Authors

  • Yulduz Nurova
  • Marjona Ziyoyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79390

Keywords:

etnolingvistika etnos maqol matal etnik madaniyat parema paremiologiya.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq paremalarda uchraydigan milliy qadriyat va urf-odatlarni etnolingvistik tomonidan tahlili berilgan. Bunda xalq va tilning uzviy bog‘liqligi haqida so‘z boradi. Paremalar tizimidagi maqol, matallarning etnolingvistikasi haqida to‘xtalib o‘tiladi. Shuningdek, keltirilgan fikrlar xalq o‘g‘zaki ijodiga tegishli bo‘lgan misollar orqali ochib beriladi.

background image

812

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

UDK: 811.512.133’373.7:398.9

(=512.133)

O‘ZBEK XALQ PAREMALARIDA MILLIY QADRIYATLAR VA

URF-ODATLARINING AKS ETISHI

BuxDPI Nurova Yulduz Ubaydullayevna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

yulduznur.gmail.com

BuxDPI Ziyoyeva Marjona Anvar qizi

O‘zbek tili va dabiyoti magistranti.

marjonziyoyeva555@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15225888

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek xalq paremalarda uchraydigan milliy qadriyat va

urf-odatlarni etnolingvistik tomonidan tahlili berilgan. Bunda xalq va tilning uzviy bog‘liqligi

haqida so‘z boradi. Paremalar tizimidagi maqol, matallarning etnolingvistikasi haqida to‘xtalib

o‘tiladi. Shuningdek, keltirilgan fikrlar xalq o‘g‘zaki ijodiga tegishli bo‘lgan misollar orqali

ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

etnolingvistika, etnos, maqol, matal, etnik madaniyat, parema,

paremiologiya.

REFLECTION OF NATIONAL VALUES AND TRADITIONS IN UZBEKISTAN

PEOPLE'S PAREMAS

Abstract.

This article provides an ethnolinguistic analysis of national values and

traditions found in Uzbek folk proverbs. It discusses the intrinsic connection between language

and people. The ethnolinguistic aspects of proverbs and saying within the paremia system are

examined. Additionally, the presented ideas are illustrated through examples from folk oral

literature.

Keys words:

etnolinguistics, ethnos, proverb, saying, ethnic culture, paremia,

paremiology.

ОТРАЖЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И ТРАДИЦИЙ В ПАРЕМАХ

НАРОДА УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

В статье представлен этнолингвистический анализ национальных

ценностей и традиций, отраженных в узбекских народных сказках. Это говорит о

неразрывной связи человека и языка. Обсуждается этнолингвистика пословиц и поговорок

в системе притч. Кроме того, представленные идеи поясняются примерами, связанными

с устным народным творчеством.

Ключевые слова:

этнолингвистика, этнос, пословица, идиома, этническая

культура, паремиология.


background image

813

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Kirish (Introduction)

Parema- xalq og‘zaki ijodining mahsuli bo‘lib, ixcham va soda, qisqa va mazmundor,

mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan. Muayyan tilda mavjud bo’lgan maqol va matallar

paremalar tizimini tashkil etadi[10]. Bibish Jo‘rayeva o’zining ‘‘O‘zbek xalq paremalarning

sinonimlik lug‘ati’’ kitobida paremalar haqida quyidagi fikrlar aytilgan: ‘‘Biz paremalar nomi

ostida maqol, matal, maqol-matal tipdagi paremalar va aforizmlarni birlashtirishni lozim deb

topdik. Bu birliklarning barchasi pand-nasihat ifodalashga xoslanganligi bois ularni paremalar

deb nomlash maqsadga muvofiq. Ammo ayni paytda har bitta birlikning o‘ziga xos jihatlari ham

mavjud. Tilshunoslikda maqol va matallarni ma’no tomonidan chegaralash maqsadga

muvofiqdir, chunki ular berilayotgan xabarni ifodalash xarakteriga ko‘ra farq qiladi. Matal

nutqda axborot berish vositasi bo‘lsa, maqol shu axborotni jonli timsollarda yetkazish, uni

dallilash, isbotlash vositasi sifatida qo‘llanadi’’[5]. Paremalarda xalqning milliyligi va uning

madaniyati, urf-odat va qadryatlari, diniy e’tiqodlari namoyon bo`ladi.

