Authors

  • Norbek Niyozov
  • Mirjalol Qo‘qonboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73645

Keywords:

me’da osti bezi atsinus merkazolil bo‘lakcha

Abstract

Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

798

ME’DA OSTI BEZI MORFOLOGIYASI TAJRIBAVIY GIPOTIREOZDA

Norbek Q. Niyozov

1

Mirjalol I. Qo‘qonboyev

2

1

Katta o‘qituvchi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, Uzbekistan.

E-mail.

norbekniyozov65@gmail.com

2

Talaba, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, Uzbekistan

E-mail.

mirjalolqoqonboyev3@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15091322

Annotatsiya.

Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan

tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da

osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish

kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli

o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha

tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni

ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va

ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

Kalit so‘zlar:

me’da osti bezi, atsinus, merkazolil, bo‘lakcha

PANCREAS MORPHOLOGY IN EXPERIMENTAL HYPOTHYROIDISM

Abstract.

In our study, we studied white laboratory rats born from mothers with control

and experimental hypothyroidism. As a result of morphological analysis of the pancreas at

different periods of postnatal ontogenesis, compared with the control group, significant changes

in the development and formation of individual components of the vascular wall were detected.

From the first days after the start of the experiment, changes in the arterial wall were noted in all

experimental animals. The results obtained indicate that morphological changes occur in

pancreatic cells and their blood vessels in offspring born from mothers with hypothyroidism.

Keywords:

pancreas, acinus, mercazolyl, lobe.

МОРФОЛОГИЯ ПОДЖЕЛУДОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ ПРИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОМ

ГИПОТИРЕОЗЕ

Аннотация.

В нашем исследовании мы изучали белых лабораторных крыс,

рожденных от контрольных и экспериментальных матерей с гипотиреозом. В результате

морфологического анализа поджелудочной железы в разные периоды постнатального

онтогенеза выявлены существенные изменения задержки развития и формирования


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

799

отдельных компонентов сосудистой стенки по сравнению с контрольной группой. С

первых дней после начала эксперимента у всех подопытных животных отмечали

изменения артериальной стенки. Полученные результаты показывают, что у потомства,

рожденного от матерей с гипотиреозом, происходят морфологические изменения в

клетках поджелудочной железы и ее кровеносных сосудах.

Ключевые слова:

поджелудочная железа, ацинус, мерказолил, доля.

Dolzarbligi.

Dunyoda endokrin kasalliklar orasida qalqonsimon bez kasalliklari uchrash

darajasi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallaydi. Manifest gipotireozning uchrash darajasi 0,2-1%,

yashirin birlamchi gipotireoz esa 7-10 % tashkil qiladi. Tireoid gormonlarining organizmda

yetishmasligi yoki miqdorining oshib ketishi natijasida kuzatiladigan metabolik o‘zgarishlar

me’da ichak traktida ham morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib keladi [1, 5, 8, 12]. Jahon

sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Avstraliya, Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin

Sharq, va Shimoliy Amerikada olib borilgan tadqiqotlar natijasida me’da-ichak kasalliklari aholi

orasida tarqalganligi 7-41% va o‘rtacha 25% ni ko‘rsatadi. Bunday holatda odamlarning umr

ko‘rishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun kasallikni aniqlashda zamonaviy tashxisot

imkoniyatlarini kengaytirish, kasallikning ko‘payishiga olib kelayotgan turli holatlarning paydo

bo‘lishi me’da-ichak tizimida morfologik va funksional o‘zgarishlarga olib keladi [2, 4, 7, 13].

