Authors

  • Nafisa O‘rinboyeva
  • Sevara Ismoilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.26534

Keywords:

text, dictionary, textbook

Abstract

This article talks about suggestions about the method of teaching mother tongue science and the texts contained in it at school, examples and models of the analysis process, and about the ways and principles of forming the student's creative thinking.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

172

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARINING ONA TILI

DARSLIKLARIDA BERILGAN MATNLAR BILAN ISHLASH KO’NIKMASINI

OSHIRISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

O‘rinboyeva Nafisa G‘oziboy qizi

Ismoilova Sevara Obidjon qizi

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabalari

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10306752

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabda ona tili fani va unda keltirilgan matnlarni

o‘qitish uslubiyati to‘g‘risida takliflar, tahlil jarayoniga oid misol va namunalar va o‘quvchining
kreativ tafakkurini shakllantirish yo‘llari hamda tamoyillari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

matn, lug‘at, darslik, izoh, metodika, tahlil, talqin, ta’lim.

WHAT SHOULD BE CONSIDERED IN IMPROVING GENERAL SECONDARY

SCHOOL STUDENTS' SKILLS OF WORKING WITH THE TEXTS GIVEN IN

MOTHER LANGUAGE TEXTBOOKS?

Abstract.

This article talks about suggestions about the method of teaching mother tongue

science and the texts contained in it at school, examples and models of the analysis process, and
about the ways and principles of forming the student's creative thinking.

Key words:

text, dictionary, textbook, explanation, methodology, analysis, interpretation,

education.

ЧТО СЛЕДУЕТ УЧИТЫВАТЬ ПРИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ НАВЫКОВ

РАБОТЫ УЧАЩИХСЯ ОБЩЕЙ СРЕДНЕЙ ШКОЛЬНИКА С ТЕКСТАМИ,

ПРЕДСТАВЛЕННЫМИ В УЧЕБНИКАХ РОЖДНОГО ЯЗЫКА?

Аннотация.

В данной статье говорится о предложениях по методике

преподавания родного языка и содержащихся в нем текстов в школе, примерах и моделях
процесса анализа, а также о способах и принципах формирования творческого мышления
школьника.

Ключевые слова:

текст, словарь, учебник, объяснение, методика, анализ,

интерпретация, обучение.

Hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, ta’lim sohasidagi tub

burilishlar aynan har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni ta’limi
uchunligi hech birimizga sir emas. Buning uchun ta’lim sifatini oshirish maqsadida “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” va “Davlat ta’lim standarti”ning yo‘lga qo‘yilishi, boshlang‘inch va
o‘rta maxsus sinflarda ta’lim-tarbiya masalalariga kuchli e’tibor qaratish va bu yo‘lda o‘qituvchi,
pedogoglar oldiga bir qancha talablar qo‘yilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
aytganlaridek: “Davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol inson tarbiyasiga mas’ul
o‘qituvchilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun yuksak ongli,
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat,
o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyatini yuklagan”.

Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat

hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

173

faol ishtirok etish qobilyatini rivojlantirish oliy ta’lim muassasasining kasbiy vazifasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda inson, uning har tomonlam kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro‘yobga
chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish
borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik
qobiliyatlarini rivojlantirish, keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Kreativlik ta’lim jarayonini takomillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib, kreativ ta’lim

jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatini rivojlantirish, turli uslublar, bilim
va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
- fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olish;
- o‘ziga xoslik (originallik);
- qiziquvchanlik;
- farazlar yaratish qobiliyati;
- hayol qila olish (fantaziya)
Ayni vaqtda Oliy ta’lim muassasalarida o’tilayotgan Matn va lug’at ustida ishlash fanini

o’zlashtirish va o’rgangan bilim va ko’nikmalarimizni maktab darsliklari tahlili jarayonida ushbu
tavsifga asoslangan holatda ifodalasak, mavzu qamrovini yanada yorqinroq anglashimiz va
tushuntira olishimiz uchun qulaylik yaratishi shubhasizdir. Chunki har bir ta’limning boshlang’ich
qismi tafakkur bilan bog’liqdir. Har qanday ma’lumotni o’rganishda, tahlil va talqin qilishda
pedagog ham, o’quvchi ham avval uni o’qib, tafakkur qila olishi, so’ng mavzuga doir qator mashq
va topshiriqlarni bajarishidan boshlaydi. Aynan, matn va lug’atlar bilan ishlashda ushbu
fikrlarimiz ko’proq asoslidir. Topshiriqlarni tuzish yoki javob topish jarayonida mavzudan
chetlashmaslik, mavzuga chuqurroq yondashish talab etiladi.

