Authors

  • Numonjon Islomov
  • Niginabonu Shavkatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73651

Keywords:

Qurt pilla novda g’umbak Xorazm Farg’ona Xiva.

Abstract

Beshinchi yosh oxiriga kelib, ipak qurtining rivojlanish jarayoni tugallanadi. Qurt barg yemay qo‘yadi va pilla o‘rash uchun joy qidirib o‘rmalab yuradi, shu bilan bir vaqtda ichagidagi suyuq moddalarning qoldiqlarini chiqarib tashlaydi. Ko‘pchilik zot qurtlar pilla o‘rash uchun jadal harakat bilan dastaning ustiga yoki so‘kchaklarning yon yog‘ochlari tomon balandroq joylarga o‘rmalab ketadi, ammo ba’zi xitoy zot qurtlarda bunday harakat yo‘q, ular bemalol pilla o‘rayveradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

815

TUT IPAK QURTIDA PILLANING HOSIL BO’LISHI HAMDA O`ZBEKISTONDA

IPAKCHILIKNI RIVOJLANISHI

Islomov Numonjon Abror o’g’li

Shavkatova Niginabonu Xurshidovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litsey o’quvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15094553

Annotatsiya.

Beshinchi yosh oxiriga kelib, ipak qurtining rivojlanish jarayoni tugallanadi.

Qurt barg yemay qo‘yadi va pilla o‘rash uchun joy qidirib o‘rmalab yuradi, shu bilan bir vaqtda

ichagidagi suyuq moddalarning qoldiqlarini chiqarib tashlaydi. Ko‘pchilik zot qurtlar pilla o‘rash

uchun jadal harakat bilan dastaning ustiga yoki so‘kchaklarning yon yog‘ochlari tomon

balandroq joylarga o‘rmalab ketadi, ammo ba’zi xitoy zot qurtlarda bunday harakat yo‘q, ular

bemalol pilla o‘rayveradi.

Kalit so’zlar:

Qurt, pilla, novda, g’umbak, Xorazm, Farg’ona, Xiva.

THE PRODUCTION OF THE COCOON IN THE MULBERRY SILKWORM AND THE

DEVELOPMENT OF SILK INDUSTRY IN UZBEKISTAN

Abstract

. By the end of the fifth instar, the development process of the silkworm is

completed. The caterpillar stops eating leaves and crawls around looking for a place to make a

cocoon, while at the same time expelling the remains of liquid substances in its intestine. Most of

the caterpillars move quickly to cocoon by crawling up the stalks or higher up the side of the stilts,

but some Chinese caterpillars have no such movement and simply cocoon.

Key words:

Worm, cocoon, branch, mushroom, Khorezm, Fergana, Khiva.

ПРОИЗВОДСТВО КОКОНА ШЕЛКОВОГО ШЕЛКОВНИКА И РАЗВИТИЕ

ШЕЛКОВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

К концу пятого возраста процесс развития тутового шелкопряда

завершается. Гусеница перестает питаться листьями и ползает в поисках места для

создания кокона, одновременно изгоняя остатки жидких веществ в своем кишечнике.

Большинство гусениц быстро перемещаются в кокон, ползая по стеблям или выше по

ходулям, но некоторые китайские гусеницы не имеют такого движения и просто

скрываются в коконе.

Ключевые слова:

Червь, кокон, ветка, гриб, Хорезм, Фергана, Хива.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

816

Tut ipak qurtida pillaning hosil bo’lishi: Besh yoshga kirgan qurt dasta bo‘ylab yuqoriga

ko‘tarilib, dastaning pilla o‘rash bo‘shlig‘i hosil qiladigan va shu yerga joylashib olib, pilla o‘rash

mumkin bo‘lgan tarzda o‘rnashgan novdachalarini qidiradi. Shunday joyni topib, qurt avval

bo‘shliq hosil qiladigan novdachalarni ipak tolalari bilan bir-biriga biriktiradi. Biriktirilgan bu

novdachalar va ularni bog‘lab turuvchi ipak tolalari bo‘shliqning tashqi devorini hosil qiladi.

Shundan keyin qurt bo‘shliqning ichiga ipak tolalarini torta boshlaydi, ya’ni chulg‘amlar hosil

qiladi, ular bo‘shliqning ichki tomonini to‘ldiradi, ammo bu bo‘shliqning o‘rta qismi ochiq qoladi.

