Authors

  • Asliddin Quldoshev
  • Sarvinoz Shodiboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75122

Keywords:

ijtimoiy himoya ijtimoiy davlat ijtimoiy xizmat ijtimoiy ish ijtimoiy xodim ta’minot.

Abstract

Mazkur maqolada aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi, “ijtimoiy davlat” tamoyilining mazmun-mohiyati hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini ta’minlash va aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko’tarish bilan bog’liq masalalar tahlil qilinadi.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

32


YANGI O’ZBEKISTONDA AHOLIGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO’RSATISH

TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Quldoshev Asliddin Tursunovich

Mirzo Ulugbek nomidagi Samarqand
davlat arxitektura-qurilish universiteti

ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri

E-mail:

quldoshev.asliddin@samdaqu.edu.uz

Shodiboyeva Sarvinoz

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand

davlat universiteti, Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy

fanlar fakulteti, Ijtimoiy yo`nalishi, 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15086923

Annotatsiya. Mazkur maqolada aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining

huquqlari davlat himoyasida ekanligi, “ijtimoiy davlat” tamoyilining mazmun-mohiyati hamda
fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini ta’minlash va aholiga ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko’tarish bilan bog’liq masalalar tahlil qilinadi.

Kalit so`zlar: ijtimoiy himoya, ijtimoiy davlat, ijtimoiy xizmat, ijtimoiy ish, ijtimoiy xodim,

ta’minot.

Аннотация. В данной статье анализируется тот факт, что права социально

нуждающихся категорий населения находятся под защитой государства, сущность
принципа «социального государства», а также вопросы, связанные с обеспечением прав и
интересов граждан, связанных с социальной защитой и поднятием качества социальных
услуг населению на новый уровень.

Ключевые слова: социальная защита, социальное государство, социальная услуга,

социальная работа, социальный работник, обеспечение.

Abstract. This article analyzes the fact that the rights of socially needy categories of the

population are under the protection of the state, the essence of the principle of the “social state”,
as well as issues related to ensuring the rights and interests of citizens related to social protection
and raising the quality of social services to the population to a new level.

Keywords: social protection, social state, social service, social robot, social worker,

provision.

Mamlakatimizda inson kamoloti, ayollar, bolalar sog’ligini mustahkamlash, sog’lom

avlodning tug’ilishi va uni tarbiyalash, keksalarni va nogironlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
bilan bog’liq ko’plab yo’nalishlarda aniq maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Bundan
tashqari, aholiga bevosita ijtimoiy yordam ko’rsatilishini tartibga soluvchi bir qator normativ-
huquqiy hujjatlar amal qilmoqda. Misol uchun xizmatlar ro’yxatini kengaytirish va parvarish
qilishga juda muhtoj bo’lgan fuqarolarga uyda to’liq ijtimoiy xizmat ko’rsatilishini ta’minlash
maqsadida yolg’iz pensionerlar, qariyalar va nogironlarga uyida ijtimoiy xizmat ko’rsatishga doir
ishlarni bajarish uchun band bo’lmagan fuqarolar vaqtinchalik haq to’lanadigan jamoat ishlariga
jalb qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-
176-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

33


agentligi tashkil etilishi mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat
siyosatini yuritish imkonini yaratdi.

Mamlakatimizda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va

yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand
boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilab berildi. Shu boisdan, “ijtimoiy
davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va
manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati yangi
bosqichga ko‘tarildi.

Ijtimoiy ish kasbi boshqa sohalar ichida insonparvarligi, fuqarolar va jamiyatga

professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatishi bilan boshqa kasblardan ajralib turadi. Ushbu soha egalari
o‘z faoliyatida o‘zgalarga g‘amho‘rlik qilish, fidoyilik va sabr-matonat talab qilinadi. Sababi,
ushbu kasb egalari o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi
keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar,
tayziq va zo‘ravonlikka duch kelgan shaxslar, kam ta’minlangan oila va ularning farzandlari kabi
jamiyatning himoyaga muhtoj guruhlariga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatishi ijtimoiy
xodimdan katta mas’uliyatni talab etadi.

