2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
401
YOSHLARDA MILLIY G’URUR TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY
TARBIYA VA SPORTNING O’RNI
Namozov Baxodir Kuchkorovich
Mirzo Ulug’bek nomidagiSamarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
“Ijtimoiy va tabiiy fanla” kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15090019
Annotatsiya.
Milliy g’ururi kuchli bo’lgan kishi o’zining milliy qadriyatlarini asrab
avaylaydigan, ya’ni vatan, ona zamin, millat va millatlar aro munosabatlarning noyob qadriyat
ekanini butun vujudi bilan anglaydigan va uni qadrlay biladigan kishidir.
Kalit so’zlar:
milliy g’urur, jismoniy tarbiya va sport, milliy kurash, yosh avlod, milliy
sport turi.
Insoniyat sivilizatsiyasi hamma vaqt ong va tafakkur tarqqiyoti, uning beqiyos kuch –
qudrati, yaratuvchilik qobiliyati bilan tarixda buyuk siljishlar qilgan. Turli davrlarda,
mintaqalarda, holatlarda yuz bergan bunday hodisalar inson va jamiyat taraqqiyotini yuksak
cho’qqilarga olib chiqqan. Bu cho’qqilarga qaysi bir xalq o’z hissasini boshqasiga nisbatan
ko’proq qo’shgan. Hissasi ko’p bo’lgan xalqning tarixi va madaniyati ham boshqa xalqlarnikiga
nisbatan ulug’dir. Bu ulug’lik shu xalqning milliy g’ururi bilan ham bog’liqdir. Milliy g’urur
millatning barcha sohalarda erishgan yutuqlari bilan o’sib boradi. Chunki har qanday
davlatning qudrati to’g’ridan – to’g’ri ana shu davlat teng huquqli fuqarolarining ma’naviy
qiyofasi, ichki dunyosining boyligi bilan bog’liqdir. Bunday mamlakatlarda mehnatga
munosabat va ishlab chiqarish madaniyati fuqarolarning ichki madaniyati bilan uyg’unlashib
ketgan bo’ladi. Aslida esa milliy g’urur sof insoniy fazilat, eng pokiza, shabnam kabi beg’ubor
tuyg’u. U insonning har bir hujayrasiga singib ketgan mo’tabar hissiyot. Milliy g’ururi kuchli
bo’lgan kishi o’zining milliy qadriyatlarini asrab avaylaydigan, ya’ni vatan, ona zamin, millat
va millatlar aro munosabatlarning noyob qadriyat ekanini butun vujudi bilan anglaydigan va
uni qadrlay biladigan kishidir.
Bugungi o’sha davrning eng katta ruhiy-ma’naviy ehtiyoji milliy g’urur tuyg’usidir.
Yoshlarimiz milliy g’urur tuyg’usini kuchaytirishda xalqimiz o’tmishini va boy tarixini chuqur
o’rganish, jahon taraqqiyotida yuksak o’rin tutgan Sharq madaniyatini puxta egallash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bugun kimlarningdir nazdida biz mustaqillikni osongina qo’lga
kiritgandekmiz, lekin bu yo’lda qanchadan – qancha ota – bobolarimiz o’z jonini fido
qilganligini buyuk va shonli tariximiz isbotlamoqda.
