Authors

  • Maftuna Dusiyorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76765

Keywords:

Samarqand Buxoro Yunesko JEIKA “Chuya marvaridi” Festeval hunarmandchilik zargarlik.

Abstract

Ushbu tezisda, mahalliy hunarmandlarimizning faoliyati hamda ularning mustaqillik davridan boshlab hozirgi yangi O’zbekistonda o’tkazib kelinayotgan xalqaro festevallar ishtiroki yoritildi.

background image


Mart, 2025-Yil

49

О‘ZBEKISTONDA О‘TKAZILGAN XALQARO FESTIVALLAR VA ULARDA

MAHALLIY HUNARMANDLARNING ISHTIROKI

Dusiyorova Maftuna Chori qizi

O‘zMU Tarix fakulteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15160968

Annotatsiya.

Ushbu tezisda, mahalliy hunarmandlarimizning faoliyati hamda ularning

mustaqillik davridan boshlab hozirgi yangi O’zbekistonda o’tkazib kelinayotgan xalqaro

festevallar ishtiroki yoritildi.

Kalit so’zlar:

Samarqand, Buxoro, Yunesko,

JEIKA, “Chuya marvaridi”, Festeval,

hunarmandchilik, zargarlik.

Abstract.

In this thesis, the activities of our local craftsmen and their participation in

international festevals, which have been held in the present-day New Uzbekistan since

independence, were highlighted.

Keywords:

Samarkand, Bukhara, UNESCO, JEIKA, “Chuya marvaridi”, Festeval, crafts,

jewelry.

Respublikaga kо‘plab sayyohlarni jalb etish, vatanimiz tarixi bilan tanishtirish maqsadida

mustaqillik yillari bir qator vazifalar amalga oshirildi. Masalan, Samarqand shahriga chet ellik

sayyohlarni yanada kо‘proq jalb etish maqsadida qator qо‘shimcha tadbirlar ham amalga

oshirilgan.

Qadimiy Samarqand qog‘ozini tayyorlash sirlarini tо‘liq о‘zlashtirgan hunarmand

Z.Muxtorov 1995-yilda “Konigil” qishlog‘ining Siyob anhori oqib о‘tadigan qismida О‘zbekiston,

YUNESKO va Yaponiyaning JEIKA halqaro agentligi kо‘magida “Konigil-Meros” qog‘oz ishlab

chiqarish hunarmandchilik markaziga asos soldi.

Samarqandda faoliyat kо‘rsatayotgan “El Holding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi

tashabbusi bilan 2006-yilda “El merosi” tarixiy liboslar teatri tashkil etildi. Mazkur teatr va

hunarmandchilik markazi faoliyati Samarqand shahriga tashrif buyuruvchi sayyohlarga shahar

madaniyati va tarixi borasida qimmatli ma’lumotlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Payariq tumani Kо‘ltо‘sin mahallasida hozirgacha gilamlar jun, ipak, kanop, paxta va

boshqa iplardan bir necha tur, yо‘nalish va usullarda tо‘qib kelinadi. Hozir Payariqda gilamning

tikma va bosma turlari xonalarning hajmiga moslashtirib tо‘qish urfga kirgan.


background image


Mart, 2025-Yil

50

Navoiy viloyatida Hadicha Vohidova Bо‘stonda “Xadicha” xususiy firmasini ochishga

muvaffaq bо‘ldi. Firma zardо‘zlikning buxorocha uslubi asosida 20 xildan ortiq mahsulot ishlab

chiqarishni yо‘lga qо‘ydi.

Samarqand shahar hokimining 2010-yil 2-fevraldagi 214-sonli qaroriga binoan shaharning

Toshkent kо‘chasida joylashgan ikki qavatli bino tо‘la ta’mirdan chiqarilib, bu yerda “Samarqand

hunarmandlar markazi” tashkil etildi. 2009-2010-yillarda Samarqand viloyati hokimining

tashabbusi bilan Toshkent kо‘chasida joylashgan barcha savdo dо‘konlari buzilib, ularning о‘rnida

zamonaviy savdo rastalari barpo etildi. Ayni paytda mazkur rastalarda musiqa cholg‘ulari,

zargarlik, tikuvchilik, zardо‘zlik, kashtadо‘zlik kabi 11 turdagi xalq amaliy san’ati va

hunarmandchiligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi dо‘konlar faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Bular

tabiiyki, turizmni rivojlanitirishda hamda ayollar mehnatini qо‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat

kasb etishi yaqqol namoyon bо‘ldi.

Shuningdek, ayollarni uydagi mehnatlarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida pul mablag‘lari

bilan ta’minlashda ham sharoitlar yaratildi. Masalan, 2011-yilda “Mikrokredit” bankdan imtiyozli

ravishda 10 mln. kredit olgan Muhabbat Rahimova “Chuya marvaridi” nomli xususiy korxona

ochib, tikuv mashinalari bilan jihozlab, 8 nafar kollej bitiruvchilarini ishga oldi. Xususiy

korxonada ham 2012-yilda birgina Chuya iqtisodiyot kollejiga 8 mln. sо‘mlik talabalar formasi

tikib berildi.