Dispanser nazoratida turadigan bemorlarning 32% hazm a’zolari bilan kasallanganlar

tashkil qiladi. Ushbu kasallik ko‘plab holatlarda uzoq vaqt davomida vaqtincha mehnat

qobiliyatining yo‘qotilishi, davolanish va reabilitatsiya jarayonlarining qimmatligi sababli

bemorning o‘zini hamda davlatning budjetidan katta miqdordagi moddiy yo‘qotishga sabab

bo‘ladi [3, 6, 10]. Shu munosabat bilan qalqonsimon bez kasalliklarni va uning asosratlarini oldini

olish, samarali diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish zamonaviy tibbiyotning dolzarb

masalalaridan biri hisoblanadi. Jahonda so‘ngi o‘n yillikda qalqonsimon bez kasalliklari va uning

me’da-ichak traktiga nojo‘ya ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda

[9, 11]. Bu borada qalqonsimon bez patologiyasini organizmdagi barcha organ va tizimlarining

o‘zgarishlariga olib kelishini va gipotireoz bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan

avlodlar me’da osti bezining morfologik xususiyatlarini ilmiy asoslash, gipotireoz kasalligida

me’da osti bezida kechadigan o‘zgarishlar asosan klinik kechishini aniqlash, biroq me’da osti

bezida kechadigan morfologik o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamligini inobatga olganda,

me’da osti bezida kechadigan o‘zgarishlar dinamikasini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

800

alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyot

manbaalarida gipotireoz bilan og‘rigan ayollardan tug‘ilgan avlod me’da osti bezining ekzokrin

va endokrin qismlarini postnatal davrda rivojlanishining morfofunksional o‘ziga xos

xususiyatlarini kompleks baholashga qaratilgan ma’lumotlar mavjud emas. Qandli diabetning

ko‘payishi, homilador ayollarda gipotireoz muammosining o‘ta muhim ekanligi, uning avlod

me’da ichak tizimini postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sirining struktur va funksional

mexanizmlarini noaniqligi va yetarli darajada o‘rganilmaganligi ushbu yo‘nalishdagi

tadqiqotlarning dolzarbligi yuqori darajada ekanligini taqozo etadi.

Tadqiqotning maqsadi:

me’da osti bezidagi morfologik o‘zgarishlarning xarakterini

tajribaviy gipotireozda aniqlash.

Material va tadqiqot usullari.

Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 80 nafar jinsiy yetuk

oq laboratoriya kalamushlarning me’da osti bezi o‘rganildi. Oq laborator kalamushlarini 2 ta

guruhga ajratildi. 1-guruh 30 ta sog‘lom kalamushlar nazorat guruhini tashkil qildi. 2-guruh tajriba

guruhida urg‘ochi jinsga mansub 50 nafar oq laborator kalamushlarda tajribaviy gipotireoz

chaqirish uchun 14 sutka davomida 100 gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda merkazolil

berildi. Keyinchalik 1 oy davomida kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil

berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilganidan keyin ham emizikli

davrida ona kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berishni davom ettirildi.

Ona va bola kalamushlarning dum venasidan qon olindi, hamda qalqonsimon bez

gormonlari miqdori o‘rganildi. Bola kalamushlar tug‘ilganidan so‘ng 3-, 7-, 14-, 21- va 30-

kunlarda dekapitatsiya usulida jonsizlantirildi. Gistologik tekshiruvlar uchun me’da osti bezining

bosh, tana va dum qismidan to‘qimalar olindi. Me’da osti bezi to‘qimasi 10% li formalin

eritmasida fiksatsiya qilinib, spirtda suvsizlantirildi va parafinli bloklar tayyorlandi. Tayyorlangan

parafinli bloklardan 8-12 mkmlik gistologik preparatlar tayyorlanib, gematoksilin-eozin usulida

bo‘yaldi. Tajribalar va hayvonlarni dekapitatsiya usulida jonsizlantirish “Eksperimentlar va

boshqa ilmiy maqsadlarda ishlatiladigan umurtqali hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha Evropa

konventsiyasi” ga muvofiq amalga oshirildi (Strasburg, 1985). Qalinligi 8-10 mikron bo‘lgan

rotorli mikrotomda tayyorlangan gistologik kesmalar gematoksilin-eozin bilan standart usulda

bo‘yalgan [Volkova O. V. V., Yeletskiy yu.K., 1982].

