2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
361
BANKLARARO RAQOBATNING PAYDO BO‘LISH TARIXI VA NAZARIY
YONDASHUVLAR
Jumayeva Z.Q.
Ilmiy rahbar: dots.
Nurmatova F.Sh.
Osiyo xalqaro universiteti 2-kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15099533
Annotatsiya.
Ushbu maqolada banklararo raqobatning paydo bo'lish tarixi, uning
evolyusiyasi va nazariy yondashuvlari tahlil qilingan. Bank tizimida raqobatning rivojlanishi,
bank xizmatlari sifatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o`sishga ijobiy
ta’sir ko`satishi ta’kidlangan.
Kalit sozlar:
bank, banklararo raqobat, tijorat banklari, moliyaviy barkarorlik, bank
tizimi, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy xizmatlar.
Banklararo raqobatning paydo bo`lishi va evolyusiyasiga nazar tashlaydigan bo`lsak,
banklararo raqobat muhitining takomillashib borishi jarayonida bank xizmati turlari sonining va
mavjud xizmatlar sifatining oshib borganligining guvoxi bulamiz.
Chunonchi, ko`pchilik mutaxassislarning fikriga ko`ra, tijorat banklari tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishi tufayli emas, balki pul muomalasini tartibga solish va kredit
operatsiyalarini rivojlantirishning zarurligi munosabati bilan paydo bo`lgan.
Dastlabki banklar kapitalizmning manufaktura bosqichida bank uylari shaklida paydo
bo`ldi va ular sudxo`rlardan farqli ravishda, sanoat va savdo kapitalistlariga nisbatan past foizlarda
kredit bera boshladilar
1
. Dastlabki bankirlar, banklardagi harakatsiz turgan yirik mablaglarni
xo`jalik sub’ektlariga vaqtinchalik foydalanishga berish yo‘li bilan katta miqdorda daromad olish
mumkinligini tushunib yetdilar.
Natijada tijorat banklarida kredit operatsiyalari yuzaga keldi. Kredit operatsiyalarining
rivojlanishi, o‘z navbatida, banklar depozit operatsiyasining rivojlanishiga olib keldi. Banklararo
raqobat rivojlanmagan dastlabki paytlarda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning
faqat bitta shakli mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa, mijozni bir marotabalik kreditlash shakli edi. Asta-
sekin banklararo raqobat kuchayib, mijozlarda uzlari uchun qulay shakllarda kredit olish istagi
paydo buldi.
1
Трахтенберг И.А. Современный кредит и его организация. Москва, 1931. —С.191.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
362
Va nihoyat, tijorat bank ishi rivojlanishining hozirgi zamonaviy bosqichida har biri mijoz
uchun o‘ziga xos qulayliklarga ega bo`lgan bir nechta kreditlash shakli yuzaga keldi. Bank
faoliyatida raqobatni rivojlanishi yuqori darajadagi ko‘rsatkich hisoblandi. Banklararo raqobat
juda ko‘p omillarga bogliq bo‘lib, boshda bozorlardagi raqobatni shakllantirishdan tubdan farq
qiladi hamda ehtiyotkorlik bilan munosabada bulishni talab qiladi.
Banklararo raqobat haqidagi nazariy qarashlarning evolyutsiyasi bank tizimida
raqobatning rolini va ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Asli Demirguc-Kunt va Harry Huizinga (2004) o‘zlarining "Bozor intizomi va depozitlarni
sug‘urtalash" nomli maqolalarida banklararo raqobatni tadqiq qilishadi. Bu ishda ular ikki omil –
davlat tomonidan omonatlarni sug‘urtalash tizimi va banklararo raqobatning o‘zaro ta’sirini tahlil
qilishgan. Ular banklararo raqobat bozor intizomini oshirishi va bank tizimi risklarini kamaytirishi
mumkin degan xulosaga kelishadi. Banklar o‘rtasidagi yuqori darajadagi raqobat resurslarni
yanada ehtiyotkorlik bilan boshqarishga va ishonchli bank amaliyotlari o‘tkazishga undaydi,
chunki banklar mijozlar ishonchi va o‘z biznesining barqarorligi uchun raqobatlashishi kerak
2
deb
ta’kidlashadi.