Har bir kasbning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, u zamon va makonga qarab mazmunan

o‘zgarishlar kiritilgan va boyitib borilganligini ko‘rish mumkin. “Ijtimoiy ish - bu amaliyotga
asoslangan kasb, ijtimoiy o‘zgarish va rivojlanishga, ijtimoiy birdamlikka, odamlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan akademik intizom. Ijtimoiy adolat, inson
huquqlari, jamoaviy mas’uliyat va xilma-xillikni hurmat qilish tamoyillari ijtimoiy ishning
markazida turadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining toifalari:
1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxslar

2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy,

sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar
bo‘yicha

3. Tazyiq va zo‘ravonlik holatlari uchragan shaxslar
4. Kam ta’minlangan oilalar
5. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan

oilalardagi bolalar

6. Ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan ota-onalar
7. Voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo‘lgan) onalar va otalarga
8. Tazyiq va zo‘ravonlik, shu jumladan, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik
9. Shoshilinch tibbiy va ruhiy yordamga muhtojlik
10. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar
11. Ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalar
12. O‘z joniga qasd qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning alohida roziligini talab qilmasdan shoshilinch

ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatiladigan holatlar:

1. Tazyiq va zo‘ravonlik, shu jumladan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik;
2. Shoshilinch tibbiy va ruhiy yordamga muhtojlik;
3. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar;


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

34


4. Ota-ona qaramog‘isiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalar aniqlangan holatlar;
5. O‘z joniga qasd qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlar.
Ijtimoiy xodim 8 ta asosiy vazifani bajaradi:
1. Aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqidagi

xabardorligini oshirish.

2. Har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy

xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va baholash;

3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs uchun individual tartibda ijtimoiy xizmatlar
va yordamlar ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;
4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil

qilish;

5. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs nomidan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanish

uchun so‘rovnoma (ariza) kiritish;

6. Ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni

(qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, volontyorlar, homiylar) ijtimoiy xizmat

va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish hamda ularning bu boradagi faoliyatini

muvofiqlashtirish;

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim

yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy hodim, yoshlar yetakchisi, soliq
inspektori bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish;

8. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risida,

shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish.

Ijtimoiy xodim o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni

amalga oshiradi:

1) aholining ijtimoiy ish sohasidagi, shuningdek, ijtimoiy xizmat va yordamlar faoliyati

haqidagi xabardorligini oshirish sohasida:

- aholiga ijtimoiy himoya sohasida qabul qilingan dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar

bo‘yicha axborot beradi;

- mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy himoya sohasidagi tashviqot

materiallarini (flayerlar, varaqalar) tarqatadi;

- fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik

qiladi;

huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot bo‘yicha olib boriladigan ishlarda ishtirok etadi;
2) har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar

va yordamga bo‘lgan ehtiyojini baholash sohasida:

- murojaat qilgan yoki aniqlangan shaxsning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini

birlamchi baholash orqali aniqlaydi;

- birlamchi baholash orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning hayoti faoliyatiga salbiy

ta’sir qilayotgan xatar omillarini aniqlaydi, tahlil qiladi va xatar darajasini belgilaydi;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning turmush sifatini oshirishga imkon beruvchi shaxsiy

fazilatlari, bilim va ko‘nikmalarini aniqlaydi;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud

imkoniyatlarini tahlil qiladi;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning murojaatiga asosan “ijtimoiy ish”ni (keys) ochadi;


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

35


- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning ijtimoiy holati va ehtiyojlarini joylarga chiqqan

holda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan olingan tegishli ma’lumotlarni
o‘rganadi hamda kompleks baholashni amalga oshiradi;

- ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini tahlil qiladi va jarayonni muvofiqlashtirib

boradi;

- kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tegishli vakolatli davlat organlarini zudlik bilan

xabardor qiladi;

- shaxsning ijtimoiy himoyaga muhtoj emasligi aniqlanganda, bir marotabalik maslahat

beradi va tegishli vakolatli davlat organiga yo‘naltiradi;

3) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs uchun individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va

yordamlar ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish va tashkil etish sohasida:

- kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tezkor yordamni tashkil etadi;
- baholash natijasiga ko‘ra tezkor, qisqa va uzoq muddatli individual ijtimoiy xizmatlar

rejasini tuzadi;

- individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar
va yordamlarning ko‘rsatilishini tashkil qiladi;
- zaruratga ko‘ra, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritib

boradi;

- rejadagi belgilangan xizmatlar mazmunidan kelib chiqib, tegishli vakolatli organlarning

mutaxassislarini jalb qiladi;

4) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil

qilish sohasida:

