ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
191
GIPOFIZ BEZIDAGI O’ZGARISHLARNING BEPUSHTLIKKA TA’SIRI UNI OLDINI
OLISH PROFILAKTIK USULLARI
To’ranazarova Adolat Ikrom qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-bosqich talabasi.
Xursanov Asliddin Murat o’g’li
Ilmiy rahbar: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15164470
Annotatsiya.
Ushbu maqolada gipofiz bezidagi o’zgarishlarning bepushtlikka ta’siri uni
oldini olish profilaktik usullari haqida so‘z boradi. Gipofiz bezi organizmning endokrin tizimida
muhim rol o‘ynab, gormonal muvozanatni saqlashda ishtirok etadi. Uning faoliyatidagi
o‘zgarishlar, ayniqsa, gormonlar yetishmovchiligi yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi erkaklar va
ayollarda bepushtlikka olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada gipofiz bezining gormonal
disfunksiyasi natijasida yuzaga keladigan bepushtlik sabablari, uning diagnostikasi va davolash
usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu muammoning oldini olishga qaratilgan profilaktik
chora-tadbirlar, jumladan, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, stressni kamaytirish va
gormonal muvozanatni saqlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Mazkur tadqiqot gipofiz bezi kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash orqali
bepushtlik xavfini kamaytirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlarni yoritib beradi.
Kalit so‘zlar:
gipofiz, bez, endokrin tizimi, gormonlar, disfunksiya, diagnostika,
bepushtlik, stress, muvozanat, ayollar, davolash.
THE IMPACT OF CHANGES IN THE PITUITARY GLAND ON INFERTILITY AND
PREVENTIVE METHODS TO PREVENT IT
Abstract
. This article discusses the impact of changes in the pituitary gland on infertility
and preventive methods for its prevention. The pituitary gland plays an important role in the
endocrine system of the div, participating in maintaining hormonal balance. Changes in its
activity, especially deficiency or overproduction of hormones, can lead to infertility in men and
women. This article analyzes the causes of infertility resulting from hormonal dysfunction of the
pituitary gland, its diagnosis and treatment methods. It also provides recommendations for
preventive measures aimed at preventing this problem, including adherence to a healthy lifestyle,
reducing stress and maintaining hormonal balance. This study highlights scientific and practical
approaches aimed at reducing the risk of infertility through early detection and effective
treatment of pituitary gland diseases.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
192
Keywords:
pituitary, gland, endocrine system, hormones, dysfunction, diagnostics,
infertility, stress, balance, women, treatment.
ВЛИЯНИЕ ИЗМЕНЕНИЙ В ГИПОФИЗЕ НА БЕСПЛОДИЕ И
ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ ЕГО ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ
Аннотация.
В статье рассматривается влияние изменений в гипофизе на
бесплодие и профилактические методы его предотвращения. Гипофиз играет важную
роль в эндокринной системе организма, участвуя в поддержании гормонального баланса.
Изменения в его функции, особенно дефицит или избыточная выработка гормонов,
могут привести к бесплодию у мужчин и женщин. В статье анализируются причины
бесплодия, обусловленного гормональной дисфункцией гипофиза, его диагностика и
методы лечения. Также даны рекомендации по профилактическим мерам, направленным
на предотвращение этой проблемы, включая поддержание здорового образа жизни,
снижение уровня стресса и поддержание гормонального баланса. В данном исследовании
рассматриваются научные и практические подходы к снижению риска бесплодия
посредством раннего выявления и эффективного лечения заболеваний гипофиза.
Ключевые слова:
гипофиз, железа, эндокринная система, гормоны, дисфункция,
диагностика, бесплодие, стресс, баланс, женщины, лечение.
Kirish
Gipofiz (
hypophysis
umurtqali hayvonlar inki sekresiya
joylashadi boʻlib, gipofizar oyoqcha deb atalgan maxsus tuzilma orqali bosh miya bilan birikkan.
