Authors

  • Ostonjon Ahmadov
  • Dilnoza Elova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80191

Keywords:

Mang’itlar Buxoro amirligi savdo-sotiq mulkiy munosabat yer egaligi iqtisodiy hayot suyurg’ol.

Abstract

Ushbu maqolada Mang’itlar sulolasi davrida Buxoro amirligidagi iqtisodiy hayot va mulkiy munosabatlar masalasi ilmiy tahlilga tortilgan.

background image

1385

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

MANG’ITLAR SULOLASI DAVRIDA AMIRLIKDAGI IQTISODIY AHVOL VA

MULKIY MUNOSABATLAR

Ahmadov Ostonjon Asror o‘g‘li

BuxDU Tarix va yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi.

Elova Dilnoza Davlatovna

Ilmiy rahbar.

BuxDU “Arxeologiya va Buxoro tarixi” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15257764

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Mang’itlar sulolasi davrida Buxoro amirligidagi

iqtisodiy hayot va mulkiy munosabatlar masalasi ilmiy tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:

Mang’itlar, Buxoro amirligi, savdo-sotiq, mulkiy munosabat, yer egaligi,

iqtisodiy hayot, suyurg’ol.

ECONOMIC SITUATION AND PROPERTY RELATIONS IN THE EMIRATE

DURING THE MANGIDS DYNASTY

Abstract.

This article scientifically analyzes the issue of economic life and property

relations in the Bukhara Emirate during the Mangid dynasty.

Keywords:

Mangids, Bukhara Emirate, trade, property relations, land ownership,

economic life, livestock.

ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ И ГРАЖДАНСКИЕ ОТНОШЕНИЯ В

ЭМИРАТЕ ВО ВРЕМЯ ДИНАСТИИ МАНГИДОВ

Аннотация.

В статье научно анализируется вопрос экономической жизни и

имущественных отношений в Бухарском эмирате в период правления династии

Мангидов.

Ключевые слова:

Мангиды, Бухарский эмират, торговля, имущественные

отношения, землевладение, хозяйственная жизнь, скот.

Amirlikdagi iqtisodiy ahvol va mulkiy munosabatlar o’rganilganda shunga amin

bo’ldikki, iqtisodiy hayotda Buxoro amirligi axolisining katta qismi dehqonchilik bilan

shug’ullangan. Yerning ko’p qismi davlatning qo’l ostida bo’lib, u «amloki podshohi» yoki

«mulki sultoni» deb atalgan. Yerning 2-qismi odamlarning xususiy mulki hisoblanib, uning

talay qismi boylarning qo’l ostida edi. Bunday yerlar «mulk yerlari» deb yurgizilgan.

Yerning 3-qismi masjid, madrasa va mozorlarni moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida

vaqf nomi bilan berilgan. Davlat yerlarining ma’lum qismi amirlar tomonidan xizmat

ko’rsatgan nufuzli kishilarga umr bo’yi foydalanish uchun in’om qilingan. Bu xildagi yerlar

«suyurg’ol» yoki «tanho» nomi bilan atalgan.


background image

1386

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Dehqonlar

paxtachilik,

ipakchilik,

kanopchilik,

polizchilik,

sabzavotchilik,

bog’dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Minglab kishilarni qamrab olgan

hunarmandchilik keng qo’lamda rivojlangan. Uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning

muhim buyumlari sifatida juda qadrlangan. Buxoro, Samarqand. Xujand va Toshkent yirik

xunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat qozongan. D.N.Logofetning ma’lumotlariga

qaraganda, Buxoro amirligining „Qashkadaryo vohasi, Surxondaryo vohasi, Yakka-bog’, Kitob,

Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G’uzor, Termiz tumanlarida paxta katta mikdorda

yetishtirilgan[1].

Ayniqsa, Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida aloqaning uzaro yaxshilanishi

tufayli, XVI asrdan boshlab XIX asr ikkinchi yarmiga kadar Buxoro amirligida paxta

yetishtirishga katta e’tibor berila boshlandi. Xalkaro may-donda va jaxrn bozorida paxta

narxining ancha oshishi aynan paxta yetishtirishning ko’payishiga sabab bo’lgan edi.

A. Kostenkoning ma’lumotlariga qaraganda, O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro

paxtasi alohida diqqatga sazovor bo’lib, u ancha qimmat turgan. P.I.Demezonning yozishicha,

Buxoroda sholi yetishtirishga katta e’tibor berishgan. Eng yaxshi guruch Miyonqol hududlarida va

Samarkand atroflarida yetishtirilgan. Buxoro shaxrining o’ziga, odatda, Shaxrisabz va Xisordan ko’plab

guruch olib kelingan. Buxoroda bug’doy (gandum), juxori, oq jo’xori, makkajo’xori, kunjut, arpa

javdar, tariq, mosh, nuxat, loviya kabi poliz ekinlari ko’plab yetishtirilgan.