Tadqiqot natijalari.

Kalamush bolalarining tana va me’da osti bezining vazni, me’da

osti bezining tana vazniga nisbatan nisbiy og‘irligi, uzunligi, kengligi va qalinligi yoshga qarab

o‘zgarib boradi (1-jadval). Me’da osti bezining 3 kunlikdan 30 kunlik davrgacha og‘irligining


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

801

1,9 marta, uzunligining 1,4 marta, kengligini 3,9 marta, qalinligining 3,0 marta kattalashishi

kuzatildi. Me’da osti bezining anatomik o‘lchamlari 21 kunlikga kelib eng ko‘p o‘sish tempini

tashkil qildi. 3 kunlik kalamush bolalari me’da osti bezining shakli ipsimon ekanligini ko‘rish

mumkin. Asta-sekin me’da osti bezining shakli uchburchaksimon keyinchalik esa prizmali

uchburchaksimon shaklga ega bo‘ladi. Me’da osti bezi ovqat hazm qilish tizimining eng muhim

organ bo‘lib, strukturaviy jihatdan uch qismdan iborat, birinchi qismi o‘n ikki barmoqli ichak

qismi bo‘lib, o‘n ikki barmoqli ichakning U shaklidagi egilishida, umumiy o‘t yo‘liga quyilish

joyining kaudal qismida joylashgan. Ikkinchi qismi pilorik qismi bo‘lib, umumiy o‘t yo‘li bo‘ylab

joylashgan ko‘plab alohida bo‘laklardan iborat. Uchinchi qism me’da-taloq boylamining

dublikatsiyasida joylashgan bo‘lib, me’da-taloq qismi deyiladi. Morfofunksional jihatdan esa

me’da osti bezi ekzokrin va endokrin qismlardan iborat (1-rasm). Nazorat guruhidagi

kalamushlarning me’da osti bezi tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan.

1-rasm. 14 kunlik nazorat guruhidagi bola kalamush me’da osti bezi. Atsinus va Langergans

orollarning ko‘rinishi. Bo‘yalishi: gematoksilin-eozin. X: 10x40.

Biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan kapsula ingichka qatlamlar hosil qilib, bez ichiga

chuqur kiradi. Trabekulalar bezni alohida bo‘laklarga ajratadi, trabekulalar qalinligi 3 kunlikda

0,62±0,022 mkm dan 30 kunlikga kelib esa 0,72±0,036 mkm gacha qalinlashadi. Ular bir qavatli

prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Biriktiruvchi to‘qimada qon tomirlar, chiqaruv naylari, nerv

tomirlari joylashadi. Me’da osti bezi ekzokrin qismining struktur va funksional birligi atsinus

bo‘lib, u oxirgi sekretor bo‘lim va kiritma naylarni o‘z ichiga oladi, undan chiqaruv naylari

boshlanadi (2-rasm). Atsinuslar 7-12 ta yirik ekzokrin pankreotsitlar yoki atsinotsitlardan va bir

nechta mayda nay hujayralari yoki sentroatsinoz hujayralardan tashkil topgan. Atsinuslar

piramidasimon shaklda bo‘lib, keng asosi bazal membranada yotadi, tepasi toraygan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

802

Atsinuslarning hajmi 8696,3±23,5mkm

3

atsinusda hujayralarning soni 11,3±1,2 ga teng

ekanligi aniqlandi. Me’da osti bezining turli qismlarida to‘qimalarning hajmli nisbatlari taloq

qismida atsinar to‘qimalar umumiy to‘qimalar hajmining 77,3% ni va endokrin to‘qimalar 3,5%

ni, organning o‘n ikki barmoqli ichak qismida mos ravishda 88,3% va 0,35% ni egallashi

aniqlandi.

