Authors

  • Abdulxay Abdumutalibov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80090

Keywords:

xususiy harbiy kompaniyalar peltastlar loxoslar yollanish.

Abstract

Maqolada yollanma askarlikning asosiy rivojlanish bosqichlaridagi roli tahlil qilinadi. Tarixiy misollar shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi bosqichda yollanma askarlik professional askarning paydo bo‘lishiga, serjant va ofitser kadrlarning shakllanishiga, taktika, strategiya, harbiy san’at va harbiy qurilish amaliyotining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi bosqich oxiriga kelib, yollanma askarlik XXI asrda armiyani to‘ldirishning keng tarqalgan usullaridan biriga - shartnoma asosidagi xizmatga aylangani qayd etiladi. Yevropa davlatlari shakllanishining dastlabki davrida, bu davlatlarning byudjeti o‘z muntazam qurolli kuchlarini saqlashga imkon bergunga qadar, yollanma armiyalar eng ko‘p talab qilingan, degan xulosaga kelish mumkin. O‘z taraqqiyotining ikkinchi bosqichida, XX asr o‘rtalarida yollanma askarlikning ma’lum darajada qayta jonlanishi yuz bergani kuzatilgan. Bu holat asosan sovuq urush davri va mustamlakachilik tizimining parchalanishi jarayonida G‘arb davlatlarining ta’sir doiralari kengaytirish uchun kurashi bilan bog‘liq bo’lgan. Xususiy harbiy kompaniyalar (Private Military Companies) va maxsus xizmatlar o‘rtasidagi uzviy aloqa aynan shu davrda namoyon bo‘lganini ta’kidlash mumkin. AQShning xususiy harbiy kompaniyalar ko‘rinishidagi yollanma askarlikni yanada rivojlantirish va uni tashqi siyosat vositalaridan biriga aylantirishdagi yetakchi rolini ham ko‘rib chiqamiz. Maqolada Xususiy harbiy kompaniyalar sonining o‘sish tendensiyalari va ularning yirik korporatsiyalarga birlashishi globallashuv jarayonlari hamda davlatning an’anaviy vazifalarining bir qismini xususiy biznesga o‘tkazish jarayoni boshlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi ta’kidlangan. Xususiy harbiy kompaniyalarga ham davlatlar, ham transmilliy biznes tuzilmalari qiziqish bildirmoqda, degan xulosaga kelish mumkin. Xususiy harbiy kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan qonuniylashtirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar va ushbu salbiy oqibatlarning oldini olish uchun zarur shart-sharoitlar haqidagi xulosalar asoslab berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

962

YOLLANMA ASKARLIK VA YOLLANMA QO’SHINLARNING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI

Abdumutalibov Abdulxay Ikromjon o’g’li

O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15237558

Annotatsiya.

Maqolada yollanma askarlikning asosiy rivojlanish bosqichlaridagi roli

tahlil qilinadi. Tarixiy misollar shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi bosqichda yollanma askarlik

professional askarning paydo bo‘lishiga, serjant va ofitser kadrlarning shakllanishiga, taktika,

strategiya, harbiy san’at va harbiy qurilish amaliyotining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir

ko‘rsatgan. Birinchi bosqich oxiriga kelib, yollanma askarlik XXI asrda armiyani to‘ldirishning

keng tarqalgan usullaridan biriga - shartnoma asosidagi xizmatga aylangani qayd etiladi.

Yevropa davlatlari shakllanishining dastlabki davrida, bu davlatlarning byudjeti o‘z muntazam

qurolli kuchlarini saqlashga imkon bergunga qadar, yollanma armiyalar eng ko‘p talab

qilingan, degan xulosaga kelish mumkin. O‘z taraqqiyotining ikkinchi bosqichida, XX asr

o‘rtalarida yollanma askarlikning ma’lum darajada qayta jonlanishi yuz bergani kuzatilgan. Bu

holat asosan sovuq urush davri va mustamlakachilik tizimining parchalanishi jarayonida G‘arb

davlatlarining ta’sir doiralari kengaytirish uchun kurashi bilan bog‘liq bo’lgan. Xususiy harbiy

kompaniyalar (Private Military Companies) va maxsus xizmatlar o‘rtasidagi uzviy aloqa aynan

shu davrda namoyon bo‘lganini ta’kidlash mumkin. AQShning xususiy harbiy kompaniyalar

ko‘rinishidagi yollanma askarlikni yanada rivojlantirish va uni tashqi siyosat vositalaridan

biriga aylantirishdagi yetakchi rolini ham ko‘rib chiqamiz.

Maqolada Xususiy harbiy kompaniyalar sonining o‘sish tendensiyalari va ularning yirik

korporatsiyalarga birlashishi globallashuv jarayonlari hamda davlatning an’anaviy

vazifalarining bir qismini xususiy biznesga o‘tkazish jarayoni boshlanishi bilan o‘zaro

bog‘liqligi ta’kidlangan. Xususiy harbiy kompaniyalarga ham davlatlar, ham transmilliy biznes

tuzilmalari qiziqish bildirmoqda, degan xulosaga kelish mumkin. Xususiy harbiy kompaniyalar

faoliyatini davlat tomonidan qonuniylashtirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy

oqibatlar va ushbu salbiy oqibatlarning oldini olish uchun zarur shart-sharoitlar haqidagi

xulosalar asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

xususiy harbiy kompaniyalar, peltastlar, loxoslar, yollanish.

STAGES OF DEVELOPMENT OF MERCENARY MILITARY SERVICE AND

MERCENARY ARMIES


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

963

Abstract.