Qishda (1834 yili) Buxoroda bug’doyning bir botmoni 12—14 tanga miqdorida,

kunjutning bir botmoni 18—19 tanga, arpa javdarning bir botmoni 10,5 tanga, no’xatning bir

botmoni 20 tanga miqdorida sotilgan[2]. Qarshi va Miyonkol hududlarida juda ko’p tamaki

yetishtirilgan. Qarshi tamakisi eng yaxshi sifatli tamaki hisoblangan. Shuningdeq Buxoroda

juda katta mikdorda uzum yetishtirilardi. Uzumning husayni, sohibi, toifi, ishburxoni, siyohi, kishmish

navlari ko’p. Mayiz qilishga e’tibor juda katta bo’lgan, soyada quritilgan kishmish— soyaki

deyilgan. Oftobda kuritilgani esa oftobi deyilgan. Bundan tashqari Buxoroda bog’ yaratishga katta

e’tibor berilgan. O’rik, bodom, gilos, olcha, yovvoyi gilos, tog’ olchasi, pista, shaftoli, nok olxuri,

olma, yong’oq, behi, anor hamda tutlarning katta-katta bog’lari mavjud bo’lib, ulardan ko’plab

hosil olingan.

Buxoroda ipakchilik rivojlanishiga katta e’tibor qaratilganligi tufayli ipak savdosi ancha

katta ahamiyatga molik bo’lgan. Ipakchilik rivojlanishining asosiy manbai bu — tut

daraxtlarining yetarli miqdorda bo’lishidir. Tut daraxti O’rta Osiyoda keng tarqalgan daraxt

turlaridan xisoblanadi. Ayniqsa, Buxoro voxasi, Zarafshon vodiysi, Karmana, Miyonkolda,

umuman suv ko’p bo’lgan barcha hududlarda tut daraxtlari nihoyatda ko’p o’stirilgan.

P.I.Demezon ma’lumotlariga qaraganda, „Buxoro atrofi va Karmanada yetishtirilgan ipak eng

yaxshi xisoblangan[3].


background image

1387

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Buxoroda ipak xom ashyosi, ya’ni pillasining bir pudi 13—14 tilla, ipakdan yigirilgan

ipning bir pudi esa 30—32 tilla turgan. Toza ipak va yarim ipakdan turli xil matolar

tayyorlangan. Jumladan atlas, beqasam, adras va hokazolar. Buxoroda ko’k, yashil, sariq va eng

ko’p miqdorda qizil rangli matolar tayyorlashga e’tibor juda katta bo’lgan[4].

P.I.Demezonning ma’lumotlarida Buxorodagi paxtachilik masalasiga tuxtalib, shunday

fikrlar bildirilgan. „Paxta Buxoro atroflarida, Miyonkolda, Karmanada va Samarkandda

muvaffaqiyatli yetishtiriladi va u ancha yaxshi sifatli hisoblanadi. Qarshi va Chorjuy paxtalari sifat

jixatdan past hisoblanadi[5].

Buxoro amirligi hududida cho’l va dashtlarning ko’pligi hamda uning tog’oldi tumanlari

chorvachilikning rivojlanishiga qulay sharoit va imkoniyat yaratgan. Mana shuning uchun ham

cho’l zonalarida, ayniksa, Buxoro va Qarshi hududlarida qo’ychilik yaxshi rivojlangan.

Shuningdeq amirlikda yilqichilikka ham katta e’tibor karatilgan. Chorvachilik rivoji

asosida sifatli teri va shu kabi mahsulotlar tayyorlanib, ulardan gilamlar, sholchalar, namatlar, turli

xil arqonlar tayyorlangan va bozorlarga olib chiqilgan.

Buxoro amirligida ichki va tashqi savdo yo’lga qo’yilgan bo’lib, Afg’oniston,

Hindiston, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatilgan. Xonlikning

Rossiya bilan elchilik va savdo aloqalari o’sgan edi. U amirlik uchun tayyor mahsulotlar bozori

sifatida katta ahamiyat kasb etgan.

Albatta, Rossiya imperiyasiga tobe’ bo’lib qolgan Amir Mo’zaffarning maqomi -

Zirabulok shartnomasi‖ning 12 moddasiga binoan faqat jug’rofiy chegaralash jihatidan

qisqartirilib qo’yilmasdan (ya’ni, biror tashqi xorijiy davlat bilan na davlatlararo, na tashqi

savdo munosabatlarini mustaqil davlat sifatida olib borolmaslik, Rossiyaning bu

yo’nalishlardagi ma’muriyat tizimi orqali juda oz miqdorda va cheklangan masalalardagina

faoliyati ko’rsatishi), balki Buxoro amirligining an’anaviy Balx, Xirot mintakasi qo’ldan chiqib.

