Authors

  • Ruxshona Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.77756

Keywords:

Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (XHT) huquqiy layoqat (legal personality) xalqaro huquq sub’yekti funktsional tamoyil Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Vena konvensiyasi (1986) imtiyozlar va immunitetlar xalqaro shartnomalar.

Abstract

Maqola xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (XHT) ning huquqiy layoqati (legal personality) masalasini tahlil qiladi. Unda XHTlarning huquqiy sub’yekt sifatidagi mavqeyi, huquqiy layoqat manbalari, chegaralari va amaliy namoyon boʻlish shakllari yoritilgan. Maqolada XHTlarning shartnomalar tuzish, da’vo qilish, immunitetlar va boshqa huquqlari misollar bilan tushuntirilgan.

background image

157

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

XALQARO HUKUMATLARARO TASHKILOTLARNING HUQUQIY LAYOQATI

Rasulova Ruxshona Zafar qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs “B” potok 2-guruh talabasi.

tel:+998-97-250-27-07. e-mail:

rasulovaruxshona07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15163629

Annotatsiya.

Maqola xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (XHT) ning huquqiy layoqati

(legal personality) masalasini tahlil qiladi. Unda XHTlarning huquqiy sub’yekt sifatidagi

mavqeyi, huquqiy layoqat manbalari, chegaralari va amaliy namoyon boʻlish shakllari

yoritilgan.

Maqolada XHTlarning shartnomalar tuzish, da’vo qilish, immunitetlar va boshqa

huquqlari misollar bilan tushuntirilgan.

Kalit so’z:

Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (XHT), huquqiy layoqat (legal

personality), xalqaro huquq sub’yekti, funktsional tamoyil, Birlashgan Millatlar Tashkiloti

(BMT), Vena konvensiyasi (1986), imtiyozlar va immunitetlar, xalqaro shartnomalar.

LEGAL PERSONALITY OF INTERNATIONAL INTERGOVERNMENTAL

ORGANIZATIONS

Abstract.

The article analyzes the issue of legal personality of international

intergovernmental organizations (IGOs). It covers the status of IGOs as legal entities, sources,

limits and forms of practical manifestation of legal personality. The article explains the rights of

IGOs to conclude treaties, sue, immunities and other rights with examples.

Keywords:

International intergovernmental organizations (IGOs), legal personality,

international legal entity, functional principle, United Nations (UN), Vienna Convention (1986),

privileges and immunities, international treaties.

ПРАВОСПОСОБНОСТЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ МЕЖПРАВИТЕЛЬСТВЕННЫХ

ОРГАНИЗАЦИЙ

Аннотация.

В статье анализируется вопрос правосубъектности международных

межправительственных организаций (МПО). В нем рассматриваются вопросы статуса

НПО как юридических лиц, источники правоспособности, их границы и формы

практического проявления. В статье на примерах разъясняются права НПО заключать

договоры, предъявлять иски, иммунитеты и другие права.

Ключевые слова:

Международные межправительственные организации (МПО),

правосубъектность, международное юридическое лицо, функциональный принцип,

Организация Объединенных Наций (ООН), Венская конвенция (1986 г.), привилегии и

иммунитеты, международные договоры.


background image

158

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ma’lumki, bugungi kunda xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquqda tutgan o’rni alohida

ahamiyat kasb etadi. Chunki davlatlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar ham xalqaro

huquqning asosiy subyektlari sifatida e’tirof etiladi.

Avvalombor xalqaro tashkilotlar tushunchasiga ta’rif berib o`tadigan bo`lsak,

xalqaro

tashkilotlar

– davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat

(assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda

umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama

hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi

.

Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning

huquqiy layoqati deganda, tashkilotning huquqiy sub'ekt sifatida mustaqil huquq va

majburiyatlarga ega bo'lishi, shartnomalar tuzishi, da'volar qilishi va da'vogar bo'lishi,

shuningdek mol-mulkka ega bo'lishi kabilar tushuniladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar XIX

asga kelib paydo bo'la boshladi. Hozirgi kunda ular xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda katta

ahamiyat kasb etmoqda (ham butunjahon, ham mintaqaviy miqyosida), siyosiy, iqtisodiy va

xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etmoqda. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar boshqa

davlatlar ularga tegishli huquq va majburiyatlarning berilishiga rozilik berganliklari sababli

hozirgi zamon xalqaro huquqi subyektlari hisoblanadilar.

