2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
141
YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH (MUAMMOLAR VA
YECHIMLAR)
Quchqorov Vaxob Xoshimovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, siyosiy fanlar doktori.
E-mail:
abduvahov.uz@mail.ru
Rasulov Bekzod Boymuratovich
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti dotsenti,
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087538
Annotatsiya. Jamiyat a’zolarining siyosiy madaniyati butun bir mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga katta ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, yetakchi kuch
sanalgan yoshlar siyosiy madaniyati mamlakat istiqbolini belgilab beruvchi muhim mexanizm
sanaladi. Yoshlarning siyosiy madaniyatini rivojlantirish mamlakatda demokratiya va inson
huquqlarining ta’minlanishi, adolatli, shaffof jamiyat tamoyillarining amalda ishlashiga xizmat
qiladi. Ushbu maqolada yoshlarning siyosiy madaniyati, ularning saylov jarayonlariga
munosabati tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab
chiqildi.
Kalit so‘zlar: siyosiy madaniyat, yoshlar siyosiy madaniyati, saylov, siyosiy bilim, siyosiy
savodxonlik.
Hozirgi vaqtda dunyo aholisining beshdan bir qismini 15 yoshdan 25 yoshga bo‘lgan
yoshlar
1
tashkil qiladi. Ayni shu yosh insonning shakllanish davri, bilim va kunikmalarga ega
bo‘ladigan va jamiyatning faol kuchiga aylanadigan yosh hisoblanadi. Mana shu yoshdagi
insonlar, ayniqsa, 18 yoshdan voyaga yetgan shaxs sifatidagi jamiyat hayotidagi siyosiy ishtiroki
juda muhim masalalardan biri sanaladi. Yoshlarning siyosiy madaniyat darajasi va siyosiy
jarayonlardagi ishtiroki ulardagi xulq-atvorning ajralmas qismi sifatida shakllanadi.
Siyosiy madaniyat – muayyan shaxslar, fuqarolar, guruhlar, omma, jamoatchilik
institutlari, davlat va nodavlat, notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, xullas, jamoat
birlashmalari faoliyatida fuqarolarning ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi. Bular siyosiy
madaniyatni amalga oshiruvchi subyektlar va institutlar sifatida uning shakllanishi va qaror
topishida muhim rol o‘ynaydi.
2
Siyosiy madaniyat jamiyatning taraqqiyoti va barqarorligi uchun muhim omillardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlar orasida siyosiy madaniyatning rivojlanishi davlat va jamiyat
taraqqiyotining muhim kafolatidir. Bugungi kunda yoshlar siyosiy jarayonlarga kamroq qiziqish
bildirmoqda, bu esa ularning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faolligini pasaytirmoqda. Ushbu
maqolada yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda uchraydigan muammolar
va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning siyosiy faolligi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
haqidagi siyosiy va huquqiy bilimlarining shakllanishi davlat siyosati darajasida islohotlarni talab
1
youth-political-participation.pdf
2
ҲайдаровА.Ҳ. Ўзбекистон жамиятисиёсий маданиятида миллий-маънавий қадриятларнинг ўрни./
Сиё.фан. ном. ...дисс. -Т. 2005. – 168 б. -Б. 41-42
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
142
qilib, yoshlarga oid davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
Qonuni
3
, 2017 yil 5 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi Farmoni
4
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmonida va boshqa ko‘plab
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy bilimga ega bo‘lgan zamonaviy yoshlar
sifatida shakllantirishga oid islohotlarni belgilab berdi.
Davlatning qo‘llab-quvvatlovi natijasida yoshlar dunyoqarashida muayyan ijobiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Ilm-fanga bo‘lgan qiziqish ortib borayapti. O‘zbekiston yoshlari birin-ketin
dunyo marralarini zabt etib kelmoqda. So‘nggi yillarda yoshlarda siyosiy qiziqishlar ma’lum
darajada ortib bormoqda. Buni mamlakatmizda o‘tkazilgan saylovlarda yoshlarning ishtiroki
darajasini tahlil qilsak, muayyan xulosa shakllanadi. Jumladan,
2019 yilgi parlament
saylovlarida
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yosh saylovchilarning ishtiroki
70%dan oshgan. Bu ko‘rsatkich yoshlarning siyosiy jarayonlarga qiziqishi va faolligini namoyon
etadi.