Jumladan, ushbu fikrlar isbotini maktab darsliklarida berilgan matnlarda tahlil qilib

ko’rsak, matnni o’qib tushunish, matnga doir savollarga javob topish, lug’atlarni izohlay bilish va
mavzu yuzasidan qo’shimcha mashg’ulotlar misolida.

10-sinf ona tili darsligi [31, 32-betlar]

Bizni kemirguvchi illatlar

Bizni kemirguvchi illatlar deganda zaxm-u maraznimi gumon etarsiz? Yoinki sil, silariya

va maxavliknimi dersiz? Yo’q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh,

bevoya,

xonavayron va g’arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim
madaniy, yarim vahshiy sinflarig’imizg’acha istilo etib, butun tirikligimizg’a sorilgon va bizni
inqirozg’a va tahlikag’a va jahannamg’a yumalataturgon to’y, azo ismindagi ikki

qattol

dushmanni derman.

Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan o’luklarini oqshom eltib ko’marlar. Na uchun?

Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo’lsa, o’luk va to’y uchun haftalar, hatto oylar ila ishdan qolurmiz.
Holbuki, shore’i a’zam, payg’ambari akram sallollohi alayhi vasallam hazratlari o’lganni tez
ko’mub va ko’mgandan so’ng tez tarqalib, ishg’a ketmoqg’a va

o’lukxona

xalqini uch kundan

ziyoda ta’ziya tutmasg’a, qaro kiymasg’a, kir, falokat bo’lmasg’a amr etarlar. Ey xalq! Ey
musulmonlar! Biz na uchun Xudo va rasulni so’zig’a va o’zimizni naf’imizg’a amal qilmaymiz?
Biz devonami? ...Besh-olti ma’raka va xudoyi, 8-10 jum’a oqshomi deb butun mahalla va qishloq
xalqig’a palov berarmiz. Ba’zi bir bechora

sag’ir

va

mushtipar

ayollar merosdan va haqlaridan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

174

noqis olurlar. Ba’zi qarzxohlarni haqqi xudoyi va xayrot,

noxudoyi va sharrot sababi ila kuyub

ketar. Bechora o’lukni zimmasi qarzdan qutulolmay qolur. Xudo uchun aytingiz, bu xayrotmi, bu
xudoyimi? Besh-olti kun so’ngra bu xudoyi va xayrotlar uchun varasani haqqi bo’lgan mol va
yerlar sotulur. Berilgan dangga adras, azoyi va g’anilarni olgan yirtish va sadaqalari uchun berilur.
Endi bechora varisa darbadar, ham otadan, ham vatandan ayrildi-ketdi. Bir o’rtahol, bir bechora
faqir o’lar.

Oning

g’ani

yaqini o’lukni egasi bo’lub, varisa molini “obro’y” etarman, deb istof va

barbod etar. Natijada bechora

varisa

darbadar. Ey, uying obod, obro’y qilg’uvchi! O’lgan ul,

sanga nima? San g’ani, o’z o’lukingg’a obro’ qilgoning bas emasmi?

bo’lmaydur. Shaharlarda o’rtahol, ya’ni o’turarg’a xona va bog’i bor bir kishi nikoh uchun

ikki ming so’m sarf etar va o’g’ul xatnasi uchun hech bo’lmaganda ming so’m. Har bir

benavo

kishi bu mavridlarga 200 so’mdan 1000 so’mgacha sarf etar. Boy va zo’raki boylar esa besh
ming, o’n minglab sarf etar. Oxiri nima bo’lur? Nima bo’lur deysiz? Ota- bobosidan qolgan mulk
va vatanini o’z ixtiyori ilan zo’raki boyni o’zi o’lgandan so’ngra bir yahudiy yo bir armani
ajnabiyg’a sotib, to’y va ta’ziya qarzini berar. O’zi sotmaganda sudg’a sotilur. Mana, yuqoridagi
sarlavhada “Bizni kemirguvchi illatlar” degan odatlarimiz, shu to’y va ta’ziya ismindagi
devonaligimizdan iboratdir.