1

BMT Nizomining 104-moddasida: "Tashkilot har bir a'zo davlat hududida o'z

funktsiyalarini bajarishi uchun zarur bo'lgan huquqiy layoqatga ega bo'ladi" deyilgan.

XHTlarning huquqiy layoqati xalqaro va milliy huquq tizimlarida farq qilishi mumkin. Professor

Catherine Brölmann shunday deydi:

"Xalqaro tashkilotning milliy huquq tizimidagi layoqati ko'pincha a'zo davlatlarning ichki

qonunchiligi yoki tashkilot bilan tuzilgan shtab-kvartira shartnomasi bilan belgilanadi. Bu

xalqaro darajadagi layoqatdan keskin farq qilishi mumkin.

2

"

Xalqaro tashkilotlarning davlatlararo xalqaro munosabatlarda tobora muhim o`rin

tutayotganligi, xalqaro masalalarni hal etishda xalqaro muvofiqlashtiruvchi tuzilma sifatida

namoyon bo'lishi, uning xalqaro huquq subyekti sifatida maqomini o`rganishni, asosiy

xususiyatlarini tadqiq etishni talab etadi. Xalqaro tashkilotlar o'z hududi, o'z aholisiga ega

bo'lmasa-da, ta'sis hujjatlariga muvofiq xalqaro huquq subyekti hisoblanadi. Boshqacha qilib

aytganda, xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyektliligi shartnomaviy-huquqiy asosga

ega. Xalqaro tashkilot o'z faoliyatini amalga oshirishda uning ta'sis hujjatida belgilangan

vakolatlardan tashqariga chiqib keta olmaydi. Aynan mazkur holat ham xalqaro tashkilotlarni

universal huquq subyektlilikka ega bo'lgan davlatdan farqlab turadi. BMT Ustavi 104-moddasiga

1

Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik: / Odilqoriyev

X.T., Ochilov B.E.; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat,
2007. - b 79

2

Catherine Brölmann "The Institutional Veil in Public International Law" 2007, p. 132


background image

159

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti o'z a'zolaridan har birining hududida o'z vazifalarini

bajarish va o'z maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lib qolishi mumkin bo`lgan huquq

layoqatidan foydalanadi. Xalqaro tashkilotning huquq subyektliligi quyidagi to`rtta elementni o'z

ichiga oladi:

-huquq layoqati, ya'ni huquq va majburiyatlarga ega bo'la olish imkoniyati;

-muomala layoqati, ya'ni tashkilotning o'z harakatlari bilan xalqaro huquq va

majburiyatlarni bajara olish imkoniyati;

-xalqaro huquq ijodkorlik jarayonida ishtirok eta olish imkoniyati;

-delikt layoqat, ya'ni o'z harakatlari yuzasidan huquqiy javobgar bo'la olish qobiliyati.

3

Yuqorida keltirilgan fikrlardan shunga guvoh bo`lishimiz mumkinki, xalqaro

tashkilotlarni huquq subyekti sifatida e’tirof etishimiz uchun ularda ma’lum bir elementlar

mavjud bo`lishi lozim va bu elementlarning eng asosiylaridan biri esa xalqaro tashkilotlarning

huquq layoqati hisoblanadi. Umuman olganda xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning huquqiy

layoqati tashkilotlarning xalqaro huquqda qanday asosida tashkil etilishi, ularning huquq va

majburiyatlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro

munosabatlardagi huquqi va imkoniyatlarini belgilovchi tamoyillar hisoblanadi. Misol tariqasida

shuni keltirishimiz mumkinki, Shanxay hamkorlik tashkiloti nizomining 15-moddasi

tashkilotning huquq layoqatiga bag’ishlangan:

ShHT xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro huquq layoqatiga ega. U har bir aʼzo

davlat hududida oʻz maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan huquq

layoqatiga ega.

ShHT yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi va, xususan:

— shartnomalar tuzish;

— ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish;

— sudlarda da’vogar yoki javobgar sifatida ishtirok etish;

— hisobvaraqlar ochish va pul mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish.

