2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
243
SIFATLI TA’LIM - KUCHLI JAMIYAT
Bozorova Mohira Ahrorovna
BDTI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15052692
Annotatsiya.
Ushbu maqolada zаmоnаviy tа’limni tаshkil etishgа qo‘yilаdigаn muhim
tаlаblаrdаn biri оrtiqchа ruhiy vа jismоniy kuch sаrf etmаy, qisqа vаqt ichidа yuksаk nаtijаlаrgа
erishis haqida fikr-mulohaza bildirilgan.
Kalit so’zlar:
til, zamonaviy axborot, pedagogik texnologiyalar, moddiy olam, aqliy hujum,
bumerang, blits-so‘rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat.
Аннотация.
В данной статье размышляется о том, что одним из важных
требований к организации современного образования является возможность достижения
высоких результатов в короткие сроки без чрезмерных умственных и физических усилий.
Ключевые слова:
язык, современная информация, педагогические технологии,
материальный мир, мозговой штурм, бумеранг, блиц-опрос, кластер, кейс-стади,
герменевтическая беседа.
Abstract.
This article reflects on one of the important requirements for the organization of
modern education - achieving high results in a short time without excessive mental and physical
effort.
Keywords:
language, modern information, pedagogical technologies, material world,
brainstorming, boomerang, blitz-survey, cluster, case study, hermeneutic conversation.
Zаmоnаviy tа’limni tаshkil etishgа qo‘yilаdigаn muhim tаlаblаrdаn biri оrtiqchа ruhiy vа
jismоniy kuch sаrf etmаy, qisqа vаqt ichidа yuksаk nаtijаlаrgа erishishdir. Qisqа vаqt оrаsidа
muаyyan nаzаriy bilimlаrni o‘quvchilаrgа yеtkаzib bеrish, ulаrdа mа’lum fаоliyat yuzаsidаn
malaka vа ko‘nikmаlаrni hоsil qilish, shuningdеk, o‘quvchilаr fаоliyatini nаzоrаt qilish, ulаr
tоmоnidаn egаllаngаn bilim, malaka vа ko‘nikmаlаr dаrаjаsini bаhоlаsh o‘qituvchidаn yuksаk
pеdаgоgik mаhоrаt hаmdа tа’lim jаrаyonigа nisbаtаn yangichа yondаshuvni tаlаb etаdi.
Zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiya o‘z mоhiyatigа ko‘rа subyеktiv хususiyatgа egа, ya’ni
hаr bir pеdаgоg tа’lim vа tаrbiya jаrаyonini o‘z imkоniyati, kаsbiy mаhоrаtidаn kеlib chiqqаn
hоldа ijоdiy tаshkil etishi lоzim. Qаndаy shаkl, mеtоd vа vоsitаlаr yordаmidа tаshkil etilishidаn
qаt’i nаzаr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr:
1)
pеdаgоgik fаоliyat (tа’lim-tаrbiya jаrаyonining) sаmаrаdоrligini оshirishi;
2)
o‘qituvchi vа o‘quvchilаr o‘rtаsidа o‘zаrо hаmkоrlikni qаrоr tоptirishi;
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
244
3)
o‘quvchilаr tоmоnidаn o‘quv prеdmеtlаri bo‘yichа puхtа bilimlаrning egаllаnishini
tа’minlаshi;
4)
o‘quvchilаrdа mustаqil, erkin vа ijоdiy fikrlаsh ko‘nikmаlаrini shаkllаntirishi;
5)
o‘quvchilаrning o‘z imkоniyatlаrini ro‘yobgа chiqаrа оlishlаri uchun zаrur shаrt-
shаrоitlаrni yarаtishi;
6)
pеdаgоgik jаrаyondа dеmоkrаtik vа insоnpаrvаrlik g‘оyalаrining ustuvоrligigа erishishni
kаfоlаtlаshi zаrur.