Moddalar almashinuvi, shuningdek, boshqa ichki sekresiya bezlari faoliyatini
boshkaradigan bir qancha peptid gormonlar ishlab chiqaradi. Vazni 0,5—0,6 g. Gipofizning
oldingi, oʻrta va orqa boʻlagi bor. Oldingi boʻlak butun bezning 70% ni tashkil etadi, u qon
tomirlari juda koʻp boʻlgan zich bezsimon toʻqimadan iborat. Bu boʻlak boshqa bezlarga
qaraganda gormonlar hosil qilish jihatidan eng faol hisoblanadi. U 7 xil gormon ajratadi; bular
orasida organizmni oʻstiradigan gormon bor, u toʻqimalarda yuz beradigan biokimyoviy
jarayonlarga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Gipofizning boshqa gormonlari ichki sekresiyaning
boshqa bezlari orqali taʼsir etadi. Shu bois ular tropgormonlar (yun. tropos — yoʻnalish) deb
nomlanadi. Bularga buyrak usti bezlari poʻstlogʻining faoliyatini stimullovchi adrenokortikotrop;
qalqonsimon bez faoliyatiga taʼsir qiluvchi tireotrop; jinsiy bezlarga taʼsir qiluvchi gonadotrop;
sut bezlari funksiyasini stimullovchi prolaktin va b. kiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
193
Oʻrta boʻlak toʻqimalarda melanin pigmentining hosil boʻlishi va taqsimlanishini,
koʻzning toʻr pardasida esa koʻruv purpurini tartibga solib turadigan gormon ishlab chiqaradi.
Orqa boʻlak ancha kichik va miya gipofizar oyoqchasining goʻyo davomi hisoblanadi.
Unda bezsimon toʻqima boʻlmaydi va tuzilishiga koʻra nerv toʻqimasiga juda oʻxshab
ketadi. Shu sababli u neyro-gipofiz deb ataladi; bu boʻlak gormonlar ajratmaydi; u
gormonlarning oʻziga xos yigʻiladigan joyidir; bu yerda
yadrolarida hosil boʻlib, u yerdan Gipofizning orqa boʻlagiga
tushadi. Gipofiz gormonlari oqsildan tashkil topgan, ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangan va
koʻpchiligi sintez qilingan. Ular endokrin va b. kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. Moddalar
almashinuvi, gormonal regulyatsiya va oʻsishni nazorat qilishda Gipofizning ahamiyati muhim.
Gipofiz bezi – organizmning eng muhim ichki sekretsiya bezlaridan biri bo‘lib, u
ko‘plab gormonlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va butun endokrin tizim faoliyatini
muvozanatlashtirib turadi. Ushbu bezning faoliyatidagi har qanday o‘zgarish inson reproduktiv
salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Gipofiz bezining bepushtlikka ta’siri
Gipofiz bezi jinsiy gormonlar – estrogen, progesteron va testosteronning ishlab
chiqarilishi va tartibga solinishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu bezning disfunktsiyasi quyidagi
muammolarga sabab bo‘lishi mumkin:
1.Gormonlar muvozanatining buzilishi – Gipofiz bezi gormonlarining haddan tashqari
ortishi yoki kamayishi ayollarda ovulyatsiya jarayonining buzilishiga, erkaklarda esa
spermatozoidlar sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
2.Prolaktinoma – Gipofiz bezida prolaktin gormoni me’yoridan ortiq ishlab chiqarilsa,
hayz siklining buzilishi va bepushtlikka sabab bo‘ladi.
3.Gipogonadotrop gipogonadizm – Bu kasallik gipofizning yetarli darajada jinsiy
gormonlarni faollashtirmasligi natijasida yuzaga kelib, bepushtlikka sabab bo‘ladi.
4.Gipofiz o‘smalari – Garchi ularning barchasi zararli bo‘lmasa-da, ba’zi o‘smalar
gormonlar ishlab chiqarilishiga xalaqit berib, homilador bo‘lish ehtimolini pasaytirishi mumkin.
Bepushtlikni oldini olish va profilaktik usullar
Gipofiz bezining sog‘lom faoliyatini saqlash va bepushtlikni oldini olish uchun quyidagi
profilaktik choralar tavsiya etiladi:
1. Sog‘lom turmush tarzi – To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz
kechish gormonal muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
194
2. Stressni kamaytirish – Doimiy stress gipofiz bezi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Meditatsiya, yoga va dam olish texnikalaridan foydalanish muhimdir.