4

Ta’kidlanganidek, ayniqsa shartnomalar tuzishda xalqaro tashkilotlar huquq layoqating

o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Asosan xalqaro tashkilotlar ommaviy-huquqiy, xususiy-

huquqiy yoki aralash xarakterdagi shartnomalarni tuzish vakolatiga ega bo`ladilar. 1986-yilgi

davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar huquq

to'g'risidagi Vena konvensiyasi xalqaro tashkilotlarning shartnoma tuzish tartibini belgilab

beradi.

3

Xalqaro tashkilotlar huquqi. O'quv qo'llanma. Ma'sul muharrir y.f.d., professor

A.Z. Muxammedjanov // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. – b 35

4

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Nizomi 15-moddasi


background image

160

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Amaliyotda bir tomonda xalqaro tashkilot ikkinchi tomonda davlat yoki xalqaro tashkilot

bo`lgan shartnomalar ko`plab tuzilgan.

5

Misol tariqasida 1947-yil 31-oktabrda BMT Bosh

Assambleyasining 169 (Il)rezolyutsiyasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika

Qo'shma Shtatlari hukumati o'rtasidagi Birlashgan millatlarning Markaziy muassasalari

qarorgohiga oid kelishuvni keltirishimiz mumkin.

Shu bilan birgalikda xalqaro tashkilotlarni xalqaro huquq subyektliligini ta’minlovchi

yana bir element bu xalqaro tashkilotlarning muomala layoqati hisoblanadi. Xalqaro

tashkilotlarning muomala layoqati xalqaro tashkilotlarning boshqaruv, tashkiliy, moliyaviy va

boshqa sohalarda qanday qilib o'zaro aloqalar va ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish

imkoniyatlarini belgilovchi huquqiy va normativ asoslar majmui hisoblanadi. Ya’ni xalqaro

tashkilotlarning xalqaro munosabatlarga kirishish jarayonida muhim rol o`ynaydigan

elementlardan biri desak mubolag’a bo`lmaydi. Ko`rib turganimizdek, xalqaro ommaviy

huquqda xalqaro tashkilotlarning huquq va muomala layoqatlari muhim ahamiyatga ega va

xalqaro tashkilotlarni xalqaro huquq subyekti sifatida e’tirof etishimiz uchun zarur elementlardan

hisoblanadi.

Ta'sis hujjatlariga muvofiq barcha hukumatlararo tashkilotlar yuridik shaxs maqomiga

ega bo'ladilar. A'zo davlatlar ularni o'z vazifalarini bajarish uchun yetarli hajmda huquqlar

hamda muomala layoqati bilan ta'minlaydilar.

6

Shu o`rinda, xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq ijodkorlik jarayonida ishtirok eta

olish masalasiga to`xtaladigan bo`lsak, xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq ijodkorligi jarayonida

muhim o'rin egallaydi. Ularning ishtiroki nafaqat normativ huquqiy asoslarni yaratishga, balki

global muammolarni hal qilish uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirishga ham qaratilgan. Bunday

tashkilotlar orqali hukumatlar va boshqa manfaatdor tomonlar o'rtasida xalqaro hamkorlikni

ta'minlash imkoniyati yanada kuchayadi.

Yana bir muhim elementlardan biri sifatida xalqaro tashkilotlarning delikt layoqatini

keltirib o`tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Delikt layoqat ya’ni xalqaro tashkilotlarning

javobgarligi. Xalqaro tashkilotlarning delikt layoqati, ularning xalqaro huquqiy maqomidan kelib

chiqadi va ularning harakatlari va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarga nisbatan

javobgarlikni ta'minlaydi. Bu element xalqaro tashkilotlar faoliyatini yanada aniq va shaffof

bo`lishga undaydi.

5

Xalqaro tashkilotlar huquqi. O'quv qo'llanma. Ma'sul muharrir y.f.d., professor

A.Z. Muxammedjanov // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. – b 37

6

Xalqaro tashkilotlar huquqi. O'quv qo'llanma. Ma'sul muharrir y.f.d., professor

A.Z. Muxammedjanov // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. – b 36


background image

161

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi asosan "Vena davlatlararo shartnomalari

to'g'risidagi konvensiya" (1969) va "Birlashgan Millatlar Tashkilotining xatti-harakatlari va foiz

konvensiyasi" asosida belgilanadi.