Pilla o‘rashning birinchi bosqichini tugatib, qurt bo‘shliqning o‘rta qismiga joylashib oladi va pilla

qavatini o‘ray boshlaydi: u ipak tolalarini oldindan tortib qo‘ygan hovonlarga tutashtirib, bo‘lajak

pillaning konturini yasaydi.

Pilla o‘rashning bu ikkinchi bosqichda ipak tolalari yanada g‘ovakroq o‘raladi; bo‘shliq

orasidagi ochiq joy pilla sig‘adigan hajmgacha juda kichrayib boradi. Bu bo‘shliqqa joylashish

uchun ipak qurti «S» harfi shaklida bukilib oladi va soxta oyoqlari yordamida yasalgan yuza

bo‘ylab surilib, tanasining oldingi qismini yoysimon harakatlantirish yo‘li bilan bu qavatga ipak

tolalarini to‘playdi.

Bo‘lajak pillaning konturi yasalib bo‘lgandan keyin pilla o‘rashning uchinchi bosqichi -

pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rash jarayoni boshlanadi. Ipak qurti harakatlana olishi mumkin

bo‘lgan bo‘shliq tobora kichrayib boradi va qurt faqat boshi hamda bir-ikki ko‘krak bo‘g‘imlari

bilan harakatlanadigan bo‘lib qoladi. Ipak qurti oldindan o‘rab qo‘ygan ipak qavatiga soxta

oyoqlari yordamida tayanib boshi bilan tebranma harakat qiladi, bir vaqtda ko‘krak qismi

bo‘g‘imlarini qisqartiradi, bunda go‘yo boshini ichiga tortadi. Bunday qo‘sh harakat natijasida qurt

ipak tolalarini sakkizliklar yoki sinusoidal egri chiziqlar shaklida taxlaydi. Bunday seriya «paket»

deb ataladi: paketning kengligi qurt boshining tebranma harakatlari kengligiga (amplitudasiga)

bog‘liq, uzunligi esa ko‘krak qismi bo‘g‘imlarining qisqarish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ipak qurti

bitta paketni yasab bo‘lgandan keyin boshini bir oz ko‘tarib qo‘yadi, so‘ngra boshini yana pastga

tushirib, yangi paket yasay boshlaydi. Ipak qurti boshini ko‘targan vaqtda ham ipak chiqarishni

to‘xtatmaydi, shuning uchun ham bir paketdan ikkinchi paketga cho‘ziq to‘g‘ri yoki egri-bugri

shaklli ipak tolalari ketadi.

Ba’zan bunday yo‘llar halqa shaklida bo‘ladi. Ipak qurti pillaning birinchi yarim sharini

o‘rash protsessida ikkinchi yarim shardagi soxta oyoqlarini asta-sekin harakatlantiradi, bunda u

birinchi yarim shar sirtining hamma joyiga ipak tolalarini qavat qilib taxlash imkoniyatiga ega

bo‘ladi. Ipak qurti pillaning bitta yarim sharida paketlar to‘plamlari yasab bo‘lgandan so‘ng


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

817

ikkinchi yarim shar tomon harakatlana boshlaydi, yo‘lda ham paketlar yasashni davom

ettiraveradi. Ipak qurti pillaning bitta yarim sharidan ikkinchi yarim shariga o‘tish vaqtida yo‘lda

yasalgan paketlar yarim shardagi paketlardan farq qiladi: ular anchagina cho‘ziq sakkizliklar va

sinusoidal egri chiziqlar shaklidadir, ular birmuncha katta bo‘ladi.