Kalamushlarda tajribaviy gipotireoz chaqirilganligini asoslash maqsadida tajribaning har

xil kunlarida kalamushlarning qonida triyodtironin (T3), bog‘lanmagan tiroksin (T4) va tireotrop

gormoni (TTG) miqdori aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Nazorat va tajriba guruhidagi kalamush bolalarining qonidagi gormon ko‘rsatkichlari

Kunlar

Qondagi gormonlar darajasi (M ± m)

Nazorat guruhi

Tajriba guruhi

TTG

(mkME/

ml)

Triyodtironi

n (T3)

Tiroksin

(bog‘lanma

gan T4)

(pmol /l)

TTG

(mkME/

ml)

Triyodtironi

n (T3)

Tiroksin

(bog‘lanma

gan T4)

(pmol/l)

3 kun

0,13±0,02

8,1±0,09

13,00±0,3

0,11±0,7

7,1±0,05

9,2±0,02

7 kun

0,15±0,2

8,4±0,07

13,00±1,3

0,17±0,7

7,8±0,2

10,2±0,1

14 kun

0,2±0,01

9,5±1,1

12,00±1,1

0,3±0,02

5,00±0,8

6,00±0,7

21 kun

0,21±0,03

9,9±±0,2

12,00±0,9

0,41±0,03*

4,9±0,4

4,2±0,3

30 kun

0,2±0,18

10,3±0,2

13,00±1,0

0,43±0,01

4,3±0,3*

3,2±0,4*

Izoh:* - p<0,05 nazorat guruhiga nisbatan ishonchli

Olingan ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, tajribaning 7 kunligida gipotireoz va

nazorat guruhidagi kalamush bolalarining T3 va T4 gormoni bir-biridan deyarli farq qilmaydi.

Tajribaning 14-kuni T4 ko‘rsatkichi yaqqol va T3 ko‘rsatkichi unchalik yaqqol aks

etmagan pasayishi kuzatildi. Tajribaning 21-kunida T4 gormonining ko‘rsatkichi 2 marta, T3

esa 1 martaga kamayishi aniqlandi. 30 kunlik kalamushlar qonida qalqonsimon bez gormonlari

quyidagicha o‘zgardi T4 ko‘rsatkichi 4 martaga, T3 esa bir yarim barobar kamayishi kuzatildi.

Shunday qilib, gormonlarning ko‘rsatkichini tahlili eksperimental gipotireoz holatida

kalamushlarning qonida tiroksin (T4) gormonining ko‘rsatkichini ishonchli kamayishi

kuzatildi. T4 gormonining kamayishi 14 kunlikdan boshlab yaqqol aks etdi va tajribaning

oxirgi kunlariga kelib ishonchililigi 4 martagacha kamaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

803

Qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori tireotrop gormoni orqali boshqarilib

turadi. T3 va T4 gormonlarining miqdorini qonda kamayishi, TTG gormonining oshishiga olib

keldi. Tajribaning 3- va 7-kunlarida TTG miqdori nazorat guruhdagi kabi bir xil. Tajribaning

14-kuniga kelib TTG ning asta-sekin oshishi, 21-kunga kelib esa nazorat guruhidagiga

qaraganda 2 barobar ortishi qayd etildi.

Tajribaviy gipotireoz holatida me’da osti bezining morfologik tuzilishida o‘zgarishlar

kuzatildi. Me’da osti bezining tuzilishidagi morfologik o‘zgarishlar tajribaning 7-14 kunida

bezning bo‘lakli tuzilishi saqlangan, periferiyada shish ko‘rinadi (2-rasm). Tajribaning ilk

kunlaridayoq bez to‘qimasida shish rivojlanib, kollagen tolalarning titilishi, qon tomirlarda

o‘zgarishlar, hujayralarda distrofik o‘zgarishlar kuzatildi. Yuqoridagi o‘zgarishlar rivojlanishiga

qaramasdan, bezning bo‘lakchali rivojlanishi saqlanganligi ko‘rinadi. Tajribaning ilk kunlarida

vena tomirlaridagi to‘laqonlik, qon-tomirlar devorida o‘tkazuvchanlikni oshishi hisobiga

plazmorragiya kuzatildi va periferik qon quyilish o‘choqlari (3-rasm), stromada o‘choqli shishlar

aniqlandi.

