Mart, 2025-Yil
4
YOSH AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH MEZONLARI
Axmadaliyev Elmurod Raxmatovich
Buxoro innovatsiya universiteti
70110103- 2-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15160921
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mezon va
tamoyillari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so'zlar:
vatanparvarlik, dunyo, millat, ezgu fikr, adolat, mezon.
Absract.
This article provides feedback on the criteria and principles of educating the
younger generation in the spirit of patriotism.
Keywords:
patriotism, world, nation, noble thought, justice, criterion.
Аннотация.
В статье дается обратная связь по критериям и принципам
воспитания подрастающего поколения в духе патриотизма.
Ключевые слова:
патриотизм, мир, нация, благородная мысль, справедливость,
критерий.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash barchamiz uchun o‘z dolzarbligi va
ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masaladir. Ushbu dolzarb masala uzluksiz jarayon
bo‘lib, u birbiriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-
maʼrifiy tadbirlar majmuasidan iborat. Bugungi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qurolli Kuchlarning umumharbiy
nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib borilmoqda. Xususan, “2017–2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga
oshirishga oid Davlat dasturi”da “Vatanparvar” tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida
ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishda ko‘mak berish masʼuliyati yuklatilgan. Shu bilan
birgalikda ularning harbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini
olib borilishi ham aytilgan. Barchamizga ayyonki, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi umumiy
tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarda Vatanni fidokorona himoya qilishga tayyorlik va
bunga qodirlikni shakllantirishga yo‘naltirlgan.
Mart, 2025-Yil
5
Uning maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy asosi Vatanni himoya qilish to‘g‘risidagi zamonaviy
tegishli ilm-fan sohalarining xulosalari, xalqimizning Vatan va uni himoya qilish haqidagi tarixiy
va zamonaviy amaliy tajribasi, ilmiy merosi hamda mazkur masala bilan bog‘liq umuminsoniy
qadriyatlar va zamonaviy talablar hisoblanadi. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish,
ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparavr
insonlar etib tarbiyalash eng asosiy maqsadlardan biriga aylanmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev taʼkidlanganidek,
“tarbiya va taʼlimni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz
asosda tashkil etilgandagina odobli, yuksak maʼnaviyatli, shu bilan birga, bilimdon, zukko, ruhan
va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash, tafakkur va zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan
vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi”. Jamiyatda vatanparvar va fidoyi insonlar ko‘payishi
natijasida maʼnaviy-maʼrifiy hayotda hamda boshqa jabhalarda tub ijobiy o‘zgarishlar yuzaga
keladi. Bugungi kunda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga
erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga eʼtibor va g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur
sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi
O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash hamda uning tadrijiy
rivojlanishga vatanparvar shaxs sifatida hissa qo‘shish barcha vatandoshlarimizning ezgu orzu
umidlaridan biriga aylanmog‘i kerak.
Darhaqiqat, “Yangi O‘zbekiston – barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash,
tinchiliksevar xalqimizning orzusi. Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari
intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz
negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan el-yurtimizning
orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tushunchasiga jamuljam bo‘ldi. Barchamiz
jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishmizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy
bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz
o‘zgaradi” – deydi Prezident Shavkat Mirziyoev.
Istiqbolli rejalar va tub demokratik islohotlar vatanparvarlik tarbiyasini yangicha qarashlar
va yondashuvlar asosida olib borishni taqozo etmoqda.
Birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkuri va qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularni
shakllantirish amaliyotini “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinchi Renessasans sari”, “Аrmiya va xalq –
bir tanu bir jondir”, “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy”, “Har bir nuroniy – besh nafar
yoshga murabbiy”, “Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona”, “Jaholatga qarshi maʼrifat, g‘oyaga qarshi
Mart, 2025-Yil
6
– g‘oya bilan kurashish”, “Biz g‘ururi, oriyati, maʼnaviyati baland xalqmiz”, “Yangi O‘zbekiston
– maʼrifatparvar davlat”, “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi”, “Maʼrifat va
diniy bag‘rikenglik”, “Millatning dardiga darmon bo‘lmoq – chin vazifangizdir” , “Inson qadri
uchun” tushunchalarning mazmun-mohiyatini tushintirishdan boshlab, milliy g‘oya va uning
mafkuraviy negizlarini takomillashtirishga ko‘proq eʼtibor qartomg‘imiz lozim. Bugungi kunda
yoshlarni ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim va asosiy
vazifalardan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, “Yoshlarning tarbiyasini zamonaviy asosda, ilmiy-
texnologik talablarini hisobga olib isloh qilish, takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar
uchun bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy va maʼnaviy asosda shakllantirishni
taqozo etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolalarda tayanch fazilatlarni
shakllantirishda oila, maktabgacha taʼlim, umumiy taʼlim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim
muassasalari, mahallalarning ijtimoy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish va ular
orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajada ko‘tarish darkor”. Jamiyatdagi barqarorlikni
mustahkamlash va davlatning puxta xavfsizligini taʼminlash O‘zbekiston uchun hayotiy zarurdir.
