ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
996
XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY
HISOBOT TUZISHNING DOLZARB MUAMMO VA YECHIMLARI
Safarov Sobir O‘rol o‘g‘li
Bank-moliya akademiyasi magistranti
Телефон:+998-90-825-97-01.
Safarovsobir@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15237768
Annotatsiya.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni va xalqaro integratsiyalashuvida
korxonalarning moliyaviy hisobotlari milliy standartlar asosida tuzilib, xalqaro standartlarga
transformatsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu sababli, xalqaro standartlar asosida
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot 35 tuzishning muammo va yechimlari, ularning
shakllari va tuzish tartibi bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobi milliy standartlari, buxgalteriya
hisobining
xalqaro
standartlari,
moliyaviy
hisobotning
xalqaro
standartlari,
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot.
CURRENT PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PREPARATION OF CONSOLIDATED
FINANCIAL STATEMENTS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS
Abstract.
In the process of modernization and international integration of the economy,
the financial statements of enterprises are compiled on the basis of national standards and the
process of transformation to international standards is carried out. Therefore, information is
provided on the problems and solutions of compiling consolidated financial statements on the
basis of international standards, their forms and the procedure for compiling them.
Keywords:
financial statements, national accounting standards, international accounting
standards, international financial reporting standards, consolidated financial statements.
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ ПРИ ПОДГОТОВКЕ
КОНСОЛИДИРОВАННОЙ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ НА ОСНОВЕ
МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ
Аннотация.
В процессе модернизации и международной интеграции экономики
финансовая отчетность предприятий составляется на основе национальных
стандартов и трансформируется в международные стандарты. Таким образом,
представлена информация о проблемах и решениях при составлении консолидированной
финансовой отчетности по международным стандартам, ее формах и порядке
составления.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
997
Ключевые
слова:
финансовая
отчетность,
национальные
стандарты
бухгалтерского
учета,
международные
стандарты
бухгалтерского
учета,
международные стандарты финансовой отчетности, консолидированная финансовая
отчетность.
Ma’lumki, iqtisodiyotni ustuvor xo‘jalik rivojlantirish yо‘nalishi yurituvchi va
subyektlarda liberallashtirishning bо‘yicha “xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu
jumladan yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yо‘li
bilan, puxta о‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishini davom etish, jalb qilingan
xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish” yо‘llari muhim hisoblanadi.
Shuningdek, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan korporativ boshqaruv tizimidagi
subyektlarda 2015 yildan boshlab milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni
xalqaro standartlarga transformatsiya qilish hamda uni auditning xalqaro standartlari bо‘yicha
auditorlik tekshiruvidan о‘tkazib, uni nashr qilish majburiyati belgilangan edi.
Xо‘jalik subyektlari faoliyati tо‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni tuzishdan asosiy
maqsad investorlar, kreditorlarning va boshqa foydalanuvchilarning qiziqishini ortishiga katta
zamin yaratadi.
Bu bо‘yicha muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 14 fevraldagi 4611- sonli Qaroriga
asosan, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish lozimligi belgilangan.
Yirik soliq tо‘lovchi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini shо‘ba korxonalar har yili
moliyaviy hisobot shakllarini tuzish maqsadida bosh korxona ma’lumotlari yig‘ma shaklda
tuzishni belgilab beradi. Buning natijasida bosh korxona shо‘ba korxonalar moliyaviy
hisobotlarini yig‘ib, har chorak va yillik hisobotlarni yig‘ib konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobotlarni tuzadilar. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot deganda xо‘jalik yurituvchi
subyektlarning shо‘ba va qaram tashkilotlari moliyaviy hisobotlarini jamlab, yagona holatda
yig‘ma hisobot tuzish hamda umumlashgan holda yuqori turuvchi organga taqdim etiladigan
moliyaviy hisobotdir.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhigabosh
kompaniya hamda u tomonidan nazorat qilinadigan barcha shо‘ba kompaniyalar kiradi.
Konsolidatsiyalashning
umumiy
qoidalari.
10-son
MHXSga
muvofiq
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishda kompaniya aktivlar, majburiyatlar, kapital,
daromad va xarajatlarning (bir xil bо‘lgan) analogik moddalarini qо‘shib chiqish yо‘li bilan bosh
va shо‘ba tashkilotlar moliyaviy hisobotlarini har bir satr bо‘yicha konsolidatsiyalaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
998
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot yagona iqtisodiy tashkilot sifatidagi guruh
tо‘g‘risida moliyaviy axborotlarni taqdim eta olishlari uchun quyidagi harakatlarni amalga
oshiriladi:
1.
Bosh kompaniyaning har bir shо‘ba korxonaga investitsiyalarining balans qiymati va
bosh kompaniyaga taalluqli bо‘lgan har bir shо‘ba korxona kapitali qismi eliminatsiyalanadi
(ya’ni о‘zaro chiqarilib tashlanadi);
2.
birlashishi natijasida gudvil yuzaga kelishi mumkin, qaysiki moliyaviy holat tо‘g‘risidagi
konsolidatsiyalashgan hisobotda alohida satrdaaks ettiriladi;
3.
hisobot davri uchun konsolidatsiyalanadigan shо‘ba kompaniyalar foyda va zararlardagi
nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi aniqlanadi;
4.
konsolidatsiyalashadigan shо‘ba kompaniyalar sof aktivlaridagi nazorat qilinmaydigan
qatnashish hissasi bosh kompaniya aksiyadorlari kapitalidan alohida kо‘rsatiladi. Sof aktivlarda
nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi tarkibtopadi:
5.
biznesni birlashtirish sanasida shо‘ba kompaniyalar sof aktivini nazorat qilmaydigan
qatnashish hissasi;
6.
xarid qilish momentida hisobot sanasiga qadar shо‘ba kompaniya kapitali о‘zgarishidagi
nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasi.