2-rasm. 7-kunlik tajriba guruhidagi bola

kalamush me’da osti bezining gistologik

ko‘rinishi. Atsinotsitlar arxitektonikasi

buzilishi. Insterstitsial shish. Bo‘yalishi:

gematoksilin-eozin. X: 10x20.

3-rasm. 14-kunlik tajriba guruhidagi bola

kalamush me’da osti bezining gistologik

ko‘rinishi. Qon quyilish o‘choqlari.

Bo‘yalishi: gematoksilin-eozin. X: 10x20.

Tajribaning 21 kuniga kelib, bezning bo‘lakchaviy tuzilishi saqlanib qoladi, ammo

bo‘laklarning hajmi biroz kamayishi aniqlanadi. Me’da osti bezining stromasida shish

intensivligining oshishi kuzatilib, butun bezga tarqalib, diffuz xarakterga ega bo‘ldi. Kollagen

tolalarning shishi va joylarda parchalanishi kuzatildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

804

Stromaning saqlanib qolgan qismlarida reparativ jarayonlar kuchayadi, fibroblastlarning

intensiv tarqalishi va fibrillalar hosil bo‘lishi aniqlandi. Ekzokrin hujayra atsinusida yadro va

yadrochalarning joylashuvi va tuzilishi o‘zgaradi, sitoplazmaning vakuolizatsiyasi, zimogen

granulalar kamayadi, endoplazmatik to‘rning tuzilishi buziladi. Endokrin hujayralar

sitoplazmasida degranulyatsiyaning yo‘qolishi kuzatildi. Interlobulyar venoz tomirlari kengaydi,

leykotsitlar to‘planishi aniqlandi, tomirlar devori va miksamatoz shish. Me’da osti bezi

atsinuslarning diametri nazorat gruppasiga nisbatan 4%gacha, ularning balandligi esa 18% gacha

o‘sishdan orqada qolganligini ko‘rishimiz mumkin. Atsinuslarning shakli noto‘g‘ri shaklda,

zimogen va bazofil sohalar bilan aniq chegarasi yo‘qolgan. Me’da osti bezining atsinar qismining

chetki sohalarida destruksiya belgilari namoyon bo‘ladi.

30 kuni me’da osti bezida xarakterli tarkibiy o‘zgarishlar aniqlandi, ya’ni bo‘lakchalarning

atrofiyasi va deformatsiyasi, bez stormasida shishning intensivligi oshib, butun bezga tarqaldi.

Bo‘laklarda atsinuslar epiteliysining pasayishi va atrofiyasi, endokrin hujayrasi α, β

hujayralarda distrofik o‘zgarishlar, sonini tartibsiz almashinuvi aniqlandi. Me’da osti beziniing

periferiyasida joylashgan bo‘laklarida atsinuslarning arxitektonikasi buzilishi ko‘rindi. Qon

quyilgan soxalar atrofidagi ba’zi atsinotsitlar bir-biridan uzoqlashgan va siqilgan ekanligini

ko‘rish mumkin. Atsinuslarda diskompleksatsiya kuzatilib, hujayralar vakuolizatsiyasi aniqlanadi.

Hujayralar chegarasi noaniq. Bo‘laklararo va bo‘laklarichi yo‘llari kengayganligi

aniqlandi. α-tipidagi hujayralar biroz kattalashgan. α–hujayralar zichroq sitoplazmatik membrana

bilan qoplanganligi uchun β–hujayralarga qaraganda kamroq shikastlangan. Langergans

orolchalari shish (8-rasm), qon tomirlarda o‘zgarishlar kuzatildi. Ko‘rinadigan tomirlarning

kengayishi ko‘rinishidagi mikrotomirlar va venoz tomirlarning o‘tkazuvchanligi oshishi qonning

suyuq qismini tomir devori orqali atrofdagi biriktiruvchi to‘qimalarga chiqishiga olib keldi.

