Mart, 2025-Yil
617
MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYAT ASOSLARINI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Kamilova Gulmira Alimovna
BuxDPI professori, p.f.n
https://doi.org/10.5281/zenodo.15106638
Annotatsiya.
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini
shakllantirish, ta'lim jarayonlarini integratsiyalashgan yondoshuvlarni qo‘llash, ekologik
madaniyatni shakllantirishda MTT va oila hamkorligini tashkil etish bo‘yicha ma'lumotlar
berilgan.
Kalit so‘zlar:
axloq, maktabgacha yosh, maktabgacha ta'lim, ekologik tarbiya, ekologik
madaniyat, tabiat, tarbiyachi, ota-ona.
Абстрактный.
В статье представлены сведения о формировании основ
экологической культуры у дошкольников, использовании комплексных подходов к
образовательному процессу, организации МТТ и сотрудничества семьи в формировании
экологической культуры.
Ключевые слова:
нравственность, дошкольный возраст, дошкольное образование,
экологическое воспитание, экологическая культура, природа, воспитатель, родители.
Abstract.
The article provides information on the formation of the foundations of
ecological culture in preschool children, the use of integrated approaches to educational
processes, and the organization of MTT and family cooperation in the formation of ecological
culture.
Key words:
morality, preschool age, preschool education, ecological education, ecological
culture, nature, educator, parents.
Turmush tarzida har bir xalqning uzoq asrlar davomida yaratgan ma’naviy va moddiy
boyliklari, atrof - muhit, tabiat va jamiyat, kelajak haqida tasavvurlari, milliy-etnik belgilari,
mentaliteti, urf-odatlari, an’analari hamda yashash usuli aks etadi. O`zbeklar yashash tarzida
azaldan sog`lomlashtirish, salomatlikni asrash tafakkuri mavjud bo`lgan hamda mazkur bilim va
malakalar tizimi farzandlar tarbiyasida keng qo`llanilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim berish bu pedagogikada zamonaviy urf
emas, balki bolalarda atrof olamni yaxshi ko‘rish hissi va unga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatni
shakllanttirishdir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirganda ularda estetik, vatanparvarlik, axloqiy
tarbiya olish imkoniyatlari ochiladi. Tabiat bilan muloqotda bo‘lish insonning ruhiy olamini
o‘zgartiradi, ijobiy axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Ekologik tarbiyani bola shaxsi
Mart, 2025-Yil
618
rivojlanayotgan ilk yoshda boshlash kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Tarbiyachining
bolalar bilan ishlashda asosiy urg‘u beradigan jihatlariga ta'lim berishda integratsiyalashgan
yondoshuv kiradi, ta'lim berishning bu usuli nafaqat ekologik tarbiyani balki har tomonlama
barkamol shaxs tarbiyalashga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar, suhbatlar, sayrlar, kuzatuvlar bolaning
anglash izlanish faoliyatini oshiradi. Ba’zi tabiat hodisalari sodir bo‘lganda pedagoglar
boshchiligida kuzatishlar amalga oshirilib, ularning tabiatda paydo bo‘lish omillari haqida
ma'lumotlar olishlari tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Anglash izlanish faoliyatining natijasi
o‘laroq bolaning mustaqil bilim olish faolligi oshiriladi. Bolalarda jonli va jonsiz tabiatni tashqi
belgilari va yashash muhitiga qarab tizimlashtirish va guruhlarga ajratish imkoni mavjud.
Obyektlarning o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi bolalarda alohida qiziqish
uyg‘otadi. Amaliyotda ekologik aksiyalarni o‘tkazish ta'lim tarbiya jarayonining yana bir qiziqarli
yo‘nalishi hisoblanadi. Tabiat muhofazasi bo‘yicha o‘tkaziladigan aksiyalar kompleks tadbir
hisoblanib, bolalar bilan birga kattalarni ham tabiatni muhofaza qilish jarayoniga jalb qiladi,
jarayon davomida bolalarda tabiatni kelgusi avlodlarga asrashga qaratilgan ekologik anglash va
istak paydo bo‘ladi. Shuningdek, ekologik aksiyalar mavzusini aniqlash maqsadida ota-onalar
bilan hamkorlikda pochtalar tashkil qilish mumkin. Olingan takliflar natijasida “Qishda qushlarni
oziqlantiramiz”, “Bizning yashil bog‘chamiz”, “Mehnat askarlari”, “Qushlar uchib keldilar”,
“Yaxshilik yo‘llari”, “Ozor berma” kabi bir necha yo‘nalishlarda ekologik aksiyalar tashkil etish
mumkin. Har qanday pedagogik jarayonda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash yuqori samara
beradi. MTTda ota-onalar bilan birgalikda ekologik bayramlar, “Ekologik ertaklar”, “Go‘zal
archayoqar barchaga”, “Jajji ekologlar”, “Hayvonot olami”, “Ona sayyora” kabi bolalar va kattalar
ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil etish ham bolalarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bilimlarini
oshishiga xizmat qiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan dialog tarzida davra suhbatlari, fakulьtativ
mashg‘ulotlar, savol va javoblar kechalari, seminar praktikumlar tashkil etish mumkin.
