Authors

  • Arislanbek Qashkinbaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78785

Keywords:

Chidamlilik sifati Sport o‘yinlarida ham chidamlilik jismoniy sportchilarda chidamlilik murakkab koordinatsiyali faoliyat.

Abstract

Umumiy chidamkorlik - sportchiga uzoq muddatli ishni bajara olish imkoniyatini tug‘dirib beradi, bu esa, o‘z navbatida, sportchi organizmining barcha organ va tizimlarini funksional imkoniyatlarining yuqoriligi bildiradi. Aynan shu holat, ya’ni organ va tizimlaming funksional holatlari umumiy chidamlilik darajasini belgilovchi omil hisoblanadi. Chidamlilikni o‘lchov me'zoni sifatida ma’lum vaqt va shiddat ichidagi mushak faoliyati tushuniladi.

background image

624

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

FUDBOL OYINIDA CHIDAMLILIK JISMONIY SIFATINI TARBIYALASH

Qashkinbaev Arislanbek Polatovich

https://doi.org/10.5281/zenodo.15204800

Annotatciya. Umumiy chidamkorlik - sportchiga uzoq muddatli ishni bajara olish

imkoniyatini tug‘dirib beradi, bu esa, o‘z navbatida, sportchi organizmining barcha organ va

tizimlarini funksional imkoniyatlarining yuqoriligi bildiradi. Aynan shu holat, ya’ni organ va

tizimlaming funksional holatlari umumiy chidamlilik darajasini belgilovchi omil hisoblanadi.

Chidamlilikni o‘lchov me'zoni sifatida ma’lum vaqt va shiddat ichidagi mushak faoliyati

tushuniladi.

Kalit so’zlari: Chidamlilik sifati, Sport o‘yinlarida ham chidamlilik jismoniy,

sportchilarda chidamlilik,murakkab koordinatsiyali faoliyat.

EDUCATION OF THE PHYSICAL QUALITY OF ENDURANCE IN FOOTBALL.

Abstract. General endurance - provides an athlete with the ability to perform long-term

work, which, in turn, indicates a high functional capacity of all organs and systems of the

athlete's div. It is this condition, that is, the functional state of organs and systems, that is, the

factor determining the level of general endurance. The criterion for measuring endurance is

understood as muscle activity within a certain time and intensity.

Keywords: Endurance quality, Physical endurance in sports, endurance in athletes,

complex coordinated activity.

РАЗВИТИЕ ФИЗИЧЕСКОЙ ВЫНОСЛИВОСТИ В ФУТБОЛЕ.

Аннотация. Общая выносливость позволяет спортсмену выполнять длительную

работу, что, в свою очередь, свидетельствует о высоких функциональных возможностях

всех органов и систем организма спортсмена. Именно это состояние, то есть

функциональное состояние органов и систем, является определяющим фактором общей

выносливости. Под критерием измерения выносливости понимается мышечная

деятельность в течение определенного времени и интенсивности.

Ключевые слова: Качество выносливости, физическая выносливость в

спортивных

играх,

выносливость

у

спортсменов,

сложнокоординированная

деятельность.

Angliyalik futbol mutaxassisi A.Ueyd, futbolchini chidamkorligini tarbiyalash, uni

musobaqa sharoitida doimiy o‘zgaruvchan va shiddatli faoliyatga tayyorlash bilan izohlanishini

e'tirof etadi. Darhaqiqat, futbol musobaqasini kuzata turib, sportchini katta ko‘lamdagi ishni,

doimiy raqib qarshiligida bajarishiga amin bo‘lamiz. Chidamlilik sifati deyarli barcha

sportchilarni tayyorgarligida muhim ahamiyat kasb etuvchi sifatlardan hisoblanadi.