Xavier Vives (2016) “banklararo raqobat bank tizimining samaradorligiga hissa
qo‘shishini va monopollashish darajasini pasaytirishi, innovasiyalar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
sifatini oshirishini ta’kidlaydi
3
.
Bu ikkala yondashuv ham banklararo raqobat, moliyaviy barqarorlik va bank tizimining
samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Ularda bank sohasida raqobatning ahamiyati va
uning bank tizimining samaradorligi hamda barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.
Xavier Vives (2016) shuningdek, bozor konsentrasiyasi va uning banklararo raqobat va
barqarorlikka ta’siri bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. U raqobatning bozor tuzilishi va bank
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan turli mexanizmlarni muhokama qiladi. U raqobat va barqarorlik
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash uchun samarali tartibga solish zarurligi haqidagi g‘oyalarni ilgari
suradi.
Fikrimizcha, Xavier Vivesning (2016) raqobat va barqarorlik o‘rtasidagi munosabatlarga
e’tibor qaratishi bank sektorida samarali boshqaruv siyosatini shakllantirish va nazorat qilishda
ushbu omillarni hisobga olish zarurligi bilan izohlanadi.
2
Asli Demirguc-Kunt and Harry Huizinga. (2004) Market discipline and deposit insurance. Journal of Monetary
Economics, vol. 51, issue 2, 375-399
3
Xavier Vives. (2016) Competition and Stability in Banking: The Role of Regulation and Competition Policy.
Published by: Princeton University Press. Pages: 344.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
363
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim Mirzaev (2009) “banklararo raqobat deb, odatda, tijorat
banklari o‘rtasida resurslar jalb qilish va mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish borasida
yuzaga keladigan raqobat tushuniladi”
4
deb izohlaydi.
Arifxodjaevaning (2016) fikriga ko‘ra, “banklararo raqobat avvalambor mijoz uchun
kurashdan iborat bo‘ladi. Qaysi bankning mijozlari ko‘p va obro‘li bo‘lsa o‘sha bankning o‘z
manfaatlarini yuzaga chiqarish imkoniyatlari yuqoridir”
5
.
Bizning fikrimizcha, tijorat banklarida raqobat nafaqat mijozlarni ko‘proq jalb qilish, balki
resurslar, kreditlar va boshqa moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan kurash sharoitida ham yanada
kengroq namoyon bo‘ladi.
Mahalliy olimlardan Qurbonov o‘zing ilmiy tadqiqotlarida bank tizimining barqarorligini
ta’minlashda bank kapitallashuv darajasini oshirishning zamonaviy yo‘llariga alohida e’tibor
qaratgan
6
(Kurbanov, 2022; Kurbanov, Asirarov, 2022; Kurbonov, 2021).
Yana bir iqtisodchi olim Yuldasheva (2022) “Bank raqobati – moliya bozorining
ishtirokchilari, xususan, kredit tashkilotlari o‘rtasidagi kreditlar, depozitlar va boshqa bank
mahsulotlarini sotish uchun kurash sifatida qaralishi, hamda doimiy tadqiqotlar o‘tkazib borilishi
kerak bo‘lgan jarayon sifatida baholanishi lozim”
7
deya ta’kidlagan.
Xorijlik ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra “banklararo raqobat banklarning riskli
faoliyatini kuchaytirishi mumkin, chunki banklar o‘z mijozlariga qulay shartlar taklif qilish orqali
ko'proq mijozlarni jalb qilishga intiladi, bu esa ularning riskli aktivlarini oshirishi mumkin. Boshqa
tomondan, raqobat banklarni yanada samarali ishlashga va innovatsion yondoshuvlarni joriy
etishga undaydi, bu esa ularning barqarorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi”
8
(Klapper, Leora & other,
2009).