3. Gormonal muvozanatni nazorat qilish – Ayollar va erkaklar muntazam ravishda
endokrinolog va ginekolog-urolog ko‘rigidan o‘tib turishlari lozim.
4. To‘g‘ri uyqu rejimi – Uyqu yetishmovchiligi gipofiz bezining funksiyasini buzishi
mumkin, shuning uchun har kuni kamida 7-8 soat uyquga e’tibor berish lozim.
5. Erta diagnostika va davolash – Gipofiz bezidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash va
davolash bepushtlikni oldini olishda muhim omildir.
Prolaktin
(
laktotrop gormon, laktogen gormon, mammotropin, mammotrop gormon
) —
gipofiz old qismining atsidofil hujayralari ishlab chiqaradigan gormonlaridan biri. Kimyoviy
tuzilishiga ko’ra peptid gormon sanaladi.
Ushbu gormonning deyarli barcha ta’sirlari reproduktsiya bilan bog’liq. Asosiy ta’sir
qiladigan a’zo esa ko’krak sanaladi.
Ayol organizmidagi roli
Prolaktin gormoni ko’krak shakllanishi va o’sishida (gormon sut yo’llari rivojlanishida
ham), bola tug’ilgandan keyin esa sut ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bundan
Ushbu gormon progesteron ishlab chiqarishni tartibga solishda qatnashadi: uning
ko’payishi progesteron ishlab chiqarilishining pasayishiga va natijada ovulyatsiya
jarayonlarining sekinlashishiga olib keladi.
Homiladorlik davrida prolaktin darajasi sezilarli darajada oshadi. Bu normal jarayon.
Tug’ruqdan so’ng, laktatsiya (emizish) davrida uning darajasi yuqoriligicha qoladi
(garchi homiladorlik bilan taqqoslaganda u biroz tushsa ham).
Bu holat emizish paytida homilador bo’lish ehtimolligi juda pastligini tushuntiradi.
Ammo, agar hayz sikl tiklangan bo’lsa, emizishni kontratseptsiya usulining ishonchli
usuli deb hisoblab bo’lmaydi.
Homiladorlikdan tashqari davrda prolaktin darajasi hayz siklining kuniga qarab o’zgarib
turadi. Gormon darajasining homiladorlik yoki emizish bilan bog’liq bo’lmagan kuchli va
barqaror o’sishi organizmga salbiy ta’sir qiladi.
Bunday holat
giperprolaktinemiya
deb ataladi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
195
Norma darajasi
Sikl fazasi
Me’yor darajasi
Follikulyar
(taxminan 1-13 kun)
4,1 — 30
ng / ml
gacha
Ovulyatsiya
(taxminan 14 kun)
6,5 — 50
ng / ml
gacha
Lyuteinli
(taxminan 15-28 kun)
5 — 41
ng / ml
gacha
Ushbu davrda 318 ng / ml gacha bo’lgan kontsentratsiya me’yoriy hisoblanadi. Bundan
tashqari, agar prolaktin darajasi bu chegaradan chiqib ketadigan bo’lsa ham, bu patologiya
mavjudligini ko’rsatmaydi. Homilador ayollar odatda ushbu gormon darajasi ko’rsatkichlari
haqida tashvishlanishlari shart emas.
1.
Prolaktin darajasining oshishi
Homilador va emizikli bo’lmagan ayollar uchun norma chegaralari yetarlicha kengdir.
Vaqti-vaqti bilan prolaktin darajasi yuqori belgidan o’tib ketishi mumkin va bu organizmda
jiddiy muammolar mavjudligini ko’rsatmaydi. Gormon darajasi emotsional stress, ma’lum dori-
darmonlarni qabul qilish va boshqa tashqi fiziologik omillar tufayli o’zgarishi mumkin.
Ammo bunda me’yordan oshish barqaror va sezilarli darajada bo’lsa, xavotirlanish
mumkin. Muammolar haqida quyidagi belgilar dalolat beradi:
Menstrual siklning hayz ko’rmaslikka qadar buzilishi;
Ko’z bilan bog’liq muammolar (ko’rish o’tkirligining pasayishi);
Sut bezlaridan ajralmalar kelishi;
Sut bezlarining dag’allashishi, ularning kattalashishi;
Bosh og’rig’i;
Normal jismoniy faollik va ovqatlanish paytida ham vazn ortishi.
