Authors

  • Ruxshona Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76728

Keywords:

o`lim jazosi insoniyat jinoyatchilik qatl tarix korrupsiya konstitutsiya inson huquqlari jinoyat shaxs.

Abstract

Barchamizga ma’lumki, jazo tizimlari haqida so`z yuritayotganda o`lim jazosi hech qachon chetda qoldirilmaydi. Ushbu jazo chorasining kelib chiqishi juda uzoq tarixga borib taqalsada, haligacha dunyoning ko`plab mamlakatlarida oliy jazo sifatida qo`llanib kelinmoqda. Mazkur maqolada o`lim jazosi jinoyatchilikka qarshi kurashda qanday ahamiyat kasb etishi va uning inson huquqlariga ta`siri haqida so`z boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

153

O`LIM JAZOSI JINOYATNI OLDINI OLISH UCHUN SAMARALI YECHIMMI?

Rasulova Ruxshona Zafar qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs “B” potok 2-guruh talabasi.

tel: +998-97-250-27-07.

e-mail:

rasulovaruxshona07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15150832

Annotatsiya.

Barchamizga ma’lumki, jazo tizimlari haqida so`z yuritayotganda o`lim

jazosi hech qachon chetda qoldirilmaydi. Ushbu jazo chorasining kelib chiqishi juda uzoq

tarixga borib taqalsada, haligacha dunyoning ko`plab mamlakatlarida oliy jazo sifatida

qo`llanib kelinmoqda. Mazkur maqolada o`lim jazosi jinoyatchilikka qarshi kurashda qanday

ahamiyat kasb etishi va uning inson huquqlariga ta`siri haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar:

o`lim jazosi, insoniyat, jinoyatchilik, qatl, tarix, korrupsiya konstitutsiya,

inson huquqlari, jinoyat, shaxs.

IS THE DEATH PENALTY AN EFFECTIVE SOLUTION TO PREVENT CRIME?

Abstract.

As we all know, the death penalty is never left out when talking about penal

systems. Although the origin of this punishment dates back a very long time, it is still used as the

ultimate punishment in many countries of the world. This article discusses the importance of the

death penalty in the fight against crime and its impact on human rights.

Keywords:

death penalty, humanity, crime, execution, history, corruption, constitution,

human rights, crime, person.

ЯВЛЯЕТСЯ ЛИ СМЕРТНАЯ КАЗНЬ ЭФФЕКТИВНЫМ РЕШЕНИЕМ ДЛЯ

ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ ПРЕСТУПНОСТИ?

Аннотация.

Как мы все знаем, смертную казнь никогда не забывают, когда речь

идет о пенитенциарных системах. Хотя это наказание возникло очень давно, оно до сих

пор используется в качестве высшей меры наказания во многих странах мира. В статье

обсуждается значение смертной казни в борьбе с преступностью и ее влияние на права

человека.

Ключевые слова:

смертная казнь, гуманность, преступление, казнь, история,

коррупция, конституция, права человека, преступление, личность.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘lim jazosining qo‘llanilishi jinoyatchilikni

kamayishiga olib kelishi haqida asossiz muhokamalar avj ola boshladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

154

Aslida, o‘lim jazosining bor yoki yo‘qligi jinoyatchilik darajasiga jiddiy ta’sir

ko‘rsatmaydi. Negaki, Chezare Bekkaria ta`kidlaganidek «jinoyatchilikni oldini olishda jazoning

shavqatsizligi emas, balki uning muqarrarligi ko‘proq ahamiyatga ega». Bu fikrlar ayni

haqiqatdir. Shunday ekan, o‘lim jazosi haqida gapirganda uning nafaqat huquqiy tomonini, balki

ijtimoiy, axloqiy va psixologik jihatlarini ham e’tiborga olish lozim.

Shunday bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham oliy jazo

sifatida o‘lim jazosi butun umrlik yoki katta muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga

almashtirilgan. Umuman olganda, o‘lim jazosi insoniyat abadiy tortishib o‘tadigan, aniq

to‘xtamga kelish qiyin bo‘lgan bahslardan biridir.