Etnolingvistika- tilshunoslikning til vat il egasi bo‘lgan xalq orasidagi bog‘liqlikni hamda

munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi

ta’sirini o‘rganuvchi sohasi[7]. A.Hojiyev ‘‘Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati’’ kitobida

etnolingvistika haqida shunday ta’rif beradi: ‘‘Etnoligvistika- makrolingvistikaning til bilan xalq

o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik va etnik omillarning

o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi bo‘limi...’’[1]. Etnolingvistika tilning etnik jihati va etnosning

lingvistik xususiyatlarini ifodalash, ichki va millatlararo aloqalardagi etnolingvistik jarayonlar,

etnik jarayonlarning shakllanishi va faoliyatida tilning o‘rni, til va an’anaviy madaniyat,

tafakkurning etnik o‘ziga xosligi, dunyo tillarining etnolingvistik tasnifini ifodalaydi.

Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega bo‘lmagan xalqlarning etnografiyasini o‘rganishda,

ularning tillardagi etnik xususiyatlar bilan bog‘liq lisoniy materiaalarni to‘plash va tadqiq

qilishda qo‘l keladi.[8] U, asosan, ikki yo‘nalishda ish ko‘radi:

-

xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsifiy asosda o‘rganish;

-

xalqning etnolisoniy xususiyatini tavsiyaviy asosda o‘rganish.

Bunda birinchi maqsadni shartli ravishda tashqi va ikkinchisini ichki maqsad deyish

mumkin. Til jamiyat madaniyati va tarixining muhim qismi bo‘lib, u xaqlning qadryatlarini va

turmush-tarzini aks ettiradi. Etnoligvistika esa til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni

o‘rganib paremalar tizimidagi til birliklarini tahlil qiladi. Til va etnik xususiyat munosabati,

ularning bir-biriga ta’siri ikki yo‘sinda kechadigan jarayon:

-

etnik omil [ urf-odat, an’ana, falsafiy, diniy qarashalar va h.k ning ] til rivojiga ta’siri;

-

lisoniy omilning etnos [ va etnik xususiyat] rivojiga ta’siri [7].


background image

814

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

N.I.Tolstoy etnolingvistika haqida shunday deydi.. ‘‘keng ma’noda etnolingvistika

dialektologiya, folklor tili va tarixining tarixiy dialektologiya va xalqning madaniy-etnik tarixi

bilan bog‘liq qismini o‘z ichiga oladi’’ fikrlari bor (Tolstoy 1982, 398). Etnolingvistika maqol va

matallarni tahlil qilish orqali turli xalqlarning tili va madaniyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni , ijtimoiy

hayotini ochib beradi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Tilshunoslikda til va madaniyat, til va inson omili, til va tarix masalalariga dastlab V. fon

Gumboldt, А.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir, Boduen de Kurtene, А.А.Potebnya,

А.А.Shaxmatov kabi Yevropa va rus tilshunoslari e’tibor qaratgan. Dunyo tilshunosligida matnni

antropotsentrik paradigma asosida o‘rganish etnolingvistika, lingvistik semantika,

lingvokognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya, pragmatikaga oid tadqiqotlarda

ko‘zga tashlanadi.

Xususan, N.Xomskiy, U.Cheyf, B.A.Serebrennikov, L.V.Shcherba,Y.N.Stepanov,

I.R.Galperin N.I.Каraulov, N.I.Jinkin, А.А.Leontyev, J.Lakoff, А.Vejbiskaya, E.S.Kubryakova,

E.Rosh, V.P.Belyanin, V.Z.Demyankov, V.A.Maslova, М.Dridze, К.F.Sedov ,A.Nurmonov,

N.M.Mahmudov, E.А.Begmatov, Sh.Safarov, S.Boymirzayeva, I.Azimova kabi tilshunoslarning

ishlarida til tizimi antroposentrik tamoyillar asosida tadqiq etilgan[6]. Professor

N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…” nomli maqolasida

etnolingvistika, lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyatini va bu

boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib beriladi. Til sohasida omonimiyani o‘rganish

borasida bir nechta ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, odatda, omonimiya matnda

aniqlanadi (B.N. Golovin, A.M.Babkin, E.M.Galkina-Fedoruk, L.A.Bulaxovskiy, R.A.Budagov,

S.Axmanova, N.M.Shanskiy kabi), ammo ba’zi hollarda bu tushunishni qiyinlashtiradi.

L.V.Malaxovskiy “tabiiy tillarda omonimlarning mavjudligi zarur va tabiiy” deb hisoblaydi.

B.A.Plotnikov nisbatan barqaror va tilga mansub noaniqlik toifasiga omonimiyani kiritadi[2].