background image

625

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ma’lum sport turlarida esa, u eng asosiy, ahamiyatli jismoniy sifatlardan biri sifatida

qaraladi. Misol uchun, stayer yuguruvchilarida, chang‘i sporti bilan shug‘ullanuvchilarda,

veloshosseli sport bilan shug‘ullanuvchilarda, eshkak eshish kabi sport turlarida chidamlilik

sifatini rivojlanganlik darajasi sportchining musobaqa faoliyatida ko‘rsatadigan natijasiga

chambarchas bogliq bolmadi. Sport o‘yinlarida ham chidamlilik jismoniy tayyorgarligini

muhimligini alohida e'tirof etish mumkin. Futbol, basketbol, suv polosi kabi sport turlarida

chidamlilikni rivojlanganlik darajasi sportchilarda yuqori bo‘lishi talab etiladi. Uchinchi guruh

sport turlarida esa, misol uchun, yadro, nayza uloqtiruvchi yengil atletikachilar yoki suvga

sakrash sport turlari bilan shug‘ullanadigan sportchilarda chidamlilik yuqoridagi sport turlariga

nisbatan kamroq musobaqa sharoitida namoyon boladi va aksincha, bu kabi sportchilarni

faoliyatiga boshqa jismoniy sifatlar ko‘proq ta’sir etadi. Ba’zi sport turlari mavjudki ularda

chidamlilik yanada yaqqol namoyon bo‘lishi kerak.

Bularga zamonaviy beshkurash yoki o‘nkurash bahslarida ishtiroq etuvchi sportchilarni

ko‘rsatib o‘tsak bo‘ladi. Bu sportchilarning musobaqa faoliyati bizga ma’lumki, uzoq vaqt

davomida sportning bir necha yo'nalishlari bo‘yicha xususan, uzoq masofaga yugurish, uzoq

masofaga suzish, velosipedda uzoq masofalarni bosib o‘tish, qilichbozlik kabi sport

dissiplinalarini amalga oshirishligi bilan izohlanadi. So‘zsiz bu sportchilarning musobaqa

faoliyatlari eng murakkab va kuch-quvvat talab qiluvchilardan hisoblanadi. Demak, chidamlilik

barcha sportchilar uchun xos jismoniy sifat bo‘lib, u nafaqat sport musobaqalarida ishtirok etish

uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kerak bo‘ladi, balki, o ‘quv-mashg‘ulotlar davomida katta hajmdagi va

shiddatdagi ish faoliyatini bajarishga, musobaqalarda o‘z startini kutish jarayonida, uzoq

muddatli chigal yozdi mashqlarini bajarishda, tez qayta tiklana olishda va boshqa bir qator

holatlarda kerak bo‘ladi. N.G.Qzolinning ta’kidlashicha, umumiy chidamlilikning yuqori

darajasi - bu sportchini salomatligini tasdiqlovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sifatida

ta’riflanadi. Umumiy chidamkorlik - sportchiga uzoq muddatli ishni bajara olish imkoniyatini

tug‘dirib beradi, bu esa, o‘z navbatida, sportchi organizmining barcha organ va tizimlarini

funksional imkoniyatlarining yuqoriligi bildiradi. Aynan shu holat, ya’ni organ va tizimlaming

funksional holatlari umumiy chidamlilik darajasini belgilovchi omil hisoblanadi. Chidamlilikni

o‘lchov me'zoni sifatida ma’lum vaqt va shiddat ichidagi mushak faoliyati tushuniladi. Umumiy

chidamkorlik yuqori aerob imkoniyatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, nafaqat katta hajmdagi va

shuddatdagi ishni bajara olishni ta’minlaydi balki, mashqlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, tcz

qayta tiklana olish qobilyatini ham rivojlantiradi. Tez va oson qayta tiklana olish qobilyati esa,

mashqlar orasidagi pauzalarni kamaytiradi. Natijada sportchi mashg'ulotlarda kerakli yuklamani

olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


background image

626

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Misol uchun, jismoniy mashqlarni siklik turlarida (yurish, yugurish, suzish va b.) berilgan

masofani eng kam vaqt ichida bosib o ‘tish vaqti hisoblanadi. Yakkakurashlarda yoki sport

o‘yinlarida hkrakatlanish faoliyatini berilgan samaradorlikda bajarish vaqti o‘lchanadi.