Yuqorida ta’rif berib o`tilgan elementlar xalqaro tashkilotlarning xalqaro subyektliligini

ta’minlovchi eng muhim elementlar hisoblanadi. Endigi navbatda ushbu elementlarning eng

asosiylaridan biri bo`lmish xalqaro tashkilotlarning huquq layoqati tushunchasiga yanada

chuqurroq yondashamiz. Xalqaro tashkilotlarning huquqiy tabiati a'zo davlatlarning umumiy

maqsad va manfaatlarining mavjudligiga asoslanadi.

Xalqaro tashkilotlarni qurishda davlatlarning suveren tengligi tamoyili yetakchilik qiladi.

Uning namoyon bo'lishi asosan quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

xalqaro tashkilotning shartnomaviy asosi;

ixtiyoriy a'zolik;

tashkilot qarorlarining asosan maslahat xarakteri;

uning davlatlararo tabiati; tashkilot ichida ham, undan tashqarida ham davlatlarning

suvereniteti va tengligini saqlash.

Xalqaro tashkilotning huquqiy tabiati uchun uning maqsad va tamoyillari, vakolatlari,

tuzilishi va boshqalar muhim ahamiyatga va kelishilgan shartnomaviy asosga ega.

Hozirgi kunda davlatlar xalqaro tashkilotlarni tuzishda ularga ma'lum huquqiy layoqat

beradilar, ularning quyidagi belgilari keng e'tirof etiladi:

huquq va majburiyatlarga ega bo'lish;

xalqaro huquq normalarini yaratish va qo‘llashda ishtirok etish;

xalqaro huquq me'yorlariga ehtiyotkorlik bilan rioya qilish.

Bu belgilar orqali davlatlar xalqaro huquqning yangi sub’ektini yaratadilar, shu bilan bir

qatorda xalqaro tashkilotlar davlatlar bilan bir qatorda xalqaro hamkorlik sohasida qonun

ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish funksiyalarini amalga oshirish

imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Xalqaro tashkilotlar o'z vazifalarini bajarish uchun zarur huquqiy vositalarga ega bo'lishi

kerak. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 104-moddasi ushbu maqsadlar uchun

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti har bir a'zo davlat hududida o'z vazifalarini bajarish va

maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan huquq layoqatiga ega bo'ladi"

7

. Shunga o'xshash

qoidalar aksariyat ta'sis hujjatlarida mavjud. Ta'sis hujjatlariga muvofiq barcha hukumatlararo

tashkilotlar yuridik shaxs magomiga ega bo'ladilar. A'zo davlatlar ularni o'z vazifalarini bajarish

uchun yetarli hajmda huguqlar hamda muomala layoqati bilan ta'minlaydilar.

7

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi 104-modda


background image

162

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bunday hollarda davlatlar milliy qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslarga qanday

huquq, imtiyozga ega bo'lib va majburiyatlar yuklasa, xalqaro tashkilotlarga ham xuddi mana

shulardan foydalanish huquqi berladi. Biroq xalqaro tashkilotlarning yuridik shaxs sifatidagi

holati tashkilotga a'zo bo'lgan va a'zo bo'lmagan davlat hududidagi faoliyatiga qarab farqlanadi.

Agarda tashkilot unga a'zo bo'lgan davlat hududida yuridik shaxs tarzida faoliyat olib

boradigan bo'lsa, u xalqaro huquqqa muvofiq beriladigan immunitet huquqini saqlagan holda

faoliyat olib bora oladi. Aksincha, tashkilotga a'zo bo'lmagan davlat hududidagi faoliyati esa

uning immunitet huquqini rad etgan holda o'sha davlatning oddiy yuridik shaxsi sifatida harakat

qilishiga olib keladi.