Maqol va matallarni qiyosiy-tipologik xususiyatlariga oid muammolar I.Begmurodov,

R.А.Latipova, I.K.Mirzaev, Ye.V.Ivanova, B.T.Kasharokov, V.V.Pavlov, Z.А.Yusupova,

Ye.А.Osheva, L.А.Babitova, O.Sh.Igbolov, M.Temirova, R.U.Majidova kabi olimlar tomonidan

tadqiq qilingan. Bu kabi ilmiy ishlar, maqol va matallar tadqiqotning nazariy jihatdan

mustahkam asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilshunoslari X.Аbdurahmonov,

G.N.Sindibaeva, N.B.Saparova, P.U.Bakirov, M.Djusupov, K.E.Аlibekova, Sh.Majitaeva,

B.Jo‘raeva, D.S.Turdalievalar maqol va matallarining qiyosiy, g‘oyaviy-badiiy, leksik, leksik-

stilistik, grammatik tahliliga bagʼishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borishgan[4].

Tahlil va natijalar (Analysis аnd results)

Paremalarning etnoligvistik xususiyatlari:


background image

815

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

1.Maqollar va matallarda xaqlning qadriyatlari, urf- odatlari, diniy e’tiqodlari aks etadi.

Masalan.. ‘‘

Amri padar- arshdan a’lo

’’

Arsh- diniy aqidalarga ko‘ra, Allohning taxti, Falakning eng yuqori qismidagi saroy.

Maqolda otaning so‘zi, amri, buyrug‘i ana shu arshdan ham ulug‘ deb ko‘rsatiladi va

farzandlarga otaning aytganini bajo keltirish lozimligi uqtiriladi.

‘‘Qizniki qiyin bilan bitar, o‘g‘ilniki o‘yin bilan bitar.’’

Ushbu maqolda xalqimiz turmushida hukm surib kelayotgan urf-odatlar, rasm-rusumlar,

tartib-qoidalarga binoan, qiz uzatish- o‘g‘il uylantirishga nisbatan ancha mushkul va ko‘p

mablag‘ talab qiladi.

‘‘Qalin bergandan keyin o‘lik kuyov ham tobutda yotmas.’’

Bu maqolning kelib chiqishi qadimiy urf-odatlardan biri bo‘lgan ‘‘Qalliq o‘ynash’’ deb

ataluvchi urf-odatga borib taqaladi. Mazkur maqolni aytarkanlar, ota-onalar, oila a’zolari yoxud

chet kishilar kuyovga qarata.. ‘‘Qalinku bir amallab to‘lab bo‘lindi, endi bor qallig‘ingni oldiga’’

demoqchi bo‘lganlar [9].

2.Turli tillardagi maqollarni taqqoslash orqali xalqlarning dunyoqarashi farqlari

o‘rganiladi. Masalan,

‘‘Ko‘pdan qut ketmas.’’

Ushbu maqol o‘zbek tilida jamoatchilik qadryati, birdamlikni ulug‘lash kuzatiladi, ingliz

tilidagi ‘‘

Too my cooks spoil the broth’’

esa individualizmga urg‘u beradi. Yoki o‘zbek tilidagi

‘‘Ko‘pning rizqi ko‘p’’

va ingliz tilidagi

‘‘Unity is strength’’

maqollari bir xil g‘oyani, ya’ni

birdamlikning ahamiyatini ifoda etgan. Bundan tashqari, o‘zbek maqollarida

‘‘non’’

obrazi

hallolik va baraka timsoli sifatida ko‘p uchraydi, ammo ingliz tilida esa

‘‘bread’’

ko‘proq

kundalik ehtiyojni ifodalaydi [3].

3.Paremalarda xalq tajribasi, avlod-ajdodlar saboqlari saqlanib qolgan. Masalan,

‘‘Bir

yigitga qirq hunar oz.’’

Bir so‘z bilan aytganda hunar o‘rganish- qon-qonimizga singib ketgan

qadriyat. Hunar-tuganmas xazina. Hunarli inson hech qachon xor bo‘lmaydi. Bu kabi maqollarda

xalqning,ota-bobolarimizning tajribalari yaqqol namoyon bo`ladi [9].

4.Har bir tilga xos obrazlar paremalarda yaqqol aks etadi. Masalan, bizning faqatgina

o‘zbek tilimizga xos bo‘lgan

‘‘qaynona’’

va

‘‘kelin’’

obrazlari maqollarda ko‘plab uchraydi [3].