Murakkab koordinatsiyali faoliyat turlarida esa, (gimnastika, nafisli uchish va b.)

chidamlilikni o‘lchovi bolib, harakatni texnik tarafdan to‘g‘ri bajara olish stabilligi hisobga

olinadi. Demak, chidamlilikni o‘rganishda turli sport turlarida unga turlacha yondashish talab

etiladi.

Futbolchilarning chidamliligi deganda uchrashuvning boshidan oxirigacha o‘yin

faoliyatini hech bo‘shashtirmasdan davom ettira olish qobiliyati tushuniladi. Chidamlilikni yana

toliqishga qarshi tura olish qobiliyati sifatida tushunish ham mumkin. Sport amaliyotida to‘rt

toifa toliqish farqlanadi. Bular: aqliy, sensor, emotsional va jismoniy toliqishlar. Bu to‘rt toifa

toliqish futbolchiga ham xosdir. Tabiiyki, bular, ichida jismoniy toliqishning salmog‘i ko'proq.

Futbolchilarda chidamlilikni tarbiyalash usuliga to‘g‘ri yondashish uchun sportchilar

o‘yin faoliyati tizimini va o‘yin vaqtidagi ulaming zimmasiga tushadigan yuklamani hisobga

olish zarur.

Ma’lumki, futbolchilarning faoliyati bir - biriga zid bo‘lgan zonalarda kechadi: bir

tomondan qisqa vaqt maksimal shiddatda o‘tuvchi ish 5-8 sek.. (ichida tez yugurish, tezlashish,

sakrash, kurashish va shu singarilar); boshqa tomondan - o ‘yin vaqti 90 min. davom etadiki, bu

o‘rtacha ishga xos xususiyatdir. Agar o‘rtacha ishdan iborat mashg‘ulotning maksimal

shiddatdagi ishda salbiy ta’sir qilishni hisobga oladigan bo'lsak, unda futbolchining chidamlilik

tayyorgarligini amalga oshirish muammosini hal etishda, chuqur bilim va malaka ega bo‘lish

kerakligi ravshan bo‘ladi. Futbolchilardagi chidamlilikni tarbiyalash usullarini aniqlashda

ulardagi umumiy va maxsus chidamlilikni bir-biridan farqlash lozim. Umumiy chidamlilik

deganda, odatda, ishlarni xatto bir-biridan jiddiy tafovuti bo‘lgan ishlarni o‘rtacha darajada yoki

oshiqmasdan uzoq vaqt bajara olish qobiliyati tushuniladi. Maxsus chidamlilik futbolchilardan

talab etilgan sur’atni o‘yinning oxirigacha saqlab tura olish qobiliyatida namoyon bo‘lishidir.

Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun, odatda, uzoq vaqt harakat qilish bilan bog‘liq

mashqlardan foydalaniladi.

Masalan, 800 2000 m. tez yurish, yugurish, 3-5 km.krosslar, changida yurish, suzish va

boshqalar. Bu mashqlar o‘rtacha sur’atda, hali sportchilar tayyorgarlik davrining dastlabki

bosqichida ekanida, ular hali ogir kuch bilan bajariladigan ishga tayyor bo‘lmaganlarida

bajariladi. Futbolchi jam oada egallangan o‘miga qarab 5,5 dan 14 km.gacha masofani bosib

o‘tadi. Bunda shiddatli harakatlar (tez yugurish, tezlashish) 5 min. vaqtni egallaydi, bu vaqt

oralig‘ida o‘yinchilar 1500 dan to 2500 m. gacha masofaga tez, ammo qisqa-qisqa qilib uzunligi

7-15-24 m.dan yuguriladi.


background image

627

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Shu orada ular sekinroq yugurishga 25 dan 35 minutgacha, qadamlab yurish uchun esa 45

dan 57 minutgacha vaqt sarflashadi. Yuzaki qaraganda o‘yinchilar uchun shiddatli bo‘lmagan

yugurishga ko‘proq vaqt sarflangandek ko‘rinadilar. Ammo bu aslida 5 min ichidagi

jadallashish.