Ushbu belgilar giperprolaktinemiya mavjudligini da’vo qilish uchun asos bo’la olmaydi.
Ammo agar ular kuzatiladigan bo’lsa, ginekolog-endokrinologga murojaat qilish tavsiya etiladi.
2.
Sabablari
Gipofiz bezining ushbu gormoni ko’p ishlab chiqarilishiga olib keladigan omillar
ko’p, xususan:
Gipofiz bezining yaxshi sifatli o’smalari (prolaktinoma va adenomalar);
Gipotireoz (qalqonsimon bez funktsiyasining pasayishi);
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
196
Polikistoz tuxumdon sindromi;
Buyrak (SBK) va jigar kasalliklari;
Buyrak usti bezi po’stlog’i disfunktsiyasi;
Doimiy stress;
Jigar sirrozi;
Autoimmun kasalliklar — revmatoid artrit, diffuz toksik buqoq, tizimli qizil volchanka;
Gipovitaminoz B6;
Galaktoreya, amenoreya sindromlari;
Bosh miya patologiyalari.
Ba’zi patologiyalar esa, aksincha, prolaktin darajasining tushib ketishiga sabab
bo’ladi, ular:
Gipofiz apopleksiyalari (Shixan sindromi);
Muddatidan o’tib ketgan homiladorlik;
Ba’zi dori vositalari qabuli: dofaminergik vositalar (dopamin, levodopa, bromokriptin,
kabergolin, tergurid, ropinirol), kalsitonin, kon’yugatsiyalangan estrogenlar, siklosporin A,
deksametazon, apomorfin, morfin, nifepidin, rifampitsin, sekretin, bombezin, tamoksifen.
3.
Asoratlari
Prolaktin darajasi doimiy ravishda yuqori bo’lishi nafaqat patologiyalardan dalolat
beradi. Giperprolaktinemiya boshqa kasalliklarning rivojlanishini, xususan reproduktiv tizim
faoliyatida nosozliklar keltirib chaqirishi mumkin.
Prolaktinning ko’payishi tufayli hayz sikl tartibsiz bo’lib qoladi, tuxum hujayraning
yetilishi va chiqishi jarayoni buziladi va follikulstimulyatsiyalovchi gormon (FSG) ishlab
chiqarish kamayadi. Ushbu o’zgarishlarning natijasida bepushtlik yuzaga kelishi mumkin.
Giperprolaktinemiyaning boshqa salbiy oqibatlariga ko’rishning pasayishi, xotira
buzilishi, uyqu va hissiy holat bilan bog’liq muammolar kiradi.
4.
Giperprolaktinemiyani tashxislash
Gormon darajasi yuqoriligini faqatgina alomatlarga asoslanib aniqlash imkonsiz.
Tashxislashning yagona ishonchli yo’li bu qon tahlilidir. Tahlil ertalab topshiriladi, qon
venadan olinadi. Bu vaqtda bemorga xotirjam kayfiyatda bo’lish tavsiya etiladi.
Tahlil uch marta amalga oshiriladi, chunki prolaktin darajasini siklning turli bosqichlarida
aniqlash kerak.
Tashxisda gormonal profilni o’rganishdan tashqari, qo’shimcha testlar ham qo’llaniladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
197
Agar giperprolaktinemiya tasdiqlansa, ginekolog-endokrinolog mammografiya, miyaning
magnit-rezonans tomografiyasi o’tkazishga yo’llanma berishi mumkin.
5.
Gormon darajasini pasaytirish
Giperprolaktinemiyani davolash odatda gipofiz gormon ishlab chiqarishni ko’payishiga
olib kelgan muammoni bartaraf etishdan iborat bo’ladi. Shunga ko’ra, uning darajasini tushirish
taktikasi turlicha bo’lishi mumkin:
Fiziologik sabablar tufayli bo’lsa
(dori-darmon, haddan tashqari jismoniy va hissiy
stress va boshqalar), bu omillarni istisno qilish kifoya;
Gipofiz o’smalari holatida
— dofamin agonistlari bilan medikamentoz terapiya. Bu
qondagi gormon kontsentratsiyasini pasaytirish va neoplazmalarni kamaytirishiga qaratilgan;
Gipotireoz yoki buyrak usti bezi disfunktsiyasida
— gormonal terapiya;
Gipofiz o’smasini jarrohlik yo’li bilan olib tashlash
— odatda dorilarni qabul qilish
ish bermasa qo’llaniladi;
Radiatsion terapiya
— o’simta olib tashlanganidan keyin yoki dorilar bilan birgalikda
qo’shimcha usul sifatida ishlatilishi mumkin.