Bugungi globallashuv davrida qaysiki mamlakat birinchi navbatda, erishgan natijalari
bilan kifoyalanmasdan, dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga
haqqoniy va tanqidiy baho beradigan davrning tobora ortib borayotgan talablariga uyg’un va
hamohang bo’lib qadam tashlaydigan mamlakatgina muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
Bunday tez o’zgarishlar ro’y berayotgan jarayonlarda istiqlolni anglash, uni asrash
xalqimiz uchun muqaddas vazifadir. Istiqlol o’z taqdiriga egalik qilish huquqi, ma’naviy
qadriyatlar va milliy an’analarga tayanib yashash va yurtimiz boyliklaridan xalqimiz va
Vatanimiz manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyati ekanligi bugungi kunda barchamiz
anglayotgan haqiqatdir. Biz azaldan inson ichki dunyosini boy, ma’naviyatli qilish yo’lidan
kelmoqdamiz. Shu jihatimiz bilan boshqa xalqlar dunyoqarashidan, turmush tarzidan ham farq
qilamiz. Chunki ma’naviyat – insoniyat ichki dunyosining ko’zgusi, tafakkuri, ongi va fikr
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
402
yuritish tarzining mazmun – mohiyatini aks ettiruvchi yuksak ijtimoiy qadriyatdir. Bunday
qadriyatlar ichida milliy xususiyatlarimizni o’zida saqlab kelayotgan milliy kurashimizning
millat birligi va erkinligini ta’minlashda, yoshlarda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini
shakllanishida ahamiyati beqiyosdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Umuman jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat
dasturlariqabul qilinib, tizimli ravishda, izchillik asosida keng qamrovli islohotlar amalga
oshirilib kelinmoqda. Bu borada ommaviy sportning inson va oila hayotidagi roli, uning
jismoniy va ma’naviy sog’lomlikning asosi, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan
yoshlarga o’z qobiliyat va iste’dodini ro’yobga chiqarishda sportning ahamiyati juda kata
ekanligi ma’lum. Bunday islohotlar negizida milliy sport turi bo’lgan milliy kurashga ham
alohida etibor qaratilib, olimpiada o’yinlari tarkibiga kiritishga qaratilgan ulkan ishlar amalga
oshirilib kelinmoqda.
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning o’ziga xususiyatlaridan biri aniq
ifodalangan milliy xarakterdagi sport turlari: ag’darish, ko’pkari, poyga, kurash kabi xalq
o’yinlari borligidir. Bu o’yin va sport turlarining hammasi qadim zamonlarda paydo bo’lgan,
taraqqiyotning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajargan va o’z shaklini
o’zgartirgan.
Yuqorida bildirilgan mulohazalar asosida quyidagi fikrlarni xulosa sifatida berish
mumkin:
-
birinchidan, insonda milliy g’urur tuyg’usining rivojlanishi o’z millatiga
nisbatan iftixorning o’sishiga olib keladi. O’z millatidan g’ururlangan inson millatdoshlariga
birlashadi. Birlashgan millatga hech kim tajovuz qila olmaydi;
-
ikkinchidan, bugungi kunda milliy xususiyatlarimizni saqlovchi va
rivojlantiruvchi qadriyatlarimizni, ya’ni milliy kurashimizni rivojlantirish, ommalashtirish
orqali yoshlarimizning mard, jasur bo’lib yetishishiga zamin yaratgan bo’lamiz. Shuningdek,
ularda “halol”ga intilish va “g’irrom”dan qochish kabi fazilatlarni shakllantirib boramiz.
Bunday holatda milliy kurash yosh avlodga namuna, ibrat oluvchi vosita bo’lib xizmat qiladi;
-
uchinchidan, mustaqillik davrida o’sib kelayotgan yosh avlod tarixning o’ziga
tegishli sahifasini o’zi yozishi kerak. Zero, shundagina buyuk xalqning porloq kelajagi
ta’minlanadi, ya’ni xalqning muvaffaqiyati, xalqaro munosabatlarda erishgan marralari,
qolaversa har bir sohada erishgan yutuqlari xalqning irodasi, milliy g’ururini mustahkamlaydi.
Milliy kutash bilan shug’ullangan yoshlarda o’ziga bo’lgan ishonch, jasurlik ortadi. Bu
esa yoshlarimizning o’z haq – huquqlarini talab qilishda, o’z manfaatlarini himoya qilishda
asosiy tuyg’ulardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Qosimov U., Xusainov Sh.Y., Eshmuradov K.A. “Jismoniy tarbiya va sport ta’limida
kurash milliy sport turning o’tmishi va kelajagi” – o’quv qo’llanma. Samarqand-
2021yil.
2.
Shamshidin Yalgashevich, K., Abriyevich, E. Q., & Kuchkarovich, N. B. (2023).