Zаmоnаviy o‘qitish tехnоlоgiyalаri: intеrfаоl mеtоd tехnоlоgiyasi
. Pеdаgоgik
tехnоlоgiyalаrdаn mаjburаn fоydаlаnish mumkin emаs. Bunda, eng avvalo, til ta’limining
maqsadi va mazmunini nazardan qochirmaslik zarur. Boshqacha qilib aytganda, asosiy diqqat-
e’tibor ta’lim mazmunidan o‘quv materialini berish usuliga tamoman o‘tib ketmasligi shart. Ta’lim
berish vositasi, usuli bo‘lmish axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ulkan imkoniyatlariga
tamoman mahliyo bo‘lib, ularni o‘qitishning yagona qolipi, andazasi sifatida qarash to‘g‘ri
bo‘lmaydi. G‘arblik yirik mutaxassis K.Shennon ogohlantirganidek, bu sohada juda hushyor
bo‘lmoq talab etiladi, chunki barcha eshiklarni bitta kalit bilan ochib bo‘lmaydi. Ona tili ta’limida
bu borada juda ham ziyraklik bilan ish tutish maqsadga muvofiq.
Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda, asosan, interfaol metodlardan to‘liq
foydalaniladi.
Har qanday mamlakatning kuch-qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu
esa bevosita ta’lim sifatiga bog‘liq.
Ona tili mashg‘ulotlarini ingertasiyalashgan ta’lim asosida tashkil etish quyidagi natijalarga
olib keladi:
–
ta’lim jarayonini bir xil qolipga tushib qolishdan saqlaydi va ta’lim oluvchilarning darsga
qiziqishi pasayishining oldini oladi;
–
ta’lim beruvchilarni o‘z ustiida ishlashini taqozo etadi va ta’lim tizimida sifatli kadrlar
qolishini ta’minlaydi;
–
ta’lim oluvchilarning tafakkurida borliq xususida
–
assotsiatsiyani shakllantiradi va rivojlantiradi;
–
ta’lim oluvchilarda istalgan voqelikning sabab va oqibatini mantiqiy bog‘lash hamda
undan to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmasini paydo qiladi;
–
ta’lim oluvchilarda mustaqillikni kuchaytiradi, mantiqiy va ijodiy tafakkurni
tarbiyalaydi, tizimga soladi;
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
245
–
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining innovatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lishini
ta’minlaydi;
–
ta’lim oluvchilarga olamni, undagi turfaliklarni bir butun tarzda anglash va anglatish
imkonini beradi.
Tabiiyki, ta’limda integratsion yondashuv soha mutaxassislaridan, fan o‘qituvchilaridan
chuqur bilim va yuksak salohiyatni talab etadi.
Kompetensiyaviy yondashuv.
Kompetensiya – inglizcha
competens
so‘zidan olingan
bo‘lib, “layoqatli”, “qobiliyatli” kabi ma’nolarni ifodalaydi. Kompetensiyaviy yondashuv
ta’limda har bir ta’lim oluvchining uquvi, layoqati va qobiliyati inobatga olinishini nazarda tutadi.
Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlilik o‘ta
murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak bo‘lgan tushunchalardir. Shu boisdan
uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko‘ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-
tuman. Atamaning mohiyati, shuningdek, “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “uquvlilik”,
“yutuqlilik”,
“muvaffaqiyatlilik”, “tushunuvchanlik”, “natijalilik”, “xocca”, “xususiyat”, “sifat”,
“miqdor” kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda. Shunga ko‘ra ta’lim kompetensiyalarini
tasdiqlangan standartda keltirilgan ta’rif bo‘yicha qabul qilamiz. DTSda belgilanganiga ko‘ra,
“kompetensiya (o‘quvchining) – mavjud bilim, malaka va ko‘nikmalarni kundalik faoliyatda
qo‘llay olish qobiliyati”.
Demak, ona tili mashg‘ulotlari davomida kompetensiya kommunikatsiya (muloqot)
ishtirokchilari tomonidan ta’limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga
imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig‘indisini ifodalaydi.