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxslarga hujjatlarini rasmiylashtirish va qayta tiklashda yordam beradi,
ularning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish grafigini patronaj hamshira bilan birgalikda
tuzadi;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxslarga qarindoshlari va yaqin insonlari o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash
(o‘rnatish)ga ko‘maklashadi;

- qonunchilik hujjatlarida bepul berilishi nazarda tutilgan dori-darmon bilan ta’minlash

ishlarini tashkil etadi;

- 80 yoshga to‘lgan keksalarga, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga
yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turishning haqiqiy holatlarini

tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi;

- Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasini olish uchun ariza qabul qiladi;
- kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlashga ariza

qabul qiladi;

- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan
yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan mehnat

migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan
oromgohlarga bepul yo‘llanmalar olishga ko‘maklashadi;


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

36


- ijtimoiy xodim assistenti tomonidan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxslarga maishiy xizmat ko‘rsatish holatini monitoring qiladi;

5) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs nomidan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanish

uchun so‘rovnoma (ariza) kiritish sohasida:

- pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga

yoshga doir hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlari bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir
nafaqasini tayinlash bo‘yicha ariza kiritadi;

- pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan bolalikdan nogironligi bo‘lgan

farzandi bor (bo‘lgan) onalar yoshga doir, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik
hamda vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga boquvchisini
yo‘qotganlik nafaqasini tayinlash uchun ariza kiritadi;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalar

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ajratish

ajratish uchun sertifikat rasmiylashtirish bo‘yicha ariza kiritadi;

- keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi

tizimidagi sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratish uchun ariza kiritadi;

- talabgorlarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa

va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek yolg‘iz keksalar va
nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha ariza kiritadi;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va

nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash joyida sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarini o‘tkazish
uchun ariza kiritadi;

- nogironlikni belgilash va nogironlik guruhini o‘zgartirish bo‘yicha ijtimoiy himoyaga

muhtoj shaxslarning nomidan ariza kiritadi;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari to‘g‘risidagi

ma’lumotnoma (tavsiyanoma) olish uchun ariza kiritadi;

- maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish uchun xulosa so‘rab qilgan

murojaatini tibbiy-ijtimoiy-ekspert komissiyasiga yo‘naltirish uchun ariza kiritadi;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarga yer uchastkalarini onlayn-auksionda sotib olish

xarajatlarining bir qismini qoplab berish bo‘yicha ariza kiritadi;

- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga -

“Parasport o‘yinlarida tasnif qoidalari va prinsiplari”ga ko‘ra parasport bilan shug‘ullanishlari
uchun xulosa olish uchun ariza kiritadi;

- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan

oilalardagi bolalarni maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlariga joylashtirish bo‘yicha ariza
kiritadi;

- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof

etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani olish bo‘yicha ariza kiritadi;

- pensiya olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning

mehnatga layoqatsiz a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini rasmiylashtirish uchun ariza
kiritadi;

6) ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni

(qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, volontyorlar, homiylar) ijtimoiy xizmat


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

37


va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish hamda bu borada ularning faoliyatini

muvofiqlashtirish sohasida:

- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda, jamoatchilik fondlari,

nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;

- ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar,

homiylar, volontyorlar va ijtimoiy sohaga oid boshqa guruhlarni jalb qiladi;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar orasidan yoxud bolalar ota-onalari yoki ularning

o‘rnini bosuvchi tashabbuskor shaxslar orasidan maxsus ko‘ngillilar guruhi shakllanishini qo‘llab-
quvvatlaydi;

- mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan idoralararo hamkorlik

qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- mahalla darajasidagi resurslar, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
va ko‘ngillilar guruhlarini shakllantirish hamda mahalla darajasida madaniy
va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
7) ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim

yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori bilan
hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish sohasida:

- mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar

faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori bilan birgalikda mahallada o‘rganishlar o‘tkazadi,
tasdiqlangan savolnoma asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlaydi;

- ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik

bilan olishni ta’minlovchi idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshiradi;

- og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar

va oilalar uchun xizmatlarni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda rahbariyatga
kiritadi;

- ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolaning qarindoshlari (bobo, buvi, aka-uka, opa-singil

hamda boshqa yaqin qarindoshlar) va u birga yashayotgan shaxslar orasidan bolani vasiylikka yoki
homiylikka olishni istagan shaxslarni aniqlaydi hamda ular to‘g‘risida ma’lumotlarni vasiylik va
homiylik organiga yuboradi;