Tez yugurish va to‘p uchun kurashga sarf bo‘lgan juda katta kuchquvvatni qoplashga

ketadigan vaqtdir. Agar futbolchi faoliyati kuchli ruhiy holat vaziyatida va ulkan emotsional his -

hayojon bilan utishni hisobga oladigan bo‘lsak, bunga ham ozmuncha kuch-quvvat sarflanmaydi.

Biroq, o‘yin faoliyatini taxlil qilish shuni ko‘rsatbadiki, kuchli harakat faoliyatidan keyin

bo‘ladigan tanaffuslarda umumiy dastlabki holatni tiklab olish uchun ularda yetarlicha vaqt

bo‘lar ekan. Binobarin o‘yinchilami xuddi ana shunday faoliyat turiga tayyorlash kerak. Ba’zan

mashg‘ulotdagi ish hajmiga qarab, uning sifatini belgilashadi, bu batamom noto‘g‘ri. Katta

hajmdagi yuklamani bajarishning o‘zi maqsad qilib olinmasligi va epchillikni tarbiyalashning

asosiy vositasi, deb qaralmasligi lozim. Futbol sportning notsikl turidir, unda bajarilayotgan

harakat, futbolchilarning shiddati doimo o‘zgarib turadi. Shuning uchun u o‘ziga muvofiq

tayyorgarlikni talab qiladi. Jadalligi tez o‘zgarib turishi bilan bog‘liq bolig an ish, jadalligi bir

maromda bajariladigan ishga qaraganda ko‘p kuch-quvat sarflashni taqozo qiladi. Futbolchilarda

epchillikni tarbiyalayotganda ana shuni allbatta, hisobga olish kerak. Vegetativ vazifaga ega

bolmagan nafas olishning bajarilayotgan harakat forma va xarakteriga moslashuvini unutmaslik

lozim. Bunda nafas olish hamda nafas chiqarish uzviy ravishda harakat akti tuzilishiga kiradi.

Futbolchilarning nafas olishi changichining yoki stayerchi (uzok masofaga

yuguruvchi)ning nafas olishidan o‘zgachadir. Chidamlilikni tarbiyalashda irodaviy sifatlar ham

oldingi o‘rinlardan birida turadi. Muntazam uzoq davom etadigan ish sportchilardan ichki va

tashqi qiyinchiliklarni kuchli, qat’iy, zo‘r iroda bilan yengishni, ya’ni “barqaror iroda sifatlarini”

talab qiladi. Sportchi notsikl harakat yerdagi ishni bajarar ekan nisbatan qisqa vaqt ichidagi

qiyinchilikni, ammo jadal takrorlanadigan zo‘r berishni boshdan kechiradi. Futbolchilar o‘yin

jarayonida uchaydigan takroriy tez yugurish “portlovchi” o‘yin vaziyatlaridan keyin biron bir

jadal harakat faoliyatini bajarish, buning ustiga harakat ko‘tarilgan paytida o'zini shunga majbur

etishning qanchalik og‘ir ekanligini yaxshi biladilar. Futbolchilar chidamliligini tarbiyalashda,

asosan, organizmning kislorodsiz sharoitida, portlovchi qisqa vaqtdagi ishiga katta o ‘rin

beriladi.