Ekologik tarbiyani o‘zlashtirishni yengillashtirish maqsadida mashg‘ulotni rejalashtirishda
4 ta o‘zaro bog‘liq bo‘limlar ishlash mumkin:
kognitiv tadbirlar;
o‘quv ishlari;
amaliy tadbirlar;
ko‘ngilochar tadbirlar.
Kognitiv dunyo o‘z ichiga inson va jamiyat kabi mavzularni oladi. Inson-uy, ko‘cha,
shahar. Inson tabiatga qanday ta'sir ko‘rsatadi, tabiatni kelgusi avlodga saqlash uchun nimalar
qilishi kerak. Bo‘lim shuningdek, o‘simliklar va hayvonlar, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq
Mart, 2025-Yil
619
bilimlar beruvchi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv ishlari – “tabiat va qish guldastasi
fantaziyasi”, ekologiya suratlarda, ekologik plakatlar seriyasi va h.k. ko‘rgazmalar tashkil etishni
o‘z ichiga oladi. O‘qish, she'rlarni yodlash, hikoyalar aytish, tabiat belgilari haqida topishmoqlar
aytish. Bolalarning mustaqil ertaklar, hikoyalar to‘qishi.
Amaliy tadbirlar
– tabiiy materiallar uchun oziq tayyorlash, qo‘l ishlari, ko‘rgazmali
materiallar tayyorlash, o‘simliklar ekish, markazlarda ishlash, rasmlar, plakatlar chizish.
Ko‘ngilochar tadbirlar
– turli sayrlar, ekskursiyalar, viktorinalar, ertaliklar. Tabiatda
harakatlanish qoidalari:
- O‘simliklar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, daraxtlarning shoxlarini
sindirmaslik, gullayotgan o‘simliklarni ildizi bilan sug‘urib olmaslik, o‘simliklarni gullarini
uzmaslik, faqat tushib qolgan barglarni yig‘ish;
- Daraxtlarning po‘stlog‘ini yulish, pichoq bilan tilmaslik, kesmaslik lozim;
- O‘rmonda, park va bog‘larda axlat qoldirmaslik, axlat natijasida o‘simliklar zarar
ko‘rishi, atrofdagi suv, daraxtlar va muhit zarar ko‘radi;
- Dalada gullar, mevalar tergan paytda ularning urug‘ini ko‘payishi, qushlar va
hayvonlarga ozuqa uchun qoldirish kerakligini yoddan chiqarmaslik kerak. Ochilmagan gullarni,
yetilmagan mevalarni daraxtlardan uzib olish mumkin emas. Bolalarni yoshligidan ona Vatanga,
atrof muhitga muhabbat ruhida tarbiyalash maktabgacha ta'lim pedagogikasi oldida turgan muhim
vazifalardan hisoblanadi. Shu bois, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni
oshirishda ta'lim-tarbiya jarayonini amaliyot bilan bog‘lab tashkil etish yuqori samara beradi.
Bolalarga ekologik tarbiya berishda o‘zi yashaydigan muhitni ko‘kalamzorlashtirish, mevali va
manzarali daraxtlar ekish, xonaki o‘simliklar parvarishlash, uy hayvonlariga ozor bermaslik,
ko‘cha va xiyobonlarda, bog‘ va dam olish hududlarida ozodalikka rioya qilish qoidalariga amal
qilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat, avvalo, oiladan, ta'lim-tarbiya
maskanidan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga
bevosita bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda oila
bilan hamkorlik faoliyati pedagoglar kutgan natijani to‘laqonli ravishda oqlaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bolalarda ekologik madaniyatni oshirish orqali biz
kelgusi avlodlar uchun ona sayyoramizni asrab qolamiz.