Ipak qurti pillaning bitta yarim sharidan ikkinchisiga o‘tib bo‘lgandan keyin ikkinchi yarim

sharda paketlar o‘ray boshlaydi, bu vaqtda ipak qurti tolasining tayanch qismi - qorin bo‘g‘imlari

va soxta oyoqlari qarama-qarshi tomondagi yarim sharda bo‘ladi. Ipak qurtining bitta yarim

shardan ikkinchisiga bunday o‘tib yurishi o‘rnini o‘zgartirish, deb ataladi. Ipak qurti pilla o‘rash

vaqtida 250 dan 500 martagacha vaziyatini o‘zgartiradi. Qurtning bir vaziyatda turish muddati har

xil va bu muddat pilla o‘rash jarayonining boshidan oxirigacha juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan

harorat sharoitiga ham, pillaning qavatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Pilla o‘rash jarayonida uning

qobig‘i qalinlashib borgan sari qurtlar vaziyatini kamroq o‘zgartiradi. Pilla o‘rash davrining

boshlarida qurtlar har bir vaziyatda 140 sekund, pilla o‘rash davrining o‘rtalarida esa 258 sekund

«ishlaydi». Pilla o‘rash davrining boshlarida qurtlar bir vaziyatda chiqargan ipak tolasining

uzunligi 94 sm, bu davrning o‘rtalarida 170 sm, oxirida esa 333 sm. bo‘ladi (kuzatishlar eski

barg‘dod zot qurtlar pillasi ustida olib borilgan). Shuningdek, sakkizliklar va sinusoidal egri

chiziqlarning kattaliklari ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davri boshlangandan to pilla o‘ralib

bo‘lguncha ular asta-sekin kattalashib boradi. Pilla qobig‘ining tashqi qavatida sakkizliklarning

bo‘yi (uzunligi) 3,1 mm ga (temperatura 25°C bo‘lganda),o‘rta qavatida 3,7 mm ga va ichki

qavatida 5,1 mm ga teng bo‘ladi. Agar pilla qobig‘ining tashqi qavatini o‘rashda ipak qurti har bir

sakkizlik uchun 1,55 sekund sarflagan bo‘lsa, o‘rta qavatni o‘rashda har bir sakkizlik uchun 2,12

sekund, ichki qavatni o‘rashda esa 2,35 sekund vaqt sarf qilgan. Ipak tolasining yo‘g‘on-

ingichkaligi ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davrining boshlaridagi 23,28 mikrondan bu davr oxirlarida

22,28 mikrongacha ingichkalashib boradi.

Hamma ipakning 25-30% i pillaning ikki qutbiga, qolgan ipak esa ikki qutbining yonlariga

va pillaning o‘rta qismiga o‘raladi. Pilla qutblaridan baravar uzoqlikda pillani o‘rab oluvchi

geometrik ekvator yo‘li o‘tadi. Beli ingichka pillalarda bu yo‘l ingichka joyining o‘rtasiga to‘g‘ri

keladi. Pillani qutb tomonlaridan baravar uzoqlikda o‘rab oluvchi o‘rta qismining sirti dinamik

ekvator deb ataladi. Pillaning ekvatorida ipak o‘ralayotganda bitta yarim sharda boshlangan

paketlar ikkinchi yarim sharda tamomlanadi, bunda bir paket ketidan ikkinchi paket navbat bilan

yasalib turadi, ular «qulf» shaklida birining ustiga ikkinchisi taxlanadi, natijada pilla qobig‘ining

shu qismi belbog‘i qalinlashadi va bu bilan pilla qutblari orasida mustahkam bog‘lanish


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

818

ta’minlanadi. Ipak qurti kamdan-kam hollarda dinamik ekvatorda paketlar yasamaydi, bunda

pillaning beli ingichka joyi yaxshi o‘ralmaydi; bunday pillalarning yarim sharlari ipak qurti bir

vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o‘tish vaqtida chiqargan ozroq ipak bilan birlashgan bo‘ladi.

Pillaning dinamik ekvatorida paketlarning «qulf» shaklida taxlanishi ipak tortish vaqtida, ayniqsa,

beli ingichka (juda ingichka) pillalar ipagini tortishda qiyinchilik tug‘diradi. Bir-biriga kirib

turadigan paketlar ipak tortish vaqtida paketlar oralig‘ida ishqalanish hosil bo‘lishi, ipak

tolalarining chuvalanib ketishi va uzilishiga sabab bo‘ladi. Oval shaklli pillalar ipagi beli ingichka

pillalar ipagiga qaraganda yaxshiroq tortilishi aniqlangan. Pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rash

uchun ipak qurti ipak chiqaruvchi bez ishlab chiqaradigan hamma ipak massasining 70 - 80%

ini sarflaydi.