8

Xalqaro tashkilotlar shartnomaviy huquqiy layoqatga ega ekanligini yuqorida ta`kidlagan

edik, ya'ni ular o'z vakolatlari doirasida turli xil shartnomalar tuzish huquqiga ega. Davlatlar va

xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar huquqi

to'g'risidagi Vena konvensiyasining 6-moddasida "xalqaro tashkilotlarning shartnomalar tuzish

huquqi ushbu tashkilot qoidalari bilan tartibga solinadi"

9

. Konvensiyaning 2-bandida "tashkilot

qoidalari" deganda, xususan, ta'sis hujjatlari, ularga muvofiq qabul qilingan qarorlar va qoidalar,

shuningdek, tashkilotning o'rnatilgan amaliyoti tushunilishi aniqlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 100-moddasiga binoan, Bosh kotib va

Kotibiyat xodimlari “Tashkilotdan tashqari hech qanday hukumat yoki hokimiyatdan

ko'rsatmalar so'ramasliklari yoki qabul qilishlari mumkin emas, ular o`zlarining faqat tashkilot

oldida javobgar bo`lgan xalqaro mansabdor shaxs oldin javobgar bo'lgan xalqaro mansabdor

sifatidagi obro’lariga putur yetqazadigan har qanday harakatlardan tiyilishlari kerak."

10

Har bir xalqaro tashkilotda moliyaviy resurslar mavjud bo'lib, ular asosan a'zo

davlatlarning badallaridan iborat bo'lsa-da, faqat tashkilotning umumiy manfaatlariga sarflanadi.

Xalqaro tashkilotlar ham davlatlarning ichki qonunchiligiga binoan yuridik shaxsning

barcha huquqlari bilan harakat qiladi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Nizomining 39-moddasida

XMT yuridik shaxsning barcha huquqlariga, xususan shartnomalar tuzish huquqiga, ko'char va

ko'chmas mulkni sotib olish va tasarruf etish huquqiga, shuningdek sud ishlarini qo'zg'atish

huquqiga ega ekanligini belgilaydi. Guvohi bo`lib turganimizdek, keltirib o`tilgan huquqlarnig

barchasi bevosita xalqaro tashkilotlarning huquq layoqati negizida vujudga keladigan huquqlar

hisoblanadi. Ushbu huquqlar orqali xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyektliligi darajasi

yanada mustahkamlanadi.

8

Xalqaro tashkilotlar huquqi. O'quv qo'llanma. Ma'sul muharrir y.f.d., professor

A.Z. Muxammedjanov // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. – b 38

9

Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar huquqi

to'g'risidagi Vena konvensiyasining 6-moddasi

10

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 100-moddasi


background image

163

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Xalqaro tashkilotlarning huquq layoqati masalasi haqida so`z yuritar ekanmiz ushbu

holatga doir amaliyotda yuzaga kelgan bir muammoli vaziyatni muhokama qilishimiz maqsadga

muvofiq bo`ladi.

Yevropa Ittifoqi va Britaniya (Brexit) Keysi

Vaziyat shundan iboratki, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi (Brexit) xalqaro

siyosat va iqtisodiyotda muhim voqea bo’lib, 2016 yil 23 iyunda o’tkazilgan referendumda

Britaniya aholisining 51.9% Yevropa Ittifoqidan chiqishni qo’llab-quvvatlagan. Bu holat esabir

necha oqibatlarga, xususan Yevropa Ittifoqining huquq layoqatiga ham o`z ta`sirini o`tkazmay

qolmagan. 2016 yilgi referendumda britaniyaliklar Ittifoqdan chiqishni tanladilar. Bu qaror

iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keldi:

Iqtisodiy O’zgarishlar: Brexitdan keyin Britaniyaning iqtisodiy barqarorligi ta’sirlandi.

Funt sterlingning qiymati pasayishi, investitsiyalar kamayishi va bozorlarning noaniqligi

kuzatildi.

Siyosiy Munozaralar: Brexit jarayoni davomida Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar

murakkab va uzoq davom etdi. Britaniya hukumati ichida siyosiy kelishmovchiliklar yuzaga

keldi, shu jumladan bosh vazirlarning o’zgarish holati yuz berdi.

Shu bilan birgalikda, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi (Brexit) Yevropa

Ittifoqining huquqiy layoqati bilan bir qator jihatlar bilan bog’liq:

Brexit Yevropa Ittifoqining huquqiy tizimiga bevosita ta’sir ko’rsatdi. Britaniya,

Ittifoqning asosiy qoidalarini va qonunlarini o’z ichiga olgan barcha kelishuvlardan chiqdi, bu

esa Ittifoqning huquqiy layoqatini chekladi. Ittifoqning qonunlari va nizomlari Britaniya

hududida amal qilmaydi.