Bir do’konchi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uchun bu to’y va ta’ziyalar o’lumdan

qatig’durki, muning uchun bechora har kun o’lur. Har kun o’lgan ila-da qutulmas. O’zidan so’ngra
ahli ayolig’a bu yo’qsullik va bu musibatni meros qo’yar.

...Bizg’a lozimki, to’y va ta’ziyalarni kichik qilib va holimizcha harakatda bo’lub, kelar

zamonamizni o’ylayluk. Valloh, xor-u zor-u munqariz bo’lmoq ertag’a oftobni chiqishdek
muqarrardur.

...Din uchun, masjid va maktab uchun aqcha,

sarvat

, davlat, somon kerakdur. To’y va

ta’ziyag’a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va din yo’lig’a sarf etsak, anqarib
ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o’zimiz-da, dinimiz-da obro’y va rivoj topar. Yo’q, hozirgi
holimizg’a davom etsak, din va dunyog’a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo’lmaydur.

M.Behbudiy

1-topshiriq.

Matnda ajratilib ko’rsatilgan so’zlarning izohini lug’at vositasida aniqlab

yozing.

Qattol -

[a. – qotil, o’ldiruvchi] 1. Odam o’ldiruvchi, xunxo’r,qotil. 2. Ko’chma Ashaddiy,

yovuz. 3. Ko’chma Juda ham keskin, qattiq.

O’lukxona -

(fransuz) - murda saqlanadigan, yorib tekshiriladigan va ko’mish uchun

beriladigan maxsus bino.

Sag’ir - [

a. - uncha katta bo’lmagan, kichik; mayda; yosh bola] Hali voyaga yetmagan

yetim bola.

Mushtipar -

Qo’lidan biror ish kelmaydigan, ojiz, bechora (ayollar haqida).

G’ani

- [a. – boy] – ask.kt.Boy, badavlat, davlandmand.

Benavo-(

f)-1)ovozsiz , unsiz; xomush, sokin;2)bechora, faqir

Varvat

-yun. Barbaros- Shimoliy Afrikadagi qabilalardan birining biri 1 tar.Qadimgi

yunonlardagi va rimliklar nazarida har qanday chet ellik kishi, boshqa el odami

2-topshiriq.

Matndagi yordamchi so’zlaralarni toping.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

Bog’lovchilar: Yoinki, va, ham... , ham, ya’ni, yo
Ko’makchilar: So’ng, uchun, bilan, tufayli
Yuklamalar: U, ham,- da,- mi

3-topshiriq.

Matn mazmuning mos shoir va yozuvchilar ijodiy namunalaridan (maqol,

matal, hikmatli so’z, ibora) keltiring.

O’lim borning molini sochar,
Yo’qning sirini ochar.
To’y siltovi bila to’n bitar.
Bor bo’lsang, oshma,
Yo’q bo’lsang, shoshma.
Dunyo saodatini oxirat uchun, oxirat saodatini bu dunyo uchun tark etish notog’ridir. Bizga

ikki dunyo saodati darkor. Ikki dunyo saodatini esa sa’y-harakat bilangina topish mumkin...

A.Fitrat “Rahbari najot”

4-topshiriq.

Matnning bosh g’oyasi haqida fikrlaringizni ifodalang.