Ona tili
kommunikativ kompetensiya
si – o‘rganilayotgan ona tilida so‘zlashuvchilar bilan
muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, ta’lim oluvchilarning
o‘zbek xalqi madaniyati, ma’naviyati, milliy qadriyatlarini dildan anglash, uni muloqot jarayonida
taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o‘quv predmetini o‘rganishning asosiy vazifalariga
o‘quvchilarda quyidagi kompetensiyalarni rivojlantirish kiradi:
Lingvistik kompetensiya
ona tili imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalana olish uchun
tilning fonetik, leksik, orfoepik, orfografik, punktuatsion me’yorlarini yetarli darajada bilish va
nutq faoliyati turlari(tinglab-tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)da qo‘llay bilishni nazarda
tutadi.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
246
Ijtimoiy-lingvistik kompetensiya
so‘zlovchining muayyan nutqiy vaziyat, kommunikativ
maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash
ko‘nikma vа malakalarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy-madaniy kompetensiya
autentik nutqning milliy xususiyatlari o‘zi yashayotgan
mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy jihatlarini o‘zga
mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish bilan bog‘liq.
Ijtimoiy kompetensiya
ijtimoiy-lingvistik va sotsio-madaniy kompetensiyalarni o‘z ichiga
oladi. У hozirgi ko‘p madaniyatli dunyoda ta’lim oluvchilarda, avvalo, o‘z ona tilini puxta
o‘rganish va shu orqali chet tillarini o‘rganish muhimligi tushunchasi, ona tilining barcha
uslublarida muloqot qilish, o‘z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida
foydalanish ehtiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini
tarbiyalashda, ona tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida
namoyon bo‘ladi.
Diskursiv kompetensiya
(
diskurs
– og‘zaki yoki yozma nutq matni) matnni to‘g‘ri talqin
qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash uchun og‘zaki va yozma
(stilistik hamda tarkibiy qismlarini bilib olishni nazarda tutgan) matnlar tuzish malaka va
ko‘nikmalaridan iborat.
Kompensator kompetensiya
ona tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi
kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar yordamida to‘ldirish, kommunikativ
vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash, sukut saqlash va
h.lar orqali murakkab vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda
tutadi.
O‘quv-bilish kompetentsiyasi
ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyatida til va til
orqali madaniyatlarni o‘rganishning kompetensiyalar yig‘indisi bo‘lib, zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan mantiqiy, metodologik va umumta’lim
vazifalarni o‘z ichigа oladi.
Yuqorida sanab o‘tganlarimiz umumiy tarzda pragmatik kompetensiya sanaladi.
“Ona tili bo‘yicha o‘rta umumta’lim bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga
qo‘yiladigan talablar”da o‘quvchilar quyidagi kommunikativ kompetensiyalarni egallashlari
lozim:
–o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘rgatish;
–o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda o‘zbek tilining qonun- qoidalariga muvofiq ravishda
to‘g‘ri ifodalash;
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
247
–bir ma’noni turli shakllarda bera olish ko‘nikmasini shakllantirish;
–o‘zbek tilining ichki tuzilishi va tuzilish birliklari yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan
bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish;
–orfografiya va punktuatsiya qoidalarini singdirish;
–ish qog‘ozlarini yurita olish ko‘nikmasini berish; –olamni bilishda ona tilining
ahamiyatini singdirish.
Kompetensiyaviy yondashuv ta’limda ijodkor, bunyodkor shaxs tarbiyasini nazarda tutadi.
Xo‘sh, ijodkor, bunyodkor shaxs kim?
Ijodkor, bunyodkor shaxs
go‘yoki qo‘lida istalgan eshikni ochishga mo‘ljallangan bir dona
kaliti bor kishiga o‘xshaydi. Istalgan eshikni ochishga mo‘ljallangan bir dona kalit egasi bo‘lgan
ijodkor, bunyodkor shaxs uchun qirq birinchi eshikka duch keladimi yoki saksoninchi eshikka
duch keladimi, bu uning uchun muammo tug‘dirmaydi.
Ta’lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo‘ldagi
maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish,
axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llash bo‘lajak
mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon
samaradorligini oshiradi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish
jarayonlarida qo‘llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e’tiborni
qaratish ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.
REFERENCES
1.
Мирханова, Г. (2024). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИ.
Development of
pedagogical technologies in modern sciences
,
3
(1), 76-80.
2.
Mирханова, Г. (2022). СИНОНИМ СЎЗЛАР ЎҚУВ ЛУҒАТИНИНГ УМУМИЙ
ТУЗИЛИШИ.
Yosh Tadqiqotchi Jurnali
,
1
(2), 172-178.
3.
Rustamovna, M. G. (2020). Rus tilshunosligida sinonim sozlar oquv lugatlarining tadrijiy
rivojlanishi.
Oriental Art and Culture
, (III), 326-329.
4.
Rustamovna, M. G. (2024). Linguistic Form of Terms in Explanatory Dictionaries of the
Uzbek Language.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521)
,
2
(6), 589-591.
5.
Mirxanova, G. (2021). Sinonim so‘zlar o‘quv lug‘atining megaqurilishi: Sinonim so‘zlar
o‘quv lug‘atining megaqurilishi.
Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali
,
1
(1).
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
248
6.
Mirxanova, G. R. (2022). Stages of Enhancement of Synonym Dictionaries.
International
Journal of World Languages
,
2
(1).
7.
Rustamovna, M. G. (2023). Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the
Uzbek language.
8.
Mirxanova, G. R. (2021). EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST
SYNONYM DICTIONARIES.
Scientific reports of Bukhara State University
,
5
(2), 96-105.
9.
Mirxanova, G. R. (2023). SYNTACTIC ANALYSIS OF WORKS OF ART IN
ELEMENTARY SCHOOL TEXTBOOKS: METHODS AND APPLICATIONS.
10.
Мирханова, Г. Р., & Сафарова, О. М. (2019). УЧЕБНЫЕ СЛОВАРИ–СРЕДСТВО
ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ.
Вестник магистратуры
, (6-5), 41.
11.
Rustamovna, M. G. Presenting synonyms in the explanatory dictionaries of the Uzbek.
12.
Rustamovna, M. G. EMERGENCE AND STAGE OF DEVELOPMENT OF FIRST
SYNONYM DICTIONARIES.
EMERGENCE
,
5
, 24-2021.
13.
DICTIONARIES, S. a teacher of the faculty of Primary education, BSU.
SCIENTIFIC
REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY
, 96.
14.
Rustamovna, M. G. (2020). THE IMPORTANCE OF LEXICOGRAPHY IN THE
DEVELOPMENT OF EDUCATION.
В научный сборник вошли научные работы,
посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов
образовательных технологий 2020.-436 с.
, 165.
15.
Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili
darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning
ilmiy-metodik asoslari.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 72-75.
16.
Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK
KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN
FOYDALANISH
XUSUSIDA.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 2, No. 2).
17.
Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK
TEGLASHDA
SEMEMA
MASALASI.
In
«УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция
(Vol. 1, No. 1).
18.
Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH
SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA
OʻQUVCHILARNING
LINGVISTIK
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
249
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy
jurnali
,
1
(15), 51-56.
19.
Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING
BILIM
EGALLASHGA
DOIR
QARASHLARINI
SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O‘RNI.
Talqin va tadqiqotlar
ilmiy-uslubiy jurnali
,
1
(1А), 43-46.
20.
Axmedova,
D.
(2021).
СЕМАНТИЧЕСКАЯ
СИСТЕМА
СИСТЕМА
И
МОДЕЛЬ.
COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
,
1
(1).
21.
Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.
Oriental Art and
Culture
, (III), 440-444.
22.
Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE
UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.
Theoretical & Applied Science
,
(2), 177-179.
23.
Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:
EXPERIENCE AND ANALYSIS.
Scientific reports of Bukhara State University
,
4
(1), 152-
160.
24.
Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS
OF SAHBO LYRICAL HERITAGE.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 235.