Yana bir boshqa xorijlik olimlar “Bozor raqobati kuchayganda, banklar mijozlarni jalb
qilish uchun kredit foiz stavkalarini pasaytirishga va depozit stavkalarini oshirishga majbur
bo‘lishi mumkin, bu esa ularning daromad marjasini pasaytiradi va moliyaviy mustahkamligiga
ta’sir qilishi mumkin
9
(Christian, Kersting & other, 2020)” deb ta’kidlashadi.
4
Mirzaev F.I. (2009) O‘zbekistonda banklararo raqobatni shakllantirishning konseptual asoslari. Iqtisod fanlari
doktori... diss. avtoreferati. – Toshkent:O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliyaakademiyasi, – 41 b
5
Arifxodjaeva M.I. (2016) O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida raqobat va uni rivojlanishida innovatsion
texnologiyalarning o‘rni. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr
6
Kurbanov, R. B., & Asirarov, R. Z. (2022). The role of the bank's initial public offering in increasing the
capitalization of commercial banks. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(4), 30-36.
7
Yuldasheva S.Sh. (2022) O‘zbekistonda tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishning shart-sharoitlari.
Iqtisodiyot va ta'lim / 5-son.
8
Klapper, Leora & Ariss, Rima & Berger, Allen. (2009). Bank Competition and Financial Stability. Journal of
Financial Services Research. 35. 99-118. 10.1007/s10693-008-0050-7.
9
Christian König gen. Kersting & Stefan Trautmann & Razvan Vlahu, (2020). "Bank instability: Interbank linkages
and the role of disclosure," Working Papers 665, DNB.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
364
Umuman olganda, banklararo raqobat sharoitda tijorat banklari barqarorligini
ta’minlashning zarurligi shundaki, banklar raqobatga kirishish natijasida o‘zlarining kuchli va
kuchsiz tomonlarini tahlil qilishi, bank xizmatlari bozoridagi roli va ulushini yanada oshirish
uchun strategiyalar ishlab chiqishi, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarda innovatsion
yondoshuvlarni yanada kuchaytirish imkoniyatlarini oshirishlari mumkin bo‘ladi
10
(Jurayev,
2021).
Banklararo raqobatning rivojlanishi banklar o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga
ta’sir etib qolmasdan, balki bevosita iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanishiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. O‘z navbatida, banklararo raqobat muhiti rivojlanishi jarayonida, bank tizimi
mahsulotlari xilma-xillik darajasining ortib borishi xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini
oshirib, real sektorda tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, kichik biznes va
tadbirkorlikning rivojlanishiga va raqobatbardosh mahsulotlar ulushi ortishiga olib keladi.
Banklararo raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa bozorlardagi raqobat
muhiti shakllanishidan tubdan farq qiladi. Fikrimizcha, banklararo raqobat xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
banklararo raqobat, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi
raqobatga nisbatan kech vujudga kelgan bo‘lsada, barqaror sur’atlarda o‘sib bormoqda;
banklararo raqobat bozorida banklar bilan birgalikda bankdan tashqari moliya-
kredit institutlari ishtirok etadi;
banklararo raqobat bozorida banklar bir holatda sotuvchi, ikkinchi holatda esa,
xaridor sifatida ishtirok etadi, respublikamiz banklari raqobat bozorida hozirgi kunda faqat kredit
resurslarini sotib oluvchi sifatida ishtirok etmoqda;
bank ishining har bir yo‘nalishi o‘zining alohida xususiyatiga ega bo‘lib, intensiv
raqobatni tashkil etish imkonini beradi;
baholi raqobatni chegaralash, bu birinchi navbatda, bank xizmatini boshqarish
sifatini oshirish va reklamani tashkil etishda muammo keltirib chiqaradi;
bank xizmatlari bozori oligopol tabaqalashgan bozor bo‘lib, korporatsiya va kredit
institutlarining bozor siyosatini olib borish imkoniyatini oshiradi.