2021 yilgi prezidentlik saylovlarida esa,
yoshlar ishtirokining foizi 75%ga yetgan. Bu esa
yoshlarning mamlakat kelajagiga bo‘lgan mas’uliyati va siyosiy faolligining oshganini ko‘rsatadi.
Bu albatta, juda yaxshi holat, islohotlarning natijasi sifatida baholanadi. Ammo, nafaqat
O‘zbekiston yoshlarida, balki butun jahon yoshlarida haligacha siyosiy madaniyat, siyosiy
qarashlarda mustaqil fikrlash, siyosiy jarayonlardan manfaatdor bo‘lish hissi yetarli emasdek.
2012 yil avgust oyida BMT tomonidan o'tkazilgan so'rovda 186 mamlakatdan o'z ovozini bildirgan
13 000 respondentning aksariyati yoshlar uchun asosiy muammolar qaror qabul qilish
jarayonlarida samarali ishtirok etish imkoniyatlari cheklanganligini ta'kidladi. Cheklangan
imkoniyatlar va inklyuziv qarorlar qabul qilish jarayonlarida mazmunli ishtirok etish imkoniyatiga
ega bo'lgan yosh yigitlar va ayollar o'z jamiyatlari va jamoalarida o'zlarini chetlangan va chekka
his qiladilar.
5
Shuningdek, yoshlar va institutlar o‘rtasida hamkorlikka asoslangan tuzilmalar va
katta ishonch va salohiyatni oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning eng zaif
qatlamlariga, jumladan, yosh ayollarga qaratilgan maxsus harakatlarga e'tibor qaratishga harakat
qilish kerak. Bu muammolar yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirishdagi bir nechta omillar
sababli mavjud deb hisoblayman:
1. Siyosiy bilim va savodxonlik yetishmasligi.
Yoshlar orasida siyosiy bilimning pastligi
ularning siyosiy jarayonlarda ishtirok etishini cheklaydi. Maktab va oliy o‘quv yurtlarida siyosiy
savodxonlikka kam e’tibor qaratilishi ham bu masalaning dolzarbligini oshiradi. Yoshlar ko‘p
hollarda o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq tushunmaydi. Xususan, 2023 yilda Yevropada
o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 18-24 yoshli yoshlarning 40% fuqarolik huquqlaridan xabardor
emasligi aniqlangan
6
.
2. Siyosiy jarayonlarda ishtirok etish darajasining pastligi.
Ko‘plab yoshlar saylovlarda
ishtirok etmaslikka moyil, siyosiy qarorlarga ta’sir o‘tkazish mumkinligiga ishonmaydi. Ularning
3
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son. https://lex.uz/docs/-3026246
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni
5
http://undesadspd.org/Youth.aspx
6
European Youth Survey, 2023.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
143
siyosiy jarayonlarga qiziqishi pastligi jamiyatda fuqarolik mas’uliyatini susaytirishi mumkin. 2019
yilda AQShdagi saylovlarda yoshlarning ovoz berish darajasi 50%dan kam bo‘lgan. Bu esa siyosiy
jarayonlarga bo‘lgan ishonchning pasayganini ko‘rsatadi
7
.
3. Axborot muhiti va propagandaning ta’siri.
Zamonaviy yoshlar asosan ijtimoiy
tarmoqlar orqali axborot oladi, lekin barcha manbalar haqqoniy va xolis emas. Turli propaganda
va noto‘g‘ri ma’lumotlar yoshlarning siyosiy qarashlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. BBC
telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 2022 yilda Facebook va Twitterda
tarqalgan yolg‘on xabarlar yoshlar orasida turli qutblanishlarga sabab bo‘lgani aniqlangan
8
.
4. Davlat va jamiyatning yoshlar bilan ishlash strategiyasidagi kamchiliklar.
Ayrim
davlatlarda yoshlar siyosati to‘liq ishlab chiqilmagan yoki amaliyotda yetarlicha samara
bermayapti. Yoshlarning manfaatlarini himoya qilish mexanizmi yetarlicha rivojlanmagan.
Xususan, Germaniyada "Yoshlar kengashi" (Youth Council) orqali yoshlar siyosiy jarayonlarga
jalb qilinadi, ammo boshqa mamlakatlarda bu kabi tashabbuslar kam uchraydi
9
.