Brexitdan so’ng, Britaniya Ittifoq qonunlaridan ozod bo’lib, o’zining qonuniy bazasini

shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu holat Yevropa Ittifoqining huquqiy layoqatini,

shuningdek, Britaniya va Ittifoq o’rtasidagi normativ huquqiy hujjatlar bilan bog’liq yangi

talablarni hamda talablarga muvofiq kelishuvlarni qayta ko’rib chiqishni keltirib chiqardi.

Britaniya va Yevropa Ittifoqi o’rtasida yangi siyosiy va iqtisodiy aloqalar o’rnatish

zarurati paydo bo’ldi. Bu savdo va investitsiya bo’yicha yangi kelishuvlar va shartnomalar

tuzishni talab qildi.

Britaniya Ittifoqdan chiqishi muhojirlik va ijtimoiy huquqlar bo’yicha yangi qoidalar va

tartiblarni joriy etdi, bu esa Yevropa fuqarolarining Britaniya hududida yashash va ishlash

huquqiga ta’sir ko’rsatdi.

Vaziyatdan shunga guvoh bo’lishimiz mumkinki, Britaniyaning Ittifoqdan chiqishi

Yevropa Ittifoqining huquqiy layoqatini ma`lum darajada cheklanishi va o`zgarishiga sabab


background image

164

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

bo`lgan, bu esa o`z o`zidan huquq layoqatining tashkilotlar faoliyatida qay darajada muhim

ahamiyat kasb etishining yaqqol isbotidir.

Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash joizki, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquq

va munosabatlar tizimida muhim rol o’ynaydi. Ular o’zining asosiy bitimlari orqali huquqiy

layoqatini belgilab, davlatlar o’rtasida shartnomalar tuzish, nizolarni hal qilish va tinchlikni

ta’minlashda faol ishtirok etadilar. XHTlar xalqaro huquq doirasida yuridik shaxs sifatida tan

olinadi va shartnomalar imzolash, sudlarga murojaat qilish va boshqa tashkilotlar bilan

hamkorlik qilish huquqiga ega bo`ladilar.

Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar davlatlar tomonidan, ya’ni ularning kelishuvi asosida

yaratilishiga qaramasdan, xalqaro huquqda davlatlar bilan bir qatorda asosiy subyekt sifatida

e`tirof etiladi. Subyektlilikning ahamiyati esa, xalqaro tashkilotlarning bevosita huquq layoqati

doirasida amalga oshiradigan faoliyati, huquq va majburiyatlari bilan bog`liqligini e’tibordan

chetda qoldirmaslik lozim.

Shunday qilib, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro tizimda mustahkam o’rin

egallab, dunyo miqyosida tinchlik, xavfsizlik va hamkorlikni ta’minlashda muhim vazifalarni

bajaradi.

REFERENCES

1.

Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik: / Odilgoriyev X.T., Ochilov

B.E.; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. -

Toshkent: Adolat, 2007. - 487 b

2.

Xalqaro tashkilotlar huquqi. O'quv qo'llanma. Ma'sul muharrir y.f.d., professor A.Z.

Muxammedjanov // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. - 185 bet.

3.

Catherine Brölmann "The Institutional Veil in Public International Law" 2007

Internet resurslari:

1.

https://lex.uz/docs/2054961

2.

https://lex.uz/docs/2646414

3.

https://unic.un.org/aroundworld/unics/common/documents/publications/uncharter/charter_

Uzbek.pdf

References

Xalqaro ommaviy huquq: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik: / Odilgoriyev X.T., Ochilov B.E.; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat, 2007. - 487 b

Xalqaro tashkilotlar huquqi. O'quv qo'llanma. Ma'sul muharrir y.f.d., professor A.Z. Muxammedjanov // Mualliflar jamoasi. - T.: TDYU nashriyoti, 2019. - 185 bet.

Catherine Brölmann "The Institutional Veil in Public International Law" 2007

Internet resurslari: