Authors

  • Dilrabo Murodova
  • Shohjaxon To‘layev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.78847

Keywords:

Rasadxona madrasa olim risola riyoziyot falakiyot jadval jug‘rofiya” Istanbul.

Abstract

Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabining mashhur namoyandasi, jahon ilm-fan tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan falakiyotshunos va riyoziyotchi olim Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiyning hayoti yo‘li hamda ilmiy merosi tahlil qilinadi. Ustozi Ulug‘bek tomonidan “farzandi arrjumandim” deya, e’tirof etilgan Ali Qushchining aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi nihoyatda beqiyosdir. Shu bilan birgalikda mantiq, adabiyot, falsafa, musiqa va boshqa fan sohalariga oid risolalar yozadi. Olimning 20 dan ortiq ilmiy asarlari meros boʻlib qolgan.

background image

493

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

ALI QUSHCHI – ILM INSONI

Murodova Dilrabo Shomurodovna

Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD).

To‘layev Shohjaxon Shoxrux o‘g‘li

Buxoro davlat universiteti tarix ta’lim yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15190661

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabining mashhur namoyandasi,

jahon ilm-fan tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan falakiyotshunos va riyoziyotchi olim

Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy

ning hayoti yo‘li hamda ilmiy

merosi tahlil qilinadi. Ustozi Ulug‘bek tomonidan “farzandi arrjumandim” deya, e’tirof etilgan

Ali Qushchining aniq fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi nihoyatda beqiyosdir. Shu bilan birgalikda

mantiq, adabiyot,

falsafa, musiqa va boshqa fan sohalariga oid risolalar yozadi. Olimning 20

dan ortiq ilmiy asarlari meros boʻlib qolgan.

Kalit so’zlar:

Rasadxona, madrasa, olim, risola, riyoziyot, falakiyot, jadval, jug‘rofiya”,

Istanbul.

ALI KUSHCHI – A SCIENTIST

Abstract.

This article analyzes the life path and scientific heritage of Mawlana Alauddin

Ali ibn Muhammad Qushchi Samarkandi, a famous representative of the Mirzo Ulugbek

scientific school and an astronomer and mathematician who holds a unique place in the history

of world science. The contribution of Ali Kushchi, recognized by his teacher Ulugbek as "my

dear son," to the development of exact sciences is incomparable. At the same time, he wrote

treatises on logic, literature, philosophy, music, and other sciences. He left behind more than 20

scientific works.

Keywords

: Observatory, madrasah, scholar, treatise, mathematics, astronomy, tables,

geography," Istanbul.

АЛИ КУЩИ – УЧЕНЫЙ

Аннотация.

В статье анализируется жизнь и научное наследие Мавланы

Алаудина Али ибн Мухаммада Кушчи Самарканди, известного представителя научной

школы Мирзо Улугбека, астронома и математика, занимающего уникальное место в

истории мировой науки. Али Кушчи, которого его учитель Улугбек называл «обещавшим

ему сына», внес несравненный вклад в развитие точных наук. В то же время он писал

трактаты по логике, литературе, философии, музыке и другим областям науки. Ученый

оставил после себя более 20 научных трудов.

Ключевые слова:

Обсерватория, медресе, ученый, трактат, математика,

астрономия, таблица, география», Стамбул.


background image

494

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Kirish

Millat va vatan tarixida oʼchmas iz qoldirgan daholar har bir xalq tarixida topiladi. Аna

shunday muhtaram zotlardan biri Ali Qushchidir. “O’z davrining Batlimusi” deb tanilgan

olimning asil ismi Mavlono Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy bo’lib,

manbalarda taxmin qilinishicha, 1403-yilda Samarqandda tug’ilgan. Otasi Muhammad ismli

shaxs bo’lib, Temuriylar saroyida ovchi, qushlarga qarovchi bo’lib xizmat qilgan. Shu sababli

Mavlono Alovuddin Aliga “Qushchi” taxallusi berilgan. Ali Qushchi erta otasidan ajralganligi

bois Mirzo Ulug’bek uni o’z tarbiyasiga oladi hamda ustoz sifatida ilm saboqlarini beradi.

Shundan so’ng esa Ali Qushchi faoliyatida yangi sahifa ochiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Mazkur maqolada aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim Ali

Qushchining fan rivoji yo‘lida qilgan xizmatlari va yaratgan asarlari ilmiy tahlil qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqolada tarix fanida tadqiqotlar olib borishning tarixiylik tamoyili, xolislik,

qiyosiy-mantiqiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Dastlabki saboqlarni Qozizoda Rumiydan Samarqandda oladi. 1414-yilda Eronning

Kirmon shahridagi madrasalarda tahsil olib, ma’lum muddatdan so’ng 1417-yili yana

Samarqandga qaytib keladi. So’ngra Mirzo Ulug’bekdan uzur so’rab, o’zining birinchi yozgan

risolasini unga tortiq etadi. Samarqandda madrasalarida Ali ham tahsil olib, fan drag’lari bo‘lgan

Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy va Mirzo Ulug’bekdan matematika va

astranomiya fanlarini puxta o’rganadi. Madrasani bitirgach, falakiyot va riyoziyot ilmlaridan

mashg’ulotlar olib borib, ilmiy ishlar bilan mashg’ul bo’ladi. Shu davrda “Hisob risolasi” va

“Astranomiya risolasi” asarlarini yozadi va ilm ahli orasida obro’ qozonadi.

Tarixiy manbalarda qayd qilinishicha, Mirzo Ulug’bek bilan Ali Qushchi munosabatlari

juda samimiy bo‘lgan. Ba’zi bir manbalarda Mirzo Ulug’bek o’z o’g’illari Abdulatif va

Abdulazizdan Ali Qushchini suyganligi aytiladi. Bunga misol uchun Murzo Ulug’bekning “Ziji

jadidi Ko’ragoniy” asarida Ali Qushchini “farzandi arjumond” ya’ni “Aziz farzandim’’ deya, o’z

fikrlarini shunday bayon etgan: “Аmmo ittifoqo, farzandi arjumand Аli ibn Muhammad Qushchi

umrining yosh yillaridan va gullagan yigitlik fasllaridan beri ilm-u fan zamirida ilg‘orlab

boryapti va uning tarmoqlari birla mashg‘uldir. Qattiq ishonch va muxaqqaq umid bordurki,

buning natijasida uning shuhrati yaqin zamonlarda va eng tez onlarda jahonning atrof-u

atroflariga va mamlakatlariga yoyilib, tarannum bo‘lur” [1, 25].

Mirzo Ulug’bek tomonidan 1424-yilda Samarqand yaqinidagi Ko’hak (Cho’ponota)

tepaligida osmon jismlarini o’rganish maqsadida Rasadxona qurilishi boshlanadi.


background image

495

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bu qurilishda Ulug’bekning yaqin safdoshlari G’iyosiddin Jamshid Koshiy va Qozizoda

Rumiy rahbarlik qilgan bo‘salar, so’ngra esa Ali Qushchi boshchiligida bunyodkorlik ishlari

1429-yilda yakunlanadi. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lib, ulardan

eng ahamiyatlisi radiusi 40,2 mli qoʻshaloq yoydan iborat (yoki sekstantga yaqin) qurilma

hisoblanadi [2, 50].

Аli Qushchi juda ko‘p fanning turli sohalariga oid, xususan, astronomiya masalalarini

talqin etuvchi asarlar, jumladan, ko‘p olimlarning fikricha, yigirmaga yaqin fandan bahs etuvchi

“Mahbub al hamoyil fi kashf al masoyil” (“Masalalarni yechishda sevimli kamar”), “Risola dar

ilmi hayʼat”, “Risolayi hisob”, “Sharhi qofiya”, “Sharhi shofiya”, “Ilmi sarf” kabi mukammal

ilmiy asarlarlarni yozgan. Mirzo Ulug’bek “Ziji jadidi ko’ragoniy” (1437) asarining yozlishida

Ali Qushchining ham o’rni be’qiyosdir. Ali Qushchi davlat ishlarida ham faol bo ‘lib, jumladan,

Mirzo Ulug’bekning buyrug’i bilan 1438-yilda Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboriladi. U yerdan

qaytgandan so’ng “Matematika va astronomik jug‘rofiya”, “Tarixi hoqoni Chin” asarlarini

yozadi [4, 268].

1449-yilda Mirzo Ulug’bek o’g’li tomonidan o’ldirilganidan so’ng uning ilmiy merosi va

Samarqanddagi kutubxonasi havf ostida qoladi. Bu kutubxonani Ali Qushchi saqlab qolgan

degan taxminlar bor. Rivoyatlarga ko’ra bu kutubxona Samarqand yaqinidagi Hazrati Bashir

qishlog’iga ko’chirilganligi aytiladi. Mirzo Ulug’bek vafotidan ikki yil o’tib, hokimiyat tepasida

Sulton Abu Said Mirzo keladi. U ham Ulug‘bekning yaqinlariga, jumladan, Аli Qushchiga ham

homiylik qilgan. Bu davrda Аli Qushchi Nosiruddin Tusiyning “Tajrid” nomli kitobiga ilgari

yozgan sharhini tugatib, Sulton Аbu Saidga taqdim qildi [3, 45].