Albatta, bunday muammolar mamlakatimizda ham mavjud. Yoshlar qaysidir ma’noda
o‘tish davri yoshlariga o‘xshaydi. Ular ijtimoiy muammolari yetarli shaxslar kabi harakat
qilishadi. Ta’lim olish, zamonaviy loyihalar, START UP larda ishtirok etish, muayyan
muvaffaqiyatlarga erishish maqsadi ko‘pchilik yoshlarda yo‘q. Aksincha, ular mablag‘ topish, uy-
joyli bo‘lish, mashina sotib olish kabi qiziqishlar girdobiga tushib qolgan. Bu o‘tish davri
iqtisodiyoti kechayotgan mamlakatlarda ko‘p uchraydigan holat. Biz maqolada bu jihatni tanqid
qilmoqchi emasmiz. Ammo, bugungi kun yoshlari rejalashtirayotgan marralar o‘lkan maqsadlar
va intilishlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Siyosiy madaniyatni rivojlantirish, uni mamlakatdagi barqarorlikning muhim omili
darajasiga ko‘tarish uchun birinchidan, siyosiy ongni rivojlantirish, uni umumsiyosiy manfaatlar
ruhiyatida shakllantirish zarur bo‘ladi. Siyosiy ong shakllanmagan bo‘lsa, siyosiy madaniyat
haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.
Yoshlar siyosiy madaniyati shakllanishiga taʼsir etuvchi omillarning yana biri milliy
ongdir. Shuni taʼkidlash kerakki, milliy ong alohida muhitda sodir bo‘ladi. Uning shakllanishiga
to‘plangan bilimlar, siyosiy va huquqiy g‘oyalar, sanʼat va madaniyat yutuqlari, axloq, din va
ijtimoiy ruhiyat taʼsir ko‘rsatadi. Milliy ong tarixiy tajribani, ajdodlar qoldirgan bilimlar va
tafakkur – mantiq usullarini o‘ziga singdirib olgachgina voqelikni o‘zlashtiradi, vazifalarni o‘rtaga
qo‘yadi, kelajak loyihalarini tuzadi, millatning butun amaliy faoliyatini belgilaydi. Milliy ong
ijtimoiy faoliyat jarayonida shakllantiriladi, milliy ong ham o‘z navbatida unga bevosita taʼsir
o‘tkazadi, uni belgilaydi va tartibga soladi, milliy ongning rivoji millat o‘z orzu-maqsadlarini
ro‘yobga chiqarish jarayonida tabiatni, jamiyatni va o‘zini o‘zgartiradi.
10
Yuqoridagi kabi muammolarni muayyan darajada hal etish uchun quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz:
1. Siyosiy ta’limni kuchaytirish.
7
Pew Research Center, 2020
8
BBC News, 2022
9
UNICEF Report, 2021
10
Anvarov, A. . (2024). O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATI DAVLAT
MODERNIZATSIYASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA. Sharqiy tarix, siyosat va huquq jurnali, 4 (04), 161-
168. https://doi.org/10.37547/supsci-ojhpl-04-04-21
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
144
•
Maktab va universitetlarda siyosiy savodxonlik bo‘yicha alohida darslar joriy
etilishi kerak.
•
Demokratiya, huquq va fuqarolik jamiyati bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari
tayyorlanishi lozim.
•
Yoshlar uchun siyosiy treninglar va seminarlar tashkil etilishi zarur.
2. Yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb qilish.
•
Yoshlar uchun saylov tizimi soddalashtirilishi kerak.
•
Yoshlarning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirokini oshirish lozim.
•
Davlat va jamoat tashkilotlari orqali yoshlar uchun rag‘batlantiruvchi dasturlar joriy
etilishi maqsadga muvofiq.
•
Saylovlarda qatnashishni yoshlar uchun jozibador qilish: interaktiv platformalar, onlayn
ovoz berish imkoniyatlarini yaratish.
•
Yoshlar kengashlari, yoshlar uchun siyosiy klublar va tadqiqot guruhlari tashkil etish.
Ёшлар парламентини ҳудудларда кенг тарғиб қилиш лозим. Ҳозирги вақтда ушбу
парламент ҳақида ҳудудлардаги ёшларнинг жуда кам қисми хабардор.
•
Davlat va hududiy boshqaruv organlarida yoshlar ishtirokini ta’minlash uchun kvotalar
joriy etish.