O‘lim jazosi

— qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan oliy jazo turi bo‘lib, og‘ir jinoyatlari

uchun insonning qatl etilishi. O‘lim jazosi ijro etilayotgan vaqtda davlat tomonidan belgilangan

vakillar ishtirok etishi va aynan ular qatlni amalga oshirishlari shart, aks holda bu jarayon qotillik

deya baholanadi.

Hozirda dunyoning 130dan ortiq davlatida o‘lim jazosi qo‘llanilmaydi. Lekin insoniyat

borki, bu jazo turi ham mavjud. Butun dunyo huquqshunoslari baravar bu jazoga qarshi

chiqqanlarida ham uning yo‘qolib ketishiga ishonish qiyin. Yildan-yilga kamayib borayotgan

bo‘lsa-da, hali-hamon ko‘pchilik davlatlarda o‘lim jazosi muntazam qo‘llanilib kelinadi. Bu

davlatlar qatorida o‘zining huquqiy tizimi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishga harakat qiladigan

AQSh ham bor. Yevropada esa aksincha, deyarli barcha davlatlar bu jazo turidan voz

kechishgan. Lekin tarix nuqtai nazaridan bu jazoni eng ko‘p qo‘llagan va takomillashtirgan xalq

sifatida Yevropa xalqini keltirishimiz mumkin.

O`zbekiston Respublikasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, bizda o‘lim jazosi

tayinlanadigan jinoyatlar soni bosqichma-bosqich kamaytirilib, bu jazo to‘liq bekor qilingan.

Shunga qaramasdan, ayrim fuqarolar tomonidan o‘lim jazosini tiklash, uni jinoyat

qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari surilmoqda. Vaholanki, demokratik va

insonparvar g‘oyalarni oliy qadriyat darajasiga ko‘targan dunyodagi aksariyat davlatlarda o‘lim

jazosi bekor qilingan. Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu

huquqni davlat emas, Yaratganning o‘zi ato etgan.

1994 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Jinoyat kodeksida 33 ta modda bo‘yicha o‘lim

jazosini tayinlashi mumkin edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

155

Keyinchalik jinoiy jazolarni liberallashtirish natijasida 2008-yilgacha qonunchilikka

muvofiq ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam

o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan edi, 2008-

yil 1-yanvardan barcha jinoyatlar uchun bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida 2008-yilning 1-yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim

jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish

jazosi joriy etilsin.

1

Huquqshunos Farhod Primovning ta’kidlashicha, o‘lim jazosini qo‘llash jinoyatchilikka

qarshi kurashishda malakali yoki samarali yechim hisoblanmaydi.

“O‘lim jazosi bekor qilinganidan keyin jinoyatchilik soni ko‘payganmi, degan masalani

tahlil qilib ko‘rdik. Bilamizki, 2008-yilgacha qasddan odam o‘ldirgan shaxs uchun o‘lim jazosi

belgilangan edi. Hozir qasddan odam o‘ldirish holatlari ko‘paydimi? 2008—2021-yilgacha

qasddan odam o‘ldirish va qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish holatlari 2 baravar

kamaygan. Ha, jazo bekor qilingandan keyin ham kamayish kuzatilgan. Yaʼni o‘lim jazosi

oxirgi, malakali yoki samarali yechim hisoblanmaydi. Yana bir jihati, ko‘plab davlatlarda o‘lim

jazosi belgilangan. Ammo jinoyatchilik kamayib qolgani yo‘q. Aksincha, ko‘paygan holatlar

ham bo‘ladi. Masalan, baʼzi davlatlarda korrupsiya uchun o‘lim jazosi belgilangan. Lekin har yili

qanchadan qancha odam mana shu jinoyatni sodir qiladi. Eng muhim masala jazoning qattiqligi

emas, jazoning muqarrarligidir”, — deya ta’kidlagan huquqshunos.

Shu bilan birgalikda yangi islohotlar haqida so`z yuritadigan bo`lsak, O`zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi natijasida ham ko`pchilikni

qiynayotgan ma`lum bir savollarga javob topildi deb bemalol ayta olamiz. Ayniqsa, o‘lim jazosi

taqiqlanishi konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonparvarlikning muhim ifodasidir.

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza

qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.

