15-04-2025
459-466
67
20
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA JADID MA’RIFATPARVARLARINING MEROSI - MA’NAVIY EHTIYOJ SIFATIDA
Jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egallagan durdona asarlar asrlar davomida yuzlab va minglab ilmiy tadqiqotlarda mahoratning eng yuksak cho‘qqisi sifatida tahlil etilib, o‘z munosib bahosini olgan bo‘lsa, o‘sha asarlar mualliflarining bir inson, faol yaratuvchi va adolat jangchisi sifatida, ijtimoiy hayotga yo‘nalish beruvchi ijodkor kuch sifatidagi xizmatlari ham hamma vaqt ta’lim va tarbiya sohasida bosh mavzularidan biri bo‘lib kelgan. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashini shakllantirishda jadid ma’rifatparvarlarining me’rosidan foydalanishning metodik imkoniyatlari haqida fikr-mulohaza berilgan.