Authors

  • Numonjon Islomov
  • Niginabonu Shavkatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73652

Keywords:

akkumulyatsiya Uran Tariy radioaktivlik yadro reaktorlari.

Abstract

Bu maqola jahonda Global ekologik muammolar iqlimning oʻzgarishi, atmosferaning ifloslanishi, radioaktiv moddalarning inson va tirik organizmlarga salbiy taʼsiri haqidagi gʻoyalarni oʻzida aks ettiradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

822

RADIOAKTIV ELEMENTLARNING ATROF MUHITGA VA TIRIK

ORGANIZMLARGA TA’SIRI

Islomov Numonjon

Shavkatova Niginabonu

SamDTU akademik litseyi I kurs talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15094613

Annotatsiya.

Bu maqola jahonda Global ekologik muammolar iqlimning

oʻzgarishi,

atmosferaning ifloslanishi, radioaktiv moddalarning

inson va tirik organizmlarga salbiy taʼsiri

haqidagi gʻoyalarni

oʻzida aks ettiradi.

Kalit so’zlar

: akkumulyatsiya, Uran,

Tariy, radioaktivlik, yadro

reaktorlari.

THE IMPACT OF RADIOACTIVE ELEMENTS ON THE ENVIRONMENT AND

LIVING ORGANISMS

Abstract.

This article reflects the ideas about global environmental problems in the world,

such as climate change, atmospheric pollution, and the negative impact of radioactive substances

on humans and living organisms.

Keywords:

accumulation, Uranium, Tarium, radioactivity, nuclear reactors.

ВЛИЯНИЕ РАДИОАКТИВНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ НА ОКРУЖАЮЩУЮ СРЕДУ И

ЖИВЫЕ ОРГАНИЗМЫ

Аннотация.

В данной статье отражены представления о глобальных

экологических проблемах в мире, таких как изменение климата, загрязнение атмосферы,

негативное воздействие радиоактивных веществ на человека и живые организмы.

Ключевые слова:

накопление, уран, трий, радиоактивность, ядерные реакторы.

Kirish:

Yer sirtida mavjud bo’lgan uran, toriy va aktiniyning izotoplari parchalanishi tufayli

vujudga keladigan radioaktiv nurlar atrof muhitni ifloslantiradi. Tabiiy holda ifloslangan

atmosfera o’z-o’zini tozalab turadi, og’ir zarrachalar og’irligi tufayli, yengil zarrachalar yog’in-

sochin natijasida yerga tushadi. Tabiiy ravishda atmosferaning radioaktiv moddalar bilan

ifloslanishi ikki xil: kosmik fazo va yer sirtidan. Tirik organizm bunday radioaktiv ifloslanishlarga

moslashgan.

Atmosferaning radioaktiv moddalar bilan sun’iy ravishda ifloslanishi:

1. atom va vodorod bombalarini havoda sinash;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

823

2. yadro qurollarini tayyorlaydigan turli xil ishlab chiqarish korxonalari;

3. yadro reaktorlari va AES lar;

4. radioaktiv moddalardan foydalanadigan korxonalar;

5. ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan radioaktiv qoldiqlar;

6. reaktorlardagi avariyalar;

7. Radioaktiv moddalarni yer bag’ridan qazib olish, tashish, qayta ishlash, saqlash.

Tabiatda uchraydigan ayrim kimyoviy elementlar radioaktivlik xossasiga ega bo‘lib,

ularning parchalanishi va elementlarga o‘tish jarayonida nurlanish yuzaga keladi. Radioaktiv

moddalarni yarim bo‘linishi bir necha soatdan (masalan, 41Аr ni bo‘linishi 2 soat) ( 238U) - 4,5

mlrd. yilga to‘g‘ri keladi. Radioaktiv moddalar havoga shamol, suv oqimi, qushlar, transport va

insonlarning harakati orqali

tarqaladi. Havodagi radioaktiv moddalar kishi organizmiga quyidagi yo’llar bilan og’iz va

nafas olish yo’li, teri orqali; tuproq, va o’simliklardan to’g’ridan-to’g’ri organizmga o’tadi.

Radioaktiv moddalarning bir qismi, o’pka, jigar, buyrak, qon va mushaklarda to’planib radioaktiv

manbaga aylanib, nur tarqatadi, oqibatda nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. Muhitga tushgan

radioaktiv moddalarga qarshi kurashishning yo‘li yo‘q, faqat insonlarni ogohlantirish mumkin,

xolos. Hattoki, radioaktiv moddalar muhitni zararlantirishini neytral holga keltiradigan

biologik chirish va boshqa yo‘llar, mexanizmlar ham hali ma’lum emas.