Ayrim davlatlarda (misol uchun Germaniyada) individual raqobat guruhida o`zining o`rni
bo`ladi, ya’ni guruhlar orqali o`tkaziladigan raqobat, guruh ichida ham raqobatning shakllanishi
10
Jurayev PhD, I. (2021). Urgent Issues To Increase The Sustainability Of The Banking System Of The Republic Of
Uzbekistan. International Finance and Accounting, 2021(6), 12.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
365
imkonini beradi. Zamonaviy banklararo raqobatni shakllantirish bosqichlari quyidagilarni o`ziga
mujassamlashtiradi:
Bank faoliyatini universallashtirish;
Davlat tomonidan bank faoliyatini boshqarishni liberallashtirish;
kredit institutlari faoliyatini kengaytirish;
banklararo bozorda bankdan tashkari institutlarni jalb etish;
bahosiz raqobatning qiymatini oshirish;
banklararo raqobatni globallashtirish;
banklararo raqobatni intensiv kuchaytirishning huquqiy asoslarini rivojlantirish.
Bundan kelib chiqadiki, banklararo raqobat — bu tijorat banklari o`rtasidagi raqiblilikni va
bankdan tashqari kredit-moliya institutlarning bank xizmatlar bozorida faoliyatini olib borishni
anglatadi. Zamonaviy tijorat banklari faoliyatining doirasi barcha bozor bulimlarini qamrab oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, banklararo raqobat deb, bank xizmatlari bozorida
resurslarni jalb etish, mablag‘larni joylashtirish va boshqa barcha bank xizmat turlarini amalga
oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
REFERENCES
1.
Жумаева, З. К. (2024). Инвестиционная Активность Как Основной Элемент
Организационно-Экономического Механизма Маркетинга Территории.
Miasto
Przyszłości
,
55
, 1411-1417.
2.
Жумаева, З. К. (2024). Мобильный Маркетинг Как Эффективное Средство
Стимулирования Сбыта Товаров И Услуг.
Miasto Przyszłości
,
54
, 697-702.
3.
Жумаева, З. К. (2024). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ ИНДУСТРИЙ КАК ФАКТОР
РОСТА НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ: ОБЗОР ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА И
ПЕРСПЕКТИВЫ ДЛЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН.
4.
Джумаева, З. (2025). РОЛЬ ТОРГОВОЙ ПОЛИТИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ
КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ
НАЦИОНАЛЬНОЙ
ЭКОНОМИКИ:
СОВРЕМЕННЫЕ
ПОДХОДЫ.
Международный
журнал
искусственного
интеллекта
,
1
(1), 483-488.
5.
Джумаева, З.К., и Гулямова, Н.Г. (2025). O 'ZBEKISTONDA MINTAQANI
KOMPLEKS
RIVOJLANTIRISHNI
DAVLAT
TOMONIDAN
TARTIBGA
SOLISH.
ТЕОРИЯ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ ВСЕГО МИРА
,
1
(5), 152-159.
6.
Жумаева, З. К., & Ахмедова, Ф. Р. (2025). РОЛЬ ТОРГОВОЙ ПОЛИТИКИ В
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
366
ОБЕСПЕЧЕНИИ
КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ
НАЦИОНАЛЬНОЙ
ЭКОНОМИКИ: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM
AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS
,
1
(7), 323-330.
7.
Jumayeva, Z. Q., & Matkarimov, G. (2025). MINTAQADA FAOL INVESTITSIYA
SIYOSATINI IQTISODIYOT TARMOQLARINI O ‘SISHIGA TA’SIRI.
ANALYSIS OF
MODERN SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(6), 205-212.
8.
Джумаева, ZQ (2017). ТЕОРИИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СТАБИЛЬНОСТИ НА РЫНКАХ
ТРУДА РАЗВИТЫХ СТРАН.
Инновационное развитие
, (4), 64-66.
9.
Qudratova,
G.
M.
(2025).