Ipak qurti pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rab bo‘lgandan keyin pilla o‘rash

jarayonining so‘nggi - to‘rtinchi bosqichiga o‘tadi. Bu vaqtga kelib, uning tanasi birmuncha

qisqaradi, boshining bir me’yordagi harakati buziladi, anchagina ingichkava seritsinga kam

bo‘lgan ipak tolalari cho‘ziq, noto‘g‘ri shaklli halqalar ko‘rinishida o‘raladi. Ipagini tortib

bo‘lmaydigan g‘ovak parda hosil bo‘ladi. G‘umbakning boshi turgan joyda bu parda yana ham

g‘ovakroq tuzilgan bo‘lib, asosiy qobiqdan bir oz qochibroq turadi.

O`ZBEKISTONDA IPAKCHILIKNI RIVOJLANISHI:

O‘zbekiston pillachiligi tarixi ya’ni yurtimizga pillani kirib kelishi va ipakchilikni

rivojlanishi tarixiy manbalarda qo‘yidagicha bayon etilgan. Ipakchilik O‘rta Osiyo davlatlariga

IV-asrda kirib kelish sabablaridan biri Xitoydan ipakchilik O‘zbekistonga yashirincha yo‘l bilan

olib o‘tilgan, ya’ni Xitoy malikalaridan biri Xitoyning G‘arbiy chegarasidagi Xotan davlati

shahzodasiga turmushga chiqib, o‘z jonini xavf ostida qoldirib, turmush o‘rtog‘iga sadoqati

sifatida sochining turmagi ichida ipak qurti tuxumini yashirib, Xotan davlatiga olib kelgan (Xotan

shahri Xitoyning uyg‘ur avtonom rayonida joylashgan. U ba’zi tarixiy manbalarda Serinda deb

atalgan. Yunoncha «Serin» so‘zi «ipak» degan ma’noni bildiradi.)

Malika ipak qurtini boqishni juda yaxshi ko‘rib, u bilan shug‘ullanish uchun ipak qurt

urug‘ini o‘z bilan birga olib o‘tganligi rivoyat qilinadi. Yana bir manbada Art Stalkerni

“Shelkovodstvo” kitobida yozishicha Buxoroning kichik Amiriga kelin bo‘lib kelgan Xitoy

Imperatorini qizi o‘z yoriga sovg‘a sifatida soch turmagiga pillani yashirib olib kelganligi bayon

qilingan. Shu bilan ipakchilik yangi bir mamlakatda rivojlanishiga sababchi bo‘lgan, ipakchilik

O‘rta Osiyo va undan Eron davlatiga tarqalgan .


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

819

Ipakchilik qaysi mamlakat bo‘lmasin, bu mavjudotni o‘z chegarasidan tashqariga olib

chiqib ketishlariga qarshilik qilingan, shunga qaramay, pillachilik turli yo‘llar bilan sekin-asta

boshqa davlatlarga ham tarqaldi. Pilladan ipak ajratib olish tasodifan kashf etilgan, deyiladi. Xitoy

Imperatorini rafiqasi Xitoy malikasi bog‘da choy ichib o‘tirganda uning piyolasiga tut daraxtidan

pilla tushgan. Pilla piyolada ma’lum vaqt qolib ketgandan keyin, tasodifan qo‘lga olinganda undan

ipak tola ajrala boshlagan.

Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xorazm vohasi o‘tmishda pillachilik

markazlaridan biri bo‘lgan. Geograf olim Maqsudiy (940-985) u erda X asrlardayoq rivojlangan

pillachilik hunarmandchiligining mavjud bo‘lganligini yozadi. Geografiya lug‘atini tuzgan

mashhur sayyoh Yoqut Hamaviy Xorazmda ko‘plab tut daraxtlari o‘stirilganligi va pillachilik

ipakchilik ishlari rivojlanganligi haqida yozadi.

Pillachilik O‘rta Osiyoda tarqalishi bilan N.Petrovskiyning (1874) ma’lumotlariga ko‘ra,

ipakchilik Chorjo‘ydan Amudaryo bo‘ylab shimol tomonga, to G‘ijduvongacha, undan Xiva

xonligigacha tarqalgan. Buxorodan Zarafshon daryosi bo‘ylab Kattaqo‘rg‘on va Samarqandgacha,

undan Shahrisabzgacha borib yetgan. Namangan, Marg‘ilon, Andijon okruglari va undan shimol

tomonga - Toshkent, CHimkent va Turkistonga qadar tarqalgan. Pillachilik yetib borgan joy borki,

o‘sha yerli halq ipak qurti boqish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Demak, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Qo‘qon. Xo‘jand, Xiva, Buxoro, Samarqand,

Toshkent, Chimkent shaharlari va uning atrofidagi viloyatlar juda qadim zamonlardayoq

pillachilik va har xil ipakli matolar tayyorlash bilan mashhur bo‘lgan. O‘rta Osiyo pillachiligi

tarixiga oid boshqa bir manbada (Ibrohimov, 1964) ko‘rsatilishicha, bu yerda ipakchilik boshqa

davlatlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda yuzaga kelgan, deyiladi.

Ilmiy kuzatishlar O‘rta Osiyoda Yer tarixining uchlamchi davrida ham tut daraxtlari va

yovvoyi pilla qurtlari bo‘lganligi haqida dalolat beradi. Bunday qurtlar asta-sekin

xonakilashtirilgan, deyishga asos bo‘ladi. Bu haqida muallif bir qancha tarixiy, lingvistik, folklor

va etnografik faktlar ham mavjudligini yozadi. Ipakdan shoyi matolar to‘qish dastlab Markaziy

Osiyoda bundan 4 ming yil ilgari vujudga kelgan va mustaqil ravishda Farg‘ona vodiysi, Zarafshon

daryosining bosh qismi va O‘zbekistonning janubida rivojlana boshlagan.

Bunga miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikdan shu paytgacha saqlangan tabiiy ipakdan

to‘qilgan mato namunalari dalildir. Yuqorida keltirilgan ikkita manbaning o‘zi pillachilik va

ipakchilik xitoyliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda ulardan bir asr oldin yurtimizda ma’lum va

mashhurligini isbotlaydi. O‘rta Osiyoning pillachilik markazi o‘tmishda Farg‘ona vodiysi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

820

hisoblangan. Buning isboti sifatida u joylarning tabiiy sharoiti ipak qurti uchun qulayligi, tutzorlar

barpo qilish uchun sug‘oriladigan yerlarning mavjudligi, xalqning o‘troq holda yashashi kabi

dalillarni keltirish kifoyadir. 1917 Osiyoda asosiy pillachilik rayoni Farg‘ona viloyati bo‘lib, u

yerda O‘rta Osiyoda tayyorlanadigan umumiy pillaning 80 foizdan ko‘prog‘i tayyorlanar edi.

Pillachilik hatto viloyatning gerbida ham o‘z aksini topgandi (ipak qurti kapalagi tasviri tushirilgan

edi). Bu viloyatda pillachilik bilan Qo‘qon, Namangan, Andijon, O‘sh uezdlari shug‘ullanardi.

Farg‘ona viloyatida 1900 yilda 101,4 ming 1910 yilda qariyib, 164 ming va 1914 yilda–161 ming

put pilla tayyorlangan. Turkiston o‘lkasida birorta ham pillakashlik fabrikasi bo‘lmaganligi tufayli

har yili ko‘p miqdorda pilla tashqi mamlakatlarga chiqarilar edi. Masalan, 1907 yilda Chor

Rossiyasida 4570 tonna pilla tashqariga chiqarilgan bo‘lsa, uning 4170 tonnasi O‘rta Osiyoniki

edi. «Шелководство и шелковая промышленность» jurnalida yozilishicha, Rossiya pillalari

Marselga (Fransiya) jo‘natilar, u yerdan esa ipak holida yana Rossiyaga qaytar edi. Bu degan so‘z

katta mehnat evaziga tayyorlangan pillalar katta mablag‘lar sarflanib, boshqa yurtlarga yuborilib,

ipak xoliga keltirilar edi. Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg‘onada, 1927 yil

Samarqandda, 1928 yilda Buxoroda sungra Marg‘ilon shahrida qurilib, ishga tushrildi. 1959 yilda

Toshkent pillakashlik fabrikasi,keyinchalik 1980-85 yillarda Urganch, Shaxrisabz, Namangan,

Buloqboshi,Urganch, G‘ijduvon, Sho‘rchi, pillakashlik korxonalari ishga tushdi. 1924 yilda

Farg‘onada ipakchilik ilmiy stansiyasi ochildi. Ikki yillik kursdan tashqari, 1925 yilda Toshkent

va Farg‘onada pillachilik bo‘yicha instruktorlar tayyorlaydigan 3 oylik kurslar ham ochildi.

Mazkur kursning bitiruvchilari joylarda ishbilarmon tashkilotchi va mutaxassis sifatida o‘sha

paytlarda sohaning rivoji uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Hukumat tomonidan

pillachilikka e’tibor berilishi va uni ilmiy asosda rivojlantirish masalasi qo‘yilar ekan, endi bu

sohaning o‘z ilmiy muassasasi bo‘lishini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.

O‘rta Osiyo Davlat universiteti agronomiya fakultetida 1927 yilda tashkil qilingan

ipakchilik kursi ochildi. Bo‘limda ikki oylik (qishloq instruktorlari), bir yillik (rayon

instruktorlari), ikki yillik (ipar qurti urug`chilik korxonalari uchun mutaxassislar) kurslar faoliyat

ko‘rsatgan. Ikki yillik kursga asosan O‘rta Osiyo davlat universitetining agronomiya va biologiya

fakultetining bitiruvchilari qabul qilingan. O‘rta Osiyoga pillachilik hunarining markazi Farg‘ona

vodiysi bo‘lganligi qayd etilgan. Farg‘ona viloyatida 1946-52 yillarda ipak qurtining boqish va

hosildorligini oshirish ishlari olib borilishi ya’ni O.Sultonovaning jadal qurt boqish usulini ishlab

chiqishi sababli pilla hosili 21,6 % dan 37 % gacha ya’ni 1 qutidan o‘rtacha 56,6 kg dan olganligini

jadal qurt boqish usulida yozilganidan bilish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

821

XULOSA:

Pilla o‘rash jarayonida ipak qurti harakatlarining xarakteri va ularning

izchilligi “pilla o‘rash biodinamikasi” deb ataladi. Pilla o‘rash jarayoni tamom bo‘lgandan keyin

qurtlar beshinchi marta pust tashlaydi, ammo bu safar ular eski po‘stini tashlab, g‘umbakka

aylanadi. Asrlar davomida insoniyatga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo‘li endilikda TRASEKA deb

qayta tiklanayotgan ekan, bu yo‘l ham mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, madaniyat, iqtisodiy

ravnaq yo‘li yangi ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1.

Muxamedov M.M. – «Buyuk ipak yo‘li», - madaniyatlarini birlashtiruvchi yo‘l. Ipak

jurnali, 1996, 3-son,.

2.

N.G.Bagovutdinov, va boshqalar. “Pillachilar uchun qo‘llanma” “O‘qituvchi ” nashriyoti

ruschadan tarjima. Toshkent -1984 y.

3.

Pillachilikning oziqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari etishtirish

hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarori. Toshkent 2000 yil 15 mart, Xalq so‘zi ro‘znomasi 16 mart 2000

yil.

4.

Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Toshkent, 1998, 30 mart, “Xalq so‘zi”

ro‘znomasi, 1998 yil 1 aprel № 67 (1848), 1-bet.

5.

www.sheki-ipek.com.az www.

6.

Ziyonet. Uz O‘zbek internet resurslarining katalogi:

www.uz

7.

O‘zbekiston ensklopediyasi 553 bet.

References

Muxamedov M.M. – «Buyuk ipak yo‘li», - madaniyatlarini birlashtiruvchi yo‘l. Ipak jurnali, 1996, 3-son,.

N.G.Bagovutdinov, va boshqalar. “Pillachilar uchun qo‘llanma” “O‘qituvchi ” nashriyoti ruschadan tarjima. Toshkent -1984 y.

Pillachilikning oziqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari etishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Toshkent 2000 yil 15 mart, Xalq so‘zi ro‘znomasi 16 mart 2000 yil.

Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Toshkent, 1998, 30 mart, “Xalq so‘zi” ro‘znomasi, 1998 yil 1 aprel № 67 (1848), 1-bet.

www.sheki-ipek.com.az www.

Ziyonet. Uz O‘zbek internet resurslarining katalogi: www.uz

O‘zbekiston ensklopediyasi 553 bet.