Authors

  • Sobir Safarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.79425

Keywords:

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot xorijiy tajriba korporativ boshqaruv moliyaviy shaffoflik investitsiyalar xalqaro standartlar moliyaviy hisobot.

Abstract

Ushbu maqolada konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha xorijiy tajriba va uning Respublikamiz iqtisodiyotida qo'llanilishi istiqbollari tahlil qilinadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, korporativ guruhning umumiy moliyaviy holatini ko'rsatib beruvchi muhim vositadir. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi, xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan davlatlarning hisobot tizimlari, moliyaviy shaffoflikni ta'minlash va investorlarga aniq ma'lumot yetkazish borasida yuqori samaradorlikka ega ekanligi ko'rsatilgan. Mazkur tajribalarni o'rganish va tatbiq etish orqali mamlakatimiz korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy bozorni rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Respublikamizda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklar va ularni hal qilish bo'yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Mazkur tahlillar va tavsiyalar respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

background image

914

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISHNING CHET

MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA UNDAN MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTIDA

JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Safarov Sobir Ixtiyor o‘g‘li

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Safarovsobir@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227480

Annotatsiya.

Ushbu maqolada konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha

xorijiy tajriba va uning Respublikamiz iqtisodiyotida qo'llanilishi istiqbollari tahlil qilinadi.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, korporativ guruhning umumiy moliyaviy

holatini ko'rsatib beruvchi muhim vositadir. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi, xususan, AQSh,

Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan davlatlarning hisobot tizimlari, moliyaviy shaffoflikni

ta'minlash va investorlarga aniq ma'lumot yetkazish borasida yuqori samaradorlikka ega

ekanligi ko'rsatilgan. Mazkur tajribalarni o'rganish va tatbiq etish orqali mamlakatimiz

korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy bozorni rivojlantirish va xalqaro

investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada

Respublikamizda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklar va

ularni hal qilish bo'yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Mazkur tahlillar va tavsiyalar

respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, xorijiy tajriba korporativ

boshqaruv, moliyaviy shaffoflik, investitsiyalar, xalqaro standartlar, moliyaviy hisobot.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ СОСТАВЛЕНИЯ КОНСОЛИДИРОВАННОЙ

ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВЫ ЕГО ВНЕДРЕНИЯ В

ЭКОНОМИКУ НАШЕЙ СТРАНЫ

Аннотация.

В данной статье анализируется зарубежный опыт составления

консолидированной финансовой отчетности и перспективы ее применения в экономике

нашей республики. Консолидированная финансовая отчетность является важным

инструментом для определения общего финансового состояния корпоративной группы.

Опыт зарубежных стран, в частности, систем отчетности США, ЕС и других

развитых стран, показал высокую эффективность в обеспечении финансовой

прозрачности и доведении до инвесторов точной информации. Изучая и применяя данный

опыт,

будут

проанализированы

возможности

совершенствования

системы

корпоративного управления страны, развития финансового рынка и привлечения

международных инвестиций. Также в статье рассматриваются трудности внедрения

консолидированной финансовой отчетности в нашей республике и рекомендации по их


background image

915

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

решению также цитируется. Данные анализы и рекомендации будут иметь важное

значение для устойчивого развития экономики республики.

Ключевые слова:

Консолидированная финансовая отчетность, зарубежный опыт

корпоративного управления, финансовая прозрачность, инвестиции, международные

стандарты, финансовая отчетность.

FOREIGN EXPERIENCE OF PREPARING CONSOLIDATED FINANCIAL

STATEMENTS AND PROSPECTS FOR IMPLEMENTING THEM IN OUR

COUNTRY'S ECONOMY

Abstract.

This article analyzes foreign experience in the formation of consolidated

financial statements and the prospects for its application in the economy of our Republic.

Consolidated financial reporting is an important tool that indicates the general financial

condition of a corporate group. The experience of foreign countries, in particular the reporting

systems of the United States, the European Union and other developed countries, has been

shown to be highly efficient in ensuring financial transparency and communicating accurate

information to investors. Through the study and implementation of these experiences, the

possibilities of improving the corporate management system of our country, developing the

financial market and attracting international investments are analyzed. Also in the article, the

difficulties in introducing consolidated financial statements in our Republic and

recommendations for their solution also cited. These analyzes and recommendations are

important in the sustainable development of the Republic's economy.

Keywords:

Consolidated financial statements, foreign experience corporate governance,

financial transparency, investments, international standards, financial statements.

Kirish.

Respublikamiz global iqtisodiy integratsiya va xalqaro bozorlarga chiqish jarayonlari korporativ

boshqaruv va moliyaviy hisobot standartlarining uyg’unlashtirish talab qilmoqda. Bu

jarayonda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot (KMH) muhim ahamiyat kasb etadi.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bir guruh kompaniyalarning moliyaviy holati va

natijalarini birlashtirib, umumiy ko'rinishda taqdim etadi. Bu hisobotlar xalqaro investorlarga

korporativ guruhning umumiy moliyaviy holati va faoliyat natijalari haqida to'liq va aniq

ma'lumot beradi. Xorijiy davlatlar, ayniqsa AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari,

konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish va qo'llash borasida katta tajribaga ega. Bu

mamlakatlarda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IAS/IFRS) va AQShning

moliyaviy hisobot standartlari (GAAP) asosida ishlash moliyaviy shaffoflikni oshiradi


background image

916

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

va investitsion muhitni yaxshilaydi. Ularning tajribasi moliyaviy hisobotni tuzish va

boshqarishda yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va xalqaro moliyaviy

bozorga integratsiyalashuv jarayonida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish va tatbiq

etishning ahamiyati ortib bormoqda. Mazkur maqolada xorijiy tajriba asosida

konsolidatsiyalashgan

moliyaviy

hisobottuzishning

asosiy

jihatlari

va

ularning

mamlakatimizsharoitida qo'llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, respublikamizda

konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot joriy etishdagi muammolar va ularni hal qilish

bo'yicha tavsiyalar beriladi. Bu jarayon respublikamiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish

va xalqaro investitsiyalarni jalb etishda muhim omil bo'lishi mumkin.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar -bu guruh kompaniyalarining yani Bosh

korxona vauning tarkibidagisho’ba korxonalarining moliyaviy ko'rsatkichlarini birlashtirib,

umumiy bir hisobotda aks ettirish jarayonidir.

Ushbu hisobotlar kompaniyaning moliyaviy holatini yaxlit ko'rinishda ko'rsatadi va

aksiyadorlar, investorlar hamda boshqa manfaatdor tomonlarni muhim va ishonchliaxborotlar

bilanta’minlaydi. Xorijiy tajriba asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlartuzishning

samaradorligi va uning respublikamiz iqtisodiyotidagi potensiali ko'rib chiqiladi.Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlari (IFRS)ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda

konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlartuzishda qo'llaniladi. Bu standartlar moliyaviy

ma'lumotlarning aniqligi va oshkoraligini ta'minlaydi.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar afzalliklari

xalqaro investitsiyalarni jalb qilish osonlashadi

moliyaviy hisobotlarning shaffofliginioshiradi

taqqoslanishi ta'minlanadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh)umumiy qabul qilingan buxgalteriya prinsiplari

(GAAP)ni Qo'llash uchunAQShda korxonalarkonsolidatsiyalashganmoliyaviyhisobottuzishda

GAAPni qo'llaydivaGAAP standartlari qat'iy va aniq qoidalarga asoslangan.Uning yaxshi

tarafi moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va aniqligi ta'minlanadi, aksiyadorlar va investorlar

uchun to'liq va aniq ma'lumotlar taqdim etiladi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari konsolidatsiyalashganmoliyaviyhisobottuzishda moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) asosida tuzadilar. Yevropa bo'ylab moliyaviy

hisobotlarning bir xil formatda bo'lishi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi. Buni

afzalligiyevropa bozorlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun yagona moliyaviy til

yaratadi, iqtisodiy integratsiyani mustahkamlaydi.


background image

917

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Angliya moliyaviy hisobot sohasida boy va rivojlangan tajribaga ega bo'lib,

moliyaviy hisobotningxalqaro standartlari (IFRS) va mahalliy GAAP (Generally Accepted

Accounting Principles) asosida ishlaydi. Angliyaning moliyaviy hisobot tizimi moliyaviy

shaffoflik va investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar bilan ajralib

turadi.Angliya kompaniyalari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda quyidagi

asosiy jihatlarni hisobga oladi:

Xalqaro Standartlarga Muvofiqlik: Angliya korporatsiyalari, ayniqsa, Londondagi

London fond birjasida ro'yxatga olingan kompaniyalar, IFRS talablariga qat'iy rioya qiladi. Bu

xalqaro investorlarga kompaniyaning moliyaviy holati haqida aniq va ishonchli

ma'lumot taqdim etadi.Moliyaviy Shaffoflik: Moliyaviy hisobotlarning shaffofligi

investorlarga qaror qabul qilishda yordam beradi. Angliyada konsolidatsiyalashgan

moliyaviy hisobotlar kompaniyaning barcha filiallari va sho'ba korxonalari faoliyatini

birlashtirgan holda, moliyaviy holat va natijalarni aniq aks ettiradi.Auditorlik va

tekshirishdaAngliyaning moliyaviy hisobot tizimi kuchli auditorlik va nazorat

mexanizmlariga ega. Mustaqil auditorlar kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini

tekshiradi va bu orqali ma'lumotlarning ishonchliligi va to'g'riligi ta'minlanadi.Axborot

texnologiyalari Angliyada moliyaviy hisobotlarni tuzishda zamonaviy axborot texnologiyalari

keng qo'llaniladi. Bu hisobotlarning aniq va tezkor tayyorlanishiga yordam beradi.Regulyativ

Organlar: Angliyada Financial Reporting Council (FRC) kabi regulyativ organlar moliyaviy

hisobot standartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi va bu jarayonda kompaniyalarga maslahat

va yo'riqnoma beradi. Angliyaning moliyaviy hisobot tuzish tajribasi Respublikamizuchun bir

qancha qimmatli saboqlar beradi. Bu tajribalarni o'rganish va tatbiq etish orqali

Respublikamizda ham moliyaviy shaffoflikni oshirish, investorlar uchun ishonchli axborot

taqdim etish va xalqaro moliyaviy bozorga chiqishda muvaffaqiyatga erishish

mumkinbo’ladi. Shuningdek, auditorlik tizimini mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni

joriy etish orqali moliyaviy hisobotlarning sifatini oshirish ham muhimdir.

Respublikamiz iqtisodiyotida foydalanish istiqbollariyani xorijiy investitsiyalarni jalb

qilishuchun Respublikamizdagi korxonalarmoliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga

mos ravishda tuzishi, moliyaviy hisobotning xalqarostandartlariga mos keluvchi

konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobottuzish orqali xorijiyinvestorlarga o'zlarini yanada

ishonchli va jozibador ko'rsatishi mumkin bo’ladi. Bunday hisobot oshkoralik va

hisobotlarning taqqoslanishi ortib, investitsiya muhitini yaxshilaydi. Moliyaviy shaffoflikni

oshirishda konsolidatsiyalashga moliyaviy hisobotning muhimligi aksiyadorlar va investorlar

uchun muhim omil hisoblanadiMoliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (IFRS) ning


background image

918

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

qo'llanilishikorporativ boshqaruvning samaradorligini oshiradihamda to'g'ri va aniq

moliyaviy ma'lumotlar asosida qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

Xorijiy tajriba ko'rsatganidek, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar xalqaro

moliyaviy standartlarga mos kelishi juda muhim. Respublikamiz iqtisodiyotida

konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni qo'llash orqali xalqaro investitsiyalarni jalb qilish,

moliyaviy shaffoflikni oshirish va korporativ boshqaruvni yaxshilash mumkin. Shu orqali

iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda iqtisodiy o'sishga erishish

istiqbollari ancha yuqori bo'ladi.

Xulosa.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishning xorij tajribasidan o'rgangan va

undan Respublikamiziqtisodiyotida foydalanish istiqbollari tahlili, bir nechta muhim

omillarni ko’rsatdi.

Xalqaro investorlarni jalb etish uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning

qo'llanilishi xorijiy investorlarni jalb qilish va xorijiy investitsiyalarni ko'paytirishda

muhim rol o'ynaydi. Aniq va ishonchli moliyaviy axborot kompaniyalarning xalqaro

bozorlar va fond birjalariga kirishini osonlashtiradi.

Moliyaviy shaffoflik va hisobdorlikni oshirishuchunkonsolidatsiyalashgan moliyaviy

hisobottuzilishi korxonalaruchun moliyaviy shaffoflik va ishonchlilikni oshiradi. Bu

moliyaviy hisobotlar investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ishonchli

axborot manbai bo'lib, korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash va iqtisodiy barqarorlikni

ta'minlash imkonini beradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash orqali hisobotlarni avtomatlashtirish va

optimallashtirish jarayonlarini tezkorlashtirish mumkin. Bu esa korporativ boshqaruv

organlarining moliyaviy ma'lumotlarga tez va to'g'ri kirishini ta'minlashda yordam beradi.