‘‘Kelin bo‘ldim qaynonamga yoqmadim, qaynona bo‘ldim kelinimga yoqmadim’’

yoki

‘‘Qaynonaga tosh otsang tosh olasan, qaynonaga osh otsang odh olasan’’

kabi maqollarni misol

qilishimiz mumkin. Ushbu maqolda quda-andachilik, qaynona kelin munosabatlari yoritilgan.

5. Paremalarda diniy va e`tiqodiy omillar, ya’ni bunda etnolingvistik jihatdan tahlil

qilganda ko‘plab paremalar islomiy qadriyatlarga asoslanganligini ko‘rish mumkin. Masalan,

‘‘Zakotli mol o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas.’’

Zakot- musulmonlardan har yili olinadigan diniy

soliq bo`lib, islim shariatiga ko`ra, uni to‘lash farz, ya’ni majburiyatdir.


background image

816

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Islomiy aqidalarga binoan o‘z ehtiyojlaridan tashqari bir yilgacha sarf bo‘lmay kelgan 83

gramm oltin yoki 200gramm kumush miqdoridagi pulga yoki shu miqdoridagi savdo puliga ega

bo‘lgan kishi badavlatdir. Bu kishi esa ortiqcha boyligini qirqadan bir qismini zakot niyatida

berishi bu farz hisoblangan [9].

‘‘Kamtar kamolga yetar, besabr oyoqdan yitar.’’

Ushbu maqol islomiy qadriyatlar bilan

chambarchas bog`liqdir. Insonlarni har qanday qiyinchilik ortida huzur-halovat borligiga,

ularning barchasini sabr bilan yengib o‘tishga chorlaydi. Shoshqaloqlik esa insonni

muvaffaqiyatdan mahrum etadi. Bundan tashqari, kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi.

Islomda kamtarlik buyuk fazilat sanalib, Alloh taqvodor va kamtar kishilarni sevishini

bildiradi [10].

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

.

Xulosa qilib shuni ayta olamanki, paremalarning etnolingvistik tahlili ularning linvistik,

balki madaniy, ijtimoiy va tarixiy jihatlarini ham ochib beradi. O‘zbek paremalarida xalqning

turmush-tarzi, e’tiqod va urf-odatlari aks etganligi sababli, ularni o‘rganish o‘zbek malqining

ma’naviy merosini chuqurroq bilishga chorlaydi.

REFERENCES

1.

A.Ҳожиев Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –

Б.178.

2.

Артеменко М., Фольклорное текстообразование и этнический менталитет

//Традиционная культура. Научный альманах. 2001. №2 (4). С. 11-17.

3.

Fayziyeva, A.X. (2024). Maqollarni o‘rganish bilan lingvokulturologik yondashuv.

Worldly knowledge, 9-son, 626-627-628. www.worldlyjournals.com.

4.

Гумбольдт В. Язык и философия культуры. - М., 1985. – 452 c

5.

Jo‘rayeva.B.M. O‘zbek xalq paremlarning sinonimlik lug‘ati.- Toshkent: ‘‘Kafolat print

company’’ nashriyoti, 2023. -B.7.

6.

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM

TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.

PEDAGOGS

jurnali

,

1

(1), 163-163.

7.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR

O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Scientific progress

,

2

(7), 1109-1113.

8.

Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры

воспитанников

дошкольных

образовательных

учреждений.

Вестник

магистратуры,(3-3 (102))

, 113-114.


background image

817

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

9.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("

Alpomish" dostoni misolida).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

10.

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В

ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The

Example of the Epic “Alpomish”).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

12.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI

TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

44

(44).

13.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

14.

Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE

DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION

SYSTEM.

THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN

WORLD

,

3

(1), 21-29.

References

A.Ҳожиев Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б.178.

Артеменко М., Фольклорное текстообразование и этнический менталитет //Традиционная культура. Научный альманах. 2001. №2 (4). С. 11-17.

Fayziyeva, A.X. (2024). Maqollarni o‘rganish bilan lingvokulturologik yondashuv. Worldly knowledge, 9-son, 626-627-628. www.worldlyjournals.com.

Гумбольдт В. Язык и философия культуры. - М., 1985. – 452 c

Jo‘rayeva.B.M. O‘zbek xalq paremlarning sinonimlik lug‘ati.- Toshkent: ‘‘Kafolat print company’’ nashriyoti, 2023. -B.7.

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 163-163.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI. Scientific progress, 2(7), 1109-1113.

Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры,(3-3 (102)), 113-114.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The Example of the Epic “Alpomish”). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 3(1), 21-29.