Shularni nazarda tutib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat va xalqaro
munosabatlarning subʼekti sifatida o‘zining mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-
totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini,
shuningdek, davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini hurmat
qilish printsiplariga asoslaydi. Ushbu printsiplardan kelib chiqib, Yangi O‘zbekiston Uchinchi
Renessans davrida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti
ko‘magida yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda ularning qalbi
va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishda, milliy
armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishda, turli ichki va tashqi
tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda salmoqli ishlarni bajarishga erishadi,
degan umiddamiz. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoevning
taʼkidlanganidek, “Bugungi kunda bizning harbiylarimiz o‘zlarining poofessional tayyorgarlik
darajasi bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar armiyalarining harbiy xizmatchilaridan aslo
qolishmasligini so‘zda emas, amalda isbotlamoqda. Xalqaro harbiy o‘quv musobaqalarida,
armiyalar o‘rtasidagi va sport bellashuvlarida O‘zbekiston vakillari o‘zlarining mahorati, ruhan
baqquvvatligi, g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyon etmoqda, buyuk ajdodlarimizning munosib
vorislari ekanliklarini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Mart, 2025-Yil
7
Hech shubhasiz, bularning barchasi butun O‘zbekiston xalqida, ayniqsa, yoshlarimizda
milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-
ehtirom hissini uyg‘otmoqda”. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi umumiy taʼlim-tarbiyaning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosi vatanparvarlik tarbiyasidir.
Shunga ko‘ra, harbiyvatanparvarlik tarbiyasi har bir fuqaroning va o‘sib kelayotgan yoki
avlodning eng kichik yoshlik davrlaridan boshlab o‘zlashtirib boradigan barcha taʼlim-tarbiyasi,
bilimi, eʼtiqodi, dunyoqarashining ajralmas qismi bo‘lgan vatanparvarlik tarbiyasiga asoslanadi.
Vatanparvarlik tarbiyasi tushunchasi harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi va taʼlimi
tushunchalariga nisbatdan kengroq maʼnoni bildiradi. Yuqorida aytganmizdek, vatanparvarlik
tarbiyasi va taʼlimi har bir insonning tug‘ilgan kunidan boshlab, umrining oxirigacha davom etadi.
“Vatan” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida tug‘ilib o‘sgan joy, yurt, maskan maʼnolarini anglatadi.
Dono xalqimiz bejiz aytmagan “Vataning tinch – sen tinch”, “Ona yurting – olting
beshiging”, “Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas”, “El g‘amini bilgan elda
doston”, “Vatan gadosi – kafan gadosi”, “Vatansiz inson – kuysiz bulbul”, “Kishi yurtida shoh
bo‘lguncha o‘z elingda cho‘pon bo‘l”. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu
millati, tili va kasbidan qatʼi nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z
fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini
himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari, jamoat
birlashmalari va boshqa tashkilotlarining ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan
faoliyatidir.“Yoshlarni
harbiy-vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalash
kontseptsiyasida”
harbiyvatanparvarlikning bosqichlari va yo‘nalishlari aniq va ravshan bayon etilgan. Shunga ko‘ra,
harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi va taʼlimi o‘zaro uyg‘un tarzda quyidagi to‘rt bosqichda amalga
oshiriladi: Birinchi bosqich (3—7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar
paydo bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga
turli sheʼrlar, kuy va qo‘shiqlar o‘rgatish, mulьtfilьm va turli o‘yinlar namoyish etish, rasmlar
chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida
ularda ona-yurtga muhabbatni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqichda (7—16
yoshdagilar) o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi
farzandlik burchini yuksak masʼuliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy
fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom,
maʼnaviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida
shakllantirish kabi ezgu ishlarga daʼvat etiladi.
Mart, 2025-Yil
8
Uchinchi bosqichda (16 — 18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun
munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni taʼminlashga yo‘naltiriladi. Milliy
armiyamiz uchun jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning
ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot beriladi.
To‘rtinchi bosqich (18—30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va maʼnaviy qobiliyati,
yetakchilik ko‘nikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish,
ularni o‘z ustida muntazam ishlash, sog‘lom hayot kechirishga undash va shunga erishishni
nazarda tutadi.
