sti ko‘p. Qattiq gap
qarindoshga ham yoqmas. Bunday topshiriqlar o‘quvchilardagi ko‘rish, eslash, narsalarni bir-
biriga solishtirish va zaruriy xulosalar chiqarish kabi aqliy-ruhiy xususiyatlarning rivojlanishiga
turtki bo‘ladi. Umuman olganda, biz – yoshlar vatanimiz O‘zbekistonning qanotlarimiz. Bugun
bizning oldimizda ona tilini o‘rganish borasida yagona to‘g‘ri yo‘l turibdi. Bizdan millatimizning
bebaho boyligi, xalqimiz tafakkurining tengsiz javohiroti sanalgan o‘zbek tilini mukammal
o‘rganishimiz, og‘zaki va yozma savodxonligimiz yuksak bo‘lishi talab etilmoqda.
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun bizga kakografiya usuli kutilgan samarani berishi
mumkin. Zero, davr o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham izlanishni, yangiliklarni o‘zlashtirishni
talab etmoqda.
REFERENCES
1.
Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ.
Development of
pedagogical technologies in modern sciences
,
3
(1), 76-80.
2.
Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ
ТУЗИЛИШИ.
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
,
1
(2), 172-178.
3.
Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy
rivojlanishi.
Oriental Art and Culture
, (III), 326-329.
4.
Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the
Uzbek Language.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521)
,
2
(6), 589-591
5.
Mirxanova, G. (2021). Sinonim so'zlar o'quv lug'atining megaqurilishi: Sinonim so'zlar
o'quv lug'atining megaqurilishi.
Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali
,
1
(1).
6.
Mirxanova, G. R. (2022). Stages of Enhancement of Synonym Dictionaries.
International
Journal of World Languages
,
2
(1).
7.
Rustamovna, M. G. (2023). Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the
Uzbek language.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
241
8.
Mirxanova, G. R. (2021). EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST
SYNONYM DICTIONARIES.
Scientific reports of Bukhara State University
,
5
(2), 96-105.
9.
Mirxanova, G. R. (2023). SYNTACTIC ANALYSIS OF WORKS OF ART IN
ELEMENTARY SCHOOL TEXTBOOKS: METHODS AND APPLICATIONS.
10.
Мирханова, Г. Р., & Сафарова, О. М. (2019). УЧЕБНЫЕ СЛОВАРИ–СРЕДСТВО
ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ.
Вестник магистратуры
, (6-5), 41.
11.
Rustamovna, M. G. Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the Uzbek.
12.
Rustamovna, M. G. EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST
SYNONYM DICTIONARIES.
EMERGENCE
,
5
, 24-2021.
13.
DICTIONARIES, S. a teacher of the faculty of Primary education, BSU.
SCIENTIFIC
REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY
, 96.
14.
Rustamovna, M. G. (2020). THE IMPORTANCE OF LEXICOGRAPHY IN THE
DEVELOPMENT OF EDUCATION.
В научный сборник вошли научные работы,
посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов
образовательных технологий 2020.-436 с.
, 165.
15.
Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili
darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning
ilmiy-metodik asoslari.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 72-75.
16.
Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK
KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN
FOYDALANISH
XUSUSIDA.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 2, No. 2).
17.
Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK
TEGLASHDA
SEMEMA
MASALASI.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 1, No. 1).
18.
Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH
SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA
OʻQUVCHILARNING
LINGVISTIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy
jurnali
,
1
(15), 51-56.
19.
Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING
BILIM
EGALLASHGA
DOIR
QARASHLARINI
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
242
SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O‘RNI.
Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 43-46.
20.
Axmedova,
D.
(2021).
СЕМАНТИЧЕСКАЯ
СИСТЕМА
СИСТЕМА
И
МОДЕЛЬ.
COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
,
1
(1).
21.
Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.
Oriental Art and
Culture
, (III), 440-444.
22.
Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE
UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.
Theoretical & Applied Science
,
(2), 177-179.
23.
Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:
EXPERIENCE AND ANALYSIS.
Scientific reports of Bukhara State University
,
4
(1), 152-
160.
24.
Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS
OF SAHBO LYRICAL HERITAGE.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 235.