Jadal ish orasidagi tanaffuslarda boyagi kislorod “qarzini” qaytarib beriladi. Maxsus

funksional tayyorgarlikka xos vazifalar o‘yin mashqlarini bajarayotganda ancha samarali hal

qilinadi. o‘z xarakterlari va emotsionalligi jihatidan ular uynga ancha mos tushishadi. Biroq

o‘yin mashqlarini to‘psiz mashqlar bilan birga qo‘shib olib borish zarur.


background image

628

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Chidamlilikni takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlami yuklamaning beshta

belgisiga rioya qilgan holda o‘tkazish darkor: a) ishlash vaqti, b)ish qiyinligi, v) dam olish vaqti,

g) dam olishning xarakteri, d) takrorlash miqdori.Mashg'ulotning biror bir belgisining o‘zgarishi

uning yo‘nalishiga ta’sir etadi. Futbolchilarni uchrashuvlarga samarali tayyorlash uchun

mashg‘ulotning vosita va usullarini bir - biriga ko‘proq moslash kerak. Maxsus adabiyotlami

o’rganish natijasida, sportchilarni tayyorlash jarayonida, ulami chidamlilik sifatlarini

tarbiyalashni bir necha usullari keltiriladi. Futbolchilarni tayyorlashdt ham mazkur usullardan

foydalaniladi. Chidamlilikni tarbiyalashning “ bir tekis tarbiyalash” usuli Bu usulni qo'llash

orqali murabbiy birinchi usulga o‘xshab futbolchida umumiy chidamkorlikni shakllantiradi.

Organizmni organ va tizimlari mustahkamlanadi, harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi.

Bu usuldan foydalanish o‘tish davrida va tayyorgarlik davrini boshida amalga oshirilish

tavsiya etiladi. Bir bosqichda bu tayyorgarlik shaklini amalga oshirish kerak. Usulni mohiyati

haqida gapirsak, unda mashg‘ulotlarda bir tekis ish faoliyati amalga oshiriladi. Ya’ni futbolchi

ma’lum ish shaklini bir me'yorda, tezlikda, belgilangan vaqt ichida amalga oshirishi talab etiladi.

Misol uchun, oddiy yugurish mashqini bir xil tezlikda 1 soat davomida bajarish

tushuniladi. Chidamlilikni tarbiyalashning “interval” usuli o‘yinchining o‘yin paytidagi samarali

harakati uchun uning organizmi yetarli miqdorda kislorod olib turishi zarur. Buning uchun

YuQCh (yurak qisqarish chastotasi) va SX (sistoliq hajmi) faol harakatlanlanuvchi faoliyat

mahalida o‘z optimumiga yetmogi lozim. Agar optimal YuQCh minutiga 180 - 190 martagacha

ursa, bu ko‘pincha SX ga bog‘liq tarzda keladi. Bunda shunday xulosa kelib chiqadiki, demak

SX ni oshirish uchun qulay sharoit yaratishga kumaklashgan foydali usuldir. Uncha uzoq

bo‘lmagan intervaldagi dam olishlarga taqsimlangan, qisqa-qisqa takrorlash shaklida

bajariladigan anaerob ishning katta samara berishi ma’lum. Anaierob parchalanishidan hosil

bo‘lgan maxsus usullar nafas olish jarayonida kuchli stimulyator bo‘lib xizmat qiladi. Bunda SX

ning eng katta bo‘lgan ish paytida emas, balki ish bajarilmay YuQCh pasaya boshlaganda, ya’ni

qisqa dam olish paytida yuzaga keladiki, bu kislarodni ko‘proq sarf qildiradi. Ish vaqti va dam

olish qay ravishda ma’lum tartibga solingan mashg‘ulot usuli intervalli usul deb nomlanadi.

Yuklama ana shu usul bo‘yicha bajariladigan YuQCh minutiga 180-200 marta urishi

lozim, dam olishning so‘nggi pallasida minutiga 120-140 marta urish kerak. Ish va dam olish

vaqti darsning maqsadiga muvofiq ravishda belgilanadi.

REFERENCES

1.

Азимов И.Г., Собитов Ш. Спорт физиологияси. Дарслик. Тошкент- 1998.

2.

Акрамов Р.А. Игровые и тренировычные нагрузки в футболе. Учебное пособие. Т.,

2000.


background image

629

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

3.