Analysis of the Technique of Teaching the Jerk in Weightlifting.
Eurasian Research
Bulletin
,
17
, 121-128.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
403
3.
Yalgashevich, K. S., Abrievich, E. K., Kuchkarovich, N. B., & Vladislavnovna, K. D.
(2021). WRESTLING IS THE PAST AND FUTURE OF NATIONAL SPORTS.
World
Bulletin of Management and Law
,
3
, 26-30.
4.
Yalgashevich, K. S., Kuchkarovich, N. B., & Abriyevich, E. Q. (2023). Results of
Therapeutic
Physical
Culture
with
Students
with
Significant
Health
Impairments.
JOURNAL OF ENGINEERING, MECHANICS AND MODERN
ARCHITECTURE
,
2
(2), 16-18.
5.
Turdimurodovich, M. I., Shamshidin Yalgashevich, K., & Kuchkarovich, N. B. (2023).
INNOVATIVE SOLUTIONS FOR ORGANIZING THE CONSTRUCTION OF
MULTIFUNCTIONAL SPORTS FACILITIES.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
ARTS AND DESIGN
, 37-41.
6.
Khusainov ShamshidinYalgashevich, Namozov Baxodir Kuchkarovich, & Eshmurodov
Qodir Abriyevich. (2023). Research of Development of Physical Preparedness of
University Youth.
Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences
,
2
(11), 73–76.
Retrieved from
https://procedia.online/index.php/philosophy/article/view/1136
7.
Khusainov ShamshidinYalgashevich, Namozov Baxodir Kuchkarovich, & Eshmurodov
Qodir Abriyevich,. (2023). The Importance of the Relationship of Different Types of
Preparedness in Teaching-Technical and Tactical
Actions of Students in
Streetball.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
24
, 19-21. Retrieved from
http://sjii.indexedresearch.org/index.php/sjii/article/view/991
8.
Khusainov ShamshidinYalgashevich, Namozov Baxodir Kuchkarovich, & Eshmurodov
Qodir Abriyevich. (2023). Use of Games and Relay Races in Teaching Gymnastics at the
Department of Physical Education and Sport.
Horizon: Journal of Humanity and Artificial
Intelligence
,
2
(11),
44–47.
Retrieved
from
https://univerpubl.com/index.php/horizon/article/view/2770
9.
Baxodir Kuchkarovich, N., & QodirAbriyevich, E. . (2024). Health-Saving Technologies
in Higher Educational Institutions As a Way to Preserve the Mental Health of
Students.
Best Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(1), 593–
596. Retrieved from
https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1492
10.
Namozov Baxodir Kuchkorovich, & Eshmuradov Kodir Abriyevich. (2024). JISMONIY
TARBIYA VA SPORT VOSITASI YORDAMIDA YOSHLARDA MILLIY G‘URUR
TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH.
Journal of Science-Innovative Research in
Uzbekistan
,
2
(1),
658–660.
Retrieved
from
https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/4103
11.
Kuchkorovich, N. B., & Yalgashevich, X. S. (2024). Bolalar va o‘smirlar tarbiyasida
jismoniy tarbiya va sportning o ‘rni.
Journal of Science-Innovative Research in
Uzbekistan
,
2
(1), 655-657.
12.
Shamshidin Yalgashevich, K. ., & Baxodir Kuchkarovich, N. . (2024). Sports in the Life
of Students Samarkand State Architectural and Construction University.
World Journal of
Agriculture
and
Urbanization
,
3
(1),
45–47.
Retrieved
from
https://wjau.academicjournal.io/index.php/main/article/view/145
13.
Yalgashevich, K. S. ., Abriyevich, E. Q. ., & Kuchkarovich, N. B. . (2023). THE
APPLICATION OF THERAPEUTIC PHYSICAL CULTURE IN THE TREATMENT OF
INJURIES OF THE LOCOMOTOR APPARATUS.
ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
404
ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALAR
JURNALI
,
2
(1),
154–160.
Retrieved
from
https://www.sciencebox.uz/index.php/arxitektura/article/view/5458