2

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, qonun bilan himoya qilinadi.

Uning mazmuni shundaki, hech kimni ataylab hayotdan mahrum qilib bo‘lmaydi.

Shuningdek, yashash huquqi davlat zimmasiga inson hayoti xavf ostida qolmasligi uchun

hamma narsani qilish majburiyatini yuklaydi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.08.2005 yildagi PF-3641-son

2

O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 25-moddasi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

Ushbu norma Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi

konvensiyada, shu bilan birga, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda ham

nazarda tutilgan. Shaxsning yashash huquqi aynan tug‘ilgan paytdan boshlab vujudga keladigan

tabiiy va daxlsiz huquq, deb e’tirof etiladi hamda u davlatchilik va qonunlar mavjudligidan qat’i

nazar, shaxsga tegishlidir.

3

O‘lim jazosi bekor qilinganligi sivilizatsiyalashgan demokratik davlatning belgisidir.

O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinganligi mamlakatimizda umuminsoniy

tamoyillar ustuvorligi va xalqaro andozalar amalga joriy etilganligidan darak beradi.

Konstitutsiyamizning 13-moddasida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasida

demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi,

sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Qolaversa,

O‘zbekiston qo‘shilgan birinchi xalqaro hujjat — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining

3-moddasida «Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir» deyilgan.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida esa «Har bir

insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza etiladi.

Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi», deb

ta’kidlangan.

Shuningdek, mazkur xalqaro hujjatning BMT Bosh Assambleyasi 1989 yil 15 dekabrida

qabul qilgan o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi Fakultativ bayonnomasi barcha

hukumatlarni o‘lim jazosini bekor qilishga chorlaydi. Shunday ekan, jinoyat va jazoni hal etish

masalasida inson hayoti ustuvor bo‘lishi lozim.

Xulosa o‘rnida

O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinganligi insonparvarlik

va bag‘rikenglik tamoyillarining, xalqaro huquq me’yorlari umume’tirof etilgan prinsiplarining

bajarilishi ifodasidir.

Shu bilan birgalikda hozirgi kunda o`lim jazosi bekor qilingan

mamlakatlarda jinoyatchilik holatlari kamayganini, o`lim jazosini korrupsiya holatlarini oldini

olish maqsadini ko`zlab qo`llayotgan mamlakatlarda aksincha korupsiya holatlari rivojlanib

borayotganiga guvoh bo`lishimiz mumkin.

Fakt:

Odamxo‘r Chikatilo qo‘lga olingunga qadar to‘qqiz nafar begunoh inson uning

jinoyatlarida ayblanib, sud hukmi bilan otib tashlangan…

Ushbu keltirilgan fakt orqali ham o`lim jazosi ba’zi bir aybsiz insonlarning umriga zomin

bo`lganligi, ularning huquqlarini poymol qilishini ko`rishimiz mumkin.

3

https://parliament.gov.uz/articles/1462


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Har qanday holatda ham inson hayoti eng oliy ne’mat, uni yo`qqa chiqarishga hech

kimning haqqi yo`q. Barcha tomonlarni hisobga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki,

dunyodagi o`lim jazosi mavjud bo`lgan davlatlarda demokratiya va inson huquqlariga bo`lgan

qarashlar sustligini sezishimiz mumkin. Shunday ekan, bu holat nafaqat ayni bir davlat balki

butun dunyo aholisining muammosi hisoblanmog`i lozim. Shuningdek ushbu holatlarni oldin

olish maqsadida xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi va boshqa tashkilotlar, o`z o`rnida

davlatlar o`z e`tiborlarini ayni shu masalaga chuqur qaratgan holda, barcha davlatlarda o`lim

jazosini bekor qilishga erishishlari mumkin, bu orqali inson huquqlari yanada mustahkamlanadi.

REFERENCES

1.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.08.2005 yildagi PF-3641-son

3.

https://parliament.gov.uz/articles/1462

4.

https://daryo.uz/2023/03/14/ozbekistonda-olim-jazosi-bekor-qilinganidan-keyin-

jinoyatchilik-kopayganmi-huquqshunos-javobi

5.

https://lex.uz

References

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.08.2005 yildagi PF-3641-son