Stromasida asosan perivenulyar va perikapillyar bo‘shliqlarda shishning paydo bo‘lishi

qayd etildi. Kollagen tolalar shishgan, bo‘shashgan, kapsulasi notekis joylashgan, biriktiruvchi

to‘qimalar shishi kuzatiladi. β–hujayra yadrolarining o‘rtacha maydoni kamaydi va kariopiknozga

uchradi. α–hujayrasining maydoni nazorat guruhiga nisbatan 8,5% ga kamaydi. Atsinus diametri

3% gacha, balandligi esa 12% gacha o‘sishdan orqada qoldi.

Xulosa.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gipotireoz holatida ona kalamushdan

tug‘ilgan avlodlarining me’da osti bezida salbiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bu o‘zgarishlar

gemomikrotsitkul-yator ko‘rinishda bo‘lib, oraliq stromaning shishi, hujayraning destruktiv va

distrofik o‘zgarishi sifatida namoyon bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

805

O‘zgarishlar tajribaning 14-kuni yaqqolroq aks etdi va ultrastrukturaviy o‘zgarishlar

atsinuslarda membrana tuzilmalarining destabilizatsiyasi sifatida ko‘rindi.

Atsinuslarning mitoxondriyasi tomonidan destruktiv o‘zgarishlar aniqlandi. Atsinuslar va

ularning tuzilmalaridagi dezorganizatsiya atsinositlarning qisqarish vazifasini buzilishidan darak

beradi. Olingan ma’lumotlar Atsinusda hujayra, subhujayra darajasidagi o‘zgarishlar surunkali

pankreatitga olib kelishini isbotlaydi. Tajriba guruhidagi kalamush bolalarining atsinus

hujayrasining diametri, balandligi nazorat guruhidagiga qaraganda kichikroq ekanligi aniqlandi.

Tajriba guruhidagi 3 kunlik kalamush bolalarining me’da osti bezi atsinus hujayrasining

diametri, balandligi nazorat guruhidagidan farq qilmaydi. 7 kunlik kalamush bolalarining atsinus

hujayrasining diametri, balandligi ishonchsiz kichikligi aniqlandi. 14 kunlikga kelib bu ko‘rsatgich

asta-sekin kamayib bordi va nazorat guruhidagiga qaraganda 1,2 marta kichik ekanligi, 21

kunlikga kelib esa 1,3 marta kichik ekanligi aniqlandi. 30 kunlikga kelib esa bu ko‘rsatgich 1,5

marta kichik ekanligi qayd etildi.

REFERENCES

1.

Курбанович НН и соавт. Особенности морфологических изменений поджелудочной

железы //Техасский журнал медицинских наук. – 2023. – Т. 16. – С. 79-83.

2.

Мухамадовна А.С. и соавт. Показатели фетометрии плода у беременных в состоянии

гипотиреоза //Техасский журнал медицинских наук. – 2023. – Т. 16. – С. 75-78.

3.

Niyazov N. K., Nabidjanova D., Valiyeva M. Indications of morphological changes of the

pancreas in experimental hypothyroisis // “International scientific conference” innovative

trends in science, practice and education. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 16-19.

4.

Муминов О. Б., Ниёзов Н. К., Нисанбаева А. У. Научный медицинский вестник югры

// Научный медицинский вестник югры Учредители: Ханты-Мансийская

государственная медицинская академия. – 2021. – Т. 1. – С. 141-143.

5.

Kurbanovich N. N. et al. Features Of Morphological Changes in the Pancreas // Texas

Journal of Medical Science. – 2023. – Т. 16. – С. 79-83.

6.

Muhamadovna A. S. et al. Indicators of Fetometry of the Fetus in Pregnant Women in a State

of Hypothyroidism //Texas Journal of Medical Science. – 2023. – Т. 16. – С. 75-78.

7.