Erkaklar ham giperprolaktinemiyaga duch kelishlari mumkin. Erkaklarda prolaktin
darajasi yuqoriligi reproduktiv funktsiyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tashxis qo’yish va
davolash endokrinolog ishtirokida olib boriladi.
Prolaktin ko’pligi bepushtlikning eng keng tarqalgan bo’lmasa ham, tez-tez kuzatiladigan
sabablaridan biri. Yaxshiyamki, aksariyat hollarda davolab bo’linadigan muammo sanalib, ko’p
jiddiy aralashuvni talab qilmaydi.
Prolaktin darajasini nazorat qilish — ayolning salomatligiga qayg’urishining muhim
qismi bo’lishi kerak. Agar giperprolaktinemiya borligidan shubha qilsangiz yoki homilador
bo’lishni rejalashtirish bosqichida gormonal fonni tekshirishni istasangiz, endokrinolog-
ginekologga tashrif buyurib, tekshiruvlardan o’tish tavsiya etiladi.
Xulosa
Gipofiz bezi inson organizmida muhim gormonal markaz bo‘lib, uning
faoliyatidagi har qanday o‘zgarish reproduktiv salomatlikka bevosita ta’sir qiladi. Gipofiz
bezining yetarlicha yoki ortiqcha gormon ishlab chiqarishi bepushtlikning asosiy sabablaridan
biri bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, prolaktinoma, gipogonadotrop gipogonadizm va gipofiz
o‘smalari kabi holatlar ayollar va erkaklarda farzand ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib
kelishi mumkin.Bepushtlikning oldini olish va gipofiz bezining sog‘lom faoliyatini ta’minlash
uchun bir qator profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rish muhimdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
198
Sog‘lom turmush tarzi, muvozanatli ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va stressni
kamaytirish gormonal muvozanatni saqlashga yordam beradi. Shuningdek, muntazam tibbiy
tekshiruvlar orqali gipofiz bezining funksional o‘zgarishlarini erta aniqlash va o‘z vaqtida
davolash reproduktiv salomatlikni yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bois, gipofiz bezi bilan bog‘liq gormonal kasalliklarning oldini olish va ularni
davolash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Sog‘lom hayot tarzini yo‘lga qo‘yish, zararli
odatlardan voz kechish, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish orqali bepushtlikning oldini olish
va farzand ko‘rish imkoniyatini oshirish mumkin. Har bir inson o‘z salomatligiga mas’uliyat
bilan yondashishi va gormonal muvozanatni saqlashga harakat qilishi lozim.
REFERENCES
1.
Камалов Ш.Х., Тожиев Ф.М. «Эндокринология» – Тошкент, 2019.
2.
Абдурахмонов А.А. «Гормонал тизим касалликлари ва уларнинг репродуктив
саломатликка таъсири» – Тиббиёт журнали, 2020, №2.
3.
Melmed S., Polonsky K.S., Larsen P.R., Kronenberg H.M. “Williams Textbook of
Endocrinology” – Elsevier, 14th Edition, 2020.
4.
Schattmann L., Christianson M.S. “Hormonal Disorders and Infertility” – Springer, 2015.
5.
WHO (World Health Organization) “Infertility: A Global Public Health Issue” – WHO
Report, 2021.
6.
Mayo Clinic Staff. “Pituitary Disorders and Reproductive Health” – Mayo Clinic Medical
Journal, 2022.
7.
Национальный институт здоровья США (NIH). “Гипофизарные нарушения и их
влияние на фертильность” – NIH Research Review, 2021.
8.
Репродуктивное здоровье и гормональные нарушения. Международный журнал
эндокринологии, 2019, том 45, №3.
9.
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