2018-yil 25-27-may kunlari Buxoro shahrida XVII xalqaro “Ipak va ziravorlar - 2018”

festivali bо‘lib о‘tdi. “Ipak va ziravorlar - 2018” festivali “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni

rivojlantirish davlat qо‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorlikda о‘tkazildi. Mazkur

festival о‘zbek xalqi madaniy merosini asrash yо‘lida xizmat qiladi.

Festivalning asosiy maqsadi - milliy hunarmandchilik, xalq xо‘jaligi yutuqlarini xalqaro

miqyosda rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va Buxoro shahrini jahon turizmi

markazlaridan biriga aylantirish edi.

XVII xalqaro “Ipak va ziravorlar - 2018” festivali dasturidan milliy ansambllar chiqishlari,

mamlakatning barcha burchaklaridan tashrif buyurgan ipak mahsulotlari va ziravorlar ishlab

chiqaruvchilarining xalqaro kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Shu bilan birga, 100 dan ortiq yurtimiz va

xorijlik hunarmandlar tomonidan milliy hunarmandchilik mahsulotlari kо‘rgazma-savdosi tashkil

etildi. Bundan tashqari, turli mahorat darslari, milliy о‘yinlar va kо‘ngilochar mashg‘ulotlar,

tasviriy va amaliy san’at galereyasi kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Festival doirasida, shuningdek,

О‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan filmlar ham namoyish qilindi.


background image


Mart, 2025-Yil

51

2019-yil 2-8-fevral kunlari О‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat

muzeyida 31-yanvar – “Xalqaro zargarlik kuni” ga bag‘ishlab 2019-yilning muzey zargarlik

kolleksiyasining eng noyob asarlari о‘rin olgan “Umrboqiy zargarlik” nomli kо‘rgazma hamda

ilmiy amaliy seminar tashkil etildi.

Shu о‘rnida ta’kidlash lozimki, о‘zbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Arxeologik

topilmalardan ma’lumki, zargarlik san’ati juda qadimiy hunar bо‘lgan. Eramizgacha bо‘lgan I

asrdan boshlab eramizni V asrgacha qadimiy qal’alarning chiroyli haykallar, devor bezaklari orqali

zargarlik san’atini rivojlanganligini kо‘rish mumkin. Sharq mamlakatlarida zargarlik buyumlari

qadimdan eng xaridorgir buyumlar sirasidan joy olgan. Endigina esini tanigan qizaloqqa ham

bilaguzuk va sirg‘a taqish rasm bо‘lgan. Chaqaloqning bosh va yengil kiyimlariga kumush

gardishli rangli toshlar, jonivor va qushlarning tish va tirnoqlari, kо‘zmunchoqlar taqib qо‘yilgan.

Bu buyumlar bir tomondan ins-jinslardan saqlasa, ikkinchi tomondan u zeb berib turgan.

Taqinchoqlar kishilar yoshidagi farqni va oilaviy ahvolni belgilashda xizmat qilib, ularning

nasl-nasabidan nishona berib turuvchi xususiyatga ega bо‘lgan. Zargarlarning yurak qо‘ri bilan

yaratilgan mukammal asar u yoki bu davrda yashagan xaqlarning badiiy nafosat haqidagi

tushunchalarni belgilab bergan.

Shu о‘rinda aytish kerakki, mazkur san’at orqali, biz odamlarning moddiy qolaversa

nafosat olami, ham ilohiy qudrat haqidagi tasavvurlarining bir-biri bilan uzviy ravishda chirmashib

ketganini kо‘rish mumkin.

REFERENCES

1.

Сидикова М.Х. XX аср охири – XXI аср бошларида Самарқанд шаҳар маданияти.

Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореферати. – Тошкент, 2018.

– Б.19.

2.

Давлатова С. Мустақиллик йилларида Самарқанд анъанавий ҳунармандчилигининг

ривожланиш хусусиятлари // Самарқанд ва Зарафшон воҳаси тарихи замонавий

тадқиқотларда. Cамарқанд ўқишлари – I. – Тошкент: “Akademnashr”, 2020. – Б.232.

3.

“Хадича”нинг зар кашталари // Қизил тонг. 1998-йил 4-сентябрь.

4.

Раҳимова М. “Чуя марвариди”нинг чеварлари // Нурнома. 2012-йил 31-июль.

5.

Ўзбекистон Республикаси ҳунарманд уюшмаси жорий архиви материаллари

References

Сидикова М.Х. XX аср охири – XXI аср бошларида Самарқанд шаҳар маданияти. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореферати. – Тошкент, 2018. – Б.19.

Давлатова С. Мустақиллик йилларида Самарқанд анъанавий ҳунармандчилигининг ривожланиш хусусиятлари // Самарқанд ва Зарафшон воҳаси тарихи замонавий тадқиқотларда. Cамарқанд ўқишлари – I. – Тошкент: “Akademnashr”, 2020. – Б.232.

“Хадича”нинг зар кашталари // Қизил тонг. 1998-йил 4-сентябрь.

Раҳимова М. “Чуя марвариди”нинг чеварлари // Нурнома. 2012-йил 31-июль.

Ўзбекистон Республикаси ҳунарманд уюшмаси жорий архиви материаллари