Bugungi globallashuv davrida kurrai zaminda hamma narsa darajama-daraja o’zgarib

boryapdi. Insoniyat dunyoqarashida ulkan evrilishlar ro’y beryapdi. Turli urf-odatlar asta-sekinlik
bilan unutilyapdi. Biroq xalqimiz ongida to’y haqidagi dunyoqarash hamon o’sha-o’sha.
Mahmudxo’ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida ko’tarilgan muammolar
bugun ham ochiq yara bo’lib turibdi. Behbudiy maqola ibtidosida o’quvchilarga qarata bizni
kemirguvchi illatlar sil yoki maxov kasalmikin, deb o’ylarsiz, deydi. Yo’q, bu illat ana shu
kasallikdan ham yomonroq dardki, turkistoniylarni inqirozga uchratadigan to’y va aza ismidagi
ikki qattol dushmandir. Maqola yozilganiga yuz yildan oshgan bo’lsa-da, unda ilgari surilgan
g’oya hamon eskirmagan. To’y va marakalardagi ortiqch sarf-xarajatlar... XX asr boshlarida
aytilgan bu fikrlar bugungi kunimizga ham birday taaluqli, desak, yangilishmagan bo’lamiz.

5-topshiriq.

“Bizni kemirguvchi illatlar” matniga mos sarlavha toping.

“Insonni inqirozga tutguvchi qattol dushman”
“Asrni qaritgan o’ylar”
“Dabdaba xonavayronliqqa sabab bo’lur”

6-topshiriq.

Sizningcha “Hasad” ham bizni kemiruvchi illatlar hisoblanadimi?

Barchamizga ma’lumki odam bolasi uchun zohiriy kasalliklar bo’lgani kabi botiniy

kasalliklar ham mavjuddir. Shunday qalb kasalliklaridan biri hasaddir.

“Hasad” so’zi lug’atda “Archish” va “shilish” degan ma’nolarni anglatadi. Chunki hasad

inson qalbini archadi, shiladi. Mutabakkir kishilar o’zlaridan past odamlarga ne’mat yetganida
chiday olmay hasad qilishga o’tadilar.

Ulamolar: “Hasad-birovga yetgan ne’matga rashk bilan qarash va u kishidan o’sha ne’mat

ketib, o’zida bo’lishini qattiq xohlashdir” deganlar.

7-topshiriq.

Matn mazmuniga mos rasmlardan mulohaza qiling.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

\

8- topshiriq.

Matnga oid test topshiriqlarini bajaring.

1.

To’y va a’zalar hashamli bo’lishi kerak deb bilasizmi?

A) ha
B) yo’q
2.

Behasham to’y qilarmidingiz?

A) ha
B) yo’q

3. Ushbu matndan o’rinli xulosa ola oldim deb hisoblaysizmi?
A) ha
B) yo’q

Xulosa qilib shuni aytish joizki, mamalakatimizda o’zbek tilini o’qitish sifatini oshirish,

o’quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan,
ushbu ko’rinishdagi matnlarni tahlil va talqin jarayoni ham takomillashgan dasturlar asosida fan
darsliklaridan o’rin olgani bejizga emas. O’quvchilarning ma’naviyatini va ilm-u salohiyatini
oshirishda o’qituvchi ikki taraflama yondashishi kerak. Birinchidan, badiiy jihatdan tafakkurni
shakllantirish bo’lsa, ikkinchidan, ilmiy, ya’ni morfologik, fonetik, sintaktik jihatdan matnni tahlil
qila olish. Shubhasiz, shundagina har bir pedagog o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ko’zlagan
maqsadiga erishishi mumkin.


REFERENCES

1.

A.G’afurov “ Ona tilini o’qitish prinsiplari va metodlari” T.O‘qituvchi. 1992

2.

B.Mengliyev, O‘.Xolyorov “O‘zbek tilida universal qo‘llanma”. T- 2013

3.

Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev” O’zbek tilining imlo lug’ati” 1995-yil

4.

I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent, Sharq
nashriyoti-manba konserni 1997


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

177

5.

Hasanov, A. (2021). SEMANTIC-ASYMMETRIC INTERPRETATION OF THE
"FOOD" FRAME (Using synonymy as an example).

6.

Hasanov, A. (2022). NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA MUBOLAG’A VA
KICHRAYTIRISH.

7.