- bolaning ota-onasi qayerdaligi haqida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, ularni

“bedarak yo‘qolgan” deb topish choralarini ko‘rish uchun ma’lumotlarni vasiylik va homiylik
organiga kiritadi;

- aholi orasida tegishli tashviqotlarni olib borish natijasida, yetim
va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z oilasiga olishi mumkin bo‘lgan

shaxslar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni vasiylik va homiylik organiga kiritadi;

- hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni

tegishli vakolatli davlat organlariga, shu jumladan vasiylik va homiylik organiga vakil tayinlash
uchun yuboradi;

- ota-onasining har ikkisi (yoki to‘liq bo‘lmagan oilalar bo‘yicha otasi yoki onasi) uch

oydan ortiq muddatga chet elga ketgan bolalarni aniqlaydi hamda ma’lumotlarni vasiylik va
homiylik organiga yuboradi;

- vasiylikka, homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat) hamda oilaviy bolalar uyiga berilgan

bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning turmush sharoitlari va


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

38


tarbiyalanishini nazorat qilish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda kuzatishni
(monitoring) amalga oshiradi;

- fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilingan
yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan oilalarni

monitoring qiladi;

- Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi
va hududiy bo‘linmalarida yordam ko‘rsatilgan hamda himoya orderi berilgan shaxslarni

sayyor monitoring qiladi;

- tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga joylashtiradi hamda ularga psixologik,
ijtimoiy va yuridik yordamlar ko‘rsatilishini tashkil etadi;

- “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda – Ijtimoiy himoya

AT) hisobda turgan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanuvchilarga ijtimoiy yordam va
xizmatlar ko‘rsatilishining monitoringini olib boradi;

8) aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risida,

shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish
sohasida:

- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanish

tartibi bo‘yicha tushuntirish beradi;

- og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar

va oilalar toifalariga kiruvchi shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risida ma’lumot
hamda tushuntirishlar beradi;

- 18 yoshgacha bo‘lgan homilador onalarga hamda ularning oila a’zolariga farzandidan voz

kechishning psixologik, ijtimoiy va huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish beradi;

- bolalarning sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish

imkoniyatini ta’minlash uchun ota-onalar, vasiylik va homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronatga),
oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olgan shaxslarga bola parvarishi, ota- onalik ko‘nikmalari bo‘yicha,
shu jumladan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning muliy huquqlarini
ta’minlash masalasida maslahat va tushuntirishlar beradi;

- kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash tartibi va

mezonlari to‘g‘risida tushuntirish beradi;

- jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar orasidan alohida ta’limga

ehtiyoji bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning ota-onalariga mavjud ta’lim shakllari hamda
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati yuzasidan axborot beradi.

Ijtimoiy xodim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi

mumkin.

Ijtimoiy xodimning boshqa organlar va tashkilotlar bilan

o‘zaro hamkorligi.
Ijtimoiy xodim ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning muammolarini bartaraf etishda

mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchilari, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli,
yoshlar yetakchisi hamda soliq inspektori bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Jumladan:

Mahalla raisi bilan, mahalla ichki resurslarini safarbar qilish hamda mahalla aholisi

orasidan homiylik asosida yordamni tashkil etish;


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

39


Xotin-qizlar faoli bilan, Tazyiq va zo’ravonlik holatlarida tezkor yordamni tashkil etish,

xotin qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish;

Profilaktika inspektori bilan, “Himoya orderi” berilgan holatlarda zo’ravon bilan ishlash

dasturini amalga oshirish;

Yoshlar yetakchisi bilan, og’ir hayotiy ahvolga tushib qolgan yoshlarni ijtimoiy hayotga

moslashtirish, sportga qiziqtirish va sog’lom turmush tarzini shakillantirish, migratsiyadagi
fuqarolarning bolalariga mavsumiy oromgohlarga bepul yo’llanmalar olishga tavsiyanomalar
berish;

Hokim yordamchisi bilan, daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy muhofazaga

muhtoj shaxslarni kvota ish joylariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitishva malakasini oshirish,
subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish.

Ijtimoiy xodim ijtimoiy xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjat
va Ijtimoiy himoya AT dan foydalangan holda vakolatli organlardan oladi, qonunchilikka

asosan murojaatchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar bundan mustasno.