Niyozov, N. K., Akhmedova, S. M., Usmanov, R. D., Mirsharopov, U. M., & Nisanbayeva,

A. U. (2023). Morphological Aspects of Pancreas Changes in Experimental

Hypothyroidism.

Journal of education and scientific medicine

,

2

(2), 27-31.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

806

8.

Kurbanovich N. N. et al. Reactive changes in the pancreas in hypothyroidism //American

Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2024. – Т. 25. – С. 343-347.

9.

Niyozov N. K. et al. Morphology of the Pancreas Against the Background of

Hypothyroidism // Journal of education and scientific medicine. – 2024. – Т. 1. – №. 5. – С.

47-52.

10.

Akhmedova S. M. et al. Pancreatic morphology in hypothyroidism //International journal of

artificial intelligence. – 2024. – Т. 4. – №. 09. – С. 475-479.

11.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic morphology in experimental stress

//Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 1. – С. 223-227.

12.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic pathologies: understanding the interplay between

chronic diseases and metabolic dysfunction //Conference on the role and importance of

science in the modern world. – 2025. – Т. 2. – №. 1. – С. 104-107.

13.

Сагатов, Т. А., Хожаназарова, С. Ж., Юсупова, Н. Т. К., & Ниёзов, Н. К. (2019).

Морфологическое состояние микроциркуляторного русла и тканевых структур матки

при хронической интоксикации пестицидом Вигор.

Проблемы науки

, (2 (38)), 56-60.

References

Курбанович НН и соавт. Особенности морфологических изменений поджелудочной железы //Техасский журнал медицинских наук. – 2023. – Т. 16. – С. 79-83.

Мухамадовна А.С. и соавт. Показатели фетометрии плода у беременных в состоянии гипотиреоза //Техасский журнал медицинских наук. – 2023. – Т. 16. – С. 75-78.

Niyazov N. K., Nabidjanova D., Valiyeva M. Indications of morphological changes of the pancreas in experimental hypothyroisis // “International scientific conference” innovative trends in science, practice and education. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 16-19.

Муминов О. Б., Ниёзов Н. К., Нисанбаева А. У. Научный медицинский вестник югры // Научный медицинский вестник югры Учредители: Ханты-Мансийская государственная медицинская академия. – 2021. – Т. 1. – С. 141-143.

Kurbanovich N. N. et al. Features Of Morphological Changes in the Pancreas // Texas Journal of Medical Science. – 2023. – Т. 16. – С. 79-83.

Muhamadovna A. S. et al. Indicators of Fetometry of the Fetus in Pregnant Women in a State of Hypothyroidism //Texas Journal of Medical Science. – 2023. – Т. 16. – С. 75-78.

Niyozov, N. K., Akhmedova, S. M., Usmanov, R. D., Mirsharopov, U. M., & Nisanbayeva, A. U. (2023). Morphological Aspects of Pancreas Changes in Experimental Hypothyroidism. Journal of education and scientific medicine, 2(2), 27-31.

Kurbanovich N. N. et al. Reactive changes in the pancreas in hypothyroidism //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2024. – Т. 25. – С. 343-347.

Niyozov N. K. et al. Morphology of the Pancreas Against the Background of Hypothyroidism // Journal of education and scientific medicine. – 2024. – Т. 1. – №. 5. – С. 47-52.

Akhmedova S. M. et al. Pancreatic morphology in hypothyroidism //International journal of artificial intelligence. – 2024. – Т. 4. – №. 09. – С. 475-479.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic morphology in experimental stress //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 1. – С. 223-227.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic pathologies: understanding the interplay between chronic diseases and metabolic dysfunction //Conference on the role and importance of science in the modern world. – 2025. – Т. 2. – №. 1. – С. 104-107.

Сагатов, Т. А., Хожаназарова, С. Ж., Юсупова, Н. Т. К., & Ниёзов, Н. К. (2019). Морфологическое состояние микроциркуляторного русла и тканевых структур матки при хронической интоксикации пестицидом Вигор. Проблемы науки, (2 (38)), 56-60.