INNOVASION
MARKAZLAR:
RIVOJLANISHI,
TAQQOSLAMA TAHLIL VA KELAJAKDAGI TENDENSIYALAR.
ANALYSIS OF
MODERN SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(7), 98-104.
10.
Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY.
Modern Science and Research
,
2
(12), 559-568.
11.
Bahodirovich, X. B. (2025). XO’JALIK MUOMALALARI TA’SIRIDA BALANSDA
SODIR BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND
INNOVATION
,
1
(6), 356-361.
12.
Бахтиёров, Д., & Алимова, Ш. А. (2025). КОНКУРЕНЦИЯ НА РЫНКЕ: КАК БОРЬБА
КОМПАНИЙ ВЛИЯЕТ НА ЦЕНЫ, КАЧЕСТВО И ИННОВАЦИИ.
Modern Science
and Research
,
4
(2), 463-471.
13.
Hakimovich, T. M. (2025). KORXONALARDA RAQOBATBARDOSH EKSPORTNI
YO‘LGA QO‘YISH VA MARKETING STRATEGIYALARI.
ANALYSIS OF MODERN
SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(4), 193-205.
14.
Azimov, B., & Hamidov, A. (2025). THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF
MANAGING ORGANIZATIONAL COSTS IN THE ECONOMIC SECURITY
SYSTEM.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 356-363.
15.
IKROMOV, E. (2025). THE TAX SYSTEM OF UZBEKISTAN AND ITS
FEATURES.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 240-246.
16.
Raxmonqulova, N. O. (2025). SAMARALI RAHBARNING XUSUSIYATLARI,
LIDERLIK USULLARI VA ULARNING TASHKILOT MUVAFFAQIYATIGA
TA'SIRI.
Science, education, innovation: modern tasks and prospects
,
2
(1), 29-35.
17.
Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI
BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH.
STUDYING THE PROGRESS
OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 145-150.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
367
18.
Supiyevna,
B.
M.
(2025).
XUSUSIY
TАDBIRKОRLIKDА
MEHNАT
MОTIVАTSIYАSINI ОSHIRISH YОʻLLАRI.
STUDYING THE PROGRESS OF
SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 126-132.
19.
Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING
STRATEGIES
EXISTING
APPROACHES.
International
Journal
of
Artificial
Intelligence
,
1
(1), 683-688.
20.
Jumayeva, Z. (2025). A
NEW THEORY OF ECONOMIC GROWTH: AN EVOLUTIONARY
APPROACH.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 869-873.
21.
Bobojonova, M. (2025). PRICE LEVELS IN THE GREEN ECONOMY AND THEIR
APPLICATION.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 109-117.
22.
Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF TRADE POLICY IN ENSURING THE
COMPETITIVENESS
OF
THE
NATIONAL
ECONOMY:
MODERN
APPROACHES.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 483-488.
23.
Ibragimov, A. (2025). PROSPECTIVE WAYS OF ATTRACTING FOREIGN
INVESTMENT TO THE NATIONAL ECONOMY.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 137-143.
24.
Djurayeva, M. S. (2024). BASICS OF DIGITAL MARKETING.
Gospodarka i
Innowacje
,
51
, 153-159.
25.
Bahodirovich, X. B. (2025). BUXGALTERIYADA QIMMATLI QOG’OZLAR
HISOBI.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING
SOLUTIONS
,
1
(7), 407-411.
26.
Raximova, L. (2025). THE IMPACT OF THE SHADOW ECONOMY ON THE
ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 585-590.
27.
Igamova, S. (2025). THE UZBEK ECONOMIC MODEL.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 857-868.
28.
Хasanova, G., & Qurbonova, X. (2020). WAYS TO PROMOTE INTEGRATED
COLLABORATION OF HIGHER EDUCATION AND VOCATIONAL COLLEGES IN
ECONOMIC MODERNIZATION.
Интернаука
, (7-1), 66-69.
29.
Soliq huquqi. –T. TDYU, 2017. 283 b.