Ijtimoiy xodim ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar sohasiga aloqador boshqa kasb vakillari,

shuningdek, xususiy va davlat muassasalari bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Ijtimoiy xodim mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori,

xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi bilan hamkorlik natijalariga ko‘ra ijtimoiy xizmat va
yordamlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O`zbekiston Respublikasi Qonunlari:

1.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O`zbekiston, 2024.

2.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. –T.: Adolat, 1998.

3.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi. –T.: Adolat, 1998.

4.

O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. –T.: Adolat, 1998.

5.

“Bola huquqlari kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2008-yil
7-yanvar.

6.

“Voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2010-yil 29-sentabr.

a.

II. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari,

b.

Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

7.

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son).

8.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi PF-
4947-sonli Farmoni // «Xalq so’zi», 08.02.2017 yil №28 (6722)-soni.

9.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4307-son Qarori // Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019 y., 07/19/4307/3079-son; 17.03.2021 y.,
06/21/6188/0216-son, 26.03.2021 y., 07/21/5040/0243-son.

10.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida
ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-6108-son


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

40


Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 06/20/6108/1483-
son)

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyuldagi “Aholiga sifatli ijtimoiy
xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82 son Farmoni.

12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy
xizmat va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-319 son Qarori.

13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 oktyabrdagi “Aholining
ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va
xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 539-son Qarori.

14.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
direktorining 2023 yil 11 oktyabrdagi “Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson”
ijtimoiy xizmatlar markazi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash hamda ularning
tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 58-son buyrug‘i.

a.

III. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari:

15.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelаjаgimizni mаrd vа oliyjаnob xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz.
Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017.

16.

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi vа mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа xаlq
fаrovonligining gаrovi. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017.

17.

Mirziyoev Sh.M. Erkin vа fаrovon demokrаtik O‘zbekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo
etаmiz. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017.

18.

Mirziyoev Sh.M. Tаnqidiy tаhlil, qаt’iy tаrtib-intizom vа shаxsiy jаvobgаrlik – hаr bir
rаhbаr fаoliyаtining kundаlik qoidаsi bo‘lishi kerаk. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti,
2017

19.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. // prezident.uz/lists/view/3324

20.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi // «Xalqso’zi», 28.12.2018 yil soni.

21.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi // «Xalqso’zi», 24.09.2020 yil,
№202 (7704)-soni.

22.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. I jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. –166 b.

23.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin vafarovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. – Toshkent.: O’zbekiston, 2016. - 56 b.

24.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent.: O’zbekiston, 2021. –464b.

25.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va
amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda // O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning
savollariga javoblari.– Toshkent.: O’qituvchi, 2021. -184 b.

References

O`zbekiston Respublikasi Qonunlari:

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O`zbekiston, 2024.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. –T.: Adolat, 1998.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik prosessual kodeksi. –T.: Adolat, 1998.

O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. –T.: Adolat, 1998.

“Bola huquqlari kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2008-yil 7-yanvar.

“Voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2010-yil 29-sentabr.

a. II. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari,

b. Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi PF-4947-sonli Farmoni // «Xalq so’zi», 08.02.2017 yil №28 (6722)-soni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4307-son Qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019 y., 07/19/4307/3079-son; 17.03.2021 y., 06/21/6188/0216-son, 26.03.2021 y., 07/21/5040/0243-son.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-6108-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 06/20/6108/1483-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyuldagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82 son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319 son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 oktyabrdagi “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 539-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2023 yil 11 oktyabrdagi “Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash hamda ularning tuzilmalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 58-son buyrug‘i.

a. III. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari:

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelаjаgimizni mаrd vа oliyjаnob xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017.

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi vа mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа xаlq fаrovonligining gаrovi. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017.

Mirziyoev Sh.M. Erkin vа fаrovon demokrаtik O‘zbekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017.

Mirziyoev Sh.M. Tаnqidiy tаhlil, qаt’iy tаrtib-intizom vа shаxsiy jаvobgаrlik – hаr bir rаhbаr fаoliyаtining kundаlik qoidаsi bo‘lishi kerаk. Toshkent. O‘zbekiston nаshriyoti, 2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // prezident.uz/lists/view/3324

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // «Xalqso’zi», 28.12.2018 yil soni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi // «Xalqso’zi», 24.09.2020 yil, №202 (7704)-soni.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. I jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. –166 b.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin vafarovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O’zbekiston, 2016. - 56 b.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent.: O’zbekiston, 2021. –464b.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda // O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari.– Toshkent.: O’qituvchi, 2021. -184 b.