Mart, 2025-Yil
620
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности
формирования
педагогических
навыков
у
воспитателей
дошкольно-
образовательных учреждений.
Academy
, (5 (56)), 25-27.
2.
Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ
ДИАГНОСТИЧЕСКИХ
НАВЫКОВ
У
СТУДЕНТОВ
ДОШКОЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ.
Проблемы науки
, (4 (63)), 50-52.
3.
Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического
образования:
образование
дошкольников
с
помощью
педагогических
технологий.
Academy
, (12 (63)), 60-62.
4.
Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). ЭФФЕКТИВНОСТЬ
ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ОБРАЗОВАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С
ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.
Academy
, (12), 60-62.
5.
Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования.
Вестник науки
и образования
, (16-2 (119)), 86-88.
6.
Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
2
(2), 241-244.
7.
KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING
XUSUSIYATLARI.
News of the NUUz
,
1
(1.1), 83-86.
8.
Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK
MADANIYATNI
SHAKLLANTIRISHDA
PSIXOLOGIK
YONDASHUV.
Inter
education & global study
, (5), 565-5574.
9.
Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик
Тарбия.
Miasto Przyszłości
,
42
, 330-333.
10.
Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.
Nю A. Maktabgacha talim
tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-
Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy
anjuman materiallarl. Buxoro
, 46-48.
11.
Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.
Nю A. Maktabgacha talim
tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-
Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy
anjuman materiallarl. Buxoro
, 46-48.
Mart, 2025-Yil
621
12.
Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda
integrativ yondashuv.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
13.
Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). Повышение экономической грамотности
у детей дошкольного возраста с помощью развития коммуникативных
компетенций.
Вестник науки и образования
, (8 (128)), 44-46.
14.
Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). КОМММУНИКАТИВНЫЕ
КОМПЕТЕНЦИИ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ.
Вестник науки и
образования
, (8 (128)), 47-50.
15.
Kamilova, G. A. Go’Zal Rajab Qizi Qurbonova (2021).
MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.
Scientific progress
,
2
(7), 1149-1153.
16.
Kamilova, G. A. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA
RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.
Scientific
progress
,
2
(7), 1149-1153.
17.
Камилова, Г. А., Султонова, М. И., & Бобожонова, М. А. (2023). ПРЕИМУЩЕСТВА
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В
ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Вестник науки и образования
, (5 (136)-2), 41-44.
18.
Safarova, S., & Kamilova, G. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING
ERKIN FIKIRLASHINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 504-507.
19.
Камилова, Г. А., Мухаммедова, М. М., & Жабборова, О. С. К. (2023). МЕТОДИКА
СИСТЕМАТИЧЕСКОГО ВКЛЮЧЕНИЯ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ ЧЕРЕЗ
ИГРЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Вестник
науки и образования
, (5 (136)-2), 38-41.
20.
Камилова, Г. А., & Кулиева, Х. Г. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Вестник науки и образования
, (4 (135)),
82-84.
21.
Jabbarov,
I.
A.
U.
(2022).
TYPOLOGY
AND
FUNCTIONS
OF
A
COMPLIMENT.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(6), 854-860.
Mart, 2025-Yil
622
22.
Alimovna, K. G., & Abduraufovna, B. A. (2025). INNOVATIVE APPROACHES TO
CREATING
A
DEVELOPMENTAL
ENVIRONMENT
FOR
PRESCHOOL
CHILDREN.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
3
(3), 1-5.
23.
Камилова, Г. А., & Тохирова, Ш. Б. К. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ОБУЧЕНИЯ ВТОРОМУ ЯЗЫКУ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО
ПОТЕНЦИАЛА
ДЕТЕЙ
В
ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
УЧРЕЖДЕНИЯХ.
Вестник науки и образования
, (4 (135)), 84-88.
24.
Kamilova, G. A., & Jo’rayeva, D. R. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli
maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyatlari,“.
Maktabgacha ta’lim-maktab-oliy ta’lim”
konsepsiyasi: muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari
.
25.
Rahmidinovna, Z. D. (2024). THE GOALS AND OBJECTIVES OF INTEGRATED
CLASSES IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES AND THE
IMPORTANCE
OF
INTERDISCIPLINARY
COMMUNICATION.
European
International Journal of Pedagogics
,
4
(11), 50-55.