“Yoshlarni
harbiy-vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalash
Kontseptsiyasi”
nafaqat
vatanparvarlik tuyg‘ulari, balki milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganishga hamda tahlil
etish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur
zamondashlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Yoshlarning qalbida,
ongu tafakkurida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish uchun, bizning nazarimizda
umumiy o‘rta taʼlim maktablarida 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida oliy harbiy bilim yurtlariga
kirishdagi tanlov shartlarini (tibbiy ko‘rik, jismoniy tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, test
sinovlari) mujaasamlashtirgan 3 bosqichli ko‘p kurashli harbiy sport musobaqasini o‘tkazish
bo‘yicha qo‘shma asosida kirish uchun yo‘llanma sohibiga aylandi (O‘zbekiston Respublikasi oliy
harbiy aviatsiya bilim yurti bundan mustasno). Xuddi shunday, ko‘p kurashli harbiy sport
musobaqasini 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida ham o‘tkazilib, eng yuqori natijaga erishgan, yaʼni
respublika bosqichi g‘oliblari o‘zi istagan “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylariga
kvota asosida kirish uchun tegishli yo‘llanmaga ega bo‘ladi.
REFERENCES
1.
Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности
формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных
учреждений.
Academy
, (5 (56)), 25-27.
2.
Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ
ДИАГНОСТИЧЕСКИХ
НАВЫКОВ
У
СТУДЕНТОВ
ДОШКОЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ.
Проблемы науки
, (4 (63)), 50-52.
3.
Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического
образования:
образование
дошкольников
с
помощью
педагогических
технологий.
Academy
, (12 (63)), 60-62.
Mart, 2025-Yil
9
4.
Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО
ОБРАЗОВАНИЯ:
ОБРАЗОВАНИЕ
ДОШКОЛЬНИКОВ
С
ПОМОЩЬЮ
ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ.
Academy
, (12), 60-62.
5.
Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования.
Вестник науки и
образования
, (16-2 (119)), 86-88.
6.
Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
2
(2), 241-244.
7.
KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING
XUSUSIYATLARI.
News of the NUUz
,
1
(1.1), 83-86.
8.
Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK
MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV.
Inter education
& global study
, (5), 565-5574.
9.
Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик Тарбия.
Miasto
Przyszłości
,
42
, 330-333.
10.
Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.
Nю A. Maktabgacha talim
tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-
Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy
anjuman materiallarl. Buxoro
, 46-48.
11.
Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.
Nю A. Maktabgacha talim
tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-
Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy
anjuman materiallarl. Buxoro
, 46-48.
12.
Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda
integrativ yondashuv.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
13.
Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). Повышение экономической грамотности у
детей
дошкольного
возраста
с
помощью
развития
коммуникативных
компетенций.
Вестник науки и образования
, (8 (128)), 44-46.
14.
Камилова, Г. А., & Нарзиева, Д. Б. (2022). КОМММУНИКАТИВНЫЕ
КОМПЕТЕНЦИИ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ.
Вестник науки и
образования
, (8 (128)), 47-50.
15.
Kamilova, G. A. Go’Zal Rajab Qizi Qurbonova (2021).
MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.
Scientific progress
,
2
(7), 1149-1153.
Mart, 2025-Yil
10
16.
Kamilova, G. A. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK
VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV.
Scientific progress
,
2
(7), 1149-
1153.
17.
Камилова, Г. А., Султонова, М. И., & Бобожонова, М. А. (2023). ПРЕИМУЩЕСТВА
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В
ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Вестник науки и образования
, (5 (136)-2), 41-44.
18.
Safarova, S., & Kamilova, G. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING
ERKIN FIKIRLASHINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 504-507.
19.
Камилова, Г. А., Мухаммедова, М. М., & Жабборова, О. С. К. (2023). МЕТОДИКА
СИСТЕМАТИЧЕСКОГО ВКЛЮЧЕНИЯ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ ЧЕРЕЗ
ИГРЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Вестник науки и
образования
, (5 (136)-2), 38-41.
20.
Камилова, Г. А., & Кулиева, Х. Г. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Вестник науки и образования
, (4 (135)), 82-
84.
21.
Jabbarov, I. A. U. (2022). TYPOLOGY AND FUNCTIONS OF A COMPLIMENT.
Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
2
(6), 854-860.
22.
Alimovna, K. G., & Abduraufovna, B. A. (2025). INNOVATIVE APPROACHES TO
CREATING
A
DEVELOPMENTAL
ENVIRONMENT
FOR
PRESCHOOL
CHILDREN.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
3
(3), 1-5.
23.
Камилова, Г. А., & Тохирова, Ш. Б. К. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ
ОБУЧЕНИЯ ВТОРОМУ ЯЗЫКУ В РАЗВИТИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО
ПОТЕНЦИАЛА
ДЕТЕЙ
В
ДОШКОЛЬНЫХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
УЧРЕЖДЕНИЯХ.
Вестник науки и образования
, (4 (135)), 84-88.
24.
Kamilova, G. A., & Jo’rayeva, D. R. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli maktab
ta’limiga tayyorlash imkoniyatlari, “
Maktabgacha ta’lim-maktab-oliy ta’lim” konsepsiyasi:
muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
.
25.
Rahmidinovna, Z. D. (2024). THE GOALS AND OBJECTIVES OF INTEGRATED
CLASSES IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES AND THE
IMPORTANCE OF INTERDISCIPLINARY COMMUNICATION.
European International
Journal of Pedagogics
,
4
(11), 50-55.
