1282
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
BOKS SPORT TURIGA O’RGATISH VA TARBIYALASHDA KERAKLI VOSITALAR
Niyazov Abilbay Tolibayevich
Ajiniyoz Nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti
Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi kafedrasi. p.i.k dotcent.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15081672
Annotatsiya.
Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: -
shug‘ullanuvchilarning sog‘lig’ini mustahkamlash va organizmini chiniqtirish; -o’zida tezkorlik,
kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini shakllantirish, rivojlantirish,
boksning nazariy masalalarini ham o’rganish; -Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini
o’rganish; -boks texnikasi va taktikasini o’rganish va har tomonlama egallash.
Kalit so’zlari.
Texnika va taktikani rivojlantirish, boks texnikasi va taktikasini o’rganish
va har tomonlama egallash, boksning nazariy masalalarini o’rganish.
TOOLS NEEDED FOR TRAINING AND EDUCATING THE SPORT OF BOXING
Abstract.
The following tasks are set for the initial training groups: - strengthening the
health and hardening of the trainees' bodies; - formation and development of qualities of speed,
strength, endurance, agility, and flexibility, as well as studying theoretical issues of boxing;
Study of special physical training exercises; study and comprehensive mastery of boboxing
techniques and tactics; Initial training groups consist of 20-30 students, 6 hours per week within
2 hours per day,and in the group with high general physical.
Keywords:
Development of techniques and tactics, study and comprehensive mastery of
boxing techniques and tactics, study of theoretical issues of boxing.
ИНСТРУМЕНТЫ, НЕОБХОДИМЫЕ ДЛЯ ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ ВИДУ
СПОРТА БОКСА
Аннотация.
Перед группами начальной подготовки ставятся следующие задачи: -
укрепление здоровья и закаливание организма занимающихся; - формирование и развитие
у себя таких качеств, как быстрота, сила, выносливость, ловкость и гибкость, а также
изучение теоретических вопросов бокса; - Изучение упражнений специальной физической
подготовки; - Изучение и всестороннее овладение техникой и тактикой бокса.
Ключевые слова:
Развитие техники и тактики, изучение и всестороннее
овладение техникой и тактикой бокса, изучение теоретических вопросов бокса.
Tinglovchini boks sportiga jalb qilar ekanmiz ularni qo’lda beriladigan zarbalarga
o’rgatish va tarbiyalashning maqsad va vazifalarini belgilab, uslublarini aniqlab olishimiz zarur.
Ularni qisqa muddat ichida yuqori darajadagi texnik tayyorgarlik holatiga olib chiqish
uchun jismoniy holatiga qarab guruhlarga bo‘lishimiz: -muqaddam yakkakurash sport turlari
1283
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
bilan shug’ullanganlar; -umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori bo’lganlar; -boshlang’ich
tayyorgarlik guruhi. yoki ularning umumiy jismoniy tayyorgarliklarini tenglashtirib olishimiz
darkor.
Muqaddam yakkakurash sport turlari bilan shug’ullanganlar guruhi oldiga quyidagi
vazifalar qo’yiladi: -Texnika va taktikani rivojlantirish, musobaqa oldi mashqlarini bajarish; -
boksning nazariy masalalarini o’rganish; -o’quv yig’ini davomida o’tkaziladigan musobaqalarda
faol ishtirok etish; Umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori bo’lganlar guruhi oldiga quyidagi
vazifalar qo’yiladi: -Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini o’rganish va takomillashtirish; -
boks texnikasi va taktikasini o’rganish va har tomonlama egallash, boksning nazariy masalalarini
o’rganish; -o’quv yig’ini davomida o’tkaziladigan musobaqalarda faol ishtirok etish.
Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: -
shug‘ullanuvchilarning sog‘lig’ini mustahkamlash va organizmini chiniqtirish; -o’zida tezkorlik,
kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini shakllantirish, rivojlantirish,
boksning nazariy masalalarini ham o’rganish; -Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini
o’rganish; -boks texnikasi va taktikasini o’rganish va har tomonlama egallash; Boshlang‘ich
tayyorgarlik guruhlari 20-30 Tinglovchidan iborat bo‘lib haftasiga 6 soat (2 soatdan kun ora),
Umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori bo‘lganlar guruhida ham 20-30 Tinglovchi(kursant)
bo‘lib haftasiga 12 soat (2 soatdan har kuni), Muqaddam yakkakurash sport turlari bilan
shug’ullanganlar guruhida Tinglovchi(kursant)lar soni cheklanmagan bo‘lib haftasiga 24 soat ( 2
soat ertalab, 2 soat kechga har kuni) mashg‘ulot olib borish mumkin. Jismoniy holati bo’yicha
guruhlarga bo’linmagan taqdirda, birinchi oy kunora 2 soatdan (asosan umumiy jismoniy
tayyorgarliklarini tenglashtirib olamiz), ikkinchi oy har kuni 2 soatdan (maxsus jismoniy
tayyorgarliklari hamda jismoniy sifatlarini rivojlantiramiz), uchinchi oydan boshlab har kuni 2
soatdan 2 mahal (texnik taktik tayyorgarlik, musobaqa oldi mashqlari, sparringlar) mashg‘ulot
o‘tishimiz mumkin. Uchinchi fazada mashg‘ulot yuklamasini eng yuqori nuqtaga olib
chiqishimiz mumkin. 15 ASOSIY VOSITALAR VA ULARNING TASNIFI Umumiy jismoniy
tayyorgarlik mashqlari (yurish, yugurish, sakrashlar, o‘tirib yurishlar, jismoniy sifatlarni
rivojlantiruvchi mashqlar), maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari (boks holati, bokschilar
yurishini o‘rganish, himoyalanishlar bilan harakatlanish, oynaga qarab, soya bilan jang,
pyatnashki o’yini va h.k), ring, qop, kichik qop, boks qo’lqobi, lapa, sherik, skagalka, shlem,
kapa, bint, tennis koptok, og‘irliklar.
BOKS DUBULG’ASI (SHLEM) - bokschining qoshlarini, quloqlarini va jag’larini
himoya qilib turadi. Teridan tayyorlanib, otning yungi bilan yoki shunga o’xshash modda bilan
to’ldiriladi.
1284
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Quloq va yuz tarafini himoya qilish uchun maxsus yostiqchalar tikilgan. Orqa tomoni ip
bilan birlashtiriladigan ikki yumshoq plastinaga ega. Bu boshga qarab uning hajmini o’zgartirish
imkonini beradi. Musobaqalarda dubulg’alar tashkilotchi tomonidan o’rnatilgan yagona namuna
bo’yicha ishlatiladi. Havaskor bokschilar musobaqalarda foydalanishlari shart. Professional
bokschilar dubulg’ani faqat mashg’ulotlarda ishlatishadi. Og’irligi 480 gramm.
BOKS QO’LQOPI- bokschi raqibining yuz sohasiga og’ir jarohat etkazishdan saqlaydi.
Zamonaviy qo’lqoplar nokautning kamayishi va boksning uzoq vaqt davom etishiga
mo’ljallab to’liq musht qilinmaydigan holatda ishlab chiqariladi. Qo’lqob og’irligi tana
og’irligiga qarab 4 oz (unsiya)dan 20 oz (unsiya)gacha boladi. 1 oz (unsiya)=28,35g
BOKS YASSI QO’LQOPI (LAPA)- yumshoq porolon bilan to’ldirilgan, markazida
nishon chizilgan aylana shaklidagi anjom. Aniq va bir maqsadga yo’naltirilgan zarbalar texnikasi
ustida ishlash, turli himoyaviy harakatlar (egilishlar, bukilishlar, sho’ng’ishlar) ni
takomillashtirishda qo’llaniladi. Bokschilar himoyalanish harakatlari ustida ishlayotganda
murabbiy yassi qo’lqop bilan turli xil zarbalar beradi. 16 RING - 3 yoki 4 arqonlar bilan
chegaralangan, yonlari 4.9 dan 6.1 metrgacha bo’lgan to’rtburchak maydon. Professional boks
qoidalariga ko’ra, ring tomonlari 6.10 dan 7.10 metrgacha bo’lishi lozim. Agar ring 3 arqon bilan
chegaralangan bo’lsa, ular burchak ustunlariga poldan 40, 80 va 130 sm balandlikda
mahkamlanadi. Agar ring 4 arqon bilan chegaralangan bo’lsa, ular yerdan 40.4, 71.1,101.6 va
121 sm balandlikda mahkamlanadi.
Arqonlarning yo’g’onligi 3 sm dan 5 sm gacha bo’lishi lozim. Arqonlar yumshoq va
silliq mato bilan o’ralib, eni 3-4 sm bo’lgan lentalar bilan birlashtiriladi. Lentalar arqonlarda
sirpanishi kerak emas. Ring yerdan 91-122 sm balandlikdagi supaga o’rnatiladi. Supa
o’lchamlari ringdan 50 sm dan kam chiqmaydigan bo’lishi kerak. Supa poli namat, fetr, rezina
yoki shunga o’xshash eni 1.3 dan to 4 sm gacha bo’lgan material bilan qoplanadi. Ustidan
brezent yoyiladi. Ring burchaklari bo’ylab (pastdagi arqondan yuqorisigacha) yo’g’onligi 5, eni
20 sm bo’lgan yumshoq valiklar qotiriladi. Hay’atga (bosh hakamga) yaqinroq burchak qizil
g’ilof bilan o’raladi, qarama-qarshi burchakka esa ko’k rangli g’ilof taqiladi. Arqonlarni ring
ustunlari bilan bog’lovchi iplar yumshoq material bilan qoplanishi zarur. Supaning ishtirokchilar,
hakamlar va sekundantlarga mo’ljallangan oq, qizil va ko’k burchaklarining tomonlariga zina
qotiriladi. Ikki betaraf burchakda referi bokschi qonini to’xtatgan paxta va tamponlarni tashlash
uchun xaltalar mahkamlanadi.
Yopiq xonada musobaqalarni o’tkazganda, arqonlardan buyumlargacha va devorgacha 2
metr masofa bo’lishi zarur. Tomoshabinlar uchun joylar ringdan 3 metr uzoqlikda o’rnatiladi.
Ringni yoritish darajasi 1000 lyuksdan kam bo’lishi kerak emas. Va faqat tepadan
bo’lishi zarur. Yondan yoritish man qilingan.
1285
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Ring jihozlariga: maydalangan kanifol uchun ikkita kichkina patnis yoki yashiklar,
sekundantlar uchun ikki o’rindiq, bokschilar uchun ikkita aylanadigan o’rindiqlar, ikkita piyola
va suv uchun ikkita idish, qipiq solingan ikkita tog’oracha va toza sovuq suv bilan ikkita chelak.
Ring oldida hakam va hay’at uchun stol va o’rindiqlar qo’yiladi. Vaqt hisoblovchi hakam
qo’l ostida 1-2 soniya o’lchovchi, gong yoki bolg’acha bilan qo’ng’iroq bo’lishi zarur. Bundan
tashqari, bo’lishi kerak bo’lgan ashyolar: hakam qaydnomalari komplekti, mikrofon, aptechka,
(supa ostida) zambillar, kerakli miqdordagi telefon apparatlari va shulardan bittasi
musobaqalarning bosh shifokori uchun. 17
BOKS QOPI – silindr yoki konus shaklidagi vazni 10, 15, 20 kg va undan ortiq (“
gigant” qop) bo’lgan anjom. Zarbalar kuchi va aniqligini hamda bokschilarning maxsus
chidamkorligini oshirishga mo’ljallangan. Ko’pgina hollarda soch, hayvon juni, taxta qipig’i va
texnik paxta bilan to’ldiriladi. So’nggi yillarda porolon qoplar ishlatilyapti (dumaloq porolon
qoplar metall ustunga kiydiriladi). Qop namat bilan tikilib. unga brezent, dermantin va teridan
yasalgan gilof kiydiriladi. Qopni shunday qotirish mumkinki, u aylana bo’ylab yoki gorizontal
bo’yicha turli joylardan zarbalarni mashq qilish uchun harakatlanishi mumkin. Qopning uch xil
turidan mashg’ulotlarda keng foydalaniladi. Bular: texnikani rivojlantirish uchun engil qop,
maxsus kuch sifatini rivojlantirish uchun og’ir qop va chaqqonlik sifatini rivojlantirish uchun
qattiq qop. Qopning o’lchamlari: -uzunligi - 120 dan 230 sm gacha. -aylana qismining diametri -
25 dan 50 sm gacha bo’ladi.