Аbu Said o‘limidan so‘ng

(1469) Temuriylar saltanatida ro‘y berayotgan nizolar sababli do‘stlari va homiylaridan ajragan

keksa olim o‘z vatanini tark etadi. Dastlab Karmanada (1471) keyinchalik esa Turkiya hududiga

boradi.

Bu paytda Usmonlilar Konstantinopilni ishg’ol etgan edilar. Bu davrda Turkiya sultoni

Muhammad II o’z atrofiga olimlar va fuzalolarni yig’ayotgan edi. Bu voqea to‘g‘risida olim o‘z

risolalarida shunday yozadi: “Sulton meni qabul qilganida uning taklifidan men bilan so‘zlashish

niyati bor ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi. Sulton mendan unga atab ilmi riyoziyotdan kitob

yozishimni so‘radi. Men Sultondan tabiiy fanlarga muhabbat borligini sezdim va qisqa vaqt

ichida ilmi riyoziyotdan kichik kitob yozdim”. Olim Sulton sharafiga atab “Kitob al-

Muhammad” deb nomlangan riyoziyotga oid risolani yozdi va unga taqdim etdi. [4].

Bu ishi

uchun u mukofot tariqasida har oyda 200 dirham pul oladigan bo‘ldi. Аli Qushchi 1472-yilda

Istanbuldagi Аya Sofiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlanadi. U shundan so‘ng

riyoziyot, falakkiyot, adabiyot, musiqa va boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. Bu qisqa vaqt

ichida ko‘plab shogirdlar tayyorlab, o‘z maktabiga asos solidi.


background image

496

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Аli Qushchining buyuk xizmatlaridan yana biri shundaki, u agarda Mirzo Ulug‘bekning

“Zij Ko‘ragoniy” asarini Turkiyaga olib kelib turk tili va boshqa tillarga tarjima qilib

tarqatmaganda edi, “Buyuk geografik kashfiyotlar” bu darajada ahamiyatli bo‘lmas edi. Chunki

XVI–XVII asrlarda yangi dengiz yo‘llari kashf qilinayotgan vaqtda yulduzlarning aniq jadvaliga

ehtiyoj nihoyatda katta bo‘lgan [5, 26]. Ulug‘bek maktabi namoyandalari va xususan Аli

Qushchining asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Аli Qushchi

dunyo moddiy narsalardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda bo‘lib, ularda

ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga Yerning Quyoshga

yaqinlashuvi sababligini aytgan.

Ali Qushchi vafotidan so‘ng uning shogirdlari - Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy,

Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqalar uning ilmiy ishlarini davom ettirganlar.

XULOSA

Ali Qushchi tomonidan bizga 20 dan ortiq asarlar meros bo’lib qolgan hozirgi kunda bu

asrlar dunyoning turli qismlarida tarqalib ketgan. Аli Qushchi asarlari qo‘lyozmalari Abu

Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Sharqshunoslik instituti, Dushanbe, Sankt-Peterburg,

Mashhad, Istanbul, Oksford, Leyden (Niderlandiya) va Аya Sofiya (Turkiya) kutubxonalari va

ilmy markazlarida saqlanmoqda. Аli Qushchi 1474-yil 16-dekabr kuni Istanbulda vafot etgan.

U Istanbuldagi Аyyuba masjidi huzuridagi qabristonga dafn qilingan. Masjidning kirish

qismidagi marmar toshga “Аli Qushchi – ilm insoni” satrlari bitib qo‘yilgan.

REFERENCES

1.

Аhadova M., O‘rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari, T.;

1983.

2.

Nosirov A., Ali Qushchi, T.;1964.

3.

Ahmedov B., Ulug‘bek tarixi” T.; 1965.

4.

https://tarix.sinaps.uz/hodisa/ali-qushchi/

5.

Murodova, D., & Obidova, G. (2025). FRANS ROZENTAL QUR’ONDA “ILM”

TUSHUNCHASINI TAHLIL QILGAN OLIM.

Modern Science and Research

,

4

(2), 157-

161.

References

Аhadova M., O‘rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari, T.; 1983.

Nosirov A., Ali Qushchi, T.;1964.

Ahmedov B., Ulug‘bek tarixi” T.; 1965.

Murodova, D., & Obidova, G. (2025). FRANS ROZENTAL QUR’ONDA “ILM” TUSHUNCHASINI TAHLIL QILGAN OLIM. Modern Science and Research, 4(2), 157-161.