Guruh kompaniyalari о‘rtasida mavjud bо‘lgan guruh ichidagi qoldiqlar, operatsiyalar,
daromadlar va xarajatlar tо‘liq chiqarilib tashlanishi kerak. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobot tuzishda bosh kompaniya va shо‘ba kompaniyalar moliyaviy hisobotlari bir hisobot
sanasida tuzilgan bо‘lishi shart. Agar bosh kompaniyaning hisobot sanasi shо‘ba kompaniyaning
hisobot sanasidan farq qilsa 10-son MHXSga muvofiq shо‘ba kompaniya bosh kompaniyaning
hisobot sanasiga qо‘shimcha moliyaviy hisobot tuzishi talab etiladi.
10-son MHXS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” MHXSga muvofiq
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish prinsiplarini belgilaydi. 10 son MHXS 2011 yil
may oyida nashr ettirilgan. 10-son MHXS 27-son BHXS “Konsolidatsiyalashgan va alohida
moliyaviy hisobot” standartining konsolidatsiya bо‘yicha qismini almashtiradi. Ushbu standart
quyidagi 5 ta Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar (MHXS) lar bilan bog‘liq bо‘lib,
ularning birining qо‘llanilishi boshqasining ham qо‘llanilishini taqozo qiladi:
11-son MHXS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” 11-son MHXS “Qо‘shma
faoliyat”;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
999
12-son MHXS “Boshqa kompaniyalarga qatnashish hissasi tо‘g‘risidagi axborotlarni
ochiqlash”;
27-son BHXS “Alohida moliyaviy hisobot”
28-son BHXS “Qaram tadbirkorlik subyektlaridagi va qо‘shma korxonalardagi
investitsiyalar”.
10-son MHXS asosida Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot (consolidated financial
statements) bosh kompaniyalar guruhining moliyaviy hisoboti bо‘lib, qaysiki bosh kompaniya va
shо‘ba kompaniyalarning aktivlari, majburiyatlari, kapital, daromad va xarajatlar, pul oqimlari
yagona kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromad va xarajatlari sifatida taqdim
etiladi va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga ta’sirini kо‘rib chiqmaydi
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat tо‘g‘risidagi hisobot (KMH). Moliyaviy holat
tо‘g‘risida KMH tuzishdan oldin quyidagi bosqichlardagi ishlar amalga oshiriladi:
1.
bosqich. Shо‘ba kompaniyasi (SHK) xarid sanasida va hisobot sanasida sof aktivlari (SA)
qiymatini hisoblash.
2.
bosqich. Gudvil hisobi.
3.
bosqich. Nazorat qilinmaydigan qatnashish hissasini (NQQH) hisoblash.
4.
bosqich. Guruhning taqsimlanmaydigan foydasi (GrTF)ni hisoblash Guruhning
taqsimlanmagan foydasi moliyaviy holat tо‘g‘risidagi konsolidatsiyalashgan hisobotning kapital
bо‘limida aks ettiriladi.
5.
bosqich. Guruhning qayta baholash rezervi (QBR).
Yuqoridagi 5 bosqichdagi hisob-kitoblar amalga oshirilgandan sо‘ng umumiy qoidaga
muvofiq bosh kompaniya va shо‘ba kompaniyalarning aktiv va majburiyatlari satrlar bо‘yicha
korrektirovkalarni hisobga oligan holda jamlash orqali moliyaviy holat tо‘g‘risida
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuziladi. Shu bois, aksiyadorlar manfaatlarini
qanoatlantirish maqsadida har qanday bosh kompaniya о‘zining hisobotidan tashqari alohida
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini tuzishlari talab etiladi. Konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh kompaniya hamda u tomonidan
nazorat qilinadigan barcha shо‘ba kompaniyalar kiradi. Agar kompaniya bosh kompaniya
tomonidan nazorat qilinsa, u holda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot bu kompaniyalarning
faoliyat turlaridagi mavjud farqlardan qat’iy nazar tuziladi. Shunday qilib konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotlar asosida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishda xalqaro standartlarni
qо‘llash ularni yanada sifatini oshirishga olib keladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1000
REFERENCES
1.
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli
Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4611-sonli qarori.
3.
Nasreddinov S.S. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobottuzishning nazariy va
uslubiy masalalari (“Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi misolida) iqtisod fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati, Toshkent: 2004. -22 b.;
4.
International Financial Reporting and Analysis, 4 Edition. D.Alexander, A.Britton,
A.Jorissen. 2009. P.
5.
Xo‘jabekov
N.B.
Biznesni
birlashtirishda
konsolidatsiyalashgan
moliyaviy
takomillashtirish. Iqtisod fanlari hisobotlarni nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
dissertatsiya avtoreferati. – T., 2009. – 22 b.
6.
Ковалев В.В., Ковалев Вит.В. Анализ баланса. 3-е изд., перераб. и доп. – М.:
Проспект, 2016. – 317 с.
7.
Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisodiyot” nashriyoti 2019. –
227 b.
8.
Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisodiyot” nashriyoti 2019. –
227 b.
9.
Chorshanbiev, U., & Guzalxon, O. (2023). INNOVATION DEVELOPMENT
STRATEGIES IN ENSURING THE COMPETITIVENESS OF INDUSTRIAL
ENTERPRISES. Modern Science and Research, 2(12), 1274-1277.
10.
Umurzak, C., & Lobar, M. (2023). TRENDS IN IMPROVING THE ECONOMIC
SECURITY OF THE ENTERPRISE. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY, 1(9), 6-10.