KAPA - yumshoq kauchukdan tayyorlangan va yuqori jag’ tishlariga qo’yiladigan
buyum. Zarbalar paytida tish va lablarni jarohatlanishdan saqlaydi. Kapa tish mutaxassislari
tomonidan har bir bokschiga individual tarzda tayyorlanadi. Xom rezina gubkasi qo’yilgan toza
alyumin yoki plastmassa idishchada saqlanadi. Jang paytida bokschi kapani o’z xoxishicha
qimirlatishi mumkin emas. Ushbu qoidani buzsa, u ogohlantirilishi yoki chetlashtirilishi
mumkin. Agar jang paytida kapa urib tushirib yuborilsa, referi bokschini burchakka olib boradi
va u yerda sekundant kapani yuvib, joyiga qaytaradi. Ushbu jarayonda sekundant bokschi bilan
gaplashishi man qilinadi.
18 BANDAJ - bokschining qoidalarda belgilangan majburiy kiyimboshining muhim
qismi, kutilmagan jarohatlardan himoya qiluvchi vosita. Jangdan oldin ikkala bokschini ham
bandaji bor yo’qligi ringga chiqqandan so’ng hakam tomonidan tekshiriladi va bandaji yo’q
bokschi jangga qo’yilmaydi BOKSCHI SPORT KIYIMI – jangda bir biridan farqlanish uchun
bokschilar shortik va mayka ko’rinishidagi ikki xil kiyimda ringga chiqishadi. Birinchi
chaqirilgan bokschi qizil kiyimda qizil burchakdan, ikkinchi chaqirilgan bokschi ko’k kiyimda
ko’k burchakdan ringga chiqishadi. Musoboqa qoidalarida bokschilarning qo’lqobi va dubulg’asi
ham kiyimiga mos rangda bo’lishi shart qilib bilgilab qo’yilgan.
1286
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Professional bokschilarning kiyimi biroz farq qilib o’z klubining ramzi tushirilgan va
ismi yozilgan shortikda, tepa qismida kiyimsiz, dubulg’asiz ringga ko’tarilishadi. Mashg’ulot
davomida kiyinish tartibi qat’iy qilib belgilanmagan.
BOKSCHILAR OYOQ KIYIMI – ustki qismi yumshoq va engil materialdan ostki qismi
rezinali, o’rta va baland qo’njli oyoq kiyim. Qo’njining o’rta va baland bo’lishi jang davomida
oyoq to’pig’ining jarohatlanishlaridan saqlash uchun yordam beradi. 19 BOKSCHI BINTLARI -
jang paytida jarohatning oldini olish maqsadida kaftni bintlash uchun ishlatiladi.
Qoidalarda uzunligi 2,5 metrdan uzun bo’lmagan va eni 5 sm bo’lgan yumshoq xirurgik
yoki har bir qo’lga 2,5 metrdan uzun bo’lmagan “Velpo” bintlarni ishlatish ruxsat etilgan. Bu
maqsadda boshqa bintni ishlatish mumkin emas. Rezinadan qilingan bintlarni yoki plastirni,
lentalarning barcha turlarini ham ishlatish taqiqlangan, lekin bintlarni bilaklarning tepa qismida
mahkamlash uchun uzunligi 7-8 sm va eni 2,5 sm bo’lgan plastirning bir kesimini ishlatish
mumkin. Mintaqa va jahon chempionatlarida bintlar mezbon davlat tomonidan taqdim qilinadi.
Har bir jangda ishtirokchilar qo’lqoplarni kiyishga tayyorgarlik oldidan bevosita ular
guvohligida hakamlar tomonidan taqdim qilingan yangi bintlarni ishlatishadi.
REFERENCES
1.
Халмухамедов Р.Д, Умаров Қ.А “Бокс атамалари” Тошкент 2014 йил.
2.
Ачилов А.М, Халмухамедов Р.Д., Шин В.Н, Тажибаев С.С., Ражабов Ғ.Қ. “Ёш
боксчиларни тайёрлаш асослари”. Тошкент, 2012.
3.
Каримов М.А., Халмухамедов Р.Д., Шамсематов И.Ю., Тажибаев С.С.
“Боксчиларнинг спортпедагогик маҳоратини ошириш”. Тошкент 2011 йил.
4.
Халмухамедов Р.Д. “Бокс”. Ўқув қўлланма. Тошкент, 2008 йил.
5.
Албеков.Ш.А., Миржамалов С.Х., Джаппаров Ф.Ф., “Енгил атлетика. Қисқа, ўрта ва
узоқ масофаларга югуриш”. Тошкент 2021 йил.
6.
Фойдаланилган интернет сайтлари.
7.
Gооglе.cом.
8.
www.sport.cом.