Olimqulov, Y., Xo‘shboqova, M., & Hasanov, A. (2022). METHODOLOGICAL
QUESTIONS OF THE NATURAL GEOGRAPHICAL REGION OF THE TERRITORY
OF UZBEKISTAN. Science and Innovation, 1(6), 114-118.

8.

Hasanov, A. (2023). NAZAR ESHONQUL IJODIDA KINOYANING
BADIIYUSLUBIY XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 209-
211.

9.

Ҳасанов, А. А. (2023). КИНОЯНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ВА
ЛИНГВОПОЭТИК ТАҲЛИЛИ. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 299-302.

10.

Barno, S., & Xasanov, A. (2023). PAREMIOLOGIK LINGVOKULTURTEMALARDA
PAZANDACHILIK NOMLARI. PEDAGOGS jurnali, 31(4), 4-9.

11.

Xasanov, A. A. (2023). STUDY OF LINGUISTIC UNITS REPRESENTING THE
NATIONAL CONCEPTOSPHERE IN UZBEK LANGUAGE. Gospodarka i Innowacje.,
35, 479-484.

12.

Xasanov, A. A. (2023). RESEARCH ON LINGUISTIC UNITS THAT IMPLEMENT
THE NATIONAL CONCEPTOSPHERE IN UZBEK LINGUISTICS. Gospodarka i
Innowacje., 35, 465-469.

13.

Hasanov, A. A. (2022). LITERARY-CRITICAL AND LINGUISTIC ANALYSIS OF A
WORK OF ART. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &
INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(09),
317-319.

14.

Akramov, S., & Hasanov, A. (2022). The Position Of The Determiner In Sentence
Construction. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2768-2777.

15.

Hasanov, A. (2023). STUDY OF SYNONYMS IN LINGUISTICS. Open Access
Repository, 9(3), 207-212.

References

A.G’afurov “ Ona tilini o’qitish prinsiplari va metodlari” T.O‘qituvchi. 1992

B.Mengliyev, O‘.Xolyorov “O‘zbek tilida universal qo‘llanma”. T- 2013

Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev” O’zbek tilining imlo lug’ati” 1995-yil

I.A.Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent, Sharq nashriyoti-manba konserni 1997

Hasanov, A. (2021). SEMANTIC-ASYMMETRIC INTERPRETATION OF THE "FOOD" FRAME (Using synonymy as an example).

Hasanov, A. (2022). NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA MUBOLAG’A VA KICHRAYTIRISH.

Olimqulov, Y., Xo‘shboqova, M., & Hasanov, A. (2022). METHODOLOGICAL QUESTIONS OF THE NATURAL GEOGRAPHICAL REGION OF THE TERRITORY OF UZBEKISTAN. Science and Innovation, 1(6), 114-118.

Hasanov, A. (2023). NAZAR ESHONQUL IJODIDA KINOYANING BADIIYUSLUBIY XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 209-211.

Ҳасанов, А. А. (2023). КИНОЯНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ВА ЛИНГВОПОЭТИК ТАҲЛИЛИ. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 299-302.

Barno, S., & Xasanov, A. (2023). PAREMIOLOGIK LINGVOKULTURTEMALARDA PAZANDACHILIK NOMLARI. PEDAGOGS jurnali, 31(4), 4-9.

Xasanov, A. A. (2023). STUDY OF LINGUISTIC UNITS REPRESENTING THE NATIONAL CONCEPTOSPHERE IN UZBEK LANGUAGE. Gospodarka i Innowacje., 35, 479-484.

Xasanov, A. A. (2023). RESEARCH ON LINGUISTIC UNITS THAT IMPLEMENT THE NATIONAL CONCEPTOSPHERE IN UZBEK LINGUISTICS. Gospodarka i Innowacje., 35, 465-469.

Hasanov, A. A. (2022). LITERARY-CRITICAL AND LINGUISTIC ANALYSIS OF A WORK OF ART. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(09), 317-319.

Akramov, S., & Hasanov, A. (2022). The Position Of The Determiner In Sentence Construction. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2768-2777.

Hasanov, A. (2023). STUDY OF SYNONYMS IN LINGUISTICS. Open Access Repository, 9(3), 207-212.