The article analyzes the role of the mercenary in the main stages of

development. Historical examples show that at the first stage, mercenary service had a decisive

influence on the emergence of professional soldiers, the formation of sergeant and officer

personnel, and the development of tactics, strategy, military art, and military construction

practice. By the end of the first stage, it is noted that mercenary service has become one of the

most widespread methods of replenishing the army in the 21st century - contract service. It can

be concluded that in the early period of the formation of European states, mercenary armies

were most in demand, until the budgets of these states allowed them to maintain their regular

armed forces. In the second stage of its development, in the middle of the 20th century, a certain

revival of mercenary service was observed. This situation was mainly associated with the

struggle of Western countries to expand their spheres of influence during the Cold War and the

collapse of the colonial system. It can be noted that it was during this period that the close

connection between private military companies (Private Military Companies) and special

services was manifested. Let us also consider the leading role of the USA in the further

development of mercenary service in the form of private military companies and its

transformation into one of the instruments of foreign policy.

The article notes that the growth trends in the number of private military companies and

their merger into large corporations are interconnected with the processes of globalization and

the beginning of the process of transferring part of the traditional functions of the state to

private business. It can be concluded that both states and transnational business structures are

showing interest in private military companies. Conclusions about the possible negative

consequences of the legalization of the activities of private military companies by the state and

the necessary conditions for preventing these negative consequences are substantiated.

Keywords:

private military companies, peltast, loxos, mercenarism.

ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ НАЕМНОЙ ВОЙНЫ И НАЕМНЫХ АРМИЙ

Аннотация.

В статье анализируется роль наемнической войны на основных

этапах развития. Исторические примеры показывают, что на первом этапе

наемническая служба оказала решающее влияние на становление профессионального

солдата, формирование сержантских и офицерских кадров, развитие тактики,

стратегии, военного искусства и практики военного строительства. К концу первого

этапа отмечается, что наемническая служба стала одним из самых распространенных

способов пополнения армии в XXI веке - контрактной службой. Можно сделать вывод,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

964

что наемные армии были наиболее востребованы на ранних этапах становления

европейских государств, до того, как бюджеты этих государств позволили им

содержать собственные регулярные вооруженные силы. На втором этапе своего

развития, в середине XX века, наблюдается некоторое возрождение наемнической войны.

Такая ситуация во многом была обусловлена борьбой западных стран за

расширение сфер своего влияния в период холодной войны и крушением колониальной

системы. Можно отметить, что именно в этот период проявилась тесная связь

частных военных компаний со спецслужбами. Мы также рассмотрим ведущую роль

Соединенных Штатов в дальнейшем развитии наемнической войны в форме частных

военных компаний и превращении ее в инструмент внешней политики.

В статье подчеркивается, что тенденции роста числа частных военных компаний

и их слияния в крупные корпорации коррелируют с процессами глобализации и началом

процесса передачи части традиционных функций государства частному бизнесу. Можно

сделать вывод, что интерес к частным военным компаниям проявляют как государства,

так и транснациональные бизнес-структуры. Обоснованы выводы относительно

возможных негативных последствий государственной легализации деятельности

частных военных компаний и необходимых условий для предотвращения этих негативных

последствий.

Ключевые слова:

частные военные компании, пельтасты, локсо, вербовка.

Kirish.

So‘nggi paytlarda axborot maydonida xususiy harbiy kompaniyalar (XHK)

haqida ko‘proq so‘z yuritilmoqda. Hozirgi farazlarga ko’ra, yollanma askarlikning bu shakli

zamonaviy dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Bunday tendensiyaning sabablari nimada va

yollanma askarlikning mohiyati qanday o‘zgardi?

“Yollanma askarlar yoki yollanma qo‘shinlar - davlat tomonidan boshqa mamlakatlarning

fuqarolaridan yollangan askarlar”

1

tushunchasining ensiklopedik ta’rifi o‘zining qisqaligi bilan

boshqa ta’riflardan ajralib turadi. Biroq, bu ta’rif “yollanma askar” va “yollanma qo‘shin”

tushunchalarini tenglashtiradi va bir narsa ekanligini anglatadi. 1977-yilgi Jeneva

konvensiyalariga birinchi qo‘shimcha Protokolda keltirilgan “yollanma askar”ning rasmiy ta’rifi

ancha murakkab. Yollanma askarlarga quyidagi shaxslar kiradi:

- qurolli to‘qnashuvda qatnashish uchun mahalliy yoki chet elda maxsus yollangan;

1

Энциклопедический словарь Брокгауза и Эфрона.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

965

- harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etadigan;

-asosan shaxsiy manfaat ko‘zlab harbiy harakatlarda ishtirok etadi va unga

nizolashayotgan tomon yoki uning topshirig‘iga ko‘ra, ushbu tomonning qurolli kuchlari shaxsiy

tarkibiga kiruvchilarga beriladigan mukofotdan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan moddiy

mukofot va’da qilingan;

- nizolashayotgan tomonning fuqarosi ham, doimiy nizolashayotgan tomon nazoratidagi

hududda yashovchi shaxs ham emas;

- nizolashayotgan tomonning qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga kirmaydi;

- nizolashayotgan tomon bo‘lmagan davlat tomonidan o‘z qurolli kuchlari tarkibidagi

shaxs sifatida vazifalarni bajarish uchun yuborilmagan.

Ushbu ta’rifda “yollanma qo‘shin” tushunchasi e’tibordan chetda qolgan, bu to‘g‘ri emas.

Masalan, XIV-XV asrlarda Shveysariya armiyasi boshqa Yevropa davlatlariga o‘z

qo‘shinlarini yollash uchun taqdim etgan, ammo u chaqiruv asosida to‘ldirilgan, ya’ni “yollanma

askar” va “yollanma qo‘shin” tushunchalari bir xil emas.

Yuqorida keltirilgan ikkita ta’rif, boshqa o‘xshash ta’riflar singari, amaliyotda

uchraydigan yollanma askarlik turlariga to‘liq mos kelmasligi bilan ajralib turadi. Bu mutlaqo

tabiiy holat. Yollanma askarlik qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, u yoki bu shaklda hamon

ma’lum darajada talab qilinmoqda.