Акрамов Р.А. Талипджанов А.И. Подготовка футбослистов высокой квалификатсии.

Учебное пособие. Ташкент, 1994.

4.

Акрамов Р.А.Футболные университеты XVII Кубка мира, Ташкент, УзГИФК, 2004.

5.

Артиков А.А., Алимжанов С.И., Шукурова Ш.Т. Укувуслубий кулланма. Т., 2014.

6.

Гаппаров З.Г. К вопросу о средствах психологической научных трудов. Ташкент,

2001.

7.

Годик М.А. Контрол тренировочных и соревнователных нагрузок. М., ФиС, 1980.

8.

Исеев Ш.Т. Футбол жамоаларининг галаба цозонишида футболчиларнинг стандарт

вазиятларидан самарали фойдаланиш. «Педагогик таълим». Ж. № 2, 2003.

QOSIMSHA ÁDEBIYATLAR.

9.

Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA

HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI,

WAZIYPALARI.

Modern Science and Research

,

3

(11), 546-550.

10.

Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN

JARÍS ISKERLIGINE TEXNIKALÍQ TAYARLÍǴÍ.

Modern Science and Research

,

3

(12),

664-666

11.

Jumaniyazov,

D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME TÁLIM

HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI

.

Modern Science and Research

,

3

(12), 396-400.

12.

Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM OLARDIŃ

BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA.

13.

Djanizakovich D. N. THE ROLE OF PHYSICAL EXERCISES IN TRAINING YOUNG

VOLLEYBALL PLAYERS //Web of Teachers: Inderscience Research. – 2023. – Т. 1. – №.

8. – С. 8-16.

References

Азимов И.Г., Собитов Ш. Спорт физиологияси. Дарслик. Тошкент- 1998.

Акрамов Р.А. Игровые и тренировычные нагрузки в футболе. Учебное пособие. Т., 2000.

Акрамов Р.А. Талипджанов А.И. Подготовка футбослистов высокой квалификатсии. Учебное пособие. Ташкент, 1994.

Акрамов Р.А.Футболные университеты XVII Кубка мира, Ташкент, УзГИФК, 2004.

Артиков А.А., Алимжанов С.И., Шукурова Ш.Т. Укувуслубий кулланма. Т., 2014.

Гаппаров З.Г. К вопросу о средствах психологической научных трудов. Ташкент, 2001.

Годик М.А. Контрол тренировочных и соревнователных нагрузок. М., ФиС, 1980.

Исеев Ш.Т. Футбол жамоаларининг галаба цозонишида футболчиларнинг стандарт вазиятларидан самарали фойдаланиш. «Педагогик таълим». Ж. № 2, 2003.

QOSIMSHA ÁDEBIYATLAR.

Jumaniyazov, D., & Jumanov, B. (2024). MEKTEPKE SHEKEMGI BALALARǴA HÁREKETLI OYINLARDAN PAYDALANIW ZÁRÚRLIGI HÁM ONIŃ MAQSETI, WAZIYPALARI. Modern Science and Research, 3(11), 546-550.

Jumaniyazov, D., & Yuldashov, U. (2024). TÁJIRIYBELI BASKETBOLSHILARDIN JARÍS ISKERLIGINE TEXNIKALÍQ TAYARLÍǴÍ. Modern Science and Research, 3(12), 664-666

Jumaniyazov, D. (2024). DENE TÁRBIYASI SISTEMASINDA HÁR TÁREPLEME TÁLIM HÁM TÁRBIYA BERIW USILLARI. Modern Science and Research, 3(12), 396-400.

Yuldashov, U. K., & Jumanıyazov, D. Q. (2024). FIZIKALIQ SAPALAR HÁM OLARDIŃ BIR-BIRI MENEN FIZIOLOGIYALIQ BAYLANISLIǴINA SIPATLAMA.

Djanizakovich D. N. THE ROLE OF PHYSICAL EXERCISES IN TRAINING YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS //Web of Teachers: Inderscience Research. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 8-16.