3. Axborot xavfsizligi va media savodxonlikni oshirish.
•
Yoshlarni noto‘g‘ri axborotdan himoya qilish uchun media savodxonlik kurslari tashkil
etilishi kerak.
•
Feyk ma’lumotlarga qarshi kurashish mexanizmi ishlab chiqilishi lozim.
•
Siyosiy jarayonlar haqida xolis va tushunarli ma’lumot tarqatish uchun raqamli
platformalarni rivojlantirish.
•
Ijtimoiy tarmoqlar va influenserlar orqali yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb qilish.
4. Yoshlarga oid Davlat siyosatini yanada takomillashtirish.
•
Davlat va jamoat tashkilotlari yoshlar siyosatini rivojlantirish bo‘yicha yangi
strategiyalarni ishlab chiqishi kerak.
•
Yoshlar siyosati doirasidagi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi lozim.
•
Volontyorlik va ijtimoiy loyihalar orqali yoshlarning jamiyatdagi roli va ta’sirini
oshirish.
•
Muammolarni hal qilish jarayonida yoshlar fikrini inobatga oluvchi mexanizmlarni
ishlab chiqish.
Yoshlarning siyosiy madaniyatini rivojlantirish – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining
muhim omilidir. Bu jarayonda ta’lim, axborot siyosati va davlat strategiyasi o‘zaro uyg‘un
ravishda amalga oshirilishi kerak. Shu bilan birga, yoshlarning o‘zlari ham faol bo‘lib, jamiyatning
siyosiy hayotida ishtirok etishga intilishlari lozim.
Yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, ularning asosiy inson huquqlari tan olinishi va amalga
oshirilishini ta'minlash uchun yoshlarning o'z jamiyatlarida, demokratik amaliyot va jarayonlarda
faol va mazmunli ishtirok etishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yoshlarning mazmunli ishtiroki va
yetakchiligi yoshlar va yoshlar boshchiligidagi tashkilotlar imkoniyatlarga ega bo‘lishini va
barcha darajadagi qulay muhit va tegishli dalillarga asoslangan dasturlar va siyosatlardan
foydalanishlarini talab qiladi. Xalqaro miqyosda kelishilgan rivojlanish maqsadlariga erishishni
ta'minlash va rivojlanish kun tartibini yangilash uchun yoshlarning demokratik jarayonlar va
amaliyotlarda ishtirok etish va qo'shilish huquqini ro'yobga chiqarish juda muhimdir.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
145
O‘zbekistonda yoshlarning saylovlardagi ishtiroki yil sayin oshib bormoqda. Bu holat
yoshlar o‘rtasida siyosiy savodxonlikning oshishi, davlat tomonidan yoshlar siyosatiga qaratilgan
e’tibor va yoshlarning fuqarolik mas’uliyatining o‘sishi bilan izohlanadi. Shuningdek, saylov
jarayonlarida yoshlarning faol ishtirok etishi demokratik qadriyatlarning mustahkamlanishiga
xizmat qiladi.
O‘zbekistonda yoshlarning saylovlardagi ishtiroki yuqori darajada ekanligi quvonarli
holatdir. Bu yoshlarning siyosiy madaniyatining rivojlanishi va jamiyatning barqaror taraqqiyotiga
hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqadiki, yoshlar bilan ishlashdagi sa’y-
harakatlarni yanada kuchaytirish va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish
muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:
1.
Xabermas Yu. "Publichnaya sfera i politicheskoe soznanie" – Moskva, 2019.
2.
http://undesadspd.org/Youth.aspx
3.
Shils E. "Politicheskaya kultura i yeyo vliyanie" – Sankt-Peterburg, 2018.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – Toshkent, 2021.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
Anvarov, A. (2024). O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYaTI DAVLAT
MODERNIZATSIYaSINING ASOSIY OMILI SIFATIDA. Sharqiy tarix, siyosat va
huquq jurnali, 4 (04), 161-168.
https://doi.org/10.37547/supsci-ojhpl-04-04-21
11.
HaydarovA.H. O‘zbekiston jamiyatisiyosiy madaniyatida milliy-ma’naviy
qadriyatlarning o‘rni./ Siyo.fan. nom. ...diss. -T. 2005. – 168 b. -B. 41-42.
12.
O‘zbekiston
Respublikasining
Qonuni,
14.09.2016
yildagi
O‘RQ-406-son.
13.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini
oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi
Farmoni.