2

Boshqa huquqiy me’yorlar kabi, xalqaro huquq nuqtayi

nazaridan yollanma askarlikka har tomonlama ta’rif berish urinishlari ham hayotdagi

o‘zgaruvchan vaziyatlardan orqada qolishga mahkumdir. Real hayot doimo huquqiy tizim

rivojlanishidan ilgarilab ketadi.

Yollanma askarlikning rivojlanish tarixida quyidagi eng muhim bosqichlar ajratib

ko‘rsatiladi:

- I bosqich - yollanma askarlikning harbiy xizmat instituti sifatida paydo bo‘lishi va

rivojlanishi, harbiy tashkilot shakli sifatida (miloddan avvalgi II - III asrlar - XIX asr);

- II bosqich - yollanma askarlikning qurolli mojarolar davrida davlat siyosatining vositasi

sifatida rivojlanishi (XX asr);

- III bosqich - yollanma askarlikning zamonaviy holati (XX asr oxiri - XXI asr boshi).

Birinchi bosqichning ba’zi xususiyatlari

2

Алибаева

Г.А. История наемничества: криминологический аспект. Вестник Астраханского

государственного технического университета, 2007. № 3.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

966

Qadimgi Yunoniston tarixi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni ko‘rib chiqsak, bu davrda

yollanma askarlik qo‘shinlarni to‘ldirish usuli sifatida vujudga kelgani haqida xulosa chiqarish

mumkin. Ma’lumki, Qadimgi Yunoniston shahar-davlatlari dastlab qo‘shin tuzishning fuqarolar

lashkari usulidan foydalangan. Falanga shaklida tuzilgan bunday qo‘shinlar qisqa muddatli

to‘qnashuvlarda va o‘z shaharlaridan uncha uzoq bo‘lmagan joylarda samarali harakat qilish

imkonini bergan. Nazorat qilinadigan hududning kengayishi, jangchilarni tayyorlashga bo‘lgan

talablarning ortishi va davlatlarning moliyaviy imkoniyatlarining ko‘payishi natijasida aholining

eng kambag‘al qatlamlari pul evaziga harbiy xizmatga jalb qilina boshlandi. Ular endi nafaqat

o‘z fuqarolari orasidan, balki chetdan ham yollangan professional askarlarga aylandi. Bundan

tashqari, o‘z aholisini mehnatdan ajratib qo‘ymaslik maqsadga muvofiq deb topildi.

Professional askarlardan foydalanish yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan va obro‘li

jangchilarning zobit bo‘lishiga olib keldi. Bu zobitlar nafaqat jang qilish, balki jangni

boshqarish, tinchlik vaqtida askarlarni o‘qitish va qo‘shinlar harakati taktikasini o‘ylash

qobiliyatiga ega edilar. Keyingi harbiy tarixda armiyaning zobitlar qatlami faqat yuqori

tabaqalardan shakllantirilgan davrlar ham bo‘lgan. Biroq bu harbiy san’at rivojlanishi uchun eng

yaxshi davrlar emas edi. Aynan eng mohir askarlar zobit bo‘lgan davrda Qadimgi Yunoniston

harbiy san’atida muhim yangiliklar paydo bo‘ldi: qo‘shinlarni qurol turlari bo‘yicha bo‘lish,

yengil piyodalarni (peltaslar) shakllantirish, tepalik joylarda falangalarni alohida kolonnalarga

(loxoslarga) ajratish taktikasi, qanotlarda kuchlarni qayta taqsimlash (Epaminond taktikasi),

falangalarning chuqur joylashuvi, shuningdek, jang maydonidan qochishning oldini olish uchun

orqa tomonda to‘siq otryadlarini qo‘llash, kabilar. Shu davrda qo‘shinlarning o‘zini-o‘zi

ta’minlash tizimi o‘rniga intendantlik xizmati paydo bo‘ldi. Yunon yollanma qo‘shinlari

samaradorligiga Kichik Osiyo noibi Kirning o‘z ukasi, Fors shohi Artakserksga qarshi yurishi

yorqin misol bo‘ladi. Kir 13 ming tajribali yunon jangchisini yollagan edi.

3

Yurish paytida Kir

halok bo‘lgach, yunon yollanma askarlari “buyurtmachi”siz qolib, Fors podshohligi ichkarisidan

janglar bilan Qora dengizga chiqdilar va oz yo‘qotish bilan vatanlariga qaytdilar. Ana shu

zaminda Aleksandr Makedonskiyning qo‘shini va sarkardaning iste’dodi shakllandi.

Makedonskiy tarixda bir shaxsda bir vaqtning o‘zida jasur jangchi, mohir taktik va strateg

iste’dodi namoyon bo‘lgan sarkardalardan biridir. Yollanma askarlik Rim imperiyasida ham

qabul qilingan edi. Dastlab Rim respublikasi o‘z qo‘shinlarini militsiya tamoyili asosida va faqat

fuqarolaridan tuzgan.

3

Свечин А.А. Эволюция военного искусства. От древности до Наполеоновских войн. М.: Вече. 2017. 416 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

967

Zobitlar tarkibi tabaqalanish prinsipi bo‘yicha shakllanib, yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan

va tashabbussiz edi. Armiya asosan qattiq intizomga va eng yaxshi askarlardan saralangan

professional serjantlarga (senturionlarga) tayanardi. Bunday intizomli qo‘shin Rimning butun

Italiyani bo‘ysundirishini ta’minladi. Biroq Gannibal armiyasi va uning turli taktik usullardan

foydalanish mahoratiga duch kelganda, yaxshi serjantlar va zaif zobitlarga ega Rim armiyasi

og‘ir mag‘lubiyatga uchradi. Rim imperiyasi armiyasi respublika armiyasidan farqli ravishda

asosan yollanma askarlardan tashkil topgan edi. Rim imperiyasi Yevropadagi qo‘shnilaridan

ancha ilgarilab, harbiy qurilishning ko‘p an’analarini yaratdi. Bu an’analar hozirgi kungacha

dunyo armiyalarida ko‘zga tashlanadi. Jumladan, yangi shakllarda saqlanib qolgan yollanma

askarlik tajribasi ham shular jumlasidandir. Masalan, imperiya fuqarolaridan legionlar (soni

jihatidan hozirgi diviziyaga yaqin) tuzilgan bo‘lib, ular pretorian gvardiyasini tashkil etardi.