Kattaqo’rg’on, Jizzax, O’ratepa. Samarqand mintaqalarining Rossiyaga qo’shib olinganligi, suv

ta’minotining keskin yomonlashuvi, qolaversa 1885 yil faoliyat boshlagan ―Rossiya

imperatorligi siyosiy agentligi tomonidan o’lkaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy-konfessional,

ma’naviy hayotiga oid birlamchi, asosiy va bevosita axborotni yig’ishi, tahlil etishi, xulosaga

kelishi, hatto siyosiy-xuquqiy, diniy-konfessional ishlarda tavsiyalar berish huquqiga ega

ekanligi tufayli yuzaga kelgan axborot zo’ravonligi, ushbu tashkilotning siyosiy-mafkuraviy,

ma’naviy bosimi, aksincha unga barcha imkoniyatlarni favqulodda yuqori darajada yaratib

berilishi, har bir talabi, ko’rsatmasiga so’zsiz tobe’lik ko’rsatish majburiyati Buxoro

amirinining huquqilarini cheklab qo’yishga olib kelgan edi.

Ammo, Rossiyaning Buxoro amirligiga qilgan siyosiy tajovo’zlaridan esankiramay

amirlik protektorat maqomida bo’lsada o’z hududida ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yo’lga qo’yishga


background image

1388

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

erisha oldi. 1865-1876 yilgi qirg’inbarot istilochilik yurishlari va tobe’lik shartnomalaridan

so’ng Rossiya imperiyasi Turkiston general- gubernatorligida nisbatan barqaror hokimiyat

o’rnatgan, ma’muriyat idora va boshqaruv usullarini barqarorlashtirgan davrida o’lkada asta

sekinlik bilan yangi iqtisodiy jonlanishlar yuz bera boshladi. Bunda shubhasiz katta kapital,

xo’jalik, sanoat sohalaridagi yangiliklar, zamonaviy aloqa vositalari, temir yo’llarning qurilishi,

moliya-bank tizimi va xalqaro qulay vaziyatni yuzaga kelishi o’z ta’sirini ko’rsatdi.

Buxoroda dastlabki millionerlar, savdo tijoratchilari, zavodchi, fabrikachi boylar va

bankirlar paydo bo’la boshladi. Bu haqda Muhammad Baljuvoniy o’zining -Tarixi Nofe’iy

asarida qo’yidagi ma’lumotlarni keltirib o’tadi. - Bu muqaddimadan mashhur bo’lgan

(buxorolik)lar haqida yozaman. Eng avvalo, nomdor tojirlardan bo’lgan Amir Axadxon bilan

birgalikda - sherik tijorat bo’lganlar: Mirzo Muhiddin sarrof, Fayzulloxo’ja Ubaydulloxo’ja o’g’li,

Muxdmmadolim Juraboy Po’st o’g’illarini aytish mumkin. Bu uchchalalari Buxoroning eng

ilg’or tojirlari edilar. Amir Sayyid Olimxon o’zining ―Buxoro xalqining xasrati tarixi‖ nomli

asarida: -Bolsheviklar inqilobidan oldin Buxoro savdosi faqat Russiyaning o’zi bilan ikki yuz

ellik million frankka yetar edi[6] - deb yozgan edi.

Buxoro amirlari iqtisodiy hayot, savdo-sotiqning rivojlanishi hisobiga katta shaxsiy

boylik, mol-mulk, ko’chmas mulkka va kapitalga ega bo’lib borardilar. Ularning alohida

nufuzli maqomi Buxoro-Rossiya siyosiy-iqtisodiy munosabatlarida, tovar ayirboshlash va

kapitalning ichki aylanishda katta imkoniyatlarni ochib berar edi. Buxoro amirlari Rossiya

ma’muriy tizimida xatto ulug’ knyazlardan ham yuqori martabali maqomga ega bo’lishib, ―A’lo

xazratlari‖ deb emas, boshiga toj kiydirilgan taxt sohiblari sifatida―Janobi Oliylari Onxazratlari

unvoni bilan nomlanishgan.

-Ularning rus moliyaviy doiralaridagi o’rni va ahamiyati yirik kapitalistlar sifatida juda

katta edi. Zero, amirning Rossiya davlat bankidagi oltin bilan xisoblanadigan kapitali 27 mln.

rublni, 7 mln.ga yaqin xususiy banklardagi kapitali saqlanar edi. Qorako’l savdosi bo’yicha

amir dunyo bozorida o’z kapitali aylanmasi bo’yicha uchinchi o’rinda turar edi. Buni o’sha

paytdagi Buxoro amirligi iqtisodiy xayotidagi o’rni va ahamiyatini iqtisodiy ko’rsatgichlarda

keltirilsa masala oydinlashadi deb uylaymiz. Ya’ni, 1913 yilga kelib Buxoro amiri kapitali xar

yilgi xolati quyidagicha edi:

-Buxorodan 1.500 000 dona qorako’l - 15.000 000 rublь olib chiqilar edi. Bu esa Buxoro

amirligi olib borgan umumiy savdo eksportining 42% ni tashkil etar edi. Keyinchalik qorako’lni

xorijga savdoga chikarish muttasil o’sib bordi va katta ko’lamga ega bo’ldi‖. Akademik A.R.

Muhammadjonov o’zining―Quyi zarafshon vodiysining sug’orilish tarixi nomli

monografiyasida Buxoroda qishloq xo’jaligi sohasining asosiy tarmoqlarini maxsus tadqiq etib,

unda suvdan foydalanishning yaxshilanishi oqibatida iqtisodiy taraqqiyotning jonlanishi, suvni


background image

1389

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

yetkazib berish, ayirish, tashlab berish, taqsimlash tizimining umumiy qiyosiy ko’rsatgichlari

keltirib o’tilgan - 1860 yillar o’rtasida qadimdan saqlanib, hali hamon foydalanib kelinayotgan

kanallar, tug’onlar, suv ayirg’ichlar, koriz, sardoba va boshqa suv inshootlarini hisobga

olmaganda, Ahmad Donish ta’kidlaganidek, Amir Mo’zaffarning Turkiston general-

gubernatori K.P.Kaufmanga Amudaryodan suv chiqarib, Buxoro yerlarini suv ta’minotini

yaxshilash haqidagi taklifi inobatga olinmagan bo’lsada, A.R. Muhammadjonovni aniqlashiga

kura 1888-yilga kelib, ―Samarqand harbiy gubernatorining Rossiya xarbiy ministrligiga

yuborgan hisoboti buyicha. Zarafshon vodiysida daryodan 142 ta magistral kanal bosh olib,

shundan 99 tasi Samarqand vohasini, 43 tasi Buxoro vohasini sug’orar edi. Vodiy bo’yicha

hammasi bo’lib, 1924 ta ikkinchi darajali kanaldan 985 tasi Samarqand qismida va 939 tasi

Buxoro qismida joylashganining o’zi qishloq xo’jaligi va irrigatsiya sohasida biroz bo’lsada

jonlanish bo’lganligini ko’rsatadi. Albatta o’lkadagi bir muncha rivojlanish, jonlanishning

birinchi sababi Rossiya bosqini va istilosi bilan bog’lik bo’lsa, ikkinchi sababi sug’oriladigan

unumdor yerlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Janubiy O’zbekistonda xususiy mulkka

aylana boshlanganligi bilan bog’liq edi.

REFERENCES

1.

Холиқова Р.Россия-Бухоро: тарих чораҳасида. T.: - O’qituvchi. 2005.86-бет.

2.

O’sha asarda. 86-bet.

3.

O’sha asarda. 87-bet.

4.

O’sha asarda. 87-bet.

5.

O’sha asarda. 87-bet.

6.

Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи.Т.: ―Фан. 1991. -Б.27.

7.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of

Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

8.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of

Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of

Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

9.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS

OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

10.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON

EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. –

Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.


background image

1390

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

11.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI

XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

12.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ

//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –

С. 57-59.

13.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN

SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С.

578-583.

14.

Ahmadov A. AFG‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG‘ON

MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

15.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON

MAVZUSINI

YORITISHDA

SKARABEY

TEXNOLOGIYASIDAN

FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. –

2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.

16.

Ahmadov A. SHARQSHUNOS OLIM DN LOGOFET TALQINIDA BUXORO

AMIRLIGIDA

MAORIF

VA

DINIY

SIYOSAT

MASALALARI

//"

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический

журнал. – 2024. – Т. 16. – №. 8.

References

Холиқова Р.Россия-Бухоро: тарих чораҳасида. T.: - O’qituvchi. 2005.86-бет.

O’sha asarda. 86-bet.

O’sha asarda. 87-bet.

O’sha asarda. 87-bet.

O’sha asarda. 87-bet.

Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи.Т.: ―Фан. 1991. -Б.27.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 57-59.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 578-583.

Ahmadov A. AFG‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG‘ON MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI YORITISHDA SKARABEY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.

Ahmadov A. SHARQSHUNOS OLIM DN LOGOFET TALQINIDA BUXORO AMIRLIGIDA MAORIF VA DINIY SIYOSAT MASALALARI //" ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал. – 2024. – Т. 16. – №. 8.