Moliyaviy bozorni rivojlantirishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobottuzilishi

orqali Respublikamiz moliyaviy bozori ham rivojlanadi. Moliyaviy shaffoflik va

ishonchlilik oshgani sari, investorlar uchun xavfsizlik darajasi ham ortadi. Bu esa mahalliy fond

bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlar yaratish va kapital bozorini

kengaytirish imkonini beradi.

Mahalliy qonunchilikni takomillashtirishda xorijiy tajribadan o'rganib, mahalliy

moliyaviy hisobot standartlari va qonunchilikni takomillashtirish mumkin. Shu bilan birga,

moliyaviy hisobotlarning sifatini oshirish va ularning xalqaro miqyosda tan olinishi ta'minlanadi.

Barcha ushbu istiqbollar Respublikamizda iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim

ahamiyatga ega bo'lib, moliyaviy bozorlarni rivojlantirish, investitsiyalar oqimini kengaytirish

va korporativ boshqaruv standartlarini yuqori darajada takomillashtirishda yordam beradi.


background image

919

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ–4611-son

«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi Qarori.

2.

Алиев Зубайир Магомеддибирович “Формирование консолидированной финансовой

отчетности холдингов в соответствии с международными стандартами финансовой

отчетности”Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата

экономических наук 28 c24.11.2011-Москва

3.

Мандрощенко

Виктор

Михайлович“Оптимизация

процесса

формирования

консолидированной финансовой отчетности” Автореферат диссертации на

соискание ученой степени кандидата экономических наук 24c31.10.2013-

МоскваAliyev.B.X., Musayeva X.M. (2013) Налоговые системы: учебник. М.:

ЮНИТИ-ДАНА,

4.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar to‘plami.

5.

Голиков Виктор Михайлович “Организация и методика аудита консолидированной

финансовой отчетности, составленной в соответствии с мсфо” Автореферат

диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук 26c2007-

Москва.

6.

D.E.Norbekov, A.N.Toraev, Sh.Sh.Rakhmonov. International standards of

financial reporting. Education manual . T.: Economy and finance , 2019. -332 p.

7.

Chorshanbiev, U., & Obaydullaeva, G. (2023). THE ROLE OF DIVERSIFICATION IN

IMPROVING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF ENTERPRISES. Modern Science and

Research, 2(12), 1270-1273.

8.

Umurzak, C., & Lobar, M. (2023). TRENDS IN IMPROVING THE ECONOMIC

SECURITY OF THE ENTERPRISE. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY

SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(9), 6-10.

9.

Shahnoza, K., Umurzak, C., & Azamat, Z. (2023). The Significance of Artificial

Intelligence in the Development of Science, Education and the Digital Economy. Best

Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(11), 88-92.

10.

Chorshanbiev, U., & Guzalxon, O. (2023). INNOVATION DEVELOPMENT

STRATEGIES IN ENSURING THE COMPETITIVENESS OF INDUSTRIAL

ENTERPRISES. Modern Science and Research, 2(12), 1274-1277

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ–4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori.

Алиев Зубайир Магомеддибирович “Формирование консолидированной финансовой отчетности холдингов в соответствии с международными стандартами финансовой отчетности”Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук 28 c24.11.2011-Москва

Мандрощенко Виктор Михайлович“Оптимизация процесса формирования консолидированной финансовой отчетности” Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук 24c31.10.2013-МоскваAliyev.B.X., Musayeva X.M. (2013) Налоговые системы: учебник. М.: ЮНИТИ-ДАНА,

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar to‘plami.

Голиков Виктор Михайлович “Организация и методика аудита консолидированной финансовой отчетности, составленной в соответствии с мсфо” Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук 26c2007-Москва.

D.E.Norbekov, A.N.Toraev, Sh.Sh.Rakhmonov. International standards of financial reporting. Education manual . T.: Economy and finance , 2019. -332 p.

Chorshanbiev, U., & Obaydullaeva, G. (2023). THE ROLE OF DIVERSIFICATION IN IMPROVING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF ENTERPRISES. Modern Science and Research, 2(12), 1270-1273.

Umurzak, C., & Lobar, M. (2023). TRENDS IN IMPROVING THE ECONOMIC SECURITY OF THE ENTERPRISE. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(9), 6-10.

Shahnoza, K., Umurzak, C., & Azamat, Z. (2023). The Significance of Artificial Intelligence in the Development of Science, Education and the Digital Economy. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(11), 88-92.

Chorshanbiev, U., & Guzalxon, O. (2023). INNOVATION DEVELOPMENT STRATEGIES IN ENSURING THE COMPETITIVENESS OF INDUSTRIAL ENTERPRISES. Modern Science and Research, 2(12), 1274-1277