Viloyatlardagi legionlar yollanma askarlar bilan to‘ldirilib, ulardan yordamchi kogortalar

(soni jihatidan zamonaviy batalyonlarga yaqin) shakllantirilardi. Kogortada legioner-yollanma

askarlar o‘z tillarida so‘zlashishlari mumkin edi, ammo senturionlar faqat imperiya fuqarolaridan

iborat bo‘lib, buyruq tili yagona - lotin tili edi. Ijtimoiy ta’minotning yagona tizimi - jamg‘arma

va dafn kassalari yollanma askarlarga ham taalluqli edi. Eng muhimi, ular Rim fuqarosi bo‘lish

imkoniyatiga ega edilar. Shuningdek, senturionlarning zobit bo‘lish imkoniyati Rim armiyasiga

yetarli miqdorda professional askarlar va mohir zobitlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

Rim imperiyasidagi yollanma askarlar imperiyaning rivojlanishiga sezilarli darajada hissa

qo‘shgan. “Yollanma qo‘shinlarning keng tarqalishi, ularning harbiy harakatlarda faol va

ko‘pincha hal qiluvchi ishtiroki, bir tomondan, va antik davlatlar harbiy tashkilotining asosi

hisoblangan fuqarolik lashkarining ahamiyati pasayishi, boshqa tomondan, yunon ijtimoiy-

siyosiy tuzumi - yunon polisining inqirozi va Rim imperiyasining tanazzulida muhim rol

o‘ynadi”

4

degan fikrga qo‘shilish qiyin. Rim imperiyasining qulashiga iqtisodiy ravnaqning

asosiy manbalaridan biri bo‘lgan keyingi bosqinchilik yurishlarining chegaralanishi sabab

bo‘lgan, degan fikr to‘g‘riroq ko‘rinadi. Yollanma askarlardan mohirona foydalanish Rim

imperiyasining qulashini tezlashtirishdan ko‘ra, uning gullab-yashnash davrini uzaytirgan.

Rim imperiyasi qulashi bilan davlat yana avvalgi feodalizm darajasiga qaytdi, Yevropada

esa Qorong‘u o‘rta asrlar davri boshlandi.

4

Алибаева

Г.А. История наемничества: криминологический аспект. Вестник Астраханского

государственного технического университета, 2007. № 3.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

968

Yollanma askarlik ma’lum muddat talab kamayib ketdi. O‘rta asrlar mayda va o‘zaro

urushlar bilan to‘lib-toshgan edi. Salib yurishlari esa feodal Yevropaning harbiy jihatdan

zaifligini yaqqol namoyon etdi, xolos.

Ma’lum ijtimoiy munosabatlar tufayli yollanma askarlarga bo‘lgan ehtiyoj aynan

Angliyada qayta paydo bo‘ldi. Lenniklar harbiy xizmatga chaqirilishdan qochib, yerdan mahrum

bo‘lmaslik uchun qirolga pul to‘lab qutular, “qirol esa yig‘ilgan mablag‘ga harbiy ishni tark

etmagan va yurishga jon-dili bilan boradigan ritsarlarni yollardi”

5

E’tiborli jihati shundaki, erkin

tabaqalar vakillari (zodagonlar, ruhoniylar, ozod dehqonlar) yollanma askarlikka faol qarshilik

ko‘rsatib, qirolning ortib borayotgan hokimiyatini cheklashga intildilar. Ular hatto “Buyuk

ozodlik xartiyasi”ga yollanma askarlikni taqiqlash bandini kiritishga erishdilar. “Biroq yollanma

askarlik g‘alaba qozondi, chunki u iqtisodiyotning yangi talablariga mos kelardi”

6

. Aynan

yollanma askarlar inglizlarga Uelsni zabt etish imkonini berdi.

Qirollar hokimiyatini mustahkamlashning o‘xshash jarayonlari Yevropaning boshqa

qismlarida ham ro‘y berdi. Moliyaviy ahvol o‘z armiyasini tuzish uchun yetarli bo‘lmasa-da,

yollanma askarlar xizmatini to‘lash uchun yetarli darajada mustahkamlangani sayin, yollanma

askarlik butun Yevropa bo‘ylab qayta jonlandi.

Biroq, o‘z xizmatlariga buyurtmasiz qolgan yollanma askarlar jiddiy muammolar manbai

bo‘lib qoldi. “Yollanma askarlar iloji boricha uzoqroq jangovar harakatlar olib borishga intilardi,

tinch davrlarda esa talonchilik va bosqinchilik bilan shug‘ullanardi”

7

. Bu vaziyatda faqat

Angliya yutib chiqdi. Ular o‘z hududidan tashqarida harbiy harakatlar olib borib, keraksiz bo‘lib

qolgan yollanma askarlarni o‘z mamlakatidan tashqarida qoldirdi. Harbiy xizmatdan

bo‘shatilgan yollanma askarlardan o‘z ichidan chiqqan tajribali qo‘mondonlar boshchiligida

mustaqil tashkiliy tuzilmalar shakllana boshladi. Italiya hududida bunday professional yollanma

askarlar guruhlari ba’zan shaharlarni egalladi, ularning boshliqlari (kondotyerlar) esa siyosiy

hokimiyatni qo‘lga kiritib, o‘troq hayot tarziga o‘tdi.

Ammo bunday harakatlar davlatlarning shakllanish jarayoniga zid bo‘lib, ularga qarshi

kurashish yo‘llarini topish zarur edi. Masalan, fransuzlar “yaxshi” yollanma guruhlardan davlat

armiyasining asoslarini shakllantirish va “yomon” yollanma guruhlarga qarshi kurashish uchun

foydalanish yo‘lini tutdi.

5

Шерр О. С. Частные военные компании как инструмент внешней политики США // Россия и Америка в

XXI веке. 2018. Выпуск 4 [Электронный ресурс]. Доступ для зарегистрированных пользователей.

6

Свечин А.А. Эволюция военного искусства. От древности до Наполеоновских войн. М.: Вече. 2017.

7

Шерр О. С. Частные военные компании как инструмент внешней политики США // Россия и Америка в

XXI веке.2018. Выпуск 4


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

969

XV-XVI asrlarda davlatlarning iqtisodiy salohiyati mustahkamlanib borgan sari, bu

davlatlarning qo‘shinlarini shakllantirish jarayoni yo militsiya tajribasini qayta tiklash asosida,

yoki yollanma qo‘shinlar salohiyatidan foydalanish asosida amalga oshirildi. Yollanma askarlar

bo‘linmalari tajribali jangchilardan iborat bo‘lib, ularga taktik san’atni egallagan tajribali

sarkardalar boshchilik qilardi. Feodal lashkarlari va professional jangchilar to‘qnashuvida natija

tabiiy edi. XVIII asrgacha Yevropadagi iqtisodiy sharoitlar faqat yollanma qo‘shinlar asosida

armiya tuzishga imkon began. Yagona istisno Shveytsariya bo‘ldi. Qadimgi Yunoniston va Rim

imperiyasi piyoda qo‘shinlarining yo‘qotilgan jangovar tajribasi Shveytsariyada qayta tiklandi.

XIV asrdayoq shveytsariyaliklar umumiy harbiy majburiyat asosida o‘z armiyasini

tuzishga majbur bo‘lganlar. Xizmatga chaqirilgan shaharliklar va o‘rmon kantonlari vakillaridan

tashkil topgan Shveytsariya armiyasining o‘ziga xos xususiyati qattiq intizom edi. O‘rmon

kantonlarining tog‘liqlari yashash sharoitiga ko‘ra qaroqchilik harakatlariga moyil edilar. Harbiy

xizmat yaxshi o‘lja olish imkoniyatini yaratgan va shu bilan jozibador bo‘lgan. Natijada,

“chaqiruv e’lon qilinganda ko‘ngillilar soni talab qilinganidan ko‘proq bo‘lardi”

8

. Shunga

qaramay, intizomiy tartib shunday ediki, chaqiruvga kelmagan shveytsariyalikning uyi va butun

xo‘jaligi vayron qilinardi. Jangda o‘zini tutish qoidalari ham qat’iy edi. Jangda chekinish o‘lim

bilan jazolanardi. Safdagi qo‘shni safdan chiqmoqchi bo‘lgan yoki dushmanni ayagan kishini

o‘ldirishi shart edi - asir olish taqiqlangan. Urush shveytsariyaliklar tomonidan dushman

askarlarini ham, bosib olingan shaharlar va aholi punktlari aholisini ham yo‘q qilish uchun olib

borilardi. Shveytsariyaliklarning safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha tajribasi ham noyob edi. Har

bir kantondagi barcha fuqarolar ro‘yxatga olingan bo‘lib, harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda

barcha zarur jihozlar va qurollarga ega bo‘lishlari shart edi. Vaqti-vaqti bilan tekshiruvlar

o‘tkazilib, fuqarolar to‘liq jihozlangan holda kelishlari talab etilardi. Ko‘rik paytida qurol

ishlatish qobiliyati ham tekshirilardi. Natijada, shveytsariyaliklar militsiya tizimiga asoslanib,

o‘rta asrlarda Yevropaning hech qanday yollanma armiyasiga teng kela olmaydigan eng jangovar

armiyani yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Shveytsariyaning ba’zi kantonlari o‘z qo‘shinlarini

boshqa davlatlarga (Fransiya, Gollandiya, Vatikan, Italiyaning ba’zi shaharlariga) yollash uchun

taqdim etardilar. Biroq bular yollanma qo‘shinlar edi, yollanma askarlar emas.

Izoh. Shveytsariya Qurolli Kuchlari bugungi kunda ham sifat jihatidan eng ilg‘or

armiyalar qatorida bo‘lib, umumiy harbiy majburiyatni, yuqori jangovar qobiliyatni va o‘ziga

xos safarbarlik tayyorgarligini saqlab qolmoqda.

8

Свечин А. А. Эволюция военного искусства. От древности до Наполеоновских войн. М.: Вече. 2017. 416 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

970

Shveytsariyaning har bir fuqarosi uyida barcha harbiy jihozlari va shaxsiy qurollarini

saqlaydi hamda har yili harbiy yig‘inlarga chaqiriladi. Zaxirada bo‘lishga imkon bermaydigan

yoshga yetganda, shveytsariyalik barcha harbiy jihozlarini, shu jumladan qurollarini topshiradi,

biroq shaxsiy foydalanish uchun pompali miltiq oladi

9

.

XVI asr boshlariga kelib, Yevropa davlatlarida markaziy hokimiyat mustahkamlanishi

natijasida feodal qo‘shinlaridan butunlay voz kechib, yollanma askarlardan iborat o‘z

qo‘shinlarini tuzishga kirishdilar. Yollanma askarlardan foydalanish armiyani tashkil etish,

jihozlash, o‘qitish va ta’minlash xarajatlaridan qutulish imkonini berardi. Harbiy kuch ishlatishni

talab qiladigan muayyan vazifalarni hal etish uchun vaqtinchalik harbiy bo‘linmalarni yollash

bilangina cheklanishardi. Yollanma armiyalarning jangovar qobiliyati hal qiluvchi darajada pul

ta’minotining miqdori va muntazamligiga bog‘liq edi, biroq tizimli kamchiliklar tufayli ularning

jangovar qobiliyati yuqori emas edi. Yollanma askarning o‘zini-o‘zi ta’minlash (qurol-yarog‘,

kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan) vazifalarini bajarishi yollanma qo‘shinning nafaqat mol-mulk,

balki ayollar va bolalar bilan ham ulkan karvon bilan birga yurushiga olib kelardi. Biroq,

boshqacha misollar ham mavjud edi. Jumladan, Ispaniya armiyasi nafaqat turli millatlarning

sarguzashtchilaridan, balki musulmonlarni yarim oroldan haydab chiqarish uchun urushda

birlashgan o‘z aholisidan ham tashkil topgandi. Ispanlar Amerika qit’asidagi mustamlakalaridan

yollanma armiyani yaxshi ta’minlashga imkon beradigan katta resurslarni olishardi. Ispaniya

yollanma armiyasi qo‘shinlar harakati taktikasida, shu jumladan o‘qotar qurollarning paydo

bo‘lishini hisobga olgan holda, muvaffaqiyatlarga erishdi. Ispaniya yollanma armiyasida birinchi

marta karakol deb atalgan o‘qchilar safi paydo bo‘ldi, bu esa saflarni qayta tuzish orqali

mushketlardan uzluksiz o‘t ochishni ta’minlash imkonini berdi.

Izoh. Kreml polki namoyish etayotgan ba’zi rang-barang usullar o‘qotar qurollar bilan

bajariladigan saflanish usullaridan kelib chiqqan, biroq bu usullar namoyish maqsadida emas,

balki jangovar harakatlarni mashq qilish uchun qo‘llanilgan.

Biroq Niderlandiyaning yollanma armiyani muvaffaqiyatli tashkil etishi yanada e’tiborga

loyiq misol hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatning negizida davlatning iqtisodiy imkoniyatlari hamda

Rim harbiy san’atining mohir bilimdoni bo‘lgan shahzoda Moris Oranskiy singari yuqori

ma’lumotli va g‘ayratli rahbarning mavjudligi yotardi. Dengizchilikdagi yutuqlari tufayli

gollandlar XVII asrga kelib o‘z davlatlarini Yevropaning boy savdo markaziga aylantirdilar.

Gollandiyaliklar uchun harbiy xizmat jozibador emas edi.

9

Самая милитаризированная страна. Военное обозрение. 2013.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

971

Armiya asosan yollangan nemislardan tashkil topgan bo‘lib, jangovar qobiliyati jihatidan

Yevropada hukmronlik qilayotgan ispan armiyasi bilan mutlaqo taqqoslanmas edi. Moris

Oranskiy harbiy xizmatchilarga pul mukofotlarini yil davomida muntazam va tizimli ravishda

(har 10 kunda) to‘lashni yo‘lga qo‘yishga erishdi. Bu saf tayyorgarligini qayta tiklash, harbiy

intizomni kuchaytirish, askarlarni istehkom qurish va boshqa muhandislik ishlariga jalb etish,

yuqori malakali ofitserlar korpusini shakllantirish, taktik tayyorgarlikni isloh qilish va uning

darajasini oshirish imkoniyatini yaratdi. Natijada Moris Oranskiy kichik Gollandiyada yollanma

askarlardan iborat Yevropadagi eng kuchli armiyani tuzishga va mintaqada ispan hukmronligiga

barham berishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyinchalik, armiyani tuzish uchun yollanma askarlikdan foydalanish asta-sekin chaqiruv

asosida to‘ldirishga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi, shu bilan birga jangovar tayyorgarlik usullari,

jumladan safarbarlik zaxiralari ham rivojlantirildi. Yollanma qo‘shinlar harbiy qurilish

nazariyasi va amaliyoti, taktika, strategiya va umuman harbiy san’atning rivojlanishida katta

ijobiy rol o‘ynadi. Davlatlarning mustahkamlanishi, mudofaa va xavfsizlik sohasining asosiy

vazifalardan biriga aylanishi bilan harbiy xizmatga yollanma askarlarni jalb etishdan voz

kechilishi va milliy harbiy an’analar hamda harbiy maktablarning shakllanishi qonuniy jarayon

edi. Yevropada yollanma askarlik XIX asrdayoq barham topgan edi. Davlatlar o‘z mamlakatlari

ichida ham (xavfsizlik organlari va ichki qo‘shinlar orqali), tashqi siyosatda ham (qurolli kuchlar

vositasida) harbiy kuch ishlatish monopoliyasiga ega bo‘ldilar.

Yollanma askarlik rivojlanishining ikkinchi bosqichi va o’ziga xos ayrim

xususiyatlar

Muntazam armiyalarning tashkil etilishi amalda XX asrning ikkinchi yarmiga kelib

yollanma askarlar davlatlar uchun kerak bo‘lmay qolishiga olib keldi. Biroq, bu hodisa butunlay

yo‘q bo‘lib ketmadi, balki qo‘shinlarni to‘ldirish usullaridan biriga - shartnomali xizmatga

aylandi. Bundan tashqari, Sovuq urush tugagach, keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlar xavfi

kamaygan bir paytda, XXI asr boshlarida ko‘plab mamlakatlarda shartnomali asosda qo‘shinlarni

to‘ldirish usuli asosiy bo‘lib qoldi. Garchi ba’zi davlatlar hamon chaqiruv tizimidan voz

kechishni rejalashtirmayotgan bo‘lsa-da, odatda bunday yondashuv yo milliy an’analar, yoki

davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash xususiyatlari bilan bog‘liq. Masalan, Norvegiya katta

safarbarlik resurslariga muhtoj bo‘lmasa-da, chaqiruv tizimidan voz kechmaydi. Norvegiyaliklar

uchun armiyada xizmat qilish nafaqat o‘zini to‘laqonli erkak sifatida anglash, balki jamiyatning

to‘laqonli fuqarosi sifatida tan olinish va davlat xizmatida ko‘tarila olish imkoniyati uchun ham


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

972

zarurdir. Rossiya Federatsiyasida 1992-yil 7-mayda o‘z qurolli kuchlarini tashkil etish

to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi bilan, shartnoma va chaqiruv asosidagi aralash to‘ldirish

tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish haqida qaror qabul qilindi

10

. Geografik va demografik

omillarni hisobga olgan holda, Rossiya uchun bunday to‘ldirish usuli eng maqbul hisoblanadi.

Yollanma askarlar rivojlanishining uchinchi bosqichidagi ba’zi xususiyatlar,

AQShning roli

Talab qilinmay qolgan bo‘lsa-da, yollanma askarlik hodisasi vaqti-vaqti bilan aniq

vaziyatlarda nafaqat XIX asrda, balki XX asrda ham namoyon bo‘ldi. Bu holat, ayniqsa, Birinchi

va Ikkinchi jahon urushlaridan so‘ng yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu ko‘p jihatdan Birinchi jahon

urushi tugagach, ayniqsa mag‘lubiyatga uchragan Germaniyada, ko‘plab sobiq harbiylarning ish

topolmay qolishi bilan bog‘liq edi. “Ofitserlar korpusi keskin qisqartirildi. Biroq nemis

ofitserlarining tan olingan harbiy mahorati dunyoning boshqa qismlarida keng qo‘llanildi. 1927-

yilda Xitoy Respublikasi prezidenti generalissimus Chan Kayshi Gomindanning siyosiy

yo‘nalishini o‘zgartirib, o‘z uyida tartib va tozalik o‘rnatish” shiori ostida kommunistlarga qarshi

ochiq kurashga o‘tdi va shu bilan birga 60 nafar sovet harbiy maslahatchilaridan voz kechdi.

Ularning o‘rniga katta haq evaziga reyxsverning zaxiradagi ofitserlari yollandi”

11

.

Shu bilan birga, iste’fodagi nemis zobitlari Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari,

shuningdek, Otaturk davridagi Turkiyaning harbiy qurilishida muhim rol o‘ynadi. Ikkinchi jahon

urushidagi navbatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng fashistlar Germaniyasining omon qolgan ko‘plab

ofitser va generallari aynan shu zamin asosida o‘z o‘rnini topdi.

Biroq bu misollarning barchasi yollanma askarlik amaliyotida ilgari uchramagan

yangilikni aks ettirmaydi.

Yollanma askarlikning dastlabki sifat jihatidan yangi xususiyatlari Sovuq urush davrida

mustamlakachilik tizimining yemirilishi boshlanishi bilan namoyon bo‘ldi, deb hisoblash

mumkin. Yollanma askarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ichki, ham tashqi omillar tufayli paydo

bo‘ldi, ammo bu ikki omil o‘zaro bog‘liq edi. Bu aloqadorlikning namoyon bo‘lishi Kongo

voqealari misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Sobiq Belgiya Kongosi mustaqil deb e’lon qilingach, ichki vaziyatning beqarorlashuvi,

oq tanli aholining qirg‘in qilinishi va ularni himoya qilish uchun Belgiya qurolli kuchlari

bo‘linmalarining kiritilishi mamlakatda bo‘linishga olib keldi.

10

Указ Президента Российской Федерации от августа 1992 года.

11

Коновалов И.П. Солдаты удачи и воины корпораций. История современного наемничества.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

973

Sotsialistik yo‘nalishga moyil bo‘lgan Patris Lumumba boshchiligidagi markaziy

hukumatdan birinchi bo‘lib mamlakatning eng boy Katanga viloyatini boshqargan Moiz Chombe

mustaqillik e’lon qildi. Uning ortidan olmosga boy Janubiy Kasai viloyati ham mustaqillik e’lon

qildi. Katangadagi mis va uran konlarining boy zaxiralarini hisobga olgan holda, Chombe

xizmatiga yollanma askarlar otryadlari keldi. Ular orasida mashhur “yollanma askarlar qiroli”

Bob Dinar ham bor edi. U viloyatlarning ko‘p sonli oq tanli aholisini mahalliy qora tanlilar

to‘dalaridan himoya qilishda ham muhim rol o‘ynadi. Uning otryadlari mafkuraviy sabablar -

sotsialistik g‘oyalarni rad etish bilan ham harakatlanardi. Keyinchalik ularga Kuba "kontraslari"

otryadlari qo‘shilgani bejiz emas edi. Kongoda boshlangan fuqarolar urushi BMT Xavfsizlik

Kengashini aralashishga majbur qildi. BMTning keng ko‘lamli tinchlikparvarlik operatsiyasi

asosan Qo‘shma Shtatlar tomonidan moddiy jihatdan ta’minlandi. Dastlab bu operatsiya Kongo

bosh vaziri Patris Lumumba tomonidan ijobiy qabul qilindi. U BMT tinchlikparvar kuchlari

ayirmachilarga qarshi kurashda yordam berishiga umid qilgan edi. Ammo BMT tinchlikparvar

kuchlarining vakolati sotsialistik taraqqiyot yo‘lini tanlashga moyil bo‘lgan yetakchi

boshchiligidagi markaziy hukumatga yordam berish emas, balki faqat tinchlikni tiklash vazifasi

bilan cheklangan edi. Patris Lumumba SSSRdan yordam so‘rab murojaat qildi va nafaqat qurol-

yarog‘ va harbiy texnika, balki harbiy maslahatchilar ko‘rinishida ham yordam oldi

12

.

Xulosa.

Yollanma qo‘shinlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichida (XIX asr

boshlarigacha) harbiy san’atning (taktikadan strategiyagacha) taraqqiyotida, harbiy qurilish

nazariyasi va amaliyotida, professional harbiy kadrlarni shakllantirish va tayyorlash tizimida

muhim rol o‘ynadi, hamda zamonaviy qurolli kuchlarni shartnoma asosida to‘ldirish tizimini

yaratishga asos bo‘ldi. Yollanma qo‘shinlarga bo‘lgan talab Yevropa davlatlari shakllanishining

ilk davrida, ya’ni markaziy hokimiyat muntazam armiyani ta’minlash uchun yetarli mablag‘ga

ega bo‘lmagan paytda eng yuqori darajada edi.

Ikkinchi bosqichda (XX asrning ikkinchi yarmigacha) yollanma askarlik eng kam talab

qilinadigan bo‘ldi. Bu davrda davlatlar muntazam qurolli kuchlarni saqlash imkoniyatiga ega

edilar. Biroq XX asrning ikkinchi yarmida mustamlakachilik tizimining parchalanishi

boshlanishi bilan yollanma askarlarga ma’lum ehtiyoj paydo bo‘ldi. Mustamlakachilik

qaramligidan ozod bo‘layotgan davlatlarni o‘z ta’sir doirasiga jalb qilish uchun kurashda G‘arb

mamlakatlari yollanma askarlardan foydalanishga majbur bo‘ldilar.

12

И. Евдокимов. Демократическая Республика Конго: «сердце Африки» – страна Патриса Лумумбы. К 55-

летию установления дипломатических отношений. Международная жизнь.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

974

Sotsialistik mamlakatlar esa o‘zlarining muntazam qurolli kuchlaridan zarur bo‘lgan

barcha hajmda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlari sababli yollanma askarlardan

foydalanishga ehtiyoj sezmadilar.

Uchinchi bosqichda (XX asr oxiri - XXI asr boshlari) xususiy harbiy kompaniyalar

shaklida yollanishning qayta tiklanish tendensiyasi ko‘zga tashlanadi. Ushbu bosqichda XHKlar

harbiy faoliyatning keng ko‘lamini qamrab oladi, ammo o‘tmishdagidan farqli o‘laroq, jangovar

harakatlarda ishtirok etish oxirgi o‘rinda turadi.

Xulosa so’ngida dastlabki davrlarda ko’plab mamlakatlar yollanma askar va qo’shinkarga

ehtiyoj sezganlar va qaysidur ma’noda bu davlatlarning rivojlanishiga hissa qo’shgan. Lekin

hozirgi huquq ustuvor bo’lgan davrda yollanish jinoyati xalqaro hamjamiyatda davlatlar

o’rtasidagi diplomatic munosabatlarga putur yetkazibgina qolmay, ko’plab jamiyatdagi qatlamlar

orasida og’ir asoratlar qoldirmoqda.

REFERENCES

1.

Энциклопедический словарь Брокгауза и Эфрона.

2.

Алибаева Г.А. История наемничества: криминологический аспект. Вестник

Астраханского государственного технического университета, 2007.

3.

Свечин А.А. Эволюция военного искусства. От древности до Наполеоновских войн.

М.: Вече. 2017.

4.

Шерр О. С. Частные военные компании как инструмент внешней политики США //

Россия и Америка в XXI веке. 2018. Выпуск 4

5.

Самая милитаризированная страна. Военное обозрение. 2013.

6.

Коновалов И.П. Солдаты удачи и воины корпораций. История современного

наемничества.

7.

Кубинцы на фронтах холодной войны. Где и зачем воевали солдаты Фиделя Кастро.

Военное обозрение, 19.06.2018.

8.

Protocol Additional to the Geneva Conventions of 12 August 1949, and relating to the

Protection of Victims of International Armed Conflicts

9.

International Convention against the Recruitment, Use, Financing and Training of

Mercenaries, 4 December 1989, UN Doc.

10.

Денис Кириллов. Частные военные компании. Интервью с Г.Лукьяновым. Вести.

Экономика. 4.01.2019.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

975

11.

И.П. Коновалов, О.В. Валецкий. «Эволюция частных военных компаний» - Центр

стратегической конъюктуры, Пушкино.

12.

Е. Лосев Израильские ЧВК, Альманах Искусство войны, 22.03.2012г

13.

Percy, S. (2007). Mercenaries: The History of a Norm in International Relations. Oxford

University Press

14.

UN Working Group on the Use of Mercenaries (2018). Report to the Human Rights

Council, UN Doc.

15.

Montreux Document on Pertinent International Legal Obligations and Good Practices for

States related to Operations of Private Military and Security Companies during Armed

Conflict (2008), Part II.

References

Энциклопедический словарь Брокгауза и Эфрона.

Алибаева Г.А. История наемничества: криминологический аспект. Вестник Астраханского государственного технического университета, 2007.

Свечин А.А. Эволюция военного искусства. От древности до Наполеоновских войн. М.: Вече. 2017.

Шерр О. С. Частные военные компании как инструмент внешней политики США // Россия и Америка в XXI веке. 2018. Выпуск 4

Самая милитаризированная страна. Военное обозрение. 2013.

Коновалов И.П. Солдаты удачи и воины корпораций. История современного наемничества.

Кубинцы на фронтах холодной войны. Где и зачем воевали солдаты Фиделя Кастро. Военное обозрение, 19.06.2018.

Protocol Additional to the Geneva Conventions of 12 August 1949, and relating to the Protection of Victims of International Armed Conflicts

International Convention against the Recruitment, Use, Financing and Training of Mercenaries, 4 December 1989, UN Doc.

Денис Кириллов. Частные военные компании. Интервью с Г.Лукьяновым. Вести. Экономика. 4.01.2019.

И.П. Коновалов, О.В. Валецкий. «Эволюция частных военных компаний» - Центр стратегической конъюктуры, Пушкино.

Е. Лосев Израильские ЧВК, Альманах Искусство войны, 22.03.2012г

Percy, S. (2007). Mercenaries: The History of a Norm in International Relations. Oxford University Press

UN Working Group on the Use of Mercenaries (2018). Report to the Human Rights Council, UN Doc.

Montreux Document on Pertinent International Legal Obligations and Good Practices for States related to Operations of Private Military and Security Companies during Armed Conflict (2008), Part II.