Radioaktiv elementlarning ishlab chiqarish korxonalari va ochiq suv havzalarida ruxsat

etilgan konsentratsiyasi quyida jadvalda ko’rsatilgan:

1-jadval


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

824

Radioaktiv moddalarning eng xavflisi o’simliklar urug’ida to’planib qolgani hisoblanadi.

Urug’ ekilganda radioaktiv modda yangi o’simlikka o’tadi. Bundan havo ifloslanib, havodan inson

va hayvonlarga o’tadi, o’simliklarning bargi atmosferadagi radioaktiv moddalar bilan eng ko’p

zaharlanadi. Radioaktiv moddalar bilan ifloslangan o’tni yegan sigirning sutiga radioaktiv yodning

konsentratsiyasi 1,4*10-6 kyuri/l.ga tengligi aniqlangan.Sigir sutida mavjud bo’lgan Sr90 ning 90

foizi o’simliklar bargida o’tirib olganidan, 10 foizi esa ildiz tizimidan o’tar ekan. Radioaktiv

moddalar yarim parchalanishiga (bir necha haftadan bir necha yil) qadar o‘simlik va hayvonlar

tanasiga o‘tib bo‘ladilar. Ozuqa halqasi bo‘yicha o‘simlikdan → hayvonga → undan →insonga

o‘tib, uning organizmida to‘planadi.Muhitning ifloslanishida, tirik modda hosil bo‘lishida

qatnashuvchi oddiy elementlarning izotoplari (14С, 45Са va boshqalar) kam uchraydigan

radioaktiv moddalarga qaraganda ancha xavfli bo‘ladi.Radioaktiv moddalar ichida eng xavflisi

stronsiy-90 hisoblanadi. U atmosferada yadro portlatilishida yuzaga keladi va atom sanoatining

qoldiqlari sifatida muhitga tushadi. Ikki radioaktiv moddaning birinchisi - stronsiy-90 umurtqali

organizmlarni suyak to‘qimalariga tez o‘tadi, ikkinchisi seziy-137 esa tana mushaklarida

to‘planadi va quyidagi salbiy holatlarini keltirib chiqaradi:

radioaktiv nur olgan organizmni o‘sishi sekinlashadi, turli infeksiyalarga chidamsiz

bo‘ladi va organizm immunitetlikni yo‘qotadi;

umr qisqaradi, tabiiy o‘sish, ko‘payish kamayadi, bunga sabab - organizm vaqtincha

yoki to‘la naslsiz (sterilniy) bo‘lib qoladi;

turli yo’llar bilan tanadagi nasliy genlar zahmlanadi, buning natijalari ikkinchi va

uchinchi avlodlarda yuzaga keladi;

radioaktiv moddalar tanada to‘planib (akkumulyatsiya), juda og‘ir tiklab bo‘lmaydigan

salbiyTadqiqotlarning ko‘rsatishicha, radioaktiv moddalarning muhitdagi dozasi 1000 rad

bo‘lganda inson o‘ladi, doza 700 bo‘lganda 90 foiz va 200 rad bo‘lganda esa 10 foiz o‘lim holati

bo‘ladi. Radiatsiya 100 radatsiya ko‘rsatkichda bo‘lganda saraton kasalligi ko‘payadi va inson

to‘la naslsiz – sterilizatsiyalanib qoladi. Tabiiy muhitda radioaktiv moddalarning hosil bo‘lishiga

atom va vodorod bombalarining yer usti va yer ostida portlatilishi sabab bo‘lgan. Sobiq Ittifoqda

birinchi atom bombasi 1949 yili portlatilgan, unga qadar amerikaliklar 1945 yili Yaponiyaning

Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlab, atom bombasining sinovini o‘tkazishgan. Ma’lumki,

1949 - 1962 yillar ichida sobiq Ittifoqda 179 ta yadro portlatish sinovlari o‘tgan. Ularning umumiy

quvvati 452 megatonnaga teng bo‘lgan. AQSH 1963 yilgacha 217 ta atmosferada va 89 ta yer

ostida yadro sinovi o‘tkazgan, umumiy quvvati 141 megatonna bo‘lgan. Semipalatinsk poligonida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

825

1963 yilgacha atmosfera va yer ostida 124 ta yadro sinovi o‘tkazilgan, 1964-1969 yillar ichida 343

yadro sinovi o‘tkazilgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati Xirosimaga tashlangan.2500 ta bomba

qudragiga teng bulgan. Sobiq SSSR da o‘tkazilgan 714 ta yadro portlashlarning 467 tasi

Qozog‘istonda va 131 tasi Shimoliy poligon «Новая Земля»da bo‘lgan, shular ichida 1962 yili 53

megatonnali eng kuchli yadro bombasi ham shu yerda porlatilgan. Rossiyada porlatilgan bir yadro

sinovining o‘rtacha bahosi 30 mln. so‘m turgan. Atrof-muhitga radioaktiv aralashmalar

tarqalishining yana bir manbai - bu atom sanoati korxonalaridir.

Undan tashqari yadro energiyasi oladigan va birlamchi mahsulotlarni ishlaydigan zavodlar

daryo va dengizlarga har yili 500 - 1500 t ishlatilgan izotopli suvlar tashlaydi. Radioaktiv

chiqindilardan seziy - 137 ni parchalanib, zararsiz bo’lishi uchun 640 yil, 239 Ru-ni yarim

parchalanishi uchun esa 490 yil kerak. Radioaktiv chiqindilar solingan birorta konteyner shuncha

vaqt bardosh bera olmaydi, yemirilib, uning ichidan radioaktiv moddalar chiqib, atrof-muhitni

zaharlaydi. Jamiyatning energiyaga bo’lgan talabini atom energiyasi hisobiga qoplash mumkin,

shuning bilan birga atrof - muhitni, uning jonzotlarini va inson salomatligini ham muhofaza qilish

zarur. Yer yuzining ayrim rayonlarini tabiiy radioaktivligi ko’p bolib, shu yerda yashaydigan

odamlar (masalan, Braziliyaning ayrim joylari) har yili 1800 mlrd. mr/soat qabul qiladilar. Bu

oddiy dozadan

10-20 marta ko’p. Planetadagi har bir odam tog’ jinslaridan yiliga 50-150 mlrd,

televizordan 10 mlrd., atmosferadan tushadigan radioaktiv yog’indan 3 mlrd. soat nur olinadi.

Undan tashqari katta shaharlardagi turli korxonalarda ham radioaktiv moddalar saqlanib, ular ham

radioaktivlik tarqatuvchi manba hisoblanadi.

Radioaktiv chiqindilar - keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi

radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori

bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalarga aytiladi.Turli davlatlarda atom energiyasidan

xo’jalik jarayonlarida foydalanishda atrof-muhitni xuquqiymuhofaza qilishning umumiy

qoidalari, radiatsiyadan saqlanish sistemasi bilan ta’minlash, yadro energiyasidan foydalanish va

uni xavf-xatarsiz qilishda Xalqaro qoidalar va dasturlar asosida ish olib borish kerak. 2000-yil 31-

avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi” 120-II-son qonuniga muvofiq

Radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek atrof muhitni

ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq

munosabatlar tartibga solinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

826

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

B.H.Shomurotov Atrof muhit kimyosi.-Qarshi-2023-y

2.

Abdurahmonov.T. Jabborov Z, Tuproqlarni ifloslanish muammolari va muhofaza qilish

tadbirlari. T.: Universitet, 2008-y.

3.

Murodov Shu.O.Atrof-muhit monitoringi va ekalogiyaning dolzarb masalalari “Voris

Nashriyoti”, Toshkent 2013-y

4.

SattorovJ.S.Agrokimyo :OʻzR.Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi.T.Choʻlpon nomidagi

nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2011-y

Internet saytlari

1.

http://www.new garbage .com

2.

http://www.lex.uz./docs.

3.

htpp://www.eco.gov.uz

4.

www.ecogazeta.uz

5.

Masharipov, I.Tirkashev <KIMYO> Akademik litsey va kasb-hunar maktablari uchun

darslik. 11-nashr 2018-yil

References

B.H.Shomurotov Atrof muhit kimyosi.-Qarshi-2023-y

Abdurahmonov.T. Jabborov Z, Tuproqlarni ifloslanish muammolari va muhofaza qilish tadbirlari. T.: Universitet, 2008-y.

Murodov Shu.O.Atrof-muhit monitoringi va ekalogiyaning dolzarb masalalari “Voris Nashriyoti”, Toshkent 2013-y

SattorovJ.S.Agrokimyo :OʻzR.Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi.T.Choʻlpon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2011-y

Internet saytlari

http://www.new garbage .com

htpp://www.eco.gov.uz

www.ecogazeta.uz

Masharipov, I.Tirkashev Akademik litsey va kasb-hunar maktablari uchun darslik. 